O`zgarmas, o`zgaruvchan, o`rtacha va chekli xarajatlar. O`zgarmas xarajatlar (TFC - fixed costs) - bu qisqa muddatli oraliqda mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog`liq bo`lmagan xarajatlardir (mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshganda ham, kamayganda ham o`zgarmaydigan xarajatlar). O`zgarmas xarajatlarga binodan, texnikadan, inshootlardan, ishlab chiqarish uskunalaridan foydalanish bilan bog`liq xarajatlar, ijara haqi, kapital ta′mirlash, ma′muriy xarajatlar kiradi. O`zgarmas xarajatlar (TFC) chizig`i grafikda quyidagicha tasvirlanadi:
2-rasm.O`zgarmas (TFC) xarajatlar chizig`i grafigi O`zgaruvchan xarajatlar (TVC - Variable Costs) - mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog`liq bo`lgan xarajatlar, ya′ni mahsulot hajmi oshganda yoki kamayganda o`zgaradigan xarajatlar. O`zgaruvchan xarajatlar Q ga bog`liq funksiya bo`lib, TVC(Q) ko`rinishida yozilishi mumkin. O`zgaruvchan xarajatlar (TVC) chizig`i grafikda quyidagicha tasvirlanadi:
3-rasm.O`zgaruvchan (TVC) xarajatlar chiziqlari grafigi O`zgaruvchan xarajatlarga xomashyoga, elektr energiyasiga, gazga, yordamchi materiallarga bo`lgan xarajatlar hamda ish haqi kiradi.
Umumiy xarajatlar (TC - Total Costs) - qisqa muddatli oraliqda ma′lum miqdorda mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan o`zgarmas va o`zgaruvchan xarajatlarning yig`indisiga teng: TC = TFC + TVC (Q).
Bu yerda: TFC - o`zgarmas xarajatlar, TVC(Q) - o`zgaruvchan xarajatlar.
Umumiy xarajatlar ba′zi hollarda TC o`rniga C bilan ham belgilanadi. Grafik ko`rinishda umumiy xarajat chizig`i o`zgarmas va o`zgaruvchan xarajatlar chiziqlarini qo`shish bilan hosil qilinadi (5-rasm).
4-rasm. Umumiy xarajatlar grafigi O`rtacha o`zgarmas xarajatlar (AFC - Average Fixed Costs) - bir birlik mahsulotga to`g`ri keladigan o`zgarmas xarajat bo`lib, u quyidagicha aniqlanadi:
O`rtacha o`zgarmas xarajatlar mahsulot hajmi oshishi bilan kamayib boradi.
O`rtacha o`zgaruvchan xarajatlar (AVC - Average Variable Costs) - bir birlik ishlab chiqarilgan mahsulotga to`g`ri keladigan o`zgaruvchan xarajatlar bo`lib, u o`zgaruvchan xarajat miqdorini ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi. O`rtacha xarajatlar firma optimal texnologik razmerga (optimal ishlab chiqarish hajmiga) erishganda o`zining minimal qiymatiga erishadi, ishlab chiqarish hajmi yana oshsa, o`rtacha xarajatlar ham oshib boradi (bu yerda boshqarishning murakkablashuvi, samarali bo`lmagan resurslardan foydalanish, o`zgaruvchan xarajatlarni oshishiga sabab bo`ladi).
O`rtacha o`zgaruvchan xarajat firma faoliyatini tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Uning yordamida firma faoliyatining samaradorligi, firmaning muvozanat holati va kelajakdagi istiqboli (ishlab chiqarishni kengaytirish, qisqartirish yoki tarmoqdan chiqish) belgilanadi.
O`rtacha umumiy xarajatlarni umumiy xarajatni ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga bo`lish yo`li bilan aniqlash mumkin: yoki o`rtacha o`zgarmas (AFC) va o`rtacha o`zgaruvchan (AVC) xarajatlarni qo`shish yo`li bilan aniqlanadi: .
ATC, AFC va AVC chiziqlarining grafikdagi ko`rinishi quyidagi rasmda keltirilgan:
5-rasm.O`rtacha umumiy (ATC), o`rtacha o`zgarmas (AFC) va o`rtacha o`zgaruvchan (AVC) xarajatlar chiziqlarining grafiklari O`rtacha umumiy xarajatlar firma faoliyatini tahlil qilishda asosiy ko`rsatkichlardan biri xisoblanadi. O`rtacha umumiy xarajatlar bilan narx o`rtasidagi farq orqali firmaning olayotgan foydasi yoki zarari aniqlanadi.
Chekli xarajat (MC - Marginal Cost) - ishlab chiqarish hajmini kichik miqdorga (odatda bir birlikka) oshirish bilan bog`liq bo`lgan qo`shimcha umumiy xarajatdir:
Bu yerda chekli o`zgarmas xarajat bo`lgani uchun, chekli xarajat chekli o`zgaruvchan xarajat MVC ga teng (MC = MVC).
MVC - chekli o`zgaruvchan xarajat bo`lib, mahsulotni qo`shimcha bir birlikka ( ) oshirgandagi o`zgaruvchan xarajatning o`sgan qismi ga teng.
Yuqoridagi formuladan ko`rinib turibdiki, o`zgarmas xarajat chekli xarajat miqdoriga ta′sir qilmaydi. Chekli xarajat o`zgaruvchan xarajat funktsiyasidan olingan hosilaga teng: .
Xarajatlar funktsiyasi grafiklari bir-biriga nisbatan shunday joylashganki, boshlanishda chekli xarajatlar kamayib boradi (bu yerda asosiy sabab, ishlab chiqarish masshtabi kengayishining musbat samarasi va optimal texnologik ishlab chiqarish hajmiga chiqish hamda o`zgarmas xarajatlarning kamayishi). Optimal hajmdan keyingi ishlab chiqarish hajmining o`sishida kam samarali resurslarni ishlab chiqarishga jalb qilish, ishlab chiqarish masshtabini ortiqcha kengayishi natijasida boshqaruv samaradorligining kamayishi, xarajatlarning ortishi natijasida chekli xarajatlar o`sib boradi.
Umumiy, o`rtacha, o`zgaruvchan va chekli xarajatlar grafiklarining tipik joylashuvi quyidagi 7-rasmda keltirilgan.
Rasmdan ko`rinib turibdiki, agar bo`lganda ATC chizig`i pastga qarab tushadi va bo`lganda ham AVC chizig`i pastga qarab kamayib boradi.
6-rasm.ATC, AVC, AFC va MC grafiklarining o`zaro joylashuvi Buning sababi - har bir qo`shimcha birlik mahsulotni ishlab chiqarish xarajati ishlab chiqilgan mahsulotning o`rtacha va o`rtacha o`zgaruvchan xarajatidan kichik bo`lgani uchun, o`rtacha umumiy va o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlarni kamaytiradi.
va bo`lganida ATC va AVC chiziqlari yuqoriga qarab o`sib boradi. Bu yerda qo`shimcha ishlab chiqarilgan bir birlik mahsulot xarajati ATC va AVC dan katta bo`lgani uchun, u o`rtacha xarajatlarini oshiradi.
O`rtacha umumiy xarajatlar (ATC) va o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlar (AVC) o`zlarining minimal qiymatlarida MC chizig`ini kesib o`tadi (rasmda A va B nuqtalar), ya′ni ATC = min ATC(Q) bo`lganda MC = ATC va AVC = minAVC(Q) bo`lganda AVC = MC ga teng.
Yuqoridagilardan kelib chiqib qisqa muddatli oraliqda ishlab chiqarish xarajatlari egri chiziqlarining quyidagi xususiyatlarini ko`rish mumkin:
1. Xarajatlari egri chiziqlari ishlab chiqarishning har qanday berilgan hajmida xarajatlarning minimal qiymatlarini ifodalaydi.
2. O`rtacha xarajatlar egri chiziqlarining qabariqligi ishlab chiqarish omillari unumdorligining kamayib borishi qonuni harakatini aks ettiradi.
3. O`rtacha xarajatlar egri chiziqlari o`rtacha mahsulotlar egri chiziqlarining aks ta′sirini ko`rsatadi.
4. Mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshgani sari o`rtacha xarajatlar qiymati kamayib boradi.
5. O`rtacha xarajatlar egri chiziqlari chekli xarajatlar egri chizig`i bilan kesishgan nuqtalarda ular minimal qiymatga ega bo`ladi.
6. , ya′ni chekli xarajatlar o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlardan past bo`lganda o`rtacha umumiy (ATC) va o`rtacha o`zgaruvchan (AVC) xarajatlar kamayadi.
7. ya′ni chekli xarajatlar o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlardan yuqori bo`lganda o`rtacha umumiy (ATC) va o`rtacha o`zgaruvchan (AVC) xarajatlar oshadi.
Misol. Firmaning xarajatlarini qaraymiz (1-jadval).
1-jadval