“Xarakter” trening dasturi.
Maqsad: Trening ishtirokchilariga xarakter haqida maʼlumot berish.
Vazifalar:
Xarakter tushunchasi bilan tanishish.
Ekstrovert va introvert xarakter koʻrinishlarini oʻrganish.
Xarakter —shaxsning barqaror individual xususiyatlari yigʻindisi boʻlib, u faoliyat va muloqotda yuzaga keladi xamda shaxsga xos xulq – atvor usullarini namoyon qiladi.
“Xarakter” termini fanga ilk bora qadimiy yunon olimi va faylasuf Teofrast tomonidan kiritilgan.
“Xarakter” soʻzi yunoncha «chiziq», «belgi», «sifat», «xususiyat» maʼnosini bildiradi. Bu soʻz “xarasso” feʼlidan kelib chiqib, uni uchlamoq, chizmoq, qirqmoq, deb tarjima qilinishi mumkin.
Hayotiy tajriba asosida xarakter tushunchasini ikki mazmunda tushunish mumkin: keng yoki umumiy maxsus, oʻziga xos maʼnoda.
Keng yoki umumiy maʼnoda inson xarakteri deganda uning xatti-harakati va xulq-atvoriga taʼsir etuvchi individual yaqqol namoyon boʻlgan va sifat jihatdan turlicha boʻlgan belgilari tushuniladi.
Tor yoki maxsus maʼnoda olingan xarakter deganda shaxsning psixik tuzilishi nazarda tutilib, u insonning irodasiga yoʻnalganligida namoyon boʻladi.
Yoʻnalganlik — bu insonning xarakterli xususiyati boʻlib, faoliyatiga taʼsir etadi na borliqqa nisbatan tanlangan munosabatida aks etadi. Oʻziga xos psixologik tuzilishni inson kurashda tarkib toptiradi va bu esa oʻz oʻrnida insonda irodaviy kuchni talab etadi.
Hayotda bu koʻp, «kuchli xarakter», «xarakterli kishi”, «kuchsiz xarakterli» degan terminlarni eshitamiz va bunda irodaga urgʻu beriladi.
Xarakterni oʻrganish tarixida qadimlarga borib taqaladi.
Teofrast (er. av. 372-287 yillar) — qadimgi yunon faylasufi Aristotelning shogirdi va doʻsti boʻlib, u yolgʻonchi, mahmadona, xasis, mijgʻov kishilarning 31 turiga tavsifnoma beradi. ( Afina jamiyatining salbiy aʼzolariga).
Jan de Labryuyep (1645-1696 y) — fransuz yozuvchisi, artisti publitsistika ustasi oʻzining «xarakterlar yoki bizning asrimizning axloqi» kitobida yuqori tabaqa kishilariga satirik baho beradi. Bunda u bankirlar, savdogarlar, amaldorlar va aʼyonlarga 1120 xil xarakteristika beradi.
XVIII asrda yashagan shveysariyalik yozuvchi Lafater I.K. (1741-1801 y) fizionomikaga doir yozilgan mashhur «fiziologik parchalar” traktida oʻzining fizionomikaga doir taʼlimotini asoslab beradi.
Fiziognomiki — insonning oʻziga xos jihatlarini yuz qomat, tashqi koʻrinish orqali tasvirlash haqidagi taʼlimot boʻlib, uni keng maʼnoda oladigan boʻlsak, u kuzatilayotgan hodisalarni tashqi jihatdan izohlash sanʼati, voqealikni tashqi formalarida tushuntirish haqidagi taʼlimotdir.
Fiziogiomistlarnnng fikricha, xarakter bu taqdirning belgisi, bu taqdiri azaldir.
Fransuz psixologi, birinchi fransuz laboratoriyasining direktori (1889 y) Ribo T.D. (1839-1916) inson xarakterlarni ikki guruhga boʻladi: hissiyoti kuchli, sezgirlar, (yuvosh. beozor, emotsional ) va irodalilar (bevosita (faol va oʻta faol) xarakterlilar.
XX asrda nemis psixologi E.SHiranger (1882-1903 y) xarakterning 6 tipini ajratadi:
1) amaliyotlar (iqtisodiyot, xoʻjalik, xudbinlar);
2) nazariyotchilar (intellektuallar, yakka, amaliy faoliyatda yordamga muhtojlar);
3) estitlar — hayotdan lazzatlanadiganlar;
4) dindor kishilar;
5) hokimiyatga intiluvchilar, dohiylar;
6) ijtimoiylar — jamiyat manfaatlari uchun yashovchilar.
Rus psixologi A.F. Lazurskiy (1874-1917 i) ilmiy izlanishlari xarakterologiya va shaxs klassifikatsiyasiga bagʻishlangan boʻlib, u odamlarni 3 guruhga (darajaga) ajratadi:
— past daraja — samarali, faol, fikrlovchi, hisob-kitobli
xudbinlar;
— oʻrta daraja — nazariyotchilar, olimlar, idealistlar, hukmdor, tadbirkorlar:
— yuqori daraja — jamoatchilar, intellektuallar, hokimiyatda
maʼlum mazmuni koʻra oladigan, goʻzallikka intiluvchilar.
Rus psixologi L.P.Nechaev (1929 y) oʻzining «Inson xarakteri» kitobida ogʻir vazmin, serharakat, intiluvchan xarakterga ega boʻlgan kishilarni aniqlashga intilgan. Xarakterning mohiyatiga doir konstitutsional nazariyada (SHeldon, Krechmer) inson xarakteri uning tana tuzilishiga qarab aniqlashga intilishlar boʻlgan. (atlet, astenik, piknik) ammo shu vaqtgacha xarakter klassifikatsiyasi aniq ega emas..
Xarakter tizimi.
Inson xarakterining tizimini oʻrganishning asosiy vazifasi xarakter xususiyatlarni maʼlum tizimga solish va ular orasidagi bogʻliqliklarni aniqlashdir.
Xarakter xususiyatlari bu shunday individual xususiyatlarki, ular insonning maʼlum vaziyatdagi xulq-atvorini koʻra olish, aniqlashga yordam beradi. Insonni borliqqa boʻlgan hayotiy munosabatga koʻra uning xarakter yoʻnalganligini quyidagicha guruhlash mumkin.:
A. Jamiyatga boʻlgan munosabat. Atrof olamdagi narsa va hodisalarga munosabat. (masalan, vatanparvarlik, vatanga muhabbat, tilga, kelajakka, ona tuproqqa muhabbat).
B. Mehnatga munosabat.
B. Boshqa odamlarga munosabat.
G. Oʻz-oʻziga munosabat.
A. Jamiyat, olamdagi narsa va hodisalarga boʻlgan munosabat: bu avvalambor vatanparvarlik, vatanga boʻlgan muhabbatdir. Inson alohida vatanparvarlik hislarini tugʻilgan, yashnagan erlariga nisbatan namoyon qiladi, bu muhabbat oʻz xalqining tarixiy oʻtmishi, uning boy madaniyati, tili, uning porloq kelajagiga nisbatan ifoda etiladi. Bu muhabbat Respublikamizni mustaqillikka erishishi bilan yanada mustahkamroq, yorqinroq boʻlishi mumkin.
B. Mehnatga boʻlgan munosabat: mehnat — hayot asosi, mehnatga boʻlgan munosabat — mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishchanlik, mehnatda psixik qondirilganlik holati, mehnatdan quvonish, mehnat qilishga ehtiyoj sezish va qarama –qarshi sifatlar – mehnatga yuzaki munosabat, dangasalik va h.k.
V. Boshqa kishilarga munosabat: bu ochiqlik va dilkashlik, qarama-qarshi sifatlar — yuzakilik, manmanlik.
Bu sezgirlik, tezkorlik, qarama – qarshisi – oʻz qobigʻida oʻranib olgan odamovilik. Va nihoyat, bu muloyimlik va berilgan ishni vaqtida bajarish tezkorlikdir.
G. Oʻz-oʻziga boʻlgan munosabat: ushbu munosabat asosida insonning oʻziga va boshqalarga nisbatan koʻplab xarakter asoratlari shakllanadi, ular oʻz oʻrnida shaxs uchun muhim ahamiyatga egadir.
Bularga insonni oʻz-oʻziga bergan bahosi, oʻz ustida ishlash ehtiyoji kiradi. Bu avvalambor kamtarlikdir.
Kamtarlik quyidagi qismlarni oʻz ichiga oladi:
1) oʻz-oʻzini namoyon qilish, oʻzini koʻrsatishga salbiy munosabat;
2) oʻz imkoniyatlari chegarasini bilish;
3) ehtiyotkorlik, sezgirlik, birovni dilini besabab ogʻritmaslik;
4) oʻz imkoniyatlari, muvaffaqiyatlari sababini yaxshi shart-sharoitlari bilan bogʻlash.
Kamtar kishi juda oddiy. tabiiy, balandparvoz gaplarni yoqtirmaydi, oʻz xususiyatini biladi va oʻz kuchiga boʻlgan ishonchni yoʻqotmaydi.
Kamtarlikdan oʻzi-oʻzini baholay olmaslik, oʻz-oʻziga ishonchni yoʻqligini ajrata olish lozim.
Baʼzi odamlarda oʻz – oʻziga yuqori baho berish, oʻzini sevish, takabburlik, manmanlik kabi sifatlarni ham kuzatish mumkin.
Insonni zarur sifatlaridan biri oʻz-oʻziga tanqidiy qarash – bu doimiy oʻz ustida ishlashga undovchi asosiy omildir.
Insonni oʻziga boʻlgan munosabati xarakteristikasida mustaqillik va taqlidchanlik muhim oʻrin egallaydi.
Mustaqillik – insonning ijobiy xarakter sifatida boʻlib, u masʼuliyatlilik oʻz-oʻziga ishonch bilan bogʻliqdir. Bu sifat ijodiy ish bilan mashgʻul boʻlgan kishilarga xosdir.
Taqlidchanlik — oʻz fikri va xatti-xarakatlarini boshqa kishilar xatti-xarakatlaridan koʻchirma moyillik. YAxshi odatlarga taqlidchanlik barcha kishilar uchun zarurdir. Koʻr-koʻrona taqlidchanlik, ayniqsa yomon odatlarga taqlid qilishga olib kelishi mumkin.
Mustaqil odamlar oʻz oldilariga qoʻyilgan maqsadlarga qatʼiylik bilan erishadilar. Maqsadni aniqligi va yuksakligi xarakter sifatlarni shakllanishi uchun juda zarurdir.
Insonning irodaviy xarakter sifatlari — bu faollik, qatʼiyatlilik, jasurlik, originallik, tashabbuskorlik, oʻz-oʻziga ishonish, tartib-intizomlilik, chidamlilik, matonatlilik va x. k.
Ushbu irodaviy sifatlarga qaysarlik qarama-qarshi boʻlishi mumkin.
Qaysarlik juda past va anglanilmaganlik motivatsiya bilan ajralib turadi.
«Men qanday istasam, shunday qildim», bu tafakkurning torligi, Boshqalarga talabchanligi, aqlli fikrlarga berilishning oʻziga nisbatan pastligidan dalolat beradi. Odatda xarakter tizimida baʼzi sifatlar ustuvor boʻladi.
Xarakter tuzilishini bir butunligi aniqlikda, maqsadga egalikda, originallik va dinamikada namoyon boʻladi. Xarakterning asosiy xususiyatlaridan uning aniqligidir. Aniqlik bir yoki bir necha sifatlarni ustuvorligida namoyon boʻladi. Masalan Hamza xarakterining asosi bu aql va ehtiros ixtiloflari hamda hayotdan qoʻrqishdir. Aniq namoyon boʻlmagan sifatlar oʻz yorqinligini yoʻqotadi.
Bir butunlik – ichki butunlik, sifatlarda qarama – qarshiliklarning mavjudligi emasligi, yoʻnalganlilik va faoliyat oʻrtasida bogʻliqlik, anglash va xatti – harakatlardagi uzviylikdir.
Xarakter murakkabligi — bu turli tuman qiziqishlarni ong va faoliyatga faol taʼsir koʻrsatishidir. Masalan. M.V.Lomonosov xarakterining murakkabligi bunga misol boʻla oladi. (Turli ilmiy qiziqishlarga egalik, ishda chidamlilik va qatʼiyatlilik, kuchli ehtiros va emotsionallik, ruhiy yumshoqlik lirika bilan almashinish).
Originallik — individual oʻziga xoslik boʻlib, u juda kam hollarda uchraydi.
Xarakterning dinamik holati – xarakterni maʼlum oʻzgaruvchanligi, bu tashqi va ichki sabablar hamda oʻz – oʻziga boʻlgan munosabatni oʻzgarganligida namoyon boʻladi
Joʻshqinlik – xarakterning maʼlum oʻzgaruvchan sifati boʻlib, u tashqi oʻzgarishlar hamda oʻz ustida ishlash natijasida yuz beradi. Joʻshqinlik haqida gapirilganda uning boʻysunuvchanligiga alohida toʻxtalish lozim.
Hayotiy voqealarga bogʻliq holda xarakter insonlarni ongida va faoliyatida, maʼlum qismida uning tashqi koʻrinishida namoyon boʻladi.
Xarakter butun kuchi bilan inson faoliyatining xulq – atvorida ifodalanadi. Xulq – atvor deganda axloqiy va yuridik bahoga ega boʻlgan xatti — harakat tushuniladi. Xarakter inson nutqida, uning balandligida, tempida, tezligida, koʻp soʻzligida, emotsionalligida namoyon boʻladi.
Mahmadonagarchilik, koʻp soʻzlash insonni oʻz – oʻziga ishonchida, oʻzini namoyon qilishida, oʻzini sevishida, xudbinligida va shu bilan birga odamlarga yoqishga intilish uchun xizmat qiladi.
Indamaslik oʻzining gapirayotgan gapiga boʻlgan masʼuliyatda, “gapirding tutilding, indamading qutilding” degan maqoldan foydalanishga, oʻz fikrlarini yashirishga intilishda namoyon boʻladi, baʼzan u qoʻrquv, shubhalanishda ham ifodalanadi.
Xarakter mimika, pantomimika, qoʻl harakatlarida ham namoyon boʻlib, masalan yuzdagi ajinlar yosh bilangina emas, balki jahl chiqqanda, kulganda ham paydo boʻladi.
A.N Tolstoy: “SHunday odamlar borki, ularning koʻzlarigina kuladi. Bunday odamlar ayyor va xudbin boʻladi. SHunday odamlar borki, ularning faqat ogʻzi kuladi – ular kuchsiz, qatʼiyatsizdirlar va bu ikkala kulgi ham juda yoqimsizdir” degan edi.
Xarakter tashqi koʻrinishda ham namoyon boʻladi. Masalan, manmanlik, balandparvozlik koʻkrakni oldinga chiqarib, boshni tik tutib yurishda koʻrinadi.
Hatto insonning kiyimi, uning rangi, kiyimlarining ayrim qismlari uning xarakteri haqida nimalardir deyishi mumkin.
Insonning tashqi belgilaridan xarakterini aniqlash – grafologiya, xiromantiya kabi yoʻnalishlardan harakat qilindi.
Grafologiya — (yunoncha grapho – yozaman, logos — -taʼlimot) — yozuv shakli haqidagi taʼlimot, u orqali psixik xolatni aniqlash mumkin deb hisoblaydi.
Xiromantiya — (yunopcha chel — qoʻl , manleia — fol ochmoq) qoʻlning chiziqlari, qadoqlari, orqali inson xarakterini aniqlash, taqdir haqida fol ochish.
Do'stlaringiz bilan baham: |