Axmadov Azambek HBA-80 guruh talabasi 17-variant 49-50-51savollar SAVOLLAR
49.Qanday omillar firmaning tashqi tanlovlariga tasir etib uni ichki moliyaviy kapitaliga qarshi qoyadi? 50.Korxona moliyaviy siyosatining maqsadi nimalardan iborat bolishi mumkin? 51.Gaznachilik tizimi Moliya vazirligining muhim bolinmasi, uning asosiy vazifalari. JAVOBLAR
49. Korxonalarda moliyaviy inqirozlar yuzaga kelishiga sabab boʻluvchi va
ularning yanada chuqurlashuviga olib keluvchi omillarni tadqiq qilish. Bunday
tadqiqot moliyaviy inqirozlarning alohida ichki va tashqi omillarini belgilab olish,
moliyaviy inqiroz shakllari va koʻlamiga alohida omillarning ta’siri, moliyaviy
inqiroz omillarining rivojlanib borishi va ularning korxona moliyaviy-xoʻjalik
faoliyati rivojlanishiga salbiy ta’sirini prognozlash kabilarni oʻz ichiga oladi.
Moliyaviy inqirozning oldini olish boʻyicha korxonaning moliyaviy
imkoniyatlarini baholash. Bunday baholash koʻp jihatdan inqirozga qarshi chora-
tadbirlarning aniq maqsadga yoʻnaltirilganligi va barqaror mexanizmlardan
foydalanish imkoniyatining yuqoriligi bilan belgilanadi. Shuningdek ichki
imkoniyatlar toʻliq baholangan holda tashqi moliyaviy resurslarga boʻlgan talab
miqdorini aniqlash imkoniyati yaratiladi. Firma va kompaniyalarning moliyaviy va
iqtisodiy salohiyati ko’pincha aktivlarini joylashtirilishi hamda, ularning samaradorligiga
bog’liq bo’ladi. Buni bevosita quyidagi izohlash mumkin. Sobiq, rejali iqtisodiyot davrida
barcha aktivlar yuqoridan belgilangan tartibda ta’minlanishi va joylashtirilishidan,
korxonalar erkin ularni o’zgartirishga harakat qilmas edilar. Natijada aktivlarning u yoki bu
turi o’zining muqim o’rnida turishi va harakatda faol yoki nofaol holatda foydalanar edi.
Aktivlarni xududlar va tarmoqlar bo’yicha joylashtirilishida ham farqlarni sezish
mumkin edi. Natijada, asosiy vositalardan samarali foydalanish darajasi ham, aktivlarni
foydaliligi ham oldindan belgilangan holda tashkil etilar edi. Maboda ortiq foyda normasiga
ega bo’linsa u ham markazlashgan tartibda byudjetga, davlatga yig’ib olinar edi. Mulk,
aktivlar, ularning ta’minoti va joylashtirilishini mazmuni esa bugun keskin o’zgardi. Firma
va kompaniyalar aktivlarni shunday joylashtirishi lozimki bu holat unga imkon qadar,
maksimal darajada foyda olib kelsin yoki minimal darajada zararga ishlasin. Xo’jalik
yurituvchi sub’ektlarning bonkrotligi O’zbekiston Respublikasining “Bonkrotlik
to’g’risida”gi Qonuni va unga keyinchalik kiritilgan qo’shimcha, o’zgartirishlar bilan va
boshqa me’yoriy xujjatlar bilan tartibga solinadi. I.f.n. dotsent S.Najmiddinov, N.
Xasanovlar tomonidan chop etilgan “Korxona moliyaviy holatini baholash”(muammolar va
ularni hal etish)-deb nomlangan o’quv qo’llanmasida ) – “bonkrotlik belgilangan tartibda
korxonaning iqtisodiy nochorligini tan olish, xo’jalik sudi tomonidan uni bonkrot deb e’lon
qilish demakdir” deb yoziladi. Firma va kompaniyalar bonkrot deb e’lon qilinadi qachonki,
bonkrotlik faktlarini barchasi e’tirof etilsa. Bonkrotlik tahlili bevosita tahlil natijalarini
umumlashtirish va rasmiylashtirish asosida bayonnoma tuzish bilan yakunlanadi.
Bayonnomada korxonaning moliyaviy ahvoli va uning iqtisodiy tashxisi, korxonaning
iqtisodiy nochorligini barcha ko’rsatkichlarini izohi beriladi. Ushbu bayonnoma bonkrotlik
holatlari yuzasidan xuquqiy xujjatlar tayyorlash uchun manba bo’lib ham hisoblanadi.
Amalda bonkrot deb e’lon qilingan korxonalarga nisbatan bir nechta tadbirlar rejasi
belgilanadi;
-sanatsiyalash (moliyaviy yordam ko’rsatish);
-faoliyat yo’nalishini o’zgartirish;
-divertsifikatsiya (bir emas bir necha nomenklaturada mahsulot ishlab chiqarishga
o’tish);
-ixtiyoriy tugatish;
-majburiy tugatish.
Ataylab qilingan va soxta bonkrotlik holatlarida bonkrotlik to’g’risidagi Qonun
xujjatlariga muvofik xo’jalik yurituvchi sub’ektlar rahbarlari noqonuniy harakatlari uchun
javobgarlikka tortiladilar.
50. Tashkilotning moliyaviy siyosati uning iqtisodiy siyosatining ajralmas qismidir. U o'z
funktsiyalari va vazifalarini amalga oshirish va ulardan foydalanish uchun o'z funktsiyalari
va vazifalarini amalga oshirish va o'z faoliyatining shakllari va o'z faoliyatining shakllari,
tashkilot ichidagi munosabatlar tizimi bilan bog'liq rivojlanishning sifat jihatidan
aniqlangan rivojlanish yo'nalishini bildiradi. Tashkilotning tashqi muhitda pozitsiyasi
sifatida.