3.I-jadval
Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachilarning axloqiy tarbiyani tashkil etish borasida ko’nikma va malakalarga egalik darajasini aniqlovchi mezon va uning darajalari
№
|
Mezonlar
|
Mohiyati (darajasi)
|
Yuqori daraja
|
O’rta daraja
|
Quyi daraja
|
1
|
Xalq pedagogikasida qo’llanib kelinayotgan axloqiy tarbiya an'analaridan xabardorlik darajasi
|
To’la
xabardor
|
Qisman
xabardor
|
Xabardor
emas
|
2
|
Xalq og’zaki ijodi namunalarining samarali metodlaridan shakllaridan foydalanish ko’nikmasiga egalik darajasi
|
Yetarli
darajada
ko’nikmaga
|
Qisman
ko’nikmaga
ega
|
Mutlaqo
ko’nikmaga
ega emas
|
3
|
Tarbiyada xalq og’zaki ijodining samarali shakllaridan foydalanish
malakasi (mahorati)ga egalik darajasi
|
Yetarli
darajada
malakaga ega
|
Qisman
malakaga
ega
|
Mutlaqo
malakaga ega emas
|
4
|
Mashg’ulot davomida ertaklar vositasida axloqiy sifatlarini shakllantirishning samarali yo’llaridan foydalana bilish darajasi
|
Yetarli
darajada
malakaga ega
|
Qisman
malakaga
ega
|
Mutlaqo
malakaga ega emas
|
Maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoasi bolalarning ta’lim tarbiyasiga ,axloqiy sifatlarini shakllanishiga o’z ta’sirni o’tkazmay qolmaydi.Bu o’rinda bolalarning axloqiy tarbiyasida tarbiyachilarning ham roli katta ahamiyatga ega. tarbiyachilarning ham ma'lumoti va madaniy saviyasi, yrf-odatlarga,an'analarga hamda madaniy qadriyatlarga rioya qilishi, er-xotinlaming axloq-odobi kabi holatlar ham katta ahamiyat kasb etadi.
Tarbiyachilarning maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy sifatlarini shakllantirishda xalq og’zaki ijodi namunalaridan foydalangan xolda tarbiyalash va o’qitish bo’yicha tegishli bilim va malakalami egallashlari oilaning ta'lim va tarbiyaga yondashuvini qayta qurishni,maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy faoliyatga qiziqish jarayonini uyg’otish jarayonini faollashtiruvchi pedagogik sharoitlami yaratishni talab etadi. Gap shundaki, ijodiy faoliyat bolada hayotga nisbatan turli xil faol-ijodiy munosabatlami shakllntirish omillaridan biri sifatida axloqiy tarbiyalashda katta imkoniyatlarga ega bo’lib, ota-onalarning bola tarbiyasida,bolada axloqiy sifatlami tarbiyalashda samarali vosita hisoblanadi.maktabgacha yoshdagi bolalarda ertaklar vositasida axloqiy sifatlarni shakllantirishda ota-onalarning ishtirokini aniqlash maqsadida 78 kishidan iborat tarbiyachilar bilan o’tkazilgan so’rovnomalarning tahlili natijasida quyidagilar ma lum bo’ldi.
«Siz bolangizning axloqiy sifatlarini shakllantirishda xalq og’zaki ijodi namunalaridan foydalanasizmi ?» degan savolga 94,8% ota-ona «ha» deb javob berishgan, 90,4 % esa bunga yana bolada axloqiy ko’nikmalami shakllantirish uchun qo’shimcha bilim olishlari zamrligini ham qo’shib qo’yganlar.
Ota onalarga berilgan «Sizningcha, qanday vositalar (multfilm yoki ertakni o’qib berish ,filmlar tomosha qildirish) yordamida axloqiy sifatlar yanada kuchliroq shakllantiriladi?» degan savol alohida qiziqish uyg’otadi. 61,2% ota-onalar «milliy multfilmlarni tomosha qilganda, o’z xalqining tarixiga oid ertak, dostonlar ,filmlarini tomosha qilganlarida, ular bilan birgalikda ertak qaxramonlari obrazida sahna ko’rinishlari ijro etganimizda »; 31% - «ertaklarni hikoya tarzida o’qib berganimizda » deb javob berishdi.«Siz o’zingizning xaql og’zakiga oid bilimlaringizni ulardan foydalana olish ko’nikmangizni qanday baholaysiz?» degan savolga 55,4% - «yaxshi», 37,5% - «Yetarlicha bilimga ega emasmiz» deb javob berishdi.
So’rovnoma o’tkazishda 81,0% - ota-onalar o’z bolalarida axloqiy sifatlarni shakllantirishga oid metodik adabiyotlarga muhtoj ekanliklari ma lum bo’ldi, 71,5% - kishi bu muammoni hal etish uchun samarali faoliyatga turg’un qiziqishni tarbiyalash kerak deb javob berishdi, so’raganlarning 94,8% - axloqiy
tarbiyaning muhim jihatlaridan biri bolalarning yoshiag mos ertak kitoblar o’qib berish,ko’proq teatrlarga olib boorish deb ta'kidlashgan.Shu bilan bir qatorda ota-onalarning bolalarda axloqiy sifatlarni shakllantirishining samaradorligini oshirish va estetik tarbiyalash bo’yicha ishlarni yaxshilashga oid taklif va istaklari tahlil qilindi. Bu esa bizga maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy sifatlarni shakllantirish muammosini hal qilish kontseptsiyasini tuzish va bu muammoni hal etishning yanada samaraliroq yo’llarini tadbiq qilish imkonini berdi. Uni hayotga joriy etish uchun biz bolalarda rivojlanishning turli bosqichlarida suratlar asosida suhbat o’tkazish, ertak, rivoyat, maqol, topishmoq, rasm chizish bilim, ko’nikma va malakalarining dastlabki saviyasini aniqlab oldik. Ularning namoyon bo’lish darajasiga qarab, o’rganilayotgan ko’rsatkichlar yuqori, o’rta va past darajalarga ajratildi.
Biz ota-onalar bilan o’tkazgan tajriba-pedagogik ishlar quyidagi asosiy jihatlami o’z ichiga olgan:
- ota-onalarni maktabgacha (6-7) yoshdagi bolalarning axloqiy sifatlarini shakllantirish va tarbiyalash uchun zarur bo’lgan yangi pedagogik texnologiyalar,bilim, ko’nikma va malakalar bilan tanishtirish;
- bolalarni ertaklar vositasida axloqiy sifatlarni shakllantirishda ko’nikma va malakalami amalda qo’llay olishga o’rgatish;
- ertaklardagi axloqiy kechinmalarni, taassurotlarni bolaning samarali faoliyatiga ko’chirish,rollar ijro etishlariga ko’maklashish;
- ertaklar vositasida axloqiy sifatlarni shakllantirish hamda taassurotlar va munosabatlami sermahsul tasviriy faoliyatda aks ettirish uchun tavsiya etilayotgan texnologiyalarni yaxlit joriy etish.
Ota-onalarning ijtimoiy so’rov bo’yicha bergan javoblari, ularning amaliy mashg’ulotlar (trening, davra suhbati)dagi ishtiroki, shuningdek, ular faoliyatini kuzatish asosida respondentlar tomonidan oilalarda axloqiy tarbiyani tashkil etishda ko’rsatilgan o’zgarishlar quyidagi jadvalda keltirildi:
Do'stlaringiz bilan baham: |