Taxlil qilishda geoma’lumotlardan foydalanish: GAT nafaqat namoyish qilish uchun, balki taxrirlash uchun qo‘llaniladi. Buning uchun dasturda bir nechta modul va skriptlar mavjud bo‘lib, turli masalarni echishda foydalaniladi.
ArcGIS for Server yordamida xarita xujjatlarini kartografik veb sahifalarga joylashtirish: Biz o‘zimiz yaratgan fayllarniistemolchilar uchun ArcGIS for Server yordamida nashr etishimiz mumkin.
Arc Catalogda nuqtali, maydonli va chiziqli sheyp fayllar yaratish va ularni koordinatalar tizimi bilan bog‘lash
Arc Catalog dasturi Arc Map dasturida xaritalar yaratishdan avval uning elementlari nuqtali, maydonli, chiziqli sheyp fayllar asosida yaratib olinadi. Ular o‘z navbatida ma’lum bir koordinatalar tizimiga bog‘lanadi. So‘ngra ushbu yaratilgan ma’lumotlar Arc Map dasturiga yuklanadi va ular ustida ishlanadi. SHu o‘rinda Arc Catalog dasturi xaqida to‘xtalib o‘tsak. Arc Catalog dasturiy ta’minoti katalog oynasini ifodalab, ArcGIS for Desktop uchun turli geografik ma’lumotlarni yaratish va boshqarish uchun qo‘llaniladi. Arc Catalog dasturiy ta’minotida quyidagi turdagi axborotlarni yaratish va boshqarish mumkin:
Geoma’lumotlar bazasi
Rastr fayllar
Uch o‘lchamli ko‘rinish, xarita, globuslar xujjatlari va fayl qatlamlari
Geoqayta ishlash asoblar to‘plami, modellar va Python skriptlari
ArcGIS for Server yordamida nashr etilgan GAT servislari.
Ma’lum bir standartlardagi metama’lumotlar va x.zo.
Arc Catalog bu ma’lumotlar shajara ko‘rinishida ifodalaydi. Uning vositasida biz ArcGIS xujjatlari va GAT ma’lumotlar to‘plamini tartiblashimiz, elementlarni izlab topishimiz va ularni boshqarishimiz mumkin.
Arc Catalog dasturi:
GAT mazmunini tashkil etish
Geoma’lumotlar bazasi sxemasini boshqarish
Ma’lumotlarni xujjatlashtirish
GAT serverlarini boshqarish
Ma’lum bir standartlardagi metama’lumotlarni boshqarish kabi xolatlarda qo‘llaniladi.
Arc Catalog ishchi soha va geoma’lumotlar bazasidagi geografik axborotlar bilan ishlash ularni yaratish hamda boshqarishni amalga oshiruvchi dasturiy ta’minot xisoblanadi. Ishchi soha-bu diskdagi fayllardan ibborat papka bo‘lib, xarita, tasvir, ma’lumotlar fayli, geoqayta ishlash modellari, qatlamlar, geoma’lumotlar bazasi kabilarni tashkil etish qo‘llaniladi. Ishchi sohalar GAT axbortlar mantiqiy to‘plamini yaratish va hamkorlikda foydalanishni amalga oshiruvchi oddiy vositalardan biri hisoblanadi.
Geoma’lumotlar bazasi ArcGIS dasturida foydalaniladigan turli geografik ma’lumotlar to‘plamidir. Ma’lumotlar bazasida axborotlarni saqlashning bir necha ko‘rinishlari mavjud:
Faylli ma’lumotlar bazasi-diskdagi faylli papka
SHaxsiy geoma’lumotlar bazasi- Microsoft Access (.mdb) ma’lumotlar bazasi fayllari
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi-(Oracle, SQL Server, Informix, DB2 yoki PostgreSQL)
Arc Catalog bu ma’lumotlarni ketma-ketlikda namoyish etadi va bu ko‘rinishi jixatidan Windows Provodnikka o‘xshab ketadi.
Quyida Arc Catalog dasturida eng ko‘p murojaat etiladigan elementlar ro‘yxati keltirilgan.
Papkalar- ArcGIS xujjatalari va ma’lumotlar to‘plami ishchi soxasiga ulanish
Faylli va shaxsiy geoma’lumotlar bazasi
Ma’lumotlar bazasiga ulanish
Manzil lokatorlari
GAT serverlari
Asboblar to‘plami
Python skriptlari
Stillar
Arc Catalog asboblar paneli. Arc Catalog ArcGIS axborotlari va ishchi soxasini boshqarish hamda ma’lumotar to‘plamini ko‘zdan kechirish uchun mo‘ljallangan asoblar paneliga ega. Quyida Arc Catalog dasturida eng ko‘p qo‘llaniladigan asboblar paneli va ularining bajaradigan funksiyalari xaqida ma’lumot keltirilgan. Standart asboblar paneli Arc Catalog dasturining yuqori qismida joylashgan bo‘lib, katalogdagi elementlarni boshqarish, ularning mazmunin ko‘zdan kechirish, ArcMap, ModelBuilder va ArcGIS ning boshqa dasturiy ta’minotlari oynalarini faollashtirish vazifalarini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |