Xaridorlar o'rtasidagi konfliktli vaziyat!



Download 25,29 Kb.
Sana23.04.2022
Hajmi25,29 Kb.
#576958
Bog'liq
Jasurbek Shukurov


Xaridorlar o'rtasidagi konfliktli vaziyat!
Kiyim do'konida Olim aka o'zi uchun shim xarid qilayotgandi,bu do'konda unga 2ta shim ma'qul keldi, shulardan birini tanlashda boshi qotib turgandi...Shu payt do'konga kirib kelgan Obid akaga ham Olim aka tanlagan shimlardan bittasi juda yoqib qoldi,biroq bitta muammo bor edi:ikkalasiga yoqib qolgan o'sha shimdan do'konda faqat bitta,u ham bo'lsa ikkalasi tanlagan o'sha shim edi.Olim aka vaziyatni payqashi bilan negadir o'ziga ma'qul bo'lgan shimlardan aynan Obid aka tanlagani ko'proq yoqa boshladi va darhol "Bu shimni men xarid qilmoqchi bo'lib turgandim" dedi Obid akaga. Obid akaning nazarida esa Olim aka bu gapni ataylab aytayotgandek tuyildi va u ham bo'sh kelmadi "Kechirasiz men ham shu shimni olmoqchiman" dedi sergak tortib. Olim akaning xayolida: Men birinchi bo'lib keldim ,shuning uchun men olishim kerak degan fikr; Obid akaning xayolida esa :Men kelgunimcha xarid qilmadimi,demak, bu odam shunchaki atrofdagilarga qarshi chiqaverishga o'rganib qolgan, mazmunidagi fikr edi. Ikkalasi sotuvchiga yuzlandi,sotuvchining oldida-har ikkala xaridorni ham o'zidan ranjitmaydigan,do'kondan sovitmaydigan "orginal yechim" topish mas'uliyati turardi…
Kim nisbatan haq?
10 haqiqat eng ko'p kimning manfaati uchun ijobiy(Olim akanimi yoki Obid akanimi?)?

1.Olim aka do'konga birinchi kirdi.


2.U tanlagan shimlardan biri haqiqatdan ham Obid aka ham tanlagan shim edi.
3.Obid aka 2-bo'lib do'konga kirishiga qaramasdan,shimni xarid qilmoqchi ekanligini sotuvchiga birinchi bo'lib aytdi.
4.Garchi do'konga birinchi bo'lib kirishiga qaramasdan, Obid aka sotib olmoqchi bo'lgan shimni xarid qilmoqchi bo'lishi,eng birinchi bo'lib konfliktli vaziyat uchun turtki bo'ldi.
5. Obid aka o'zi sotib olmoqchi bo'lgan shimni Obid aka ham tanloviga kirgizib qo'yganligidan mutloqo bexabar edi.
6. Olim aka uchun do'kondagi 2ta shim ma'qul,Obid aka uchun esa faqat bitta shim ma'qul.
7. Olim akaning tanlovidan eng ma'qul kelgani , haqiqatdan ham ko'proq Obid aka ham tanlagan shimda edi ,negaki agar bu shim unga yoqmayroq turganida Obid akaning shimni xarid qilishi Olim akani bunchalik asabiylashtirmas edi.
8.Olim akaga biroz bo'lsada boshqa shim ham ma'qul,demak Obid akaning shimni xarid qilishiga qo'yib berishi kerak,negaki bu Obid akaning yagona tanlovi.
9. Obid akada tanlov bitta bo'lsa ham, xuddi shu ko'rinishdagi shimni boshqa do'kondan qidirib ko'rishga imkon bor.
10.Agar Olim akaga rostdan ham Obid aka xarid qilmoqchi bo'lgan shim ko'proq yoqib qolgan bo'lsa , Olim akada ham ushbu shimni boshqa do'konlardan izlab xarid qilish imkoni mavjud.

Olim akaning manfaati uchun haqiqatlar:1,2,7,9;


Obid akaning manfaati uchun haqiqatlar:3,4,5,6,8,10;
Demak:
Olim akada 4ta haqiqat;
Obid akada 6ta haqiqat;



Yechim!!!
Sotuvchi:
Birinchidan-Olim akaga ma'qul kelgan ikkinchi shimni sifati va ko'rinishi haqida ko'proq ijobiy fikrlar bildirishi kerak,negaki,Olim akaning tanlovini qaysidir ma'noda Obid aka kuchaytirib yubordi,ya'ni,Obid aka o'zi tanlagan shimni xarid qilmoqchi bo'lishi, Olim akaning ikkilanishiga barham berdi,chunki,shundan keyin Olim akaning xayolini Obid aka sotib olmoqchi bo'lgan shim "eng yaxshi shim" fikri cho'lg'ab olgan edi ...
Ikkinchidan:
Sotivchi xuddi shu ko'rinishdagi shimdan,hatto,bundan ham yaxshirog'ini keltirib berishni taklif qilishi yoki boshqa do'konlarda ham xuddi shunaqa shimlar borligi haqida aytib o'tishi joiz...
Uchinchidan: Olim aka shimni shunchaki tanlovlariga kiritganligini,uni sotib olish fikri birinchi bo'lib Obid akadan chiqqanligini Olim akaga uqtirishi maqsadga muvofiq!!!
Download 25,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish