Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining axloqiy sifatlar yuzasidan to’plagan ballari (tajriba avvalida)
3.2.-jadval
Guruhlar
|
Sifatlar
|
A
|
B
|
V
|
G
|
Nazorat guruhi
|
3,3
|
3.1
|
3,5
|
3,6
|
Tajriba guruhi
|
3,5
|
3,6
|
4,2
|
4
|
Biz yuqorida bayon etgan pedagogik tajriba ishlarimiz so’nggidagi natijalar tarbiyalanuvchilarning axloqiy fazilatlar bo'yicha to’pLagan ballarining oshganligini ko’rsatdi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarning axloqiy fazilatlar yuzasidan to’plagan ballari (tajriba so’nggida)
3.3.-jadval
Guruhlar
|
Sifatlar
|
A
|
B
|
V
|
G
|
Nazorat guruhi
|
3,7
|
4,1
|
4,4
|
3,9
|
Tajriba guruhi
|
4,5
|
4,6
|
4,7
|
4,8
|
3.3.-jadvaldagi natijalar ilmiy-tadqiqot jarayonida o’tkazilgan tajriba -sinov ishlarimizning va unda qo’llanilgan metodlarning samarali ekanligini ko’rsatadi.
Tarbiya jarayoni qanchalik murakkab va serqirra bo’lmasin, uni ma’lum maqsad sari, uzluksiz olib borilsa yaxshi natijalarga erishish mumkin.Bunda maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar faoliyatiga, shuningde bolalarning maktabgacha ta'lim tashkilotdagi ta’lim tarbiya jarayoni qanday tashkil etilayotganiga, ta’lim tarbiya jarayonida xalq og’zaki ijodi janrlarining va vositalari mazmunining serqirraligiga e'tibor berilishi muhimdir.
III bob yuzasidan xulosa
Maktabgacha ta’lim tashkilotida katta yoshdagi bolalarni xalq og’zaki ijodi vositasida axloqiy tarbiyalash mazmuni bolaning ma'naviy dunyosini, uning ongini, axloqiy hislarini, shaxsiy sifatlari va xulqini tarbiyalash hamda rivojlantirishni taqozo etadi.Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
1)maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy his-tuyg’ular va xatti-harakatlami tarbiyalash;
2) xulq madaniyati hamda ijobiy hi s-tuyg’ulami tarbiyalash;
3) axloqiy xulq-atvor ko’nikmalarini shakllantirish.
Maktabgacha ta lim tashkilotlarida xalq ogzaki ijodi janrlaridan foydalanib axloqiy tarbiyani tashkil etishda quyidagi jihatlarga alohida e'tibor qaratish lozim:
1) kichik, o’rta, katta guruh bolalari uchun sodda elementlar axloqiy tushunchalar xaqida ma'lumot berish;
2) har bir o'rgatiladigan axloqiy sifatlarni rasmlar, multik tasmalar, diopazitivlar va bolalarni jonli xarakatlari orqali tushuntirish;
3) xar bir faoliyat jarayonida bola doimiy “nima yaxshi-yu, nima yomon?” so’zining ma'nosini anglab o’z fikrini sodda bayon etishi”.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida xalq og’zaki ijodi vositalaridan doimiy ravishda foydalanib kelinadi. Katta yoshdagi bolalarning ma'naviy-axloqiy sifatlari to’la shakllanmagan, biroq bu kabi sifatlar uning hayotida muhim rol o’ynaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning fahm-farosati, qiziqishi, intilishlari, tengdoshlari hayoti bilan ko’proq bog’liq bo’lib, ana shu tengdoshlari jamoasidagi voqea-hodisalarga hissiy munosabatni namoyish qiladi.Barchamizga ma'lumki, psixologiyada yo’naltiruvchi maqsad ta'limoti mavjud. Unga ko’ra shaxsning biror faoliyatga munosabatini xulqining qanday yo’nalish kasb etishi, xatti-harakati uchun zamin bo’lgan ruhiy holatining ta'siri tushuniladi.Odamning qanday ish qilishi uning ruhiy holatiga bog’liq bo’lib, biror faoliyat,hatti-harakat, muomala-munosabat tayyorgarliksiz, ya'ni shunday qilishga xohishsiz ro’yobga chiqmaydi. Tarbiyachi hamisha o’z faoliyatida shunday yo’naltiruvchi maqsad qo’yib ishlasagina, natija yuqori bo’ladi. Shuningdek, pedagogikada “ustuvor maqsad” degan tushuncha mavjud. Biz shu g’oyaga asoslanib, mashg’ulotning maqsadini belgilashda va tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda ertak janridan foydalangan holda axloqiy tarbiyani rivojlantirishni ustun maqsad sifatida belgiladik. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ertaklar vositasida mehr-shafqat, mehnatsevarlik, insonparvarlik, do’stlik, mas'uliyatlilik kabi axloqiy fazilatlarni shakllantirish tarbiyachilarning bevosita mashg’ulotlardagi faoliyatidan boshlanishini inobatga olib,tadqiqot davomida bolalarda axloqiy fazilatlami tarbiyalash borasida quyidagi yo’naltiruvchi maqsadlar belgilandi:
1. Bolalarda ertaklar vositasida mehnatsevarlik ,ishtiyoqlilik, qiziquvchanlik, sabr-toqatlik,irodalilik fazilatlarini shakllantirib borish.
2. Insonparvarlik - do’stlariga yordam berishga shaylik, kamtarlik, xushmuomalilik, odoblilik, saxiylik, beozorlik kabi fazilatlarini tarbiyalashda ertak qahramonlarini namuna sifatida ko’rsatish.
3. Eraklarni sahnalashtirish, bolalarni rol ijro etishlariga ko’maklashish barobarida o’rtog’iga nisbatan (umuman odamlarga nisbatan) hurmat, mehr, rahm-shafqat,g’amxo’rlik, rostgo’ylik fazilatlarini tarbiyalash .
4. Kichikligidanoq bolada tartiblilik, ozodalik, o’z-o’zini baholash, nazorat qilish fazilatlarini tarbiyalab borishni multfilmlar, animatsion filmlar vositasida uqtirish.
Bolalarda axloqiy fazilatlarni tarbiyalash ustun maqsad qilib belgilash bilan uni amalga oshirish uchun mashg’ulotda qanday vazifalarni hal etish yordam berishligini ham aniqlash zarur edi, bunda quyidagilami belgiladik:
- axloqiy fazilatlaming ma'nosi va mohiyatini anglab olishi,bunga doir tushunchalarni shakllantirishni;
- bolalarda mehnatsevarlik, insonparvarlik, do’stlik, mas'uliyatlilikka nisbatan qadriyatli munosabatni uyg’otish;
- axloqiy fazilatlarni o’z-o’zida namoyon eta olishiga imkon beruvchi amaliy faoliyat (ertaklarni sahnalashtirib , bolalarning ertak qahramonlari obrazini o’ynashlari) bilan uyg’unlikni ta'minlash kabilar.
Bolalar xayolot olamini boyitish va turmush bilan kengroq tanishtirish uchun ertaklar o’qib berish, uning multfilmlarini tomosha qildirish yoki ertaklarni sahnalashtirish yo’llaridan foydalanish juda katta ahamiyatga egadir. O’zbek xalq ertaklari, ular asosida ishlangan milliy multfilmlar, qo’g’irchoq teatrlar, sahnalashtirilgan ertaklar faqat bolalarnigina emas, balki kattalarni aqliy, shuningdek axloqiy jihatdan tarbiyalovchi eng qudratli omildir.
UMUMIY XULOSA
Maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim tizimining boshlang’ich bo’g’ini hisoblanadi.
Maktabgacha ta’limning vazifalari:
-xalqning boy milliy, madaniy –tarixiy merosi vositasida bolalarni ma’naviy axloqiy sifatlarini tarbiyalash;
-bolalarda milliy vatanparvarlik xislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olishga bo’lgan ehtiyojini,o’qishga bo’lgan qiziqishlarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlab berish;
-bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o’zining fikrini erkin bayon qilishi malakalarini shakllantirish hamda bolalarning jismoniy va ruhiy salomatligini mustahkamlashdan iboratdir.
Tadqiqot ishimizdan kelib chiqib amalga oshirilgan ilmiy tahlillar,taqdim etilgan metodik ishlanmalar, tavsiyalarimizni umumlashtirgan holda ularning samaradorlik darajasini baxolab quyidagi xulosalarga keldik:
Tadqiqot ishi maktabgacha ta’lim tashkilotida xalq og’zaki ijodining ertak janri vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirishda quyidagi tamoyilalrgaasoslanish lozimligini ko’rsatdi:yaxlit yondashuv,tarbiyalanuvchiga yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan xolda yetkazib berish; bolalarga-pedagogik qo’llab –quvvatlashga extiyoj sezuvchi,individual munosabatda bo’lishni talab etuvchi shaxs deb qarash;tarbiyaviy ish mazmuni ,shakl va metodlarini tanlab olishda tabaqalashtirilgan yondashuv;tabiat bilan o’zaro uyg’unlik;madaniyat bialn uygunlik;qadriyatli va mazmunli yondashuv;
Xalq og’zaki ijodi janrlari vositasida maktabgcha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalash masalalari maktabgacha ta’lim dasturlaridan ,maktabgacha yoshdagi bolalar uchun maxsus tuzilgan qo’llanmalar mazmunidan keng o’rin olish.
Maktabgacha ta’lim variativ tizimi sifatini boshqarishni tashkil etish;
Maktabgacha ta’lim tashkilotida 6-7yoshdagi bolalarni xalq og’zaki ijod namunalarini vositasida axloqiy tarbiyalash yanada takomillashtirish maqsadida maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilar o’rtasida ijtimoiy tadqiqotlar o’tkazish,shu asosida istiqbolli tadbirlarni belgilash.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida maktabgacha yoshdagi bolalar uchun xalq og’zaki ijodi ertak janrining vositalari, shakllari asosida axloqiy tarbiya berishga oida metodik asarlar yaratish.
O’zida milliy , madaniy , tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalardan kitob o’qishga qiziqish uyg’otuvchi o’quv metodik , didaktik (o’yinchoqlar yoki ertak qahramonlarining turli rasmlari)materiallar va badiiy adabiyotlarni tayyorlash xamda maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatiga joriy etishni taqazo etadi.
Axborot texnologiyalarining globallashuv jarayonida yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashda bolalarning ongigagina emas, balki ularning qiziqishlari, xis –tuyg’ulariga ham e’tibor berish, ularda jamiyatning shaxsga qo’yilgan talablariga muvofiq ijobiy xulqiy malaka va odatlarni tarkib toptirish “ong-xissiyot-iroda” birligiga tayanish maqsadga muvofiqdir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashda oila, maxalla , va nodavlat oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti xamkorligi samaradorligini oshirish,ularda kitobxonlik va mutoola madaniyatini rivojlantirishda motivatsion faoliyatga oid bo’lgan qadriyatlarga yo’naltirilgan komponentlarning o’zaro bog’liqligini inobatga olish lzim.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun mo’ljallangan sifatli o’quv metodik va didaktik materiallar(o’yinlar va o’yinchoqlar ) v badiiy adabiyotlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish,bosma materiallarni turli tillarda ishlab chqiqishning bozoriva turlarini yanada rivojlantirish.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida 6-7 yoshdagi bolalarni ertaklar vositasida axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirishda aniq metodologik yondashuv va nazariyalarga asoslanish, tarixiy –falsafiy ,milliy pedagogic –psixologik omillarning yaxlitligi va birligini xisobga olish maqsadga muvofiq.
Bolalar xayolot olamini boyitish va turmush bilan kengroq tanishtirish uchun ertaklar o’qib berish, uning multfilmlarini tomosha qildirish yoki ertaklarni sahnalashtirish yo’llaridan foydalanish juda katta ahamiyatga egadir. O’zbek xalq ertaklari, ular asosida ishlangan milliy multfilmlar, qo’g’irchoq teatrlar, sahnalashtirilgan ertaklar faqat bolalarnigina emas, balki kattalarni aqliy, shuningdek axloqiy jihatdan tarbiyalovchi eng qudratli omildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |