Xaritalar va ularning turlari haqida ma’lumot



Download 160,18 Kb.
bet6/19
Sana23.02.2022
Hajmi160,18 Kb.
#144145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
2 5255759881071231890

Topografik planlarda (“lotincha planum-tekistlik”) ma’lum bir hudud ortogonal proeksiya asosida tasvirlanadi. Toporafik planlar 1:5000; 1:2000; 1:1000; 1:500 masshtablarda tayyorlanadi. Topografik planlar mazmuniga ko‘ra asosiy va maxsus topografik planlarga ajratiladi. Asosiy topografik planlardan farqli ravishda maxsus topografik planlarni tayyorlashda tasvirda konturning yuqori aniqlikda ko‘rsatish talab etiladi. SHu bilan birga hududning relefini ko‘rsatishda o‘zgartirishlar, qo‘shimcha ma’lumotlarni va maxsus belgilarni kiritish imkoniyati ham mavjud. Topografik planlarni tuzishda quyidagi talablarga e’tibor berish lozim:

  1. Geometrik aniqlik. Bunda ma’lum bir hududdagi ob’ektning joylashish nuqtasi xaritadagi joylashish nuqtasi bilan mos kelishi lozim.

  2. Planlarda keltirilayotgan ma’lumotlarning xaqiqiyligi.

  3. Planlarda qabul qilingan belgi va izohlarning qo‘llanilishi.

6-MAVZU: KOORDINATALAR TIZIMI. GPS VA UNDAN FOYDALANISH ASOSLARI


Kartografik proeksiyalar va koordinatalar tizimi.
Er shari yuzasini matematik asosda aks ettirishga kartografik proeksiya deb aytiladi yoki boshqacha aytganda er sharini sfera yoki sferoid sifatida qarashimizdan qat’iy biz er sharining uch o‘lchami yuzasini xaritada matematik qoidalar asosida tekis yuzaga aylantirishimiz kerak bo‘ladi. Xaritani matematik asosi-xaritaning matematik elementlari majmuidan tarkib topib, ular tasvirlanayotgan yuza va xarita o‘rtasidagi matematik aloqani belgilaydilar. Proeksiya, masshtab, geodezik asos, shuningdek komponovka tizimi xaritaning matematik asos elementlari bo‘lib hisoblanadi. Xaritaning matematik asos elementlari-er yuzasini tekislikda ma’lum matematik qonun va qoida asosida to‘g‘ri va aniq tasvirlash imkonini beradi. Masshtab kartografik modelning fazoviy chegaralarini aniqlaydi. Xaritada o‘lchash mumkin bo‘lgan aniqlik, xarita mazmunining mukammalligi, kartografik tasvirning aniqligi bevosita uning masshtabiga bog‘liq bo‘ladi. Xarita masshtabining katta yoki kichikligi uning maqsadiga qarab belgilanadi. Xarita-tuzishda dastlab meridian va parallel chiziqlari chiziladi va ular bir-biri bilan kesishib kartografik to‘r hosil qiladi, so‘ngra bu to‘rga planli asos (tayanch) punktlari tushiriladi. SHundan keyin u boshqa geografik ob’ektlar bilan to‘ldiriladi. Har bir alohida xaritaning kartografik to‘ri shu xaritaning oldiga qo‘ygan maqsadi va vazifasidan kelib chiqqan holda ma’lum bir proeksiyada chiziladi. Kartografik to‘r chizilganda tasvirlanishi kerak bo‘lgan hudud dastlab tuzilayotgan xarita masshtabidagi globus yuzasiga (sirtiga) tushirilgan deb faraz qilinadi. Er yuzasi tekis qog‘ozda tasvirlanadi, biroq sferik (egri) yuzani tekislikka tushirganda bu yuzaning xaritadagi maydonida, shaklida, burchaklarida va uzunliklarida xar xil xatoliklar ro‘y beradi. Har qanday holatda er yuzasini tekislikda tasvirlaganda ikkita asosiy talab bajarilgan bo‘lishi lozim, bu tasvirning bir xilligi va uzluksizligi ta’minlangan bo‘lishi shart. Bu birinchidan er yuzasidagi har bir nuqtaga xaritada faqat bitta nuqta mos kelishi kerak va ikkinchidan kartografik tasvirda uzilgan joylar bo‘lishi kerak emas. Teng cho‘zilish yoki teng siqilish natijasida kartografik tasvirda quyidagi xatoliklar vujudga keladi:

  1. 1.Uzunliklar xatoligi;

  2. 2. Burchaklar xatoligi;

  3. 3. Maydonlar xatoligi;

  4. 4. SHakl xatoligi.

  5. Uzunliklar xatoligi - xaritadagi chiziqlarning masshtabi ularning holati (o‘rni) hamda yo‘nalishi o‘zgarishi bilan o‘zgaradi. Masalan, ayrim xaritalarda parallellarning uzunligi bir xil va aynan o‘sha meridianlarni orasida er yuzasidagi kabi ekvatordan qutblarga tomon uzoqlashgan sari qisqarib bormasdan, balki ekvatordagi uzunligi qanday bo‘lsa xuddi shundayligicha saqlanib qoladi. Xarita masshtabi xaritadagi kichik kesma uzunligining er yuzasidagi shunga mos uzunlikka bo‘lgan nisbatini ifoda etadi. U proeksiyani ma’lum joylarida (nuqta yoki chiziqda) saqlanib qoladi va xaritaning bunday joylaridagi masshtabiga bosh masshtab deyiladi. Xaritalarda har doim aynan shu bosh masshtab ko‘rsatiladi. Proeksiyalarning qolgan boshqa joylarida masshtablar bosh masshtabdan farq qiladi va ulartxususiy masshtab deb yuritiladi. Burchaklar xatoligi-xaritadagi burchaklar er yuzasidagi shunga mos burchaklar teng bo‘lmaydi. Burchaklar xatoligi konturlarning shaklidagi xatolikni keltirib chiqaradi. Xaritadagi shakllar er yuzasidagi shunga mos shakliga o‘xshamaydi, shuning uchun xarita bo‘yicha u yoki bu geografik ob’ektning xaqiqiy shakli berilmaydi. Maydonlar xatoligi-xaritadagi maydonlar masshtabi joy o‘zgarishi bilan o‘zgaradi. Masalan, ayrim xaritalarda ekvatordan qutblarga tomon uzoqlashayotgan paytda kartografik to‘r trapetsiyalarining maydoni aslidagiga o‘xshab nafaqat kichrayadi hatto kattalashadi. Bu esa xaritani xar xil joyida joylashgan xar xil shakllarning maydonini o‘lchashni hamda ularning maydoni bo‘yicha bir birigi taqqoslashni qiyinlashtiradi.

  6. SHakl xatoligi - ob’ektlarning xaritadagi shakli joydagi o‘ziga mos geografik ob’ektlarning shakliga o‘xshamaydi. Kartografik proeksiyalar nazariyasida er ellipsoidi yuzasidagi cheksiz kichik doirachalar tekislikda ellips bilan tasvirlanadi va bu xatoliklar ellipsi deb yuritiladi. Xaritadagi xatoliklarni hamma turlari bir-biri bilan bog‘langan va ulardan birining o‘zgarishi ayni paytda boshqasining o‘zgarishiga olib keladi. Xaritada ular xuddi bir-biriga qarama-qarshi turgandek va ulardan birining kamayishi o‘sha paytni o‘zida boshqasining kattalashishiga olib keladi. Bir paytni o‘zida ham maydonlar tengligini ham shakllar (figuralar) o‘xshashligini va chiziqlar uzunligini saqlab qoladigan kartografik proeksiya yo‘q. Kartografik proeksiyalarni tasniflash ikkita bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan asosiy belgilar bo‘yicha amalga oshiriladi; bular xatoliklar hususiyati va yordamchi geometrik yuzadan foydalanish usuli (kartografik to‘rni tuzish). Kartografik proeksiyalar xatoliklar xarakteriga ko‘ra teng burchakli, teng maydonli va ixtiyoriy proeksiyalarga bo‘linadi. Kartografik proeksiyalar bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan xatoliklar va kartografik to‘rlarga qarab farq qiladi. Teng burchakli proeksiyalarda burchak xatoligi bo‘lmaydi. Bunday proeksiyada tuzilgan geografik xaritalarning hamma joyidagi barcha yo‘nalishlarda burchaklar qiymati saqlanib qoladi. Teng maydonli proeksiyalarda xaritadagi maydon bilan er yuzasidagi maydon o‘rtasidagi proporsionallik saqlanadi. Ixtiyoriy proeksiyalarda xatoliklarni kamaytirish maqsadida foydalaniladi. Bunda teng oraliqli proeksiyalardan foydalaniladi va meridianlar hamda parallellar bo‘yicha masshtabning doimiyligi saqlanadi, shakl, burchak va maydon xatoliklari ro‘y beradi. Barcha mavjud kartografik proeksiyalar xatoliklar xarakteriga va kartografik to‘rni qurish usuliga ko‘ra tasniflanadi.


Download 160,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish