Xarajatlar tahlili maqsadi, mazmuni va vazifalari Reja: Kirish


O`zgarmas, o`zgaruvchan, o`rtacha va chekli xarajatlar



Download 1,64 Mb.
bet4/7
Sana20.03.2022
Hajmi1,64 Mb.
#502098
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
31 mavzu

O`zgarmas, o`zgaruvchan, o`rtacha va chekli xarajatlar.
O`zgarmas xarajatlar (TFC - fixed costs) - bu qisqa muddatli oraliqda mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog`liq bo`lmagan xarajatlardir (mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshganda ham, kamayganda ham o`zgarmaydigan xarajatlar). O`zgarmas xarajatlarga binodan, texnikadan, inshootlardan, ishlab chiqarish uskunalaridan foydalanish bilan bog`liq xarajatlar, ijara haqi, kapital ta′mirlash, ma′muriy xarajatlar kiradi. O`zgarmas xarajatlar (TFC) chizig`i grafikda quyidagicha tasvirlanadi:

2-rasm. O`zgarmas (TFC) xarajatlar chizig`i grafigi
O`zgaruvchan xarajatlar (TVC - Variable Costs) - mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog`liq bo`lgan xarajatlar, ya′ni mahsulot hajmi oshganda yoki kamayganda o`zgaradigan xarajatlar. O`zgaruvchan xarajatlar Q ga bog`liq funksiya bo`lib, TVC(Q) ko`rinishida yozilishi mumkin. O`zgaruvchan xarajatlar (TVC) chizig`i grafikda quyidagicha tasvirlanadi:

3-rasm. O`zgaruvchan (TVC) xarajatlar chiziqlari grafigi
O`zgaruvchan xarajatlarga xomashyoga, elektr energiyasiga, gazga, yordamchi materiallarga bo`lgan xarajatlar hamda ish haqi kiradi.
Umumiy xarajatlar (TC - Total Costs) - qisqa muddatli oraliqda ma′lum miqdorda mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan o`zgarmas va o`zgaruvchan xarajatlarning yig`indisiga teng: TC = TFC + TVC (Q).
Bu yerda: TFC - o`zgarmas xarajatlar, TVC(Q) - o`zgaruvchan xarajatlar.
Umumiy xarajatlar ba′zi hollarda TC o`rniga C bilan ham belgilanadi. Grafik ko`rinishda umumiy xarajat chizig`i o`zgarmas va o`zgaruvchan xarajatlar chiziqlarini qo`shish bilan hosil qilinadi (5-rasm).

4-rasm. Umumiy xarajatlar grafigi
O`rtacha o`zgarmas xarajatlar (AFC - Average Fixed Costs) - bir birlik mahsulotga to`g`ri keladigan o`zgarmas xarajat bo`lib, u quyidagicha aniqlanadi:

O`rtacha o`zgarmas xarajatlar mahsulot hajmi oshishi bilan kamayib boradi.
O`rtacha o`zgaruvchan xarajatlar (AVC - Average Variable Costs) - bir birlik ishlab chiqarilgan mahsulotga to`g`ri keladigan o`zgaruvchan xarajatlar bo`lib, u o`zgaruvchan xarajat miqdorini ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi. O`rtacha xarajatlar firma optimal texnologik razmerga (optimal ishlab chiqarish hajmiga) erishganda o`zining minimal qiymatiga erishadi, ishlab chiqarish hajmi yana oshsa, o`rtacha xarajatlar ham oshib boradi (bu yerda boshqarishning murakkablashuvi, samarali bo`lmagan resurslardan foydalanish, o`zgaruvchan xarajatlarni oshishiga sabab bo`ladi).
O`rtacha o`zgaruvchan xarajat firma faoliyatini tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Uning yordamida firma faoliyatining samaradorligi, firmaning muvozanat holati va kelajakdagi istiqboli (ishlab chiqarishni kengaytirish, qisqartirish yoki tarmoqdan chiqish) belgilanadi.
O`rtacha umumiy xarajatlarni umumiy xarajatni ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga bo`lish yo`li bilan aniqlash mumkin: yoki o`rtacha o`zgarmas (AFC) va o`rtacha o`zgaruvchan (AVC) xarajatlarni qo`shish yo`li bilan aniqlanadi: .
ATC, AFC va AVC chiziqlarining grafikdagi ko`rinishi quyidagi rasmda keltirilgan:

5-rasm. O`rtacha umumiy (ATC), o`rtacha o`zgarmas (AFC) va o`rtacha o`zgaruvchan (AVC) xarajatlar chiziqlarining grafiklari
O`rtacha umumiy xarajatlar firma faoliyatini tahlil qilishda asosiy ko`rsatkichlardan biri xisoblanadi. O`rtacha umumiy xarajatlar bilan narx o`rtasidagi farq orqali firmaning olayotgan foydasi yoki zarari aniqlanadi.
Chekli xarajat (MC - Marginal Cost) - ishlab chiqarish hajmini kichik miqdorga (odatda bir birlikka) oshirish bilan bog`liq bo`lgan qo`shimcha umumiy xarajatdir:

Bu yerda chekli o`zgarmas xarajat bo`lgani uchun, chekli xarajat chekli o`zgaruvchan xarajat MVC ga teng (MC = MVC).
MVC - chekli o`zgaruvchan xarajat bo`lib, mahsulotni qo`shimcha bir birlikka ( ) oshirgandagi o`zgaruvchan xarajatning o`sgan qismi ga teng.
Yuqoridagi formuladan ko`rinib turibdiki, o`zgarmas xarajat chekli xarajat miqdoriga ta′sir qilmaydi. Chekli xarajat o`zgaruvchan xarajat funktsiyasidan olingan hosilaga teng: .
Xarajatlar funktsiyasi grafiklari bir-biriga nisbatan shunday joylashganki, boshlanishda chekli xarajatlar kamayib boradi (bu yerda asosiy sabab, ishlab chiqarish masshtabi kengayishining musbat samarasi va optimal texnologik ishlab chiqarish hajmiga chiqish hamda o`zgarmas xarajatlarning kamayishi). Optimal hajmdan keyingi ishlab chiqarish hajmining o`sishida kam samarali resurslarni ishlab chiqarishga jalb qilish, ishlab chiqarish masshtabini ortiqcha kengayishi natijasida boshqaruv samaradorligining kamayishi, xarajatlarning ortishi natijasida chekli xarajatlar o`sib boradi.
Umumiy, o`rtacha, o`zgaruvchan va chekli xarajatlar grafiklarining tipik joylashuvi quyidagi 7-rasmda keltirilgan.
Rasmdan ko`rinib turibdiki, agar bo`lganda ATC chizig`i pastga qarab tushadi va bo`lganda ham AVC chizig`i pastga qarab kamayib boradi.

6-rasm. ATC, AVC, AFC va MC grafiklarining o`zaro joylashuvi
Buning sababi - har bir qo`shimcha birlik mahsulotni ishlab chiqarish xarajati ishlab chiqilgan mahsulotning o`rtacha va o`rtacha o`zgaruvchan xarajatidan kichik bo`lgani uchun, o`rtacha umumiy va o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlarni kamaytiradi.
va bo`lganida ATC va AVC chiziqlari yuqoriga qarab o`sib boradi. Bu yerda qo`shimcha ishlab chiqarilgan bir birlik mahsulot xarajati ATC va AVC dan katta bo`lgani uchun, u o`rtacha xarajatlarini oshiradi.
O`rtacha umumiy xarajatlar (ATC) va o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlar (AVC) o`zlarining minimal qiymatlarida MC chizig`ini kesib o`tadi (rasmda A va B nuqtalar), ya′ni ATC = min ATC(Q) bo`lganda MC = ATC va AVC = minAVC(Q) bo`lganda AVC = MC ga teng.
Yuqoridagilardan kelib chiqib qisqa muddatli oraliqda ishlab chiqarish xarajatlari egri chiziqlarining quyidagi xususiyatlarini ko`rish mumkin:
1. Xarajatlari egri chiziqlari ishlab chiqarishning har qanday berilgan hajmida xarajatlarning minimal qiymatlarini ifodalaydi.
2. O`rtacha xarajatlar egri chiziqlarining qabariqligi ishlab chiqarish omillari unumdorligining kamayib borishi qonuni harakatini aks ettiradi.
3. O`rtacha xarajatlar egri chiziqlari o`rtacha mahsulotlar egri chiziqlarining aks ta′sirini ko`rsatadi.
4. Mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshgani sari o`rtacha xarajatlar qiymati kamayib boradi.
5. O`rtacha xarajatlar egri chiziqlari chekli xarajatlar egri chizig`i bilan kesishgan nuqtalarda ular minimal qiymatga ega bo`ladi.
6. , ya′ni chekli xarajatlar o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlardan past bo`lganda o`rtacha umumiy (ATC) va o`rtacha o`zgaruvchan (AVC) xarajatlar kamayadi.
7. ya′ni chekli xarajatlar o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlardan yuqori bo`lganda o`rtacha umumiy (ATC) va o`rtacha o`zgaruvchan (AVC) xarajatlar oshadi.
Misol. Firmaning xarajatlarini qaraymiz (1-jadval).
1-jadval

Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish