Растрли тасвир сақланадиган папкага мурожаат қилиш зарур. Диалогда "Файл тури — растр" "Tun файла — растр" ва "Тасаввур — фаол картада" "Представление — В активной карте" танланади. Монитор экранида вилоят ёки хўжалик корхонасига тегишли растрли тасвир кўринади.
Растрли тасвир файлини очаётиб "Тасвирни рўйхатга олиш" деб аталган амални бажаришни назарда тутиш зарур.
Рўйхатга олинмаган растрли тасвир MapInfo шартли координата тизимида ифодаланиб, кўриш учунгина хизмат қилади.
Растрли файл танланиб "Очилсин" "Открыть" тугмасини босилгандан сўнг, "Рўйхатга олиш" "Зарегистрировать" жавобини бериш керак.
"Тасвирни рўйхатга олиш" "Регистрация изображения" диалогида таянч нукталарнинг (MapInfoибораси билан — назорат нуқталари) географик координаталарини градусда (0,001 аниқликкача) ёки уларнинг тўғри бурчакли координаталарини бериш керак. Бунинг учун "Проекция" тугмасини босиш ва "Проекцияни танлаш" "Выбор проекции" диалогида биринчи ҳолат учун "Узоқлик / кенглик" "Долгота / широта" иккинчи ҳолат учун "План — чизма" "План — схема" (метрлар) қатори кўрсатилади
Таянч нуқталар географик координаталарини танлаш
Таянч нукталар учун тўғри бурчакли координаталарини танлаш
Агар бирор районнинг 1:50 000 масштабли мавзули картаси тузилаётган бўлса, растрли тасвирга таянч нуқталарнинг координаталарини аниқлаш учун 1:25 000 масштабли топографик картадан фойдаланилади, у орқали растр таянч нуқталарининг координаталари аниқланади.
10-MAVZU: GAT DASTURLARI. ARC GIS dasturi https://docplayer.net/73101946-Uzbekiston-respublikasi-oliy-va-urta-mahsus-talim-vazirligi-zhizzah-politehnika-instituti.html
ArcGIS for Desktopdasturi va uning tarkibiy qismlari Kartografik maxsulotlarni kompyuter vositasida turli usullar bilan yaratish mumkin. CorelDraw, Adobe illustrator, Adobe Indesign kabi turli grafika dasturlari mavjud bo‘lib, ular yordamida yuqori sifatli turli murakkab mazmundagi xaritalarni yaratish imkoniyati mavjud. Biroq bunday grafika muharrirlari yordamida yaratilgan yuqori aniqlikdagi xaritalarni geografik axborot tizimi sohasidagi mahsulotlar qatoriga kirita olmaymiz. Bunga sabab sifatida ularda ma’lumotlar bazasining mavjud emasligi, ob’ektlarning koordinatalar tizimiga bog‘lanmaganligi va boshqalarni keltirib o‘tishimiz mumkin. Geografik axborot tizimi sohasidagi dasturlar vositasida yaratilgan kartografik mahsulotlar raqamli xaritalar deb yuritiladi. Ayrim mutahassislar tomonidan raqamli xaritalar va kompyuter xaritalari tushunchalarini chalkashtirish xolatini kuzatamiz. Geografik axborot tizimi sohasidagi dasturlar vositasida yaratilgan raqamli xaritalar o‘zining bir nechta xususiyatlariga ko‘ra sodda grafika dasturlari yordamida yaratilgan xaritalardan farq qiladi. Geografik axborot tizimi sohasidagi dasturlar vositasida yaratilgan raqamli xaritalarning eng muhim xususiyatlaridan biri undagi ob’ektlarning ma’lum bir koordinatalar tizimiga bog‘langanligi. Bu esa o‘z navbatida yagona koordinata sohasidan foydalanish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari raqamli xaritalar koordinatalar tizimini gegrafik axborot tizimi dasturlari yordamida o‘zgartirish imkoniyati ham mavjud. Xaritalardagi ob’ektlarning koordinatalar tizimiga bog‘liqligini hisobga olgan holda, qatlamlar yoki turli tip va masshtabdagi ob’ektlarni boshqarish, kerakli qatlamlar hamda ob’ektlarni namoyish etish, faol yoki nofaol holatga ham keltirish mumkin. SHuning raqamli xaritalarda unga tegishli ob’ektlarning yaratilgan ma’lumotlar bazasini o‘rganib chiqishimiz, to‘ldirishimiz, tahlil va tahrir etishimiz mumkin.
ArcGIS for Desktop dasturi uchta asosiy tarkibiy qismdan iborat. Ushbu uchta asosiy dasturlar turli mavzudagi xaritalar, shu jumladan arxeologik yodgorliklar xaritalarini ham yaratish va namoyish etishda qo‘llaniladi.
ArcMap- ArcGIS for Desktop dasturining asosiy qismi bo‘lib, xaritalar yaratish, taxrirlash, ma’lumotlarni taxlil etish va boshqarish imkoniyatini beradi. Ushbu dastur asosan ikki o‘lchamli ob’ektlar uchun qo‘llaniladi.