Loyihalar (proyeksiyalar)-bu Yer yuzasining xaritada tasvirlash usulidir. Yer dumaloq bolganligi tufayli uni tekislikda tasvirlanayotganda malum bir hatoliklarga yol qoyiladi. Bunday hatoliklarga asosan maydonni, uzunlik va burchaklarni tasvirlayotganda yol qoyiladi. Shuning uchun turli xil (teng burchakli, teng maydonli, teng masofali va aralash loyihalar) qollaniladi.
Shartli belgilar-voqea va hodisalarni malum bir belgilar yordamida xaritada tasvirlanishidir. Miqyosli shartli belgilar yordamida voqea va hodisalar haqiqiy olchamlari bilan tasvirlanadi. Miqyossiz shartli belgilar bilan xaritalarning miqyosida korsatib, bolmaydigan voqea va hodisalar tasvirlanadi (TETS, kon, shakllar, aholi yashaydigan joylar). Chiziqli shartli belgilar bilan daryolar, yollar, chegaralar korsatiladi. Tushuntirish belgilari bilan daryo oqimining yonalishi, ormondagi daraxtlarning turlari korsatiladi. Bundan tashqari yozuvli, harfli, sonli shartli belgilar ham boladi.
Geografiya xaritalari hududiy kolamiga, mazmuniga, masshtabiga, nimaga xizmat qilishiga, katta-kichikligiga va boshqa belgilarga qarab bolinadi. Xaritalar ixtisosiga qarab umumiy geografik va maxsus xaritalarga bolinadi.
Umumiy geografik xaritalar yirik masshtabli (topografik) xaritalarga, ortacha masshtabli, mayda masshtabli xaritalarga bolinadi. Maxsus xaritalarga dunyo xaritalari: iqlim xaritasi, tabiat zonalari xaritasi, osimlik xaritasi, foydali qazilmalar xaritasi: tuproq xaritasi, aholi zichligi xaritasi, aloqa yollari xaritasi va boshqa xaritalar, sanoat qishloq xojaligi va transport tarmoqlari xaritalari va boshqalar kiradi. Oquv jarayonida xaritalarga va stolga qoyiladigan xaritalarga bolinadi.
Devoriy xaritalar, asosan darsda materialni bayon etayotgan vaqtda korsatish uchun, takrorlash mashq qilish va oquvchilarning bilimlarini tekshirish vaqtida foydalaniladi. Devoriy xaritalar odatda ancha uzoqdan oqitiladi. Shuning uchun ham bunday xaritalar katta olchamda nashr etiladi.
Stolda foydalaniladigan xaritalar darslikka ilova qilingan xaritalar, atlas xaritalar, darslik matndagi xaritalar bazan esa ayrim xaritalardan iborat boladi. Stolda foydalaniladigan asosiy xaritalar bolgan mustaqil darsliklarga ilova qilib berilgan xaritalar devoriy xaritalar kabi rangdor boladi. Stolga qoyiladigan barcha xaritalar, devoriy xaritalardan farq qilib, oquvchilarning sinfda va uyda individual ishlari uchun foydalaniladi. Bu xaritalar yaqindan qarab oqishga moljallangan va shunga kora olchami kichik va devoriy xaritalarga qaraganda masshtabi ham mayda boladi.
Darslik matnidagi xaritalar ilova qilib berilgan xaritalardan farq qilib, asosan bir rangdagi maxsus tabiiy va iqtisodiy xarita-sxemalardan iborat boladi. Ularning mazmuni darslikning tegishli matniga moslashadi. Geografiya oqitishda globus oziga xos kartografik qurol hisoblanadi. Katta va kichik globuslar bor. Katta globuslar butun sinfga korsatish uchun, kichik globuslar esa har bir oquvchining xaritada mustaqil ishlayotganida foydalaniladi. Lekin bunday xaritalar qimmat bolganligidan maktablarda hozircha ulardan kam foydalaniladi.
Har bir geografik xarita kartografik turdan, quruqlik va suvlarning muayyan masshtabda chizilgan yozuvsizlaridan, shartli belgilardan, geografik nomlar va raqamlardan iboratdir. Shunga kora oquvchilarning geografik xarita haqidagi bilimi kamida quyidagi shartlarni oz ichiga olishi kerak:
Dasturda korsatilgan geografik nomlarni bilish va tegishli kartografik tasavvurlar bolishi.
Xaritaning shartli belgilarini bilish va xaritaning tuzilishini tushunish kerak.
Buning manosi shuki, oquvchilar eng avval, dasturda korsatilgan geografik obektlarning nomlarini esda tutishlari, ularning geografik ornini va xaritada bir-birlariga nisbatan joylashishini tasavvur eta olishlari, ularni xaritadan topa bilishlari va togri korsata olishlari kerak. Oquvchilar, shuningdek, xaritaning eng muhim yozuvsiz xaritalarini tasavvur eta olishlari lozim.
Xaritaning tuzilishi togrisida eng boshlangich bilimga ega bolmasdan turib, yani xaritaning voqelikni aks ettirishini tushunmasdan, uning masshtabini, undagi yonalishlarni, kartografik turning ahamiyatini tushunmasdan turib xaritani chinakam bilib bolmaydi.
Uslubiyotda xaritani oqiy olish deganda hududni va ayrim geografik obektlarni xarita asosida tariflab bera bilish tushuniladi.
XIX asrning oxiridagi mashhur uslubiyotchi A.Brizgalov oquvchilarga xaritani oqiy olishni organishda oqituvchining vazifalari mana bunday obrazli qilib ifoda etgan edi: ...Qani endi oquvchi xaritaga, masalan, musiqachi oz notalariga qanday munosabatda bolsa, shunday munosabatda bolsa, yani u biron-bir mamlakatning xaritasiga koz tashlar ekan, xaritada berilgan geografik malumotlardan shu mamlakat aholisining hayoti togrisida har holda togri xulosalar chiqara oladigan bolsa. Xaritani tashkil etadigan geografik belgilar shunday malumotlarga aylanishi kerakki, oquvchi bu malumotlar asosida, musiqachi nota belgilari va uning bir guruhini toplab, oz ongida muayyan tovushlar yigindisini hosil qilgani kabi oz xulosalarini chiqara olsin....
Oquvchilarni xaritani tushunishga orgatish. Xarita yer yuzasining tekisligidagi umumiy juda kichraytirilgan tasviri bolganligidan odatda bir vaqtning ozida korish mumkin bolmaydigan juda katta hududni kora olishga imkon beradi. Xarita yer yuzasining boshqa tasvirlaridan farq qilib, xaritaga tushirilgan obektlar togrisida matematik jihatdan togri malumotlar beradi.
Oquvchilar xaritaning tuzilishini va uning voqealikni aks ettirishini togri tushunishlari uchun xaritada joyning tasvir etilishiga oquvchibalarni asta-sekin orgata borish kerak. Maktabda geografiya oqitish tajribasi shuni korsatadiki, oquvchilarni xarita tuzilishini tushunishga orgatishning eng togri yoli-maktab atrofidagi joyda oriyentirovka qilishdan reja olishga, rejadan esa xaritaga otishdir, bu izchillik bilan bolishi kerak. Dastavval bolalar rejani tushunishga tayyorlangan bolishlari kerak. Buning uchun ular quyidagilarni izchillik bilan ozlashtirishlari lozim: joyda oriyentirovka qilish, joyda masofalarni olchash va ularni masshtab asosida chizma chizish, chiziq yonalishlar chizish. Oquvchilarning reja bilan bevosita tanishishlari uch bosqichdan otish lozim: dastlab kichikroq maydonning (sinfning, maktabning) chizma chizish, songra kattaroq maydonning koz bilan chamalab rejasini olish va shu asosda topografik reja bilan ishlash.
Xarita boshqa korsatmali qurollar bilan shu bilan farq qiladiki, unda tabiiy va ijtimoiy hodisalar xaqiqiy korinishda emas, balki shartli belgilar asosida korsatiladi. Shu sababli xaritani togri tushunish uchun oquvchilarni obektlarning ozi bilan oldindan tanishtirish zarur.
Xarita oqishga orgatish va xaritalar bilan ishlash usullari. Oquvchilar xarita oqish konikmasini asta-sekin butun geografiya kursi davomida geografik materialni organish bilan parallel ravishda egallaydilar.
Oqish jarayonida geografik bilimlar kengayadi va chuqurlashadi. Shu bilan birga xarita oqish konikmasi ham takomillasha borishi kerak. Maxsus tabiiy va iqtisodiy xaritalar umumiy geografik xaritalarga qaraganda oqish uchun murakkabroqdir. Shuning uchun bu sohada ham muayyan izchillik bolishi zarur: dastlab oquvchilar umumiy geografik xaritalar bilan tanishishlari kerak, songra esa maxsus xaritalar bilan ishlashga otishlari lozim.
Xarita oqish maxsus tabiiy va iqtisodiy xaritalardan (odatda darslik matnidagi xaritalar yoki atlas xaritalaridan) tobora koproq foydalanish yoli bilan ham murakkablashtiriladi. Bu xaritalardan 5-sinf kursidan boshlab foydalaniladi, lekin yuqori sinflarda ularning roli osha boradi va bu xaritalar darslarda yangi material bayon etiladigan suhbatda asosiy qollanma hisoblanadi.
Xarita oqiy olish konikmasi yetarli darajada taraqqiy etgandan keyin, suhbatni boshqacharoq otkazish mumkin. Oqituvchi har bir geografik obektni dengiz, tog tizmasi, daryo va boshqalarni xaritaga qarab tariflash rejalarini beradi, oquvchilar bu rejalarni bilishi zarur. Darsda javob berish uchun chaqirilgan oquvchilar bu reja boyicha devoriy xaritalar asosida ulardan oqiy olgan hamma narsasini hikoya qilib beradilar, boshqa oquvchilar esa orinlarida turib qoshimchalar kiritadilar. Xarita asosida qilingan suhbatdan keyingina, oqituvchi xaritada korsatilmagan malumotlarni gapirib beradi.
Sinfda ishlash bilan birga xarita asosida obektlarga mustaqil ravishda tarif berish yuzasidan uy vazifalari ham berish mumkin.
Darslik va atlasning maxsus xaritalari bilan ishlash. Maktab darslarida va atlaslarida juda kop turli-tuman maxsus xaritalar bor. Oqituvchi suhbat uslubi bilan yangi material bayon etar ekan, bu xaritalardan bilim manbai sifatida foydalanib, bu xaritalar asosida oquvchilar qiladigan ishni tashkil etadi. Maxsus xaritalarning shartli belgilari juda xilma-xildir, oquvchilar bu belgilarning hammasini umumiy geografik xaritalardagi shartli belgilarni esda tutganlariday eslab qola olmaydilar, lekin ular maxsus xaritadagi bu belgilarni tushunishlari shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |