Yozuvsiz xaritalar bilan ishlar. Oquvchilar yozuvsiz xaritalar bilan darsda yangi material bayon etilayotganda bilimlar mustahkamlanayotganda va tekshirilayotganda, amaliy mashgulotlarda va uyda uy vazifasini bajarayotganlarida ishlaydilar. Kursda organiladigan obektlarning bir qismi (mamlakatlarning chegaralari, qirgoq chiziqlari, daryolar va kollar eng yirik shaharlar). Yozuvsiz xaritada belgilab qoyilgan bir qismi esa unda korsatilmagan. Belgilangan obektlarga qarab oquvchilar kerakli yozuv yoki shartli belgini togri topishi, uni aylantirib qalam bilan chizib chiqishi lozim. Masalan, dunyo okeani qitalaridagi daryolar organilayotganda oquvchilar korsatilgan daryolarni yozuvsiz xaritadan topadilar, ularni belgilab chiqadilar va nomlarini yozib qoyadilar.
Yozuvsiz xaritalar ustida ishlashning ikkinchi turi- oquvchilarning yozuvsiz xaritalar asosida har xil kartachizmalar tuzishidir. Masalan, iqlimi organilayotganda yozuvsiz xaritalarga izotermalar, shamollarning yonalishi va boshqalar, osimliklar va hayvonot dunyosi organilayotganda esa tabiat zonalarining chegaralari chizib qoyiladi.
Yozuvsiz xarita bilan ishlash geografik obektlarning nomlarini va ularning xaritadagi geografik ornini bolalar xotirasida mustahkamlash, shuningdek, geografik hodisalarni aniqlash uchun muhim vositadir. Yozuvsiz xarita bilan ishlash geografik nomlarni togri va togri talaffuz qilishga yordam beradi. Xaritadagi chegaralar qalam bilan: chegaralar qizil qalam bilan, dengiz va kollar kok qalam bilan chiziladi, shaharlarning punsonlari esa oziga qolaveradi.
Tog tizmalari jigarrang yoki qora qalam bilan uzun-uzun chiziqlar shaklida, qirlar va yassi togliklar esa berk yozuvsiz xaritalar shaklida chiziladi.
Yozuvsiz xaritalarni boyayotganda shartli belgilar va ranglar, odatda umumiy qabul qilingan shartli belgilarga va ranglarga oxshash bolishi lozim.
Globuslar, ularning ahamiyati va geografiya oqitishda globuslarda foydalanish. Globus-(lotincha-dumaloq) Yerning kichraytirilgan nusxasi, unda Yer yuzasi, materiklar va okeanlar, toglar va tekisliklar shakli hatosiz, aniq va togri tasvirlanadi. Birinchi marta globus Beruniy tomonidan X asrda, Bexaym tomonidan XY-asrda yasalgan.
Yer sharining kichraytirilgan modeli bolmish globus kartografik qollanma sifatida xaritaga qaraganda bir qancha muhim afzalliklarga ega. Globusda ayrim punktlar ortasidagi masofani chizishda xatoga yol qoyilmaydi va maydonlarning bir-biriga nisbatan togri korsatiladi. Uning miqyosi barcha yonalishda doimiydir. Globusdagi barcha yozuvsiz xaritalar va shakllar Yer sharidagi xaqiqiy holatiga oxshaydi. Globus bu xususiyatlari tufayli oquvchilarda togri hududiy tasavvurlar hosil qilishda va kopgina mashqlar otkazishda nihoyatda qimmatli oquv quroli hisoblanadi.
Oquvchilarda qutblar, ekvator, meridianlar va parallellar togrisida geografik kenglik va uzunlik haqida togri tasavvur hosil qilish uchun bu tushunchalar bilan tanishtirishni globusdan boshlash va faqat shundan keyingina yarim sharlar xaritasi bilan ishlashga otish kerak. Bunday holda globus ayniqsa qulaydir, bunday globusda bor bilan gradus torini chizib korsatish mumkin: Yerning shakli va harakati, Yil fasllarining almashinishi, mavzularini otayotganda globus asosiy korsatmali oquv quroli hisoblanadi.
Globusdan eng qisqa masofani olchash uchun berilgan ikki manzil orasiga globus yuzasiga ip yoki millimetrlarga bolingan qogoz qoyib, songra uni olchash va globusning sonli miqyosi maxrajiga kopaytirish kerak boladi.
Materiklar va okeanlarni, katta dengizlar va orollarni, katta mamlakatlarni, katta katta hududlarni organayotganda ham ularni dastlab globusdan, songra xaritadan korsatish foydalidir. Yuqoridagi sabablarga kora katta maydonlarga doir masalalar organilayotganda ham globusdan korsatish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |