GPS – Global Positioning System Bu AQSh tomonidan ishlab chiqilgan tizim bo`lib. Yer yo`ldoshlari (sputnik) yerga ma'lum vaqt oraligida ma'lumot uztib turadi. Yo`ldoshdan yergacha signal yetib kelishini hisobiga uning qanday masofada ekanini aniqlash mumkin.
GPS qabul qiluvchi qurilma esa, yo`ldoshlarning birnechtasidan ma'lumotlarni qabul qilib, o`zining qayerda joylashganini aniqlaydi. kamida 5-9 ta yo`ldosh orqali qurilma o`zining qayerda joylashganini 5-10 metr aniqlikda aniqlay oladi.
Hozirgi davrda dunyoda yetakchi geodezik asboblarni ishlab chiqaruvchi firmalar tomonidan an'anaviy optik asboblar, zamonaviy optik-elektron asboblar (elektron taxeometrik stansiya- lar va elektron raqamli nivelirlar) bilan birgalikda NAVSTAR (GPS) va Glonass (Rossiya) kabi geodezik yo‘ldoshli priyomniklar GYP ishlab chiqarilmoqda.
Shu sababli MDH davlatlarida hozirgi vaqtda Yer sirti va Yer atrofi fazosi nuqtalari (punktlari) koordinatalarini bevosita aniqlashda yo‘ldoshli usullar keng qo‘llanilmoqda. Avtonom me- todlar bilan koordinatalarni aniqlash kosmik YENSY yo‘ldosh- laridan GPS-priyomniklar oladigan ma'lumotlarga tayanadi. ENSY sistemalari sinfli davlat geodezik tarmoqlarini yaratishdan tortib to topografik syomkalarni bajarishgacha bo‘lgan geodezik ishlarning deyarli hamma turlarini qamrab oladi. Signallarni qabul qilish uchun kanallar qo‘llaniladi. 12 kanalli priyomnik odatda bir chastotali, 24 kanalligi esa ikki chastotali hisoblanadi yoki har bir chastotasi bo‘yicha GPS va Glonass dan signallarni qabul qilish mumkin. Bir chastota bo‘yicha signallarni qabul qilish uchun 12 tagcha kanallar qo ‘llanilib , bir paytda 12 ta yo ‘ldoshdan signallarni qabul qilish mumkin.
GPS-priyomniklarda o‘lchashlar natijalarini kompyuterli qayta ishlash (post) va real vaqt (RTK — Real Time Kinematuk) re- jimlarida olinishi mumkin. O‘lchashlar jarayonida koordinatalarni millimetrli aniqlikda topish, muhandislik-geodezik ishlarini bajarishda — muhandislik inshootlari loyihaviy nuqtalar, chegara- larni, burchaklarni va h. k. joyga ko‘chirichda va syomka qilish uchun kiritilgan RTK funksiyali GPS-priyomniklar qo‘llaniladi.
Bajarilgan eksperimental tadqiqotlar yo‘ldoshli metodlar aniqligi bo‘yicha an'anaviy metodlarga nisbatan topografik-geodezik ishlarning hamma turlarini ta'minlashini ko‘rsatmoqda. Bunga geodezik signallar qurish, punktlar orasida o‘zaro ko‘rinishni ta'- minlash, o‘lchashlarning ob-havoga bog‘liq emasligini, harakatdagi tashuvchi (yer usti, suv, havo)larda priyomniklar o‘rnatilgan holda koordinatalarni aniqlash, mehnatning unumdorligi va tezkorligi tufayli yo‘ldoshli informatsiyani post rejimida va vaqtning real masshtabida avtomatik qabul qilish va ishlov berish hisobiga eri- shiladi.
Bu afzalliklar borish qiyin bo‘lgan hududlarga geodinamik ta- dqiqotlarni va h. k. ishlarni tashkil etish va yuritishni sezilarli yengillashtiriladi.
O‘tkazilgan tadqiqotlar ikki chastotali GPS-priyomniklar 1- sinf yo‘ldoshli geodezik tarmoq (YGT) punktlar orasidagi o‘rtacha masofa 40km gacha bo‘lganda, rejadagi astronomik-geodezik tarmoqda (AGT) punktlari orasidagi o‘rtacha masofa 12km gacha bo‘lgan o‘zaro rejadagi xatolik 2—3sm ni, balandlik bo‘yicha esa 3—4 sm ni tashkil etishini isbotladi.
Bir chastotali GPS-priyomniklar 3-sinf geodezik zichlashtirish tarmog‘i punktlari orasidagi masofa 6km va 4-sinf, 1- razryad 2- razryad tarmoqlar punktlari orasidagi masofalar tegishlicha 3, 4 va 2km bo‘lganda punktlarning xatoliklari 3—4sm dan, baland- ligi esa 4—5sm dan ortmaydi.
Yo‘ldoshli metodlar davlat geodezik tarmoq punktlari koordi- natalarini aniqlashda iqtisodiy samarador hisoblanadi, ular an'ana- viy metodlarga nisbatan uch karrali ijobiy samara beradi, syomka tarmoqlari punktlari koordinatalarini aniqlashda esa xarajatlar taxminan teng bo‘ladi.
Hozirgi kunda GPS sistemasidan foydalanishda kuzatishlar punktlar holatini 1984- y Dunyo geodezik sistemasi (WGS-84)da aniqlash ko‘zda tutilgan. Sistemaning boshlanishi Yer massasi markazida berilgan. Fazoviy to‘g‘ri burchakli koordinatalar siste- masi z o‘qi shartli Yer qutbi yo‘nalishiga parallel (xalqaro shartli boshlanish), x o‘qi WGS-84 shartli meridian tekisliklari bilan aniqlanadi (nolinchi meridianga parallel (73- rasm). y o‘qi sistema koordinatalarini o‘ngga to‘ldiriladi. WGS-84 koordinatalar sistemasi koordinata o‘qlarining boshlanishi va holati WGS-84 ellipsoidi geometrik markazi va o‘qlariga mos tushadi. WGS-84 koordinatalar sistemasini 2000- yil davriga berilgan FK-5 yulduzlar katalogida berilgan koordinatalar sistemalari orasida bog‘liqlik o‘rnatilgan.