I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
Kartografiya fani geodeziya, kartografiya va kadastr ixtisosliklarini muvaffaqiyatli egallashda muhim fundamental fanlardan biri hisoblanadi. Ushbu sohalarda kartografiya fanidan chuqur bilimga ega bo„lmasdan zamon talabiga mos yetuk mutaxassis bo„lib yetishish uchun zarur bilimlarni puxta o„zlashtirib bo„lmaydi. Xususan, aholi va ishlab chiqarish obyektlarini qurishda, davlat kadastrlari yagona tizimini yuritishda, ularni geodezik-kartografik ishlar bilan ta‟minlashda kartografik mahsulotlar (plan, xarita, atlaslar va h.k.) muhim o„rin tutadi.
“Kartografiya” fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 2-kurslarda o„qitilishi maqsadga muvofiq. “Kartografiya” fani geodeziya, kartografiya va kadastr bakalavriat ta‟lim yo„nalishida o„qitiladi. Mazkur fan geodeziya va kadastr fanlarining nazariy va uslubiy asoslari bilan chambarchas bog‟liq. Kartografiya fani ko„nikmalari iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlarida, xususan geodeziya, davlat kadastrlari yagona tizimi, boshqaruv, harbiy soha, navigatsiya, qishloq xo„jaligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishda, turli ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish kabilarda qo„llaniladi. Shu boisdan, kartografiya geoinformatika va fazoviy tahlil, xaritalarni loyihalash va tuzish, sotsial-iqtisodiy kartografiya, yer huquqi va kadastri bilan bog„liq bo„lgan fanlar poydevori hisoblanadi.
II. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o„qitishdan maqsad – talabalarga kartografiya fanining nazariy va amaliy ahamiyatini, geografik xaritalarning elementlarini, kartografik asarlarning turlarini, ahamiyatini va ulardan foydalanish uslubiyatlarini o„rgatish hamda ularni amaliyotda tadbiq etish ko„nikmalarini hosil qilishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko„nikmalar, kartografik asarlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fan bo„yicha talabalarning bilim, ko„nikma va malakalariga quyidagi talablar qo„yiladi. Talaba:
- kartografiya fani, uning iqtisodiyotda tutgan o„rni;
- kartografiya fanining shakllanish va rivojlanish tarixi;
- mamlakatimizda kartografiyaning rivojlanish istiqbollari;
- fan-texnikaning rivojlanishida kartografik mahsulotlarning ahamiyati to„g„risida tasavvurga ega bo‘lishi;
- geografik xaritalarning elementlarini;
- kartografik shartli belgilar va kartografik tasvirlash usullarini;
- geografik xarita va atlaslarning ahamiyati va tasniflanishi xususiyatlarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
- xaritalarda qo„llaniladigan shkalalar (pog„onalar)ni ishlab chiqish;
- geografik xaritalarni tahlil qilish va baholash usullarini qo„llash;
- kartografik asarlar bo„yicha tegishli masalalar yechimlarini qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |