Yangibozor tumanidagi 13-son umumiy o`rta ta`lim maktabining “Matematika , informatika va axborot texnologiyalari oyligi” fanlari oyligi bo`yicha
HISOBOT
Maktabda ”Matematika , informatika va axborot texnologiyalari oyligi
munosabati bilan 2021-yi 30-yanvar kuni uslub birlashma yig`ilishi o`tkazildi.Yig`ilishda fan oyligi chora tadbirlar rejasi va ish taqsimoti ko`rib chiqildi. ”Matematika , informatika va axborot texnologiyalari’’ oyligi
munosabati bilan burchak tashkil qilindi, devoriy gazetalar chiqarildi.2020-yil 1-fevral kuni fan oyligi tantanali ochilib, oylik davomida o’tkaziladigan tanlovlar, ochiq darslar e`lon qilindi, Sinflarda kirish testlari olinib,o`quvchilar bilimi monitoringi aniqlandi.
Fan oyligi davomida 5-sinfda matematika fani o’qituvchsi R. Salimova ” Fazoviy shakllar ” mavzusida, 7-sinfda matematika fani o’qituvchisi M. Bozorboyeva ”Uchburchak ichki burchaklari yig’indisi ” mavzusida , 9-sinfda matematika fani o’qituvchisi Z. Tajimuratova ”Sonli ketma-ketliklar ” mavzusida ,8-sinfda Informatika fani o’qituvchisi Tilavboyev Qahramon “Word sahifasida jadval bilan ishlash ” mavzusida, matematika fani o’qituvchisi M. Nurmetova 6-sinfda ’’ Har xil ishorali sonlarni qo’shish’’ mavzularida namunaviy ochiq darslar tashkil qilishdi.
Fan oyligi davomida Referatlar , bukletlar, matematik olimlarning rasmlarini chizish, krassvordlar, fazoviy shakllar tayyorlash bo`yicha tanlovlar e`lon qilindi. Tanlov natijalariga ko’ra Referatlar tanlovida 7A –sinfdan O’skinboyeva Mahliyo, Bukletlar tayyorlash bo`yicha 8-sinf o`quvchisi Rajabova Lobaroy , rasmlar tanlovida 9-sinf o`quvchisi Saparboyev Javlon , eng yaxshi krassvord tanlovida 9-sinf o’quvchisi Amanboyeva Komila g`olib bo`ldi.Geometrik shakllarni yasash, qiziqarli ma`lumotlar tayyorlash bo`yicha ko`rgazmali qurollar tayyorlashda 8-sinf o`quvchilari faol qatnashdi
18-fevral kuni 6-sinf o’quvchilari o’rtasida’’ Al-Xorazmiy izdoshlari’’ nomli kichik olimpiada tashkil qilindi . I-faxrli o’rinni 6-,,a’’ sinf o’quvchisi Karimboyev Javohir egalladi.
7-sinflar o’rtasida 22-fevral kuni Matematik kechha tashkil qilindi.Kechada o’quvchilar faol ishtirok qilib,olimlarning hayoti va faoliyatidan, matematikaning hayotimizdagi o’rni haqida ma’lumotlar berildi
9-sinflar o’tasida 27- fevral kuni” Matematik bellashuv” musobaqasi o’tkazildi. Bellashuv qizg’in bo’ldi va durang natija bilan yakunlandi. 6-sinflar o`rtasida 25- fevral kuni “Yosh matematiklar bellashuvi” tadbirlari o`tkazildi.Bunday tadbirlarning tashkil qilinganligi bir tomondan o`quvchilarning faolligini oshirgan bo`lsa, ikkinchi tomondan matematika fanini o`rganishga bo`lgan qiziqishlarini kuchaytirib, bu fanni umr bo`yi o`rganib borishdagi intilishlarini to`xtatmaslik kerakligini tushunib olishiga yordam berdi. Fan oyligi davomida o`quvchilarga vatanparvarlik, ajdodlar ruhiga hurmat tuyg`ularini tarbiyalash yuzasidan buyuk allomalar hayoti va ijodini o`rganish bilan bir qatorda maktabda uzoq yillar o`qituvchilik qilgan matematika, fizika , informatika fanlaridan dars bergan o`qituvchilar haqida ma`lumot to`plandi.
6-sinflar o’rtasida 25- fevral kuni “Zakovat” intellektual o’yini tashkil qilindi.Unda matematika fanidan o’tkazilgan ,,Al- Xorazmiy izdoshlari’’ kichik olimpiadasining g’oliblari bo’lgan 6 nafar 6-sinf o’quvchilaridan tuzilgan Bilimdonlar jamoasi tamoshabinlarga qarshi o’ynashdi. “Zakovat” intellektual o’yinida matematika fanidan mantiqiy savollar berildi.Bu o’yinda Bilimdonlar 6-4 hisobida g’olib chiqdi.
Sinflar kesimida fan oyligi munosbati bilan chiqish testlari olinib, o`quvchilar bilimi monitoringi tahlil qilindi. Bunga ko`ra o`quvchilar ning matematika va informatika fanlariga qiziqishi va bilim darajasi oshganligi ma`lum bo`ldi.
27-fevral kuni ”Matematika , Informatika va axborot texnologiyalari ” fanlari oyligining yakunini tantanali nishonlash tadbiri bo`lib, unda fan oyligida qilingan ishlar yuzasidan hisobot berildi, fan oyligida faol qatnashgan o`quvchilar taqdirlandilar.
Yangibozor tumanidagi 13-son umumiy o`rta ta`lim maktabining “Matematika , informatika va axborot texnologiyalari oyligi” bo`yicha tayyorlagan
HISOBOTI
Do'stlaringiz bilan baham: |