Xarajatlar tahlili maqsadi, mazmuni va vazifalari
Reja:
Kirish
Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi, iqtisodiy mazmuni va mohiyati.
Xarajatlarning turlari va tarkibiy tuzilishi.
O`zgarmas, o`zgaruvchan, o`rtacha va chekli xarajatlar.
Xarajatlarning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar.
Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va samaradorligini oshirish uslublari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida, ayniqsa, iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisobiga korxonalarning iqtisodiy samaradorligini, har bir korxonaning barqaror rivojlanishini ta'minlash strategik vazifalardan biri ekanligini e'tirof etish lozim.
Mustaqil ishning maqsadi – O’zbekistonda ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyatini, uning o'ziga xosligi va turlari, kamaytirish usullari va samaradorligini oshirishni o’rganish.
Ushbu mavzuning dolzarbligi shundaki, hozirda davrda iqtisodiyotni modernizasiyalash va ishlab chiqarishni diversifikasiyalash sharoitida korxonalarning barqaror rivojlanishini ta'minlash uchun ularning raqobatbardoshligini oshirishga to'siq bo'layotgan mavjud muammolar, nomutanosibliklarni aniqlash va ularni hal etishning majmuaviy chora-tadbirlarini chuqur tadqiq etish muhimdir. Zotan, qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonida shakllanayotgan raqobat muhiti sharoitida ularning raqobatbardoshligini oshirish, mahsulot yetishtirishda talab va taklif muvozanatiga erishish, ichki va tashqi bozorda samarali faoliyat yuritishga keng imkoniyatlar yaratuvchi mexanizmlarni takomillashtirish va tatbiq etish yo'llarini ilmiy-amaliy jihatdan asoslab berish dolzarb muammolardan hisoblanadi. Chunki, qishloq xo'jaligining barqaror iqtisodiy o'sishini ta'minlash ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, maxsulot raqobatbardoshligini oshirishga bevosita bog'liqdir.
Korxonalar qanchalik iqtisodiy rivojlanish va barqarorlikni taminlab bersalar o'z navbatida davlat byudjetiga tushadigan tushum hajmini ko'payishi, aholi daramodlarini oshishi provardida ijtimoiy soha talim, sog'liqni saqlash, mudofaa ijtimoiy obektlarni qurish singari ijtimoiy yo’naltirilgan soxalar va xizmatlarni o'sishini taminlaydi.
Mamlakat iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida mahsulotlarni ishlab chiqarishda qati’y tejamkorlik tizimini joriy etish. Ishlab chiqarish xarajatlari va maxsulot tannarxini kamaytirishni rag'batlantirish hisobidan korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish muhim hisoblanadi.
Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida O'zbekistonda ilmiy ishlab chiqarishni takomillashtirish asosida mahsulot ishlab chiqarishni miqdor va sifat jihatdan ko'paytirish, mahsulot tannarxini pasaytirib, mahsulot ishlab chiqarish orqali foydani ko'paytirishdan iboratdir. Ko’zlangan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirishimiz kerak: korxona moliyaviy natijalarni korxona xo'jalik yuritishni asosi sifatida ahamiyatini ilmiy va amaliy tadqiq qilish; korxonada foyda shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillarni o'rganish va taxlil qilish; korxona moliyaviy natijalarni korxona boshqaruvi bilan bog'liq holda tadqiq qilish; korxonada ishlab chiqarilgan maxsulot tannarxini yanada pasaytirish.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish, farovon turmushini ta'minlashda muhim o‘rin tutayotgan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalasi davlat siyosatining strategik yo‘nalishlaridan biridir. Shu sababli, keyingi yillarda respublikada tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va biznesni yuritish uchun qulay muhit yaratish, tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini mustahkamlash sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, soliq tizimi tubdan isloh qilindi, ruxsat beruvchi hujjatlarni olish tartibi sezilarli darajada soddalashtirildi, tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan rejali tekshirishlar bekor qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yilning 14 may kuni “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Bunga ko’ra, tadbirkorlarning, shu jumladan, chet ellik investorlarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etish sifati va tezkorligini oshirish, ular bilan ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni ta’minlash, ularning qonuniy talablarini amaliy va samarali ro‘yobga chiqarish va muammoli masalalarni hal etish, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga real hissani ko‘paytirish, aholining ish bilan bandligini oshirish va uning moddiy farovonligini o‘stirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasining O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi. “Tadbirkorga xiyonat qilgan — siyosatimizga xiyonat qilgan bo‘ladi. Tadbirkorning dardi bilan yashamagan rahbar hozirgi siyosatni tushunmagan rahbar bo‘ladi”, — deydi prezitentimiz Shavkat Mirziyoyev.
Iqtisodiyotning izchil va barqaror rivojlanishini taʼminlashda kelgusi davr uchun puxta va har tomonlama asoslangan chora-tadbirlar, muhim vazifa va yoʼnalishlar, turli darajalardagi iqtisodiy taraqqiyot dasturlari ishlab chiqilishi va aniq belgilab olinishi muvaffaqiyat garovi hisoblanadi. Аyni paytda, bosib oʼtilgan yoʼl, oldingi erishilgan yutuq va natijalarni tanqidiy baholash orqali tegishli xulosalar chiqarish, ular asosida vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirish muhim printsipial ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda iqtisodiyotni yangilash va modernizatsiya qilish borasida amalga oshirilib kelinayotgan iqtisodiy islohotlar bugungi kunda oʼz natijalarini namoyon etmoqda. Jumladan, qisqa vaqt ichida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy oʼzgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni yangi texnika va texnologiyalar asosida qayta jihozlash, aholi daromadlari oʼsishini taʼminlash, qulay investitsiya muhitini shakllantirish, kichik biznes, xususiy tabirkorlik, xizmat koʼrsatish va servis sohasini barqaror rivojlantirishda sezilarli yutuqlar qoʼlga kiritildi. Shu bilan birga, respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatdan kelib chiqib aholining ish bilan bandligi masalasi doimo oʼz dolzarbligini yoʼqotmaydi va u har doim davlat rahbariyatining diqqat markazidadir. Xususan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning 2017-yil 7-fevralda tasdiqlagan pf-4947-sonli “Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha harakatlar strategiyasi toʼgʼrisida”gi farmoni qabul qilindi. Mazkur farmon asosida ishlab chiqilgan 2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha harakatlar strategiyasi kelgusi besh yillikda ijtimoiy-iqtisodiyot huquqiy-siyosiy taraqqiyotimizni belgilab beradigan hujjat hisoblanadi. Uning “ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yoʼnalishlari” deb nomlangan 4-qismi 4.1 bandida yaqin besh yilda aholini ish bilan bandligi va real daromadlarini izchil oshirish, buning uchun esa: “... Yangi ish oʼrinlarini yaratish hamda aholining, eng avvalo, oʼrta maxsus va oliy oʼquv muassasalari bitiruvchilari bandligini taʼminlash, mehnat bozori mutanosibligi va infratuzilmasi rivojlanishini taʼminlash” amalga oshirilishi muhim hisoblangan ustuvor yoʼnalish sifatida belgilangan boʼlib, bunday maqsadlarga erishish uchun “...mehnatga layoqatli aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini toʼliq amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish, ishchi kuchi sifatini yaxshilash, ishga muhtoj shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirish”1 kabi vazifalarni hal etish koʼzda tutiladi. Oʼzbekiston iqtisodiy rivojlanishning yuqori va barqaror surʼatlari, samaradorligi hamda makroiqtisodiy muvozanatni taʼminlash, bank-moliya tizimining barqarorligini oshirish, strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borish, xalqimizning hayot darajasi va farovonligini yanada oshirish borasidagi vazifalarni toʼliq va samarali amalga oshirish, avvalo, jamiyatimiz aʼzolari tomonidan ularning mazmun-mohiyatini teran va chuqur anglab yetilishini taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |