ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА
МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
САМАРҚАНД ИҚТИСОДИЁТ ВА СЕРВИС ИНСТИТУТИ
МУСТАҚИЛ ИШ
Мавзу:
XARAJATLAR HISOBINING MAQSADI, VAZIFALARI VA
TAMOYILLARI
Бажарди: МН-311гуруҳи, Файзиева Зулфия
Текширди:асс. Алимова Н. К.
САМАРҚАНД – 2012
XARAJATLAR HISOBINING MAQSADI, VAZIFALARI VA
TAMOYILLARI
REJA:
KIRISH
1.
Moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida xarajatlarning buxgalteriya
hisobi obyekti sifatida mohiyati, tasnifi va tavsifi
2.
Xarajatlar hisobining maqsadi, vazifalari va tamoyillari
3.
Xarajatlar hisobi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Prezidentimiz I.A.Karimov o’zining “Jahon
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari
va choralari” nomli asarida inqiroz sharoitida (2009-2012-yillarda) mahsulot
tannarxini 20 foizga tushirish muhim vazifa qilib qo’yildi. Bundan biz
xarajatlarning nafaqat mikro darajada, balki, makro darajada ham ahamiyatga ega
ekanligini bilib olishimiz mumkin. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi shuni
anglatadiki, bu sharoitda korxonalarning to’lov qobiliyati tushib ketadi. Hozirda,
butun dunyoda korxonalar xarajatlarni qisqaritirish yo’li bilan bu vaziyatdan chiqib
ketmoqchi. E’tiboringizga havola etilayotgan ushbu реферат ham dolzarb
masalalarni o’zida mujassam etgan bo’lib, u “Moliyaviy-iqtisodiy inqiroz
sharoitida xarajatlarning hisobi va auditini tashkil qilish” deb nomlanadi. Uning
dolzarbligini quyidagilarda ko’rishimiz mumkin:
Xarajatlarning to’g’ridan-to’g’ri moliyaviy natijalarga ta’sir etishi;
Xarajatsiz daromad qilib bo’lmasligi;
Xarajatlarning mahsulot tannarxiga ta’siri orqali, bevosita uning bahosiga
ta’sir qilishi hamda bu – korxonaning boshqa shu tarmoq korxonalari
o’rtasidagi raqobatiga ta’sir qilishi va hokazo.
Ta’kidlash joizki,moliyaviy-iqtisodiy inqirozning iqtisodiyotning turli
tarmoqlariga ta’siri tobora ortib borayotgan shunday bir vaziyatda, dunyo
iqtisodchilari va moliyachilari inqirozning oldini olish haqidagi o’z fikrlari bilan
bong o’rayotgan bir mahalda negadir bizning olimlar bu haqda kam
gapirishmoqda, axir prezidentimiz o’zining asarida “… toboro chuqurlashib
borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlakatimizga ta’sir ko’rsatmaydi, bizni
chetlab o’tadi, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Masalani bunday tushunish o’ta
soddalik, aytish mumkinki, kechirib bo’lmas xato bo’lur edi”
1
deb o’tgan. Ushbu
sharoitda xarajatlarning muhimligini yuqorida ko’rib chiqdik. Bir qator
O’zbekistonlik va xorijiy olimlar, mutахassislar, jumladan, To’laxodjayeva M.M.,
Do’stmurodov R.D., Urozov K.B., Musayev H.N., Toshnazarov S.N., Druri K.,
1
I.A.Karimov. “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va
choralari” . T.: “O’ZBEKISTON” – 2009. 11-bet.
E.A.Arens, Dj.K.Loobek va boshqalar o’z ishlarida xarajatlarning hisobi, auditiga
keng to’xtalganlar, bu haqda ularning chop etilgan darsliklari, o’quv qo’llanmalari
va maqolalaridan bilib olish mumkin.
1.
Moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida xarajatlarning buxgalteriya
hisobi obyekti sifatida mohiyati, tasnifi va tavsifi
Prezidentimiz I.A.Karimovning “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini
qo’llab-quvvatlash, ularni barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini
oshirish chora tadbirlari dasturi to’g’risida”gi (2008-yil 28-noyabr) 4058-sonli
Farmonida muhim chora-tadbirlar qatorida mahalliy ishlab chiqaruvchi
korxonalarning barcha resurslardan samarali foydalanishi hisobiga mahsulot
tannarxini 20 foizdan kam bo’lmagan miqdorda pasaytirish orqali ularning
raqobatbardoshligini ta’minlash vazifasi belgilab berilgan. Ushbu vazifani amalga
oshirish doirasida mamlakatimiz korxonalarida tannarxni pasaytirishning asosiy
yo’nalishlari sifatida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi (
1-chizma
).
1-chizma. Tannarxni pasaytirishning asosiy yo’nalishlari
Natijada 2009-yil mobaynida sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarilayotgan
mahsulot tannarxi 18 foizga, shu jumladan, “Samarqankimyo” OAJ da 12,2 foizga
kamaydi. Respublikamizda iqtisodiyot komplekslari bo’yicha ishlab chiqarilgan
mahsulotlar tannarxini pasaytirish bo’yicha erishilgan natijalarni quyidagi jadval
orqali ko’rishimiz mumkin (1-jadval).
Tannarxni pasaytirishning
asosiy yo’nalishlari
Import qilinadigan resurslar
narxlarini qayta ko’rib
chiqish va pasaytirish
Materiallar sarfi
me’yorlarini
pasaytirish
Mahalliy xom-ashyo va
materiallardan foydalanish
darajasini oshirish
Foydalanilmayotgan ishlab
chiqarish quvvatlarini
konservatsiya qilish
Mahsulot ishlab chiqarish
texnоlogiyasini
takomillashtirish
Ma’muriy-boshqaruv
xodimlari sonini
qisqartirish
1-jadval
2009-yilda O’zbekistonda iqtisodiyot komplekslari bo’yicha ishlab
chiqarilganmahsulotlar tannarxini pasaytirish bo’yicha erishilgan natijalar
Komplekslar nomi
Mahsulot
tannarxining
pasayishi
mlrd.
so’mda
foizda
Geologiya, yoqilg’i-energetika, kimyo, neft-kimyo va
metallurgiya sanoati kompleksi
1156,3
21,9
Mashinasozlik, elektro texnika va aviatsiya sanoati
hamda mahsulotlarni standartizatsiyalashtirish kompleksi
156,2
18,5
Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish
industriyasi kompleksi
458,8
21,3
Qishloq va suv xo’jaligi, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini
qayta ishlash hamda istewmol tovarlari kompleksi
295,1
20,0
Ta’lim, sog’liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza
kompleksi
13,1
20,2
Respublika bo’yicha jami
2079,5
20,38
Jadvaldan ko’rinadiki, 2009-yilda respublikamiz bo’yicha mahsulotlar
tannarxini 2079.5 mlrd. so’mga yoki 20,38 foizga qisqartirishga erishilgan.
Hozirgi global moliyaviy-iqtisodiy inqirozni bartaraf etishda muhim chora-
tadbirlar qatoriga tannarxni pasaytirishning kiritilishidan xarajatlarning nafaqat
xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatida, balkim butun
boshli mamlakat mamlakat hayotida asosiy ko’rsatkich ekanligini bilib
olishimiz mumkin. Shunday ekan, xo’jalik yurituvchi subyekt rahbarlari
(mulkdarlar, tadbirkorlar, aksiyadorlar) hamda ularning mehnat ahli bu
ko’rsatkichga jiddiy yondashishlari va doimiy nazorat qilib borishlari zarur.
Yuqorida ta’kidlaganimiz kabi xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-
xo’jalik faoliyatining asosiy ko’rsatkichlaridan biri, moliyaviy hisobot elementi –
bu xarajatdir. Har qanday korxona, tashkilot o’z faoliyatini tashkil qilish
jarayonida turli xil sarflarni amalga oshiradi, masalan, qishloq xo’jaligida faoliyat
yurituvchi fermer xo’jaligi qishloq xo’jaligi mahsulotini ishlab chiqarish uchun
mehnat haqi xarajatlari (ijtimoiy sug’urta ajratmalari bilan), urug’lik va ko’chat
materiallari, o’g’itlar, o’simlikni himoya qilish vositalari va shu kabi boshqa turli
xarajatlarni amalga oshiradi.
Xarajatlarga turli adabiyotlarda turlicha deb bo’lmasada, bir-biriga yaqin
ta’riflar berilgan, ularning ayrimlari quyidagilar:
1. Xarajat deganda, hisobot davrida korxona aktivlarining kamayishi yoki
majburiyatlarning ko’payishi tushuniladi
2
.
2. Xarajat – bu mahsulotni ishlab chiqarish, tovarlarni sotish va xizmatlar
ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan sarflarning puldagi ifodasidir
3
, boshqacha
qilib aytganda ko’zlangan maqsadga erishish uchun amalga oshirilgan
sarflarening puldagi ifodasidir.
3. Xarajatlar – bu hisobot davri davomida kompaniya mulkdorlariga badal
to’lovlari bilan bo’gliq bo’lmagan holda kapitalning kamayishida o’z aksini
topgan
aktivlarning
chiqarib
ketilishi
va
boshqa
eskirishi
yoki
majburiyatlarning o’sishi shaklida yuz beradigan iqtisodiy naflarning
kamayishidir
4
.
4. Xarajatlar – mahsulotlarning (tovarlarning) yetkazib berilishi yoki ishlab
chiqarilishi, xizmatlarning ko’rsatilishi yoki boshqa bir, xususiy kapitalning
kamayishiga olib keluvchi, biroq uning qatnashchilar o’rtasida taqsimlanishi
bilan bog’liq bo’lmagan faoliyat turlarining amalga oshirilishi oqibatida
aktivlarning kamayishi yoki boshqa xil sarflanishi yoki / va qarzlarning
(passivlarning) yuzaga kelishidir
5
.
Keltirilgan ta’riflarni schotlardagi harakatini ifodalaydigan bo’lsak,
quyidagicha bo’ladi:
2
K.B.Urozov. Buxgalteriya hisobi va audit. T.: “O’qituvchi”, 2004. 245-bet
3
Musayev H.N. Audit. T.: “Moliya”, 2003. 143-bet
4
S.N.Toshnazarov. Xalqaro hisob asoslari. Ma’ruza matnlari to’plami. Samarqand-2008. 83-bet
5
I.A.Zavalishina. Yangicha buxgalteriya hisobi. Amaliy qo’llanma. T.: “Iqtisodiyot va huquq dunyosi”,
2004. 91-bet
2810
9110
6710
9420
100000
100000
100000
100000
100000
100000
C1
5110
6610
100000
100000
2-chizma: Xarajatlarning schotlarda ifodalanishi
Chizmadan ko’rinib turibdiki, aktivlarni ifodalovchi schot kamaymoqda,
majburiyatlarni ifodalovchi schot esa ko’paymoqda.
O’zR Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan
tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish va sotish
xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to’g’risida
Nizom” (bundan keyin “Xarajatlar tarkibi… to’g’risida”gi Nizom)ga muvofiq
barcha xarajatlar quyidagicha guruhlanadi
Asosiy faoliyatga doir xarajatlar deganda, korxona ustavida belgilangan
asosiy faoliyat bilan bog’liq xarajatlar tushuniladi. “Xarajatlar tarkibi to’g’risida”
gi Nizom va 21-son BHMSga muvofiq korxonalarning asosiy faoliyati bilan
bog’liq xarajatlar quyidagi to’rtta quyi guruhga bo’linadi
6
.
Sotish tannarxiga kiritilgan xarajatlar – bularga sotilgan mahsulotlar, tovarlar,
ishlar va xizmatlarning tannarxiga kiritilgan xarajatlar kiradi, mahsulot ishlab
chiqarilishi bilan bog’liq xarajatlar sotilgan mahsulotlarning tannarxini tashkil
qiladi va hisobotlarda sotishdan olingan daromadlar bilan taqqoslanadi.
Hisobot davrida daromadlarning kam olinishi tegishli daromadni olishni
ko’zlab maqsadga muvofiq tarzda amalga oshirilgan xarajatlani bo’lg’usi
davrlar (3100-schotlar), tugallanmagan ishlab chiqarish (2000-schotlar) yoki
tovar-moddiy zahiralar (2800, 2900 va boshqa schotlar) xarajatlari sifatida
aktivlarga kiritilishi imkonini beradi. O’z navbatida ishlab chiqarish tannarxiga
kiritiladigan xarajatlar ham iqtisodiy mazmuniga ko’ra besh guruhga bo’linadi:
1) ishlab chiqarish bilan bog’liq moddiy xarajatlar;
2) ishlab chiqarish xususiyatiga bog’liq mehnat xarajatlari;
3) ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar;
4) Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy
aktivlar amortiztsiyasi;
5) ishlab chiqarish tusiagi boshqa xarajatlar
(Nizomning B bo’limi 1-qismi).
Davr xarajatlari – bularga mahsulotlarni (tovarlar, ish va xizmatlarni) sotishga,
korxonani ma’muriy-boshqaruviga va boshqa operatsiaon faoliyatiga doir
xarajatlar kiradi, ushbu xarajatlar ma’lum hisobot davrida yuz beradi
(Nizomning B bo’limi 2-qismi).
Kelgusi davr xarajatlar – bu korxonaning kelgusi asosiy faoliyatiga doir, lekin
hisobot davrida amalga oshirilgan xarajatlaridir. Bunday xarajatlarga oldindan
to’langan ijara haqlari, oldindan to’langan xizmat haqlari va boshqa oldindan
to’langan bo’naklar kiradi.
Muddati uzaytirilgan xarajatlar – bularga korxonaning kelgusi asosiy
faoliyatiga doir, lekin muddati bir yil va undan ko’p muddatga uzaytirilgan
xarajatlari kiradi.
Asosiy bo’lamagan faoliyatga doir xarajatlar deganda, bevosita asosiy faoliyatga
taalluqli bo’lmagan ya’ni, korxona ustavida asosiy faoliyat sifatida belgilab
qo’yilmagan faoliyat turlari bilan bog’liq xarajatlar tushuniladi. Bunday xarajatlar
“Xarajatlar tarkibi to’g’risida” gi Nizomga muvofiq moliyaviy faoliyatga doir
xarajatlar va favquloddagi zararlarga bo’linadi.
Moliyayaviy faoliyatga doir xarajatlar – bu qimmatli qog’ozlarni chiqarish va
joylashtirish, valuta operatsiyalari, kredit va qarzlarni olish, uzoq muddatli
6
K.B.Urozov. Buxgalteriya hisobi va audit. T.: “O’qituvchi”, 2004. 246-bet
ijaraga doir va boshqa moliyaviy faoliyatga taalluqli xarajatlardir. Bularga
foizlar, salbiy kurs farqlari ko’rinishidagi xarajatlar va boshqalar kiradi
(Nizomning B bo’limi 3-qismi).
Favqulodda zararlar – yuz berishi doimiy xarakterga ega bo’lmagan,
kutilmagan tasodif va hodisalardan ko’rilgan zararlar tushuniladi. Bularning
davlat qonunlarining o’zgarishi, tabiiy ofatlar, revolutsion o’zgarishlar
natijasida vujudga kelgan zararlar kiradi (Nizomning B bo’limi 4-qismi).
Xarajatlarni korxonaning moliyaviy-xo’jalik faoliyatidagi o’rnini chizma
ko’rinishida tasvirlasak quyidagicha bo’ladi (
3-chizma
).
Xarajatlarni tannarx obyektlariga olib borilishiga bevosita va bilbosita
xarajatlarga bo’lamiz.
Bevosita xarajatlar – bu birlamchi hujjatlarga asosan ma’lum bir mahsulot
turining yoki ishning tannarxiga kiritilishi mumkin bo’lgan va ularni yaratish
yoki bajarish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar hisoblanadi, mazkur xarajatlar
aniq bir tannarx obyektiga to’g’ridan-to’gri qo’shiladi.
Bilvosita xarajatlar – bu bir necha xil mahsulotni tayyorlash bilan bog’liq
xarajatlar hisoblanadi, shuning uchun ular mazkur mahsulot turlari o’rtasida
taqsimotning aniq bazalariga mutonosib ravishda taqsimlanadi.
Ishlab chiqariladigan mahsulotning bog’liqlik darajasiga qarab xarajatlar
ikki guruhga: o’zgaruvchan va shartli-doimiy xarajatlarga bo’linadi.
O’zgaruvchan xarajatlar – bu mahsulot ishlab chiqarish hajmiga mutonosib
ravishda o’zgaradigan xarajatlardir. Bunday xarajatlarga xom-ashyo va asosiy
material xarajatlari, ishlab chiqarishda band xodimlarga ishbay hisoblangan
mehnat haqi, ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar va hokazolar kiradi;
Shartli doimiy xarajatlar – bu hajmi har doim bir xilda bo’lib qoladigan yoki
chiqarilayotgan mahsulotning miqdori o’sishi yoki kamayishi bilan katta
ahamiyat kasb etmaydigandarajada o’zgaradigan xarajatlardir. Bunday
xarajatlarga amortizatsiya, ijara to’lovlari va ishlab chiqarishni boshqarish
bo’yicha boshqa xarajatlar kiradi. Bu tur xarajatlarning bunday nomlanishiga
sabab, mahsulot ishlab chiqarishning ma’lum darajasigacha ishlab chiqarish
sexlari boshqaruv xodimlari mehnat haqi va boshqa xarajatlar o’zgarmas bo’lib
qoladi, ammo ishlab chiqarishning ko’proq oshishi yangi dastgohlar sotib
olishni , yangi sexlarni ishga tushirishni talab etadi, bu esa ularni boshqarish
xarajatlarini oshiradi.
3-chizma: Xarajatlarni korxonaning moliyaviy-xo’jalik faoliyatidagi o’rni
Ta’minot jarayoni
Ishlab chiqarish jarayoni
jarayoni
Sotish jarayoni
Asosiy faoliyatga doir xarajatlar
Asosiy faoliyatga doir xarajatlar
Ishlab chiqarish tannarxiga
kiritiladigan xarajatlar
Davr xarajatlari
Asosiy bo’lmagan faoliyatga
doir xarajatlar
Asosiy faoliyatga doir xarajatlar
Moliyaviy faoliyatga doir xarajat
Favqulodda zararlar
So’zimiz boshida xarajatlar korxonalar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining
asosiy ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi degan edik, shunday ekan uni tartibga
solish, nazorat qilish (buxgalteriya hisobining funksiyalaridan biri aynan shunday
nomlanadi) uchun foyda solig’ini minimallashtirish nuqtai nazaridan ham
tasniflash lozim deb o’ylaymiz. Shu o’rinda shuni aytib o’tish joizki,
mamlakatimizda soliq yuki 2009-yilda 22,6 foizni tashkil qildi, bu 2008-yildagi
soliq yukiga (23,2 foiz) nisbatan 0,6 foizga kam demakdir. 22,6 foiz soliq
yukining ta’rifidan kelib chiqib aytadigan bo’lsak, biz yunaltirmoqchi bo’lgan
sohani, faoliyatni shuncha foizga cheklaydi. Shuning uchun har bir rahbar o’zi
to’laydigan soliqlarni iloji boricha amaldagi qonunchilik doirasida tartibga solishi,
minimallashtirishi lozim, bunga biz bo’lajak buxgalterlar ham mas’uldirmiz.
2.
Xarajatlar hisobining maqsadi, vazifalari va tamoyillari
Xarajatlar hisobining maqsadi xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-
xo’jalik faoliyati davomida yuz bergan xarajatlarni amaldagi qonunchilik
talablaridan kelib chiqqan holda to’g’ri va o’z vaqtida hisobga olish, hamda
axborot foydalanuvchilariga o’z vaqtida, to’liq hamda aniq axborot yetkazib
berishdir.
Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda korxona xarajatlari bo’yicha
buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
xarajatlarni ularning mohiyatini ochib beruvchi mezonlariga mos ravishda
hisobga olish;
korxona xarajatlarini to’g’ri turkumlash va guruhlarga ajratish;
korxona xarajatlari harakati to’g’risida to’liq va ishonchli axborotlarni
shakllantirish;
korxona xarajatlarini to’g’ri, o’z vaqtida va tegishli boshlang’ich hujjatlar bilan
rasmiylashtirish;
korxona xarajatlari bo’yicha hisob ma’lumotlarining va hisobot
ma’lumotlarining to’liq uyg’unligini ta’minlash;
kelgusi davr va muddati uzaytirilgan xarajatlarni to’g’ri va o’z vaqtida sotish
tannarxi, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyatga doir xarajatlarga kiritish;
tugallanmagan ishlab chiqarishga to’g’ri keladigan xarajatlarni to’g’ri va o’z
vaqtida hisobga olish, ularni belgilangan muddatlarda qayta ro’yxatdan
o’tkazish (investitsiya qilish) va sotish tannarxiga to’g’ri kiritilishini
ta’minlash;
sotish tannarxining, davr xarajatlarining oshib ketishiga sabab bo’luvchi
noratsional chiqimlarni vujudga kelish sabablari va aybdorlarini topish, bunday
chiqimlarga yo’l qo’ymaslik uchun mas’ul shaxslar faoliyatini doimiy nazorat
qilish;
mavjud zahiralar va vositalardan unumli foydalanish ustidan nazorat o’rnatish;
xarajatlarni soliq solish bazasi obyekti sifatida to’g’ri shakllantirish;
xarajatlarni hisoblash tamoyiliga muvofiq ular yuz bergan vaqtdan boshlab tan
olish va tegishli schotlarda aks ettirish;
xarajatlarni moliyaviy hisobotda to’g’ri aks ettirish va boshqalar.
Shuningdek, buxgalteriya hisobi korxona xo’jalik faoliyati davomida
xarajatlarni amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya
qilishi ustidan nazorat o’rnatish, xarajatlarga oid salbiy holatlarning oldini olish va
uning moliyaviy barqarorligini ta’minlaydigan ichki xo’jalik imkoniyatlarini
topishni ta’minlashi zarur.
Shu o’rinda shuni ta’kidlash joizki, hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy
inqirozi sharoitida buxgalteriya hisobining vazifalariga yana bir necha vazifalar
qo’shish bizning fikrimizcha to’g’ri bo’ladi, bu vazifalar taxminan quyidagilar:
korxonaning moliyaviy-iqtisodiy inqirozga qarshi choralar dasturini ishlab
chiqishga yordam berish;
ushbu
moliyaviy-iqtisodiy
inqirozga
qarshi
choralar
dasturi
va
prezidentimizning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida
uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” asarida belgilab qo’yilgan
vazifalarning bajarilishini tahlil qilib borish, monitoringlar o’tkazish va
hokazolar.
Ayrim adabiyotlarda fanning vazifasi bilan funksiyasi bir narsani ifodalaydi
deyilsa, ayrim adabiyotlarda esa bu ikki tushuncha
turli xil narsa
ni ifodalaydi
deyiladi. Bizning fikrimizcha ham ikkinchi mulohaza to’g’ri. Chunki fanning
vazifasi doimiylik xarakteriga ega bo’lmaydi va mavjud holat, talab hamda
o’rganish obyektidan kelib chiqib o’zgarishi mumkin, funksiya esa doimiylik
xarakteriga ega bo’lib, o’zgarmaydi.
Shundan kelib chiqib, xarajatlarning hisobi bo’yicha buxgalteriya hisobining
vazifalari va funksiyalari ham farq qiladi, ya’ni buxgalteriya hisobining xarajatlar
hisobi bo’yicha vazifalari yuqoridagilar bo’lsa, funksiyalari quyidagilar
hisoblanadi (
4-chizma
).
4-chizma: Korxona moliyaviy-xo’jalik faoliyati davomida yuz beradigan
xarajatlarning hisobi bo’yicha buxgalteriya hisobining funksiyalari
1. Axborot (boshqaruv tizimini axborot bilan ta’minlash) funksiyasi.Ushbu
funksiyaning ahamiyati bozor munosabatlari sharoitida, ayniqsa, hozirgi
moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharotida yanada ortadi. Buxgalteriya hisobi
boshqaruvning turli bo’g’inlariga – korxona xizmatlari, uning bo’linmalari
menejerlariga haqiqiy axborotlarni yetkazib beruvchi muhim manba bo’lib
hisoblanadi, tegishli axborot foydalanuvchilari esa ushbu axborotlar orqali
boshqaruv qarorlarini ishlab chiqadilar va qabul qiladilar. Hisob-kitoblarning
ko’rsatishicha, iqtisodiy axborotlar umumiy hajmining 70 foizidan oshig’i
aynan buxgalteriya axborotlari ulushiga to’g’ri kelar ekan
7
. Ushbu axborotlarga
turli xil talablar qo’yiladi, masalan, axborot to’liq, ishonchli, o’z vaqtida, aniq,
muhim, bir-biriga zid bo’lmaslik, tushunarli va sodda, tejamli va oqilona
bo’lishi lozim.
2. Nazorat funksiyasi – iqtisodiy munosabatlarni chuqurlashtirish va bozor
munosabatlari, turli mulkchilik munosabatlari sharoitida buxgalteriya
hisobining nazorat funksiyasi kuchaymoqda. Xarajatlarning hisobi bo’yicha
buxgalteriya hisobi nazoratining uchta turi amalga oshiriladi:
1) dastlabki nazorat – xo’jalik muomalasi sodir bo’lgungacha;
2) joriy nazorat – xo’jalik muomalasini amalga oshirish;
3) keying nazorat – muomala sodir bo’lganidan so’ngi.
Xarajatlarni nazorat qilish quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amalga oshiriladi:
mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan haqiqiy xarajatlarni
shakllantirish va ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxini hisoblash;
7
R.D.Do’stmurodov. buxgalteriya hisobi nazariyasi. T.: “Yangi paligraph servis” – 2007
Do'stlaringiz bilan baham: |