Xarajatlar hisobining maqsadi, vazifalari va tamoyillari



Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana21.01.2020
Hajmi0.55 Mb.
  1   2   3

 

 

ЎЗБЕКИСТОН  РЕСПУБЛИКАСИ  ОЛИЙ  ВА ЎРТА   

МАХСУС  ТАЪЛИМ  ВАЗИРЛИГИ 

    


 

САМАРҚАНД    ИҚТИСОДИЁТ ВА СЕРВИС ИНСТИТУТИ 

 

 



 

 

 



 

МУСТАҚИЛ  ИШ 

 

 

Мавзу: 



XARAJATLAR HISOBINING MAQSADI, VAZIFALARI VA 

TAMOYILLARI 

 

 

 



                                                                    Бажарди: МН-311гуруҳи, Файзиева Зулфия 

                                                                   Текширди:асс. Алимова Н. К. 

 

 

 



 

САМАРҚАНД – 2012 

 

XARAJATLAR HISOBINING MAQSADI, VAZIFALARI VA 

TAMOYILLARI 

 

REJA: 

KIRISH 

1. 

Moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida xarajatlarning buxgalteriya 

hisobi obyekti sifatida mohiyati, tasnifi va tavsifi 

 

2.

 Xarajatlar hisobining maqsadi, vazifalari va tamoyillari 

 

3. 


Xarajatlar hisobi

 

Xulosa 



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

KIRISH 

Mavzuning  dolzarbligi.  Prezidentimiz  I.A.Karimov  o’zining  “Jahon 

moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari 

va  choralari”  nomli  asarida  inqiroz  sharoitida  (2009-2012-yillarda)  mahsulot 

tannarxini  20  foizga  tushirish  muhim  vazifa  qilib  qo’yildi.  Bundan  biz 

xarajatlarning nafaqat mikro darajada, balki, makro darajada ham ahamiyatga ega 

ekanligini  bilib  olishimiz  mumkin.    Jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi  shuni 

anglatadiki,  bu  sharoitda  korxonalarning  to’lov  qobiliyati  tushib  ketadi.  Hozirda, 

butun dunyoda korxonalar xarajatlarni qisqaritirish yo’li bilan bu vaziyatdan chiqib 

ketmoqchi.  E’tiboringizga  havola  etilayotgan  ushbu  реферат  ham  dolzarb 

masalalarni  o’zida  mujassam  etgan  bo’lib,  u  “Moliyaviy-iqtisodiy  inqiroz 

sharoitida  xarajatlarning  hisobi  va  auditini  tashkil  qilish”  deb  nomlanadi.  Uning 

dolzarbligini quyidagilarda ko’rishimiz mumkin: 

 

Xarajatlarning to’g’ridan-to’g’ri moliyaviy natijalarga ta’sir etishi; 



 

Xarajatsiz daromad qilib bo’lmasligi; 



 

Xarajatlarning  mahsulot  tannarxiga  ta’siri  orqali,  bevosita  uning  bahosiga 



ta’sir  qilishi  hamda  bu  –  korxonaning  boshqa  shu  tarmoq  korxonalari 

o’rtasidagi raqobatiga ta’sir qilishi va hokazo. 

Ta’kidlash  joizki,moliyaviy-iqtisodiy  inqirozning  iqtisodiyotning  turli 

tarmoqlariga  ta’siri  tobora  ortib  borayotgan  shunday  bir  vaziyatda,  dunyo 

iqtisodchilari  va  moliyachilari  inqirozning  oldini  olish  haqidagi  o’z  fikrlari  bilan 

bong  o’rayotgan  bir  mahalda  negadir  bizning  olimlar  bu  haqda  kam 

gapirishmoqda,  axir  prezidentimiz  o’zining  asarida  “…  toboro  chuqurlashib 

borayotgan  jahon  moliyaviy  inqirozi  mamlakatimizga  ta’sir  ko’rsatmaydi,  bizni 

chetlab o’tadi, degan  xulosa  chiqarmaslik  kerak.  Masalani bunday  tushunish o’ta 

soddalik, aytish mumkinki, kechirib bo’lmas xato bo’lur edi”

1

  deb  o’tgan.  Ushbu 



sharoitda  xarajatlarning  muhimligini  yuqorida  ko’rib  chiqdik.  Bir  qator 

O’zbekistonlik va xorijiy olimlar, mutахassislar, jumladan, To’laxodjayeva M.M., 

Do’stmurodov  R.D.,  Urozov  K.B.,  Musayev  H.N.,  Toshnazarov  S.N.,  Druri  K., 

                                                           

1

 

I.A.Karimov. “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va 



choralari” . T.: “O’ZBEKISTON” – 2009. 11-bet.

 


 

E.A.Arens, Dj.K.Loobek va boshqalar o’z ishlarida xarajatlarning hisobi, auditiga 

keng to’xtalganlar, bu haqda ularning chop etilgan darsliklari, o’quv qo’llanmalari 

va maqolalaridan bilib olish mumkin. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

1. 

Moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida xarajatlarning buxgalteriya 

hisobi obyekti sifatida mohiyati, tasnifi va tavsifi 

 

Prezidentimiz  I.A.Karimovning  “Iqtisodiyotning  real  sektori  korxonalarini 



qo’llab-quvvatlash,  ularni  barqaror  ishlashini  ta’minlash  va  eksport  salohiyatini 

oshirish  chora  tadbirlari  dasturi  to’g’risida”gi    (2008-yil  28-noyabr)  4058-sonli 

Farmonida  muhim  chora-tadbirlar  qatorida  mahalliy  ishlab  chiqaruvchi 

korxonalarning  barcha  resurslardan  samarali  foydalanishi  hisobiga  mahsulot 

tannarxini  20  foizdan  kam  bo’lmagan  miqdorda  pasaytirish  orqali  ularning 

raqobatbardoshligini ta’minlash vazifasi belgilab berilgan. Ushbu vazifani amalga 

oshirish  doirasida  mamlakatimiz  korxonalarida  tannarxni  pasaytirishning  asosiy 

yo’nalishlari sifatida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi (



1-chizma

). 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



1-chizma. Tannarxni pasaytirishning asosiy yo’nalishlari 

Natijada  2009-yil  mobaynida  sanoat  tarmoqlarida  ishlab  chiqarilayotgan 

mahsulot tannarxi 18 foizga, shu jumladan, “Samarqankimyo” OAJ da 12,2 foizga 

kamaydi.  Respublikamizda  iqtisodiyot  komplekslari  bo’yicha  ishlab  chiqarilgan 

mahsulotlar  tannarxini  pasaytirish  bo’yicha  erishilgan  natijalarni  quyidagi  jadval 

orqali ko’rishimiz mumkin (1-jadval). 



 

 

Tannarxni pasaytirishning 

asosiy yo’nalishlari 

 

Import qilinadigan resurslar 



narxlarini qayta ko’rib 

chiqish va pasaytirish

 

Materiallar sarfi     



me’yorlarini           

pasaytirish 

 

Mahalliy xom-ashyo va 



materiallardan foydalanish 

darajasini oshirish 

 

Foydalanilmayotgan ishlab 



chiqarish quvvatlarini 

konservatsiya qilish 

 

Mahsulot ishlab chiqarish 



texnоlogiyasini 

takomillashtirish 

 

Ma’muriy-boshqaruv 



xodimlari sonini     

qisqartirish 

 


 

1-jadval 

2009-yilda O’zbekistonda iqtisodiyot komplekslari bo’yicha ishlab 

chiqarilganmahsulotlar tannarxini pasaytirish bo’yicha erishilgan natijalar 

Komplekslar nomi 

Mahsulot 

tannarxining 

pasayishi 

mlrd. 

so’mda 

foizda 

Geologiya, yoqilg’i-energetika, kimyo, neft-kimyo va 

metallurgiya sanoati kompleksi 

1156,3 


21,9 

Mashinasozlik, elektro texnika va aviatsiya sanoati 

hamda mahsulotlarni standartizatsiyalashtirish kompleksi 

156,2 


18,5 

Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish 

industriyasi kompleksi 

458,8 


21,3 

Qishloq va suv xo’jaligi, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini 

qayta ishlash hamda istewmol tovarlari kompleksi 

295,1 


20,0 

Ta’lim, sog’liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza 

kompleksi 

13,1 


20,2 

Respublika bo’yicha jami 

2079,5 

20,38 

 

Jadvaldan  ko’rinadiki,  2009-yilda  respublikamiz  bo’yicha  mahsulotlar 



tannarxini 2079.5 mlrd. so’mga yoki 20,38 foizga qisqartirishga erishilgan. 

  Hozirgi  global  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozni  bartaraf  etishda  muhim  chora-



tadbirlar qatoriga tannarxni pasaytirishning kiritilishidan xarajatlarning nafaqat 

xo’jalik  yurituvchi  subyektlar  moliyaviy-xo’jalik  faoliyatida,  balkim  butun 

boshli  mamlakat  mamlakat  hayotida  asosiy  ko’rsatkich  ekanligini  bilib 

olishimiz  mumkin.  Shunday  ekan,    xo’jalik  yurituvchi  subyekt  rahbarlari 

(mulkdarlar,  tadbirkorlar,  aksiyadorlar)  hamda  ularning  mehnat  ahli  bu 

ko’rsatkichga jiddiy yondashishlari va doimiy nazorat qilib borishlari zarur.  

Yuqorida  ta’kidlaganimiz  kabi  xo’jalik  yurituvchi  subyektlar  moliyaviy-

xo’jalik faoliyatining asosiy ko’rsatkichlaridan biri, moliyaviy hisobot elementi  – 

bu  xarajatdir.  Har  qanday  korxona,  tashkilot  o’z  faoliyatini  tashkil  qilish 

jarayonida turli xil sarflarni amalga oshiradi, masalan, qishloq xo’jaligida faoliyat 

yurituvchi  fermer  xo’jaligi  qishloq  xo’jaligi  mahsulotini  ishlab  chiqarish  uchun 


 

mehnat  haqi  xarajatlari  (ijtimoiy  sug’urta  ajratmalari  bilan),  urug’lik  va  ko’chat 

materiallari, o’g’itlar, o’simlikni himoya qilish vositalari va  shu kabi boshqa turli 

xarajatlarni amalga oshiradi. 

Xarajatlarga  turli  adabiyotlarda  turlicha  deb  bo’lmasada,  bir-biriga  yaqin 

ta’riflar berilgan, ularning ayrimlari quyidagilar: 

1.  Xarajat  deganda,  hisobot  davrida  korxona  aktivlarining  kamayishi  yoki 

majburiyatlarning ko’payishi tushuniladi

2



2.  Xarajat  –  bu  mahsulotni  ishlab  chiqarish,  tovarlarni  sotish  va  xizmatlar 



ko’rsatish  bilan  bog’liq  bo’lgan  sarflarning  puldagi  ifodasidir

3

,  boshqacha 



qilib  aytganda  ko’zlangan  maqsadga  erishish  uchun  amalga  oshirilgan 

sarflarening puldagi ifodasidir. 

3.  Xarajatlar  –  bu  hisobot  davri  davomida  kompaniya  mulkdorlariga  badal 

to’lovlari  bilan  bo’gliq  bo’lmagan  holda  kapitalning  kamayishida  o’z  aksini 

topgan 

aktivlarning 



chiqarib 

ketilishi 

va 

boshqa 


eskirishi 

yoki 


majburiyatlarning  o’sishi  shaklida  yuz  beradigan  iqtisodiy  naflarning 

kamayishidir 

4

.  


4.  Xarajatlar  –  mahsulotlarning  (tovarlarning)  yetkazib  berilishi  yoki  ishlab 

chiqarilishi,  xizmatlarning  ko’rsatilishi  yoki  boshqa  bir,  xususiy  kapitalning 

kamayishiga  olib  keluvchi,  biroq  uning  qatnashchilar  o’rtasida  taqsimlanishi 

bilan  bog’liq  bo’lmagan  faoliyat  turlarining  amalga  oshirilishi  oqibatida 

aktivlarning  kamayishi  yoki  boshqa  xil  sarflanishi  yoki  /  va  qarzlarning 

(passivlarning) yuzaga kelishidir

5



Keltirilgan  ta’riflarni  schotlardagi  harakatini  ifodalaydigan  bo’lsak, 



quyidagicha bo’ladi: 

 

 



 

 

 



 

                                                           

2

 K.B.Urozov. Buxgalteriya hisobi va audit. T.: “O’qituvchi”, 2004. 245-bet 



3

 Musayev H.N. Audit. T.: “Moliya”, 2003. 143-bet 

4

 S.N.Toshnazarov. Xalqaro hisob asoslari. Ma’ruza matnlari to’plami. Samarqand-2008. 83-bet 



5

 I.A.Zavalishina. Yangicha buxgalteriya hisobi. Amaliy qo’llanma. T.: “Iqtisodiyot va huquq dunyosi”, 

2004. 91-bet

  


 

2810 


9110 

6710 


9420 

100000 


100000 

100000 


100000 

100000 


100000 

C1 


 

5110 


6610 

100000 


100000 

 

 



2-chizma: Xarajatlarning schotlarda ifodalanishi 

Chizmadan  ko’rinib  turibdiki,  aktivlarni  ifodalovchi  schot  kamaymoqda, 

majburiyatlarni ifodalovchi schot esa ko’paymoqda. 

O’zR  Vazirlar  Mahkamasining  1999-yil  5-fevraldagi  54-son  qarori  bilan 

tasdiqlangan  “Mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)  ni  ishlab  chiqarish  va  sotish 

xarajatlarining  tarkibi  hamda  moliyaviy  natijalarni  shakllantirish  to’g’risida 

Nizom”  (bundan  keyin  “Xarajatlar  tarkibi…  to’g’risida”gi  Nizom)ga  muvofiq 

barcha xarajatlar quyidagicha guruhlanadi  



Asosiy  faoliyatga  doir  xarajatlar  deganda,  korxona  ustavida  belgilangan 

asosiy  faoliyat  bilan  bog’liq  xarajatlar  tushuniladi.  “Xarajatlar  tarkibi  to’g’risida” 



 

gi  Nizom  va  21-son  BHMSga  muvofiq  korxonalarning  asosiy  faoliyati  bilan 

bog’liq xarajatlar quyidagi to’rtta quyi guruhga bo’linadi

6



  Sotish tannarxiga kiritilgan xarajatlar – bularga sotilgan  mahsulotlar, tovarlar, 

ishlar  va  xizmatlarning  tannarxiga  kiritilgan  xarajatlar  kiradi,  mahsulot  ishlab 

chiqarilishi bilan bog’liq xarajatlar sotilgan mahsulotlarning tannarxini tashkil 

qiladi  va  hisobotlarda  sotishdan  olingan  daromadlar  bilan  taqqoslanadi. 

Hisobot  davrida  daromadlarning  kam  olinishi  tegishli  daromadni  olishni 

ko’zlab  maqsadga  muvofiq  tarzda  amalga  oshirilgan  xarajatlani  bo’lg’usi 

davrlar  (3100-schotlar),  tugallanmagan  ishlab  chiqarish  (2000-schotlar)  yoki 

tovar-moddiy  zahiralar  (2800,  2900  va  boshqa  schotlar)  xarajatlari  sifatida 

aktivlarga kiritilishi imkonini beradi. O’z navbatida ishlab chiqarish tannarxiga 

kiritiladigan xarajatlar ham iqtisodiy mazmuniga ko’ra besh guruhga bo’linadi: 

1)  ishlab chiqarish bilan bog’liq moddiy xarajatlar; 

2)  ishlab chiqarish xususiyatiga bog’liq mehnat xarajatlari; 

3)  ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar; 

4)  Asosiy vositalar  va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy 

aktivlar amortiztsiyasi; 

5)  ishlab chiqarish tusiagi boshqa xarajatlar  

(Nizomning B bo’limi 1-qismi). 

  Davr xarajatlari – bularga mahsulotlarni (tovarlar, ish va xizmatlarni) sotishga, 



korxonani  ma’muriy-boshqaruviga  va  boshqa  operatsiaon  faoliyatiga  doir 

xarajatlar  kiradi,  ushbu  xarajatlar  ma’lum  hisobot  davrida  yuz  beradi 

(Nizomning B bo’limi 2-qismi). 

  Kelgusi davr xarajatlar – bu korxonaning kelgusi asosiy faoliyatiga doir, lekin 



hisobot davrida amalga oshirilgan xarajatlaridir. Bunday xarajatlarga oldindan 

to’langan ijara haqlari, oldindan to’langan xizmat haqlari va boshqa oldindan 

to’langan bo’naklar kiradi. 

  Muddati  uzaytirilgan  xarajatlar  –  bularga  korxonaning  kelgusi  asosiy 



faoliyatiga  doir,  lekin  muddati  bir  yil  va  undan  ko’p  muddatga  uzaytirilgan 

xarajatlari kiradi. 

 Asosiy bo’lamagan faoliyatga doir xarajatlar deganda, bevosita asosiy faoliyatga 

taalluqli  bo’lmagan  ya’ni,  korxona  ustavida  asosiy  faoliyat  sifatida  belgilab 

qo’yilmagan faoliyat turlari bilan bog’liq xarajatlar tushuniladi. Bunday xarajatlar 

“Xarajatlar  tarkibi  to’g’risida”  gi  Nizomga  muvofiq  moliyaviy  faoliyatga  doir 

xarajatlar va favquloddagi zararlarga bo’linadi. 

  Moliyayaviy faoliyatga doir xarajatlar – bu qimmatli qog’ozlarni chiqarish va 



joylashtirish,  valuta  operatsiyalari,  kredit  va  qarzlarni  olish,  uzoq  muddatli 

                                                           

6

 

K.B.Urozov. Buxgalteriya hisobi va audit. T.: “O’qituvchi”, 2004. 246-bet



 

 

ijaraga  doir  va  boshqa  moliyaviy  faoliyatga  taalluqli  xarajatlardir.  Bularga 

foizlar,  salbiy  kurs  farqlari  ko’rinishidagi  xarajatlar  va  boshqalar  kiradi 

(Nizomning B bo’limi 3-qismi). 

  Favqulodda  zararlar  –  yuz  berishi  doimiy  xarakterga  ega  bo’lmagan,  



kutilmagan  tasodif  va  hodisalardan  ko’rilgan  zararlar  tushuniladi.  Bularning 

davlat  qonunlarining  o’zgarishi,  tabiiy  ofatlar,  revolutsion  o’zgarishlar 

natijasida vujudga kelgan zararlar kiradi (Nizomning B bo’limi 4-qismi). 

Xarajatlarni  korxonaning  moliyaviy-xo’jalik  faoliyatidagi  o’rnini  chizma 

ko’rinishida tasvirlasak quyidagicha bo’ladi (

3-chizma

).  


Xarajatlarni  tannarx  obyektlariga  olib  borilishiga  bevosita  va  bilbosita 

xarajatlarga bo’lamiz. 

  Bevosita  xarajatlar  –  bu  birlamchi  hujjatlarga  asosan  ma’lum  bir  mahsulot 



turining  yoki ishning  tannarxiga kiritilishi  mumkin bo’lgan va  ularni  yaratish 

yoki  bajarish  bilan  bog’liq  bo’lgan  xarajatlar  hisoblanadi,  mazkur  xarajatlar 

aniq bir tannarx  obyektiga to’g’ridan-to’gri qo’shiladi. 

  Bilvosita  xarajatlar  –  bu  bir  necha  xil  mahsulotni  tayyorlash  bilan  bog’liq 



xarajatlar  hisoblanadi,  shuning  uchun  ular  mazkur  mahsulot  turlari  o’rtasida 

taqsimotning aniq bazalariga mutonosib ravishda taqsimlanadi. 

Ishlab  chiqariladigan  mahsulotning  bog’liqlik  darajasiga  qarab  xarajatlar 

ikki guruhga: o’zgaruvchan va shartli-doimiy xarajatlarga bo’linadi. 

 

O’zgaruvchan  xarajatlar  –  bu  mahsulot  ishlab  chiqarish  hajmiga  mutonosib 



ravishda o’zgaradigan xarajatlardir. Bunday xarajatlarga xom-ashyo va asosiy 

material  xarajatlari,  ishlab  chiqarishda  band  xodimlarga  ishbay  hisoblangan 

mehnat haqi, ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar va hokazolar kiradi; 

  Shartli doimiy xarajatlar – bu hajmi har doim bir xilda bo’lib qoladigan yoki 



chiqarilayotgan  mahsulotning  miqdori  o’sishi  yoki  kamayishi  bilan  katta 

ahamiyat  kasb  etmaydigandarajada  o’zgaradigan  xarajatlardir.  Bunday 

xarajatlarga  amortizatsiya,  ijara  to’lovlari  va  ishlab  chiqarishni  boshqarish 

bo’yicha  boshqa  xarajatlar  kiradi.  Bu  tur  xarajatlarning  bunday  nomlanishiga 

sabab,  mahsulot  ishlab  chiqarishning  ma’lum  darajasigacha  ishlab  chiqarish 

sexlari boshqaruv xodimlari mehnat haqi va boshqa xarajatlar o’zgarmas bo’lib 

qoladi,  ammo  ishlab  chiqarishning  ko’proq  oshishi  yangi  dastgohlar  sotib 

olishni  ,  yangi  sexlarni  ishga  tushirishni  talab  etadi,  bu  esa  ularni  boshqarish 

xarajatlarini oshiradi. 


 

 

3-chizma: Xarajatlarni korxonaning moliyaviy-xo’jalik faoliyatidagi o’rni



Ta’minot jarayoni 

Ishlab chiqarish jarayoni

 

jarayoni 



 

Sotish jarayoni

 

Asosiy faoliyatga doir xarajatlar 

 

Asosiy faoliyatga doir xarajatlar 



 

Ishlab chiqarish tannarxiga 

kiritiladigan xarajatlar

 

 



Davr xarajatlari 

Asosiy bo’lmagan  faoliyatga 

doir xarajatlar 

 

Asosiy faoliyatga doir xarajatlar 



 

 

Moliyaviy faoliyatga doir xarajat 



 

Favqulodda zararlar 

 


 

So’zimiz  boshida  xarajatlar  korxonalar  moliyaviy-xo’jalik  faoliyatining 

asosiy  ko’rsatkichlaridan  biri  hisoblanadi  degan  edik,  shunday  ekan  uni  tartibga 

solish, nazorat  qilish  (buxgalteriya  hisobining  funksiyalaridan  biri  aynan  shunday 

nomlanadi)  uchun  foyda  solig’ini  minimallashtirish  nuqtai  nazaridan  ham 

tasniflash  lozim  deb  o’ylaymiz.  Shu  o’rinda  shuni  aytib  o’tish  joizki, 

mamlakatimizda  soliq  yuki  2009-yilda  22,6  foizni  tashkil  qildi,  bu  2008-yildagi 

soliq  yukiga  (23,2  foiz)    nisbatan  0,6  foizga  kam  demakdir.  22,6  foiz  soliq 

yukining  ta’rifidan  kelib  chiqib  aytadigan  bo’lsak,  biz  yunaltirmoqchi  bo’lgan 

sohani,  faoliyatni  shuncha  foizga  cheklaydi.  Shuning  uchun  har  bir  rahbar  o’zi 

to’laydigan soliqlarni iloji boricha amaldagi qonunchilik doirasida tartibga solishi, 

minimallashtirishi lozim, bunga biz bo’lajak buxgalterlar ham mas’uldirmiz. 

2.

 Xarajatlar hisobining maqsadi, vazifalari va tamoyillari 

Xarajatlar  hisobining  maqsadi  xo’jalik  yurituvchi  subyektning  moliyaviy-

xo’jalik  faoliyati  davomida  yuz  bergan  xarajatlarni  amaldagi  qonunchilik 

talablaridan  kelib  chiqqan  holda  to’g’ri  va  o’z  vaqtida  hisobga  olish,  hamda 

axborot  foydalanuvchilariga  o’z  vaqtida,  to’liq  hamda  aniq  axborot  yetkazib 

berishdir. 

Ushbu  maqsaddan  kelib  chiqqan  holda  korxona  xarajatlari  bo’yicha 

buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

  xarajatlarni  ularning  mohiyatini  ochib  beruvchi  mezonlariga  mos  ravishda 



hisobga olish; 

 



korxona xarajatlarini to’g’ri turkumlash va guruhlarga ajratish; 

  korxona  xarajatlari  harakati  to’g’risida  to’liq  va  ishonchli  axborotlarni 



shakllantirish; 

 



korxona xarajatlarini to’g’ri, o’z vaqtida va tegishli boshlang’ich hujjatlar bilan 

rasmiylashtirish; 

 

korxona  xarajatlari  bo’yicha  hisob  ma’lumotlarining  va  hisobot 



ma’lumotlarining to’liq uyg’unligini ta’minlash; 

 



kelgusi davr va muddati uzaytirilgan xarajatlarni to’g’ri va o’z vaqtida sotish 

tannarxi, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyatga doir xarajatlarga kiritish; 

 

tugallanmagan  ishlab  chiqarishga  to’g’ri  keladigan  xarajatlarni  to’g’ri  va  o’z 



vaqtida  hisobga  olish,  ularni  belgilangan  muddatlarda  qayta  ro’yxatdan 

o’tkazish  (investitsiya  qilish)  va  sotish  tannarxiga  to’g’ri  kiritilishini 

ta’minlash; 

 



sotish  tannarxining,  davr  xarajatlarining  oshib  ketishiga  sabab  bo’luvchi 

noratsional chiqimlarni vujudga kelish sabablari va aybdorlarini topish, bunday 



 

chiqimlarga yo’l qo’ymaslik uchun mas’ul shaxslar faoliyatini doimiy nazorat 

qilish; 

 



mavjud zahiralar va vositalardan unumli foydalanish ustidan nazorat o’rnatish; 

  xarajatlarni soliq solish bazasi obyekti sifatida to’g’ri shakllantirish; 



  xarajatlarni hisoblash tamoyiliga muvofiq ular yuz bergan vaqtdan boshlab tan 

olish va tegishli schotlarda aks ettirish

 



xarajatlarni moliyaviy hisobotda to’g’ri aks ettirish va boshqalar. 

Shuningdek,  buxgalteriya  hisobi  korxona  xo’jalik  faoliyati  davomida 

xarajatlarni  amalga  oshirishda  O’zbekiston  Respublikasi  qonunchiligiga  rioya 

qilishi ustidan nazorat o’rnatish, xarajatlarga oid  salbiy holatlarning oldini olish va 

uning  moliyaviy  barqarorligini  ta’minlaydigan  ichki  xo’jalik  imkoniyatlarini 

topishni ta’minlashi zarur. 

Shu  o’rinda  shuni  ta’kidlash  joizki,  hozirgi  jahon  moliyaviy-iqtisodiy 

inqirozi  sharoitida  buxgalteriya  hisobining  vazifalariga  yana  bir  necha  vazifalar 

qo’shish bizning fikrimizcha to’g’ri bo’ladi, bu vazifalar taxminan quyidagilar: 

  korxonaning  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozga  qarshi  choralar  dasturini  ishlab 



chiqishga yordam berish; 

  ushbu 



moliyaviy-iqtisodiy 

inqirozga 

qarshi 

choralar 



dasturi 

va 


prezidentimizning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida 

uni  bartaraf  etishning  yo’llari  va  choralari”  asarida  belgilab  qo’yilgan 

vazifalarning  bajarilishini  tahlil  qilib  borish,  monitoringlar  o’tkazish  va 

hokazolar. 

Ayrim adabiyotlarda fanning vazifasi bilan funksiyasi bir narsani ifodalaydi 

deyilsa,  ayrim  adabiyotlarda  esa  bu  ikki  tushuncha 

turli  xil  narsa

ni  ifodalaydi 

deyiladi.  Bizning  fikrimizcha  ham  ikkinchi  mulohaza  to’g’ri.  Chunki  fanning 

vazifasi  doimiylik  xarakteriga  ega  bo’lmaydi  va  mavjud  holat,  talab  hamda 

o’rganish  obyektidan  kelib  chiqib  o’zgarishi  mumkin,  funksiya  esa  doimiylik 

xarakteriga ega bo’lib, o’zgarmaydi. 

Shundan kelib chiqib, xarajatlarning hisobi bo’yicha buxgalteriya hisobining 

vazifalari va funksiyalari ham farq qiladi, ya’ni buxgalteriya hisobining xarajatlar 

hisobi  bo’yicha  vazifalari  yuqoridagilar  bo’lsa,  funksiyalari  quyidagilar 

hisoblanadi (



4-chizma

). 


 

 

 

4-chizma: Korxona moliyaviy-xo’jalik faoliyati davomida yuz beradigan 



xarajatlarning hisobi bo’yicha buxgalteriya hisobining funksiyalari 

1.  Axborot  (boshqaruv  tizimini  axborot  bilan  ta’minlash)  funksiyasi.Ushbu 

funksiyaning  ahamiyati  bozor  munosabatlari  sharoitida,  ayniqsa,  hozirgi 

moliyaviy-iqtisodiy  inqiroz  sharotida  yanada  ortadi.  Buxgalteriya  hisobi 

boshqaruvning  turli  bo’g’inlariga  –  korxona  xizmatlari,  uning  bo’linmalari 

menejerlariga  haqiqiy  axborotlarni  yetkazib  beruvchi  muhim  manba  bo’lib 

hisoblanadi,  tegishli  axborot  foydalanuvchilari  esa  ushbu  axborotlar  orqali 

boshqaruv  qarorlarini  ishlab  chiqadilar  va  qabul  qiladilar.  Hisob-kitoblarning 

ko’rsatishicha,  iqtisodiy  axborotlar  umumiy  hajmining  70  foizidan  oshig’i 

aynan buxgalteriya axborotlari ulushiga to’g’ri kelar ekan

7

. Ushbu axborotlarga 



turli xil talablar qo’yiladi, masalan, axborot to’liq, ishonchli, o’z vaqtida, aniq, 

muhim,  bir-biriga  zid  bo’lmaslik,  tushunarli  va  sodda,  tejamli  va  oqilona 

bo’lishi lozim. 

2.  Nazorat  funksiyasi  –  iqtisodiy  munosabatlarni  chuqurlashtirish  va  bozor 

munosabatlari,  turli  mulkchilik  munosabatlari    sharoitida  buxgalteriya 

hisobining  nazorat  funksiyasi  kuchaymoqda.  Xarajatlarning  hisobi  bo’yicha 

buxgalteriya hisobi nazoratining uchta turi amalga oshiriladi: 

1)  dastlabki nazorat – xo’jalik muomalasi sodir bo’lgungacha; 

2)  joriy nazorat – xo’jalik muomalasini amalga oshirish; 

3)  keying nazorat – muomala sodir bo’lganidan so’ngi. 

Xarajatlarni nazorat qilish quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amalga oshiriladi: 

  mahsulot  ishlab  chiqarish  uchun  sarflangan  haqiqiy  xarajatlarni 



shakllantirish va ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxini hisoblash; 

                                                           

7

 R.D.Do’stmurodov. buxgalteriya hisobi nazariyasi. T.: “Yangi paligraph servis” – 2007 



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat