Tarqatma materiallar
1985 yil aprel plenumida SSSR MK Bosh kotibi M.S.Gorbachyov tomonidan Ittifoqda “qayta qurish” siyosati e’lon qildi. Qayta qurishning asosiy mohiyati jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarida to’planib qolgan inqirozli holatlarni bartaraf etish rejasidagi siyosat edi. Aslida qayta qurishni amalga oshirish ikki bosqichga bo’lingan edi. Ulardan birinchisi 1985 - 1987 yillar bo’lib, ikkinchi bosqichi – 1987 - 1990 yillarni o’z ichiga olga. Biroq qayta qurish o’zining birinchi bosqichidayoq inqirozga yuz tutdi. Buning sabablari quyidagilardan iborat bo’ldi:
1. Qayta qurishning aniq, izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan aniq dasturi yo’q edi.
2. Mamlakatdagi partokratik rahbariyat “nomenklatura”ni saqlab qolishdan manfaatdor edi, chunki mamlakatni boshqarish ma’muriy-buyruqbozlik usuli orqali oson kechardi. 3.M.Gorbachyov g’oyasi asosida qayta qurishni amalga oshirish mumkin emasdi.
80-yillar oxiri 90-yillar boshlarida O’zbekistonda mustaqillikka intilish harakatlari kuchaya borib, uni qo’lga kiritish shart-sharoitlari vujudga keldi. 1989 yil oktyabrda “Davlat tili to’g’risidagi qonun”ning qabul qilinishi mustaqillik yo’lida muhim bosqich bo’ldi. Qonunni amalga oshirish maqsadida O’zbek tilini o’qitish maxsus kurslari tashkil etildi, o’zbek tilidagi adabiyotlar, darsliklar nashr etilishiga va o’quv yurtlarida o’qitilishga e’tibor kuchaydi. 1990 yil bahorda Markazning qattiq qarshiligiga qaramasdan Prezidentlik lavozimi ta’sis etildi. Bu o’zbek davlatchiligi va mustaqilligining prinsipial yangi bosqichi bo’ldi. O’zbekiston rahbariyati ba’zi yuqori rahbarlik lavozimlarga tavsiya qilingan shaxslarni Moskvada suhbatdan o’tkazish amaliyotini tugatdi.
1991 yil 31 avgustda O’zbekiston Respublikasi Oliy Soveti XII chaqiriq navbatdan tashqari VI sessiyasi davlat mustaqilligi va mustaqil suveren O’zbekiston Respublikasi davlati tashkil topganligini e’lon qildi. Unda «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to’g’risida» Oliy Kengash Qarori va «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi qonun qabul qilindi hamda 1 sentyabr-Mustaqillik kuni, milliy bayram, deb belgilandi. Bu asosiy hujjatlar O’zbekiston oldida turgan maqsad va vazifalarni ko’rsatib berdi.
Mustaqillik – o’zaro hurmat, bir-birini tan olish, bir-birini qadrlash asosida mamlakat fuqarolari o’zaro munosabatida ham, davlatlar o’rtasidagi aloqalarda ham ana shu umuminsoniy qadriyatlarga tayanish, umumiy mezonlar asosida yashash demakdir. Mustaqillik – jamiyatdan ajralmagan holda dunyo muammolari va o’z taqdiri bilan bog’liq bo’lgan istiqlol haqida o’ylashdir.
Mustaqillik – erkin dunyoqarash, erkin tafakkurga suyanib yashash salohiyatidir.
Har bir mustaqillikka erishgan davlat o’z ramzlariga ega bo’lishi kerak. 1991 yil 18 noyabrda Respublika Oliy Kengashining VIII sessiyasida O’zbekiston davlat bayrog’i tasdiqlandi. Uning belgilari mamlakatimiz hududidagi qadimda mavjud bo’lgan yirik saltanatlarning tug’laridagi an’analarini davom ettiradi hamda xalqning milliy va madaniy o’ziga xosligini, Respublika tabiiy sharoitini aks ettiradi.
O’zbekiston Respublika Oliy Kengashining 1992 yildagi X sessiyasida O’zbekiston Respublikaning davlat gerbi to’g’risidagi qonun, 1992 yil 10 dekabrdagi XI sessiyasida O’zbekiston Respublikaning davlat madhiyasi to’g’risidagi qonun qabul qilindi. O’zbekiston Respublikaning davlat ramzlarining qabul qilinishi mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Demokratiya so’zi yunoncha “demos” - xalq, “kratos” – hokimiyat so’zlaridan kelib chiqqan bo’lib, “xalq hokimiyati” degan ma’noni bildiradi. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda qadimgi Afinada oddiy xalq demos deb atalgan. Demosning tarkibini dehqonlar, hunarmandlar, dengizchilar, matroslar va mardikorlar tashkil qilgan. Mil.av. VIII – VII asrlarda demosning bir qismi boyib ketgan. Ularning orasidan boy savdogarlar, kema va ustaxona egalari hamda badavlat dehqonlar yetishib chiqqan. Biroq demosning huquqlari cheklangan bo’lib, aslzodalarga qaram edi. Mil.av. VI asr boshlarida demosning aslzodalarga qarshi noroziligi kuchaya boradi. Aristotel ham demosning aslzodalarga qarshi qo’zg’olon ko’targanligini yozadi.Ularning asosiy maqsadi Afinani idora qilishda ishtirok etish edi.
Zodagonlar
Qullar
Demos
Drujina
Qadimgi Afinada aholining tabaqalanishi.
Umuman, “demokratiya – xalq hokimiyati, fuqarolarning ozodligi va tengligi tamoyillari e’lon qilishga asoslangan siyosiy tuzum shakli” deb ta’riflansa, boshqa bir manbada “...demokratiya insoniyatning madaniyati, ma’naviyati, ijtimoiy ongi, mentaliteti, idroki, bilim doirasi, ishbilarmonlik qobiliyati, uning jamiyatda erkin yashash va mehnat qilish ko’nikmasi bilan birgalikda shakllanib, rivojlanib boradigan tabiiy tarixiy jarayondir” deb qayd etiladi. Yoki ta’lim tizimi uchun maxsus ishlangan maxsus kurs o’qitilishiga mo’ljallangan o’quv-uslubiy qo’llanmada siyosiy rejim sanalishi aytilgan.
O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati organlarining ko’rinishi:
Qonun chiqaruvchi, Ijro etuvchi, Sud hokimiyati, Ommaviy axborot vositalari
O’zbekiston Respublikasi 1992 yil fevral oyida YeXHTga, 1992 yil 2 martda BMTga, 1995 yil iyul oyida esa NATOning “Tinchlik yo’lida hamkorlik” dasturiga a’zo bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |