Tadqiqot natijalari : tadqiqotchining ilmiy jurnallarda, tadqiqotchilarning Respublika xorij ilmiy –amaliy anjumanlarda 7 ta , OAK e’tirof etgan ilmiy jurnallarda 2 ta, respublika ilmiy to’plamlarda 2 ta, hamda 2 ta respublika ilmiy–amaliy konferensiya va semenarlarda muhokama qilingan maqolalar chop ettirishi asosida jamoatchilik e'tiboriga havola etildi.
Ish tuzilmasi tavsifi : dissertatsiya tarkibi kirish, 3 bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati va ilovalardan iborat. Dissertatsiya xajmi 102 betdan iborat.
I BOB. XALQ OG’ZAKI IJODI NAMUNALARI VOSITASIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI AHLOQIY TARBIYALASHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Xalq og’zaki ijodining tarixiy shakllanish taraqqiyoti va janrlarining bola tarbiyasidagi ahamiyati.
Xalqimizning eng qadimiy milliy qadriyatlaridan biri xalq og’zaki ijodi ya’ni folklor san’atidir. Bu san’at badiiy an’analari tizimi sifatida xalqimizning umurainsoniy g‘oyalarini o’zida aks ettirib, kelajakka umid, ezgulik, mehr-sahovat, insoniylik, vatanparvarlik bilan bog‘liq milliy va ma’naviy qadriyatlarni kelajak avlod ongiga singdirishga xizmat qilmoqda.Folklor san’ati bolalarni xalqimizning boy milliy merosini chuqurroq tatbiq etish, ularning ma’naviy ehtiyojini qondirishda muhim manba hisoblanadi. Bolalar ongida milliy qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirishda xalq og’zaki ijodining an’anaviy tur hamda janrilarining ahamiyat katta. O‘zbek xalq og’zaki ijodining so‘z san’atiga asoslangan janrlar tizimi doston,ertak, qissa, rivoyat, naql, afsona, mif, lof, latifa, marosim folklori,bolaJar folklori, og‘zaki drama, maqol vahikmatli so‘zlar, afsun,avrash, olqish va qarg‘ishlardan iboratdir. Bu kabi badiiy meros ajdodlarimiz poetik tafakkurining mahsulihisoblanadi. Har bir janrga oid bo’lgan folklor o‘ziga xos poetik tizimi, ijro usuli,hayotiy-maishiy vazifasi, musiqaga munosabati, voqelikni badiiy aks ettirish hamda boshqa jihatlariga ko‘ra bir-biridan farqlanib turadi. Xalq ijodiyotida mujassam bo’lgan yuksak ma’naviy barkamollik an’analari bugungi kunda yosh avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazishning milliy negizi hisoblanadi. Shuning uchun ham o‘zbek xalq og’zaki ijodining boy va serqirra an’analarini qayta tiklab, uni rivojlantirish, yoshlaming bugungi kundagi ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishda yetarli darajada imkoniyatlar yaratishda folklor va etnografiya bo‘yicha mutaxassislarim tayyorlash amaliy ahamiyatga egadir. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonun ham mamlakatimiz ma’naviy hayoti uchun zarur bo‘lgan shunday malakali, intellektual salohiyati yuqori, ma’naviy olami teran mutaxassislarni tayyorlashni toqazo etadi. Folklor va etnografiya yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashning milliy negizi-xalqimizning ma’naviy qadriyatlarini yanada takomillashtirish, yosh avlod ongiga mustaqillik mafkurasi g‘oyalarini, hamda milliy qadriyatlarni chuqur singdirishdan iborat.Sababi , bu kabi mutaxassislar ajdodlarimiz ijodiy salohiyatining eng yaxshi an’analarini kelgusida ham davom ettirishni ta’minlashga o‘z hissalarini qo’shishlari zarur. Xalqimizning dunyoqarashi, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-estetik va falsafiy qarashlarini o'ziga xos tarzda badiiy talqin etuvchi xalq og‘zaki ijodi folklorshunoslikning eng nodir manbalaridan hisoblanadi.Folklor asarlari xalqimizning yuksak madaniyatni bunyod etgan ulug‘ ajdodlarimizning turmush tarzi, orzu-intilishlari, urf-odatlari va marosimlari, an’analarini mukammal aks ettirganligi uchun ham qadrlidir. Xalq og’zaki ijodi fanda folklor deb yuritiladi.Barchamizga ma’lumki, o‘zbek folklorshunosligi fanining shakllanishi XX asrning 20-yillaridan boshlangan. Folklorshunoslik -xalq og‘zaki badiiy ijodiyotining nodir namunalarini to‘plash, ularni sistemaga solish, ommaviy va akademik nashrlarni amalga oshirish, hamda xalq og’zaki ijodiyoti yuzasidan tadqiqotlarni olib borishni o’z ichiga oladi. “Folklor” atamasini 1846-yilda ingliz olimi Uilyam Toms taklif qilgan. “Folklor” atamasi “xalq donoligi” degan ma’noni anglatadi. Xalq tomonidan yaratilgan hamma san’at namunalari(me’morlik, naqqoshlik, ganchkorlik, zardo‘zlik, musiqa,raqs, og‘zaki adabiyot) folklor namunalari hisoblanadi. Shuning uchun ham har bir san’at sohasida ish olib borayotgan mutaxassislar o‘zi tanlagan faoliyat turi, ijod mahsulinini “folklor”deb ataydi. Masalan, musiqachi xalq kuylarini, xoreograf o’zining xalq raqslarini, folklorshunos olim xalq dostonlarini,ertaklarini folklor asari deb ataydilar. O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi dastlabki vaqtlarda “el adabiyoti”, “xalq adabiyoti”, “og‘zaki adabiyot”, “xalq og‘zaki ijodi” deb atalgan bo’lib, bu atama ilk bor H.Zarifov (1934-35 yillar) tomonidan qo’lanilgan “folklor”, “O‘zbek folklori” sifatida qo’llanila boshladi. 1 O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi ko‘plab janrlarni o’z ichiga olgan og‘zaki so‘z san’ati namunalari bo‘lib, oddiy xalqning hayoti, tarixi, orzu-intilishlari,dunyoqarashlarini badiiy M.Jo‘rayev, J,Eshonqulov. Folklorshunoslikka kirish. -Т.: ≪Barkamol fayz media≫, 2017,180 bet.
tarzda o‘zida aks ettiradi, ijro etiladiva ijro jarayonida og‘izdan-og‘izga, avloddan-avlodlarga o‘tib keladi.Folklor - sinkritik xususiyatga ega bo‘lib, barcha san’at turiariga xos elementlarni o‘zida mujassamlashtirgan, unda so‘z, kuy va ma’lum turlarida raqs uyg‘unlikda ijro etiladi.Folklor o’zida xalq hayoti, tarixi, taqdiri badiiy aks etadi. Folklor asarlari zamirida xalqning dunyoqarashlari, ibtidoiy mifologik tushinchalardan mukammal diniy e’tiqodiga bo‘lgan tushinchalar yotadi.An’anaviy xalq og’zaki ijodining o'ziga xos xususiyatlarini chuqur biladigan, mustaqillik davri o‘zbek folklorining taraqqiyot qonuniyatlarini teran anglaydigan xalqning ma’naviy ehtiyojlari va qiziqish doirasini yaxshi tushunadigan, havaskorlik ijodiyotini takomillashtira oladigan ,boshqarishning nazariy hamda amaliy jihatlarini to‘la o‘zlashtirgan malakali mutaxassislarni tayyorlash bugungi kunning dolzarb masalasidir.
Xalq og‘zaki badiiy ijodi namunalarini to‘plash ishlari bilan G’ozi Olim Yunusov birinchi shug’ullangan.U o’z tadqiqotlari davomida o‘zbek epos-shunosligi tarixida birinchi bo‘lib Fozil Yo'ldosh o‘g‘li, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li kabi xalq baxshilarini aniqlab, 1922-yilning yozida Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li va Hamroqul baxshilardan “Alpomish” dostonidan parchalar yozib olgan. Folklorshunos olim G‘.O.Yunusov Toshkent, Sirdaryo, Samarqand viloyatlarida bo‘lib, bir qancha qo‘shiq,ertaklar , afsona, maqol, topishmoq hamda rivoyatlarni yozib olgan. Bundan tashqari o‘zbek marosim folkloriga doir kuzatishlar olib borish bilan bir qatorda, boy etnografik materiallarni ham to‘plagan. G‘ .O. Yunusov o'zbek folklori namunalarini to‘plovchilar uchun metodik qo‘llanma ham yaratgan. Folklorshunos olimning “Alla to‘g‘risida bir-ikki og‘iz so‘z” , “Е1 adabiyotidan namunalar”,“Og‘iz adabiyotida sinfiy tuyg'ular kabi maqolalari folklorshunoslik tarixida muhim о‘ rin egallaydi.
1925—1928-yillarda G‘ozi Olim Yunusov, Hodi Zarifovlar xalq baxshilarini, ertakchi va qo‘shiqchilarni aniqlash, ularning repertuaridagi asarlarni yozib olishni tashkil etganlar. Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Po‘lkan shoir, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Berdi baxshi, Abdulla shoir kabi bir qancha baxshilardan xalq dostonlarini yozib olishgan. Bu ishga Mahmud Zarifiy, Bahrom Ibrohimov, Muqim Hamzabekov, Nazarqosim Mirzayev,Husayn Karimiy kabi havaskor folklor to‘plovchilar ham jalb qilingan.
O’sha davrda to‘plangan materiallar hozirgi kunda o‘zbek xalq og‘zaki badiiy ijodi durdonalari saqlanayotgan O'zR FA Til va adabiyot instituti Folklor arxivining yuzaga kelishiga zamin hozirlagan. O‘zbek folklor namunalarini to‘plash ishlari bilan XX asrning 40-80-yiIlarida birq qancha folklorshunos olimlar H.Zarifov, A.Alaviya, M.Afzalov,M.Toshpo‘latova,Z.Husainova, F.Karomatov, H.Razzoqov,T.G‘oziboyevO.Sobirov, M.Saidov, M.Qodirov, M.Murodov, T.Ochilov, G‘.Jahongirov,R.MuhammadiyevS.Sodiqov, K.Imomov, B.Sarimsoqov, R.Abdullayev, O.Madayev,T.Sobitova, kabi ko’plab olimlar shug’ullanganlar.
XX asrning 60-70-yillarida bir qancha olimlar folklor janrlariga bir qancha yirik monografik tadqiqotlar yaratilgan:
-dostonchilik maktablari, baxshishoirlar epik repertuari, xalq dostonlarining variantlari va badiiyati bilan-H.Zarifov, M.Afzalov, T.Mirzayev, A.Qahhorov, T.Ochilov,M.Saidov, M.Murodov, O.Madayev, O.Sobirov, T.Ashurov;
xalq qo‘shiqlari bilan --M.Alaviya;
o‘zbek folklorining tarixiy taraqqiyoti bilan -J.Qobulniyozov, O.Sobirov, S.Asqarov;
askiya, xalq dramasi va qiziqchilik san’ati bilan -R.Muhammadiyev, H.Razzoqov, M.Qodirov;
-musiqa folklori bilan- F.Karomatov;
o‘zbek xalq ertaklari bilan -M.Afzalov,K.Imomov, G‘.Jalolov,
-topishmoq janri bilan-Z.Husainova;
bolalar folklori bilan -G‘.Jahongirov;
-latifa bilan- F. Yo‘ldosheva;
Jumladan,o’zbek folklorshunosligining filologik yo‘nalishdagi fan sifatida shakllanishi H.Zarifov ilmiy faoliyati bilan chambarchas bog‘liqdir. H.T.Zarifov o‘zbek folklorshunoslik tarixi , o‘ziga xos xususiyatlari, xalq shoirlarining ijodi va ijrochilik mahorati, epik an’ana, dostonlar tasnifi, dostonchilik san’ati, Bulung‘ur, Shahrisabz, Xorazm, Juma kabi dostonchilik maktablarining o‘ziga xos xususiyatlari ,nazariy masalalariga doir bir qancha asarlar yaratgan. Olim folklorshunoslik tarixida birinchi bo‘lib xalq og‘zaki ijodiyoti fanidan dastur va namualar ,folklor asarlarini to‘plash va yozib olish metodikasi haqida ilk qo‘llanma yaratgan.
O‘zbek folklorshunosligi maktabining asosiy ilmiy yo‘nalishi xalq ijodiyoti yuzasidan fundamental ilmiy tadqiqotlar yaratilib, H.Zarifovning ilk tadqiqotlari bilan o‘zbek folklorini ilmiy o'rganish ishiga asos solingan. Uning yirik eposshunos V.MJirmunskiy bilan hamkorlikda yaratilgan, rus tilida nashr ettirilgan “O’zbek xalq qahramonlik eposi” monografiyasi, o‘zbek xalq dostonlarining epik tabiati va tarixiy asoslarini tekshirishga oid qator maqolalari, xalq eposini fundamental tadqiq etishning mumtoz namunasi bo‘libgina qolmay, o‘zbek folklorshunosligi maktabining ilmiy-nazariy asosi ham hisoblanadi. O'zbek folklorshunosligi tarixida birinchi bo‘lib M.Qodirov xotin-qizlar folklor teatri mavjudligini ilmiy jihatdan asoslab bergan.U 1958-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanidagi qishloqlarida yashovchi ayollardan o‘ttizta og‘zaki drama va kulgi hikoyalar yozib olib, ayollar xalq teatrining tarixiy asoslari,asosiy yo‘nalishlari, ijro usullari,og‘zaki dramalarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini o‘rgangan.O‘zbek xalq san’atining tanqid, kulgi-hikoya, masxarabozlik,
qiziqchilik, qo‘g‘irchoqbozlik, ot o‘yin, askiya, qarsak o‘yin, dorbozlik, nayrangbozlik kabi qadimiy turlariga doir boy materiallarni to‘plagan.U o ‘zbek xalq teatrini 2 turga bo’lib tasniflagan:
jonli aktyabr teatri
qo‘g‘irchoq teatr.
Folklorshunos olim M.Qodirov “Laylak ilonni ovladi”, “Yumronqoziq”, “Kichkinajon”, Buva qovoq”, “Tevarak o'yin”, “Ajdaho o‘yin”, kabi xalq o‘yinlarini va Yusufjon qiziq, Usta Olim, Mulla To‘ychi,Toshkanboy dorboz, Komil qori singari xalq sevgan san’atkorlarining ijodiy merosini o‘rgangan.
O‘zbek xalqining musiqa merosini to‘plash bilan shug‘ullangan Yunus Rajabiy 1955-1959 yillarda mingdan oshiq xalq qo‘shiqlari va cholg‘u kuylarini o‘z ichiga olgan “ O’zbek xalq musiqasi” majmuasining besh jildini nashr ettirgan. U Toshkent-Farg‘ona maqom yo‘llari, Buxoro “Shashmaqom”i va uning tarkibiy qismlarini to‘plab, mukammallashtirib nashrga tayyorlab, 1966-1975 yillarda olti jildlik kitob chop ettirgan. Folklorshunos olim R.Muhammadiyevning tashabbusi va ishtirokida askiya san’ati materiallarini to‘plash, ularni o‘rganish, omma e’tiboriga xavola etish maqsadida maxsus folklor ekspeditsiyalari o‘tkazilgan.1961 yilda Farg‘ona vodiysida o’tkazilgan birinchi ekspeditsiyada askiya janrining tarqalish ,tarixiy taraqqiyotiga oid materiallar to‘planib, askiya payrovlarini yozib olingan. 1963-yildagi ikkinchi ekspeditsiyada esa mashhur askiyabozlarning repertuari, ustoz so‘z san’atkorlari haqidagi xotiralar, rivoyatlar, latifalar va o'zbek askiyachilarining ijodiy mahsullari to‘plangan.
Xalq og’zaki ijodining dostonchilik janri folklorshunos olim M.Saidov ijodi bilan bevosita bog’liq.O‘zbek xalq dostonchiligida badiiy mahorat masalalarini chuqur o’rgangan M.Saidov “Nurali”, “Zulfizar”, “Gulnor pari”, “Avazxon”,“Misqol pari”, “Tohir va Zuhra”, “Sumanbar”, “Vomiq va Uzro”, “Gulshanbog”kabi bir qancha dostonlarni chop ettirgan. O’zbek folklorini to‘plash, nashr ettirish va o‘rganishga o’z hissasini qo‘shgan J.Qob Ulniyozov esa Xorazm xalq dostonlari va qo‘shiqlarini yozib olib, xalfalar ijodini o‘rgangan.
M.Murodov esa o’zbek folklori asarlarini to‘plash va sistemalashtirish ishi bilan shug’ulangan. M.Murodov 1959-yildan 1990-yillaming oxirigacha respublikamizning turli viloyatlarida folklor ekspeditsiyalarida qatnashib, Razzoq Qozoqboy o‘g‘li, Husan baxshi Rajab o‘g'li. Haydar Boycha o‘g‘li, Eshqobil Qo‘shoq o‘g‘li, Qodir Rahim o‘g‘li, Xushvaqt Mardonaqul o‘g‘li kabi o’nlab baxshilarning ijodlarini o‘rgangan, yuzlab ertak, rivoyat, afsona, maqol va topishmoqlarni yozib olgan. M.Murodov “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi”, “Bahrom va Gulandom”, “Zevarxon”, “Gulruh pari”, “Qorako‘z oyim”,“Nurali” kabi dostonlarni nashrga tayyorlagan. Olim o’zi yozib olgan materiallar asosida “Allomalar ibrati” (1983) rivoyatlar to'plami va “O‘zbek xalq fantastikasi” tarkibidagi “Oymoma ajdaho” (1983), “Qora dev” (1984), “Yonar daryo” (1985), “llon pari”(1986), “Oltin olma”(1989) kabi ertak majmualarini chop ettirgan.
O‘zbek satirik va yumoristik ertaklarining janr xususiyatlari, badiiyati hamda obrazlar tarkibini o‘rgangan Komiljon Imomov o‘zining ilmiy tadqiqotchilik faoliyatini taniqli folklorshimos olim M.Afzalov rahbarligida boshlagan. U o’zining o'zbek xalq ertaklarining to‘planishi, nashr etilishi va o‘rganilishi tarixi, faoliyatining( A.A.Kushakevich, A.N.Samoylovich, A.A.Divayev, N.Ostroumovlar) o‘zbek ertakshunosligi tarixida tutgan o‘rni, xalq og‘zaki badiiy ijodida satira va yumor, satirik ertaklarning o‘ziga xos xususiyatlarini, an’anaviy sinov motivining genezisi va epik vazifalari, o‘zbek xalq ertaklarida komik va hajviy qahramon masalasi, ertaklardagi kal, Aldar ko‘sa, Afandi obrazlarining o‘ziga xos xarakter hususiyatlari, genezisi va xarakteri, o‘zbek satirik ertaklarida ijtimoiy motivlar masalalarini o‘rganishga bag‘ishlangan ilk maqolalarida folklor asarlarining g'oyaviy-badiiy xossalari va estetik tabiati o‘ziga xos tarzda tavsiflab bergan. Xalq og'zaki ijodida ota-bobolarimizning aytmoqchi bo'lgan pandnasihatlari,el e’zozlagan odam bo‘lishning talab-qoidalari, To‘maris, Shiroq, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik kabi ajoyib yurt farzandlarining jasurliklari, xalqimizning urf-odatlari, milliy fazilatlarimiz haqida san’at darajasiga ko‘tarilgan so‘z tizimlaridan iborat maqol,qo‘shiq, ertak, doston, bolalarga bag‘ishlangan asarlar va boshqa janrlardagi namunalarda ifodasini topadi.
Shuning uchun ham xalq og'zaki ijodiga milliy qadriyatlar sifatida qaraladi. Folklor san’atining asosini so‘z tashkil etib u doimo jonli ijro bilan aloqador bo’ladi. Shuning uchun ertak,qo‘shiq, doston va boshqa bir qator og‘zaki ijod asarlari ijro davomida sinkretik san’at namunasi hisoblanadi.Sinkretik so‘zi birlashmoq, qorishmoq,aralashmoq degan ma’noni anglatadi. Xalq og’zaki ijodi yozma adabiyotdan avvalroq paydo bo’lgan bo’lib, yozma adabiyotning vujudga kelishiga asos bo’lgan. oladi.(I.1-rasm)
Do'stlaringiz bilan baham: |