7.7-jadval.
O‘zbekiston Respublikasi moliyaviy xizmatlar bozorining hajmi124
Ko`rsatkichlar
|
Yillar
|
2013
|
2014
|
2015
|
2016
|
2017
|
Ayirboshlash kursi, so`m
|
2022
|
2222
|
2500
|
2703
|
5333
|
Bozor hajmi, mlrd so`m
|
73293
|
90865
|
34458
|
54277
|
113053
|
Yuqorida ko‘rib chiqilgan umumiy tendensiyalar ta’sirida milliy bank xizmatlari tizimida faoliyat olib borayotgan banklarning umumiy va alohida samaradorlik ko‘rsatkichlari ham o‘zgarib bormoqda.
2017 va 2018 yillarda bank tizimining aksariyat samaradorlik ko‘rsatkichlari ortgan bo‘lsa-da (kapital yetarlilik ko‘rsatkichlari–14,7 %dan 18,8 %ga, kapital barqarorligi ko‘rsatkichlari – 10,7 %dan 12,4 %ga, moliyaviy samaradorlik ko‘rsatkichlari – 41,5 %dan 42,5 %ga, foizsiz daromad - -239,9 mlrd. so‘mdan 836,5 mlrd. so‘mga, sof foyda – 1152,8 mlrd. so‘mdan 1881,0 mlrd so‘mga), ayrim asosiy ko‘rsatkichlarning yil davomida pasayishi (moliyaviy samaradorlik ko‘rsatkichlari – 39,5 %dan 32,5 %ga, likvidlilik stavkalari – 25,4 %dan 23,6 %ga, soliqqa tortishdan oldingi sof foydaning jami aktivlarga nisbati ROA – 2,0 %dan 1,87 %ga, soliq to‘lashdan oldingi sof foydaning umumiy kapitalga nisbati ROE– 17,95 %dan 17,13 %ga) kuzatiladi125.
Milliy bank tizimida moliyaviy xizmatlar hajmini keskin oshirishning asosiy omili sifatida E-banking tizimining joriy etilishi qaraladi. Ushbu tizim yordamida xususiy tijorat banklari va boshqa moliyaviy institutlar aholining moliyaviy
124 O‘zbekiston Respublikasining 2035 yilgacha rivojlanish Strategiyasining konsepsiyasi. UZBEKISTAN 2035. Buyuk kelajak. 2018 y. – 260 b.
125 O‘zbekiston Respublikasining 2035 yilgacha rivojlanish Strategiyasining konsepsiyasi. UZBEKISTAN 2035. Buyuk kelajak. 2018 y. – 265 b.
xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini kengroq qamrab oladi, rivojlantirish institutlari va xususiy investorlar davlat loyihalarini moliyalashtiradi.
Masofaviy bank xizmatlarining joriy etilishi bilan quyidagi afzalliklarga erishiladi:
moliyaviy xizmat infratuzilmasi yangilanadi;
zamonaviy bank amaliyoti va mezonlari, shu jumladan, IT tizimlari joriy etiladi;
raqamli bankingga o‘tish va ushbu tizimda avvaldan mavjud xizmatlar turlarini saqlab qolish;
yagona to‘lov tizimida bank emitentlarining plastik (debet yoki kredit) kartalarini aniqlash va ulardan foydalanish;
bank sektori to‘liq liberallashadi;
davlat faqat nazorat va tartibga solish funksiyalarini saqlab qoladi.
Bank tizimini yanada rivojlantirishga raqamli innovatsiyalar, ma’lumotlarni tahlil qilish va masofadan xizmat ko‘rsatish asosida erishiladi.
O‘zbekiston Respublikasining 2035 yilgacha rivojlanish Strategiyasida milliy bank tizimini ushbu yo‘nalishda isloh qilish 2025 yilgacha bo‘lgan davrda ikki bosqichli jarayon asosida amalga oshirilishi belgilangan:
Birinchi bosqich (2020 yilgacha)da bank ilovalarini amaliyotga kiritish, mijozlarni ulash, qo‘llab-quvvatlash xizmatini shakllantirish, kardrider va mobil terminallar tizimini kiritish, R2R hisob-kitoblarini yuritish, to‘lovlarni fiskallashtirish, fiskal ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash jarayonlarini to‘liq amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Ikkinchi bosqich (2025 yilgacha)da esa SXK uchun tovarlarni hisobga olish va portal, tranzaksiyalarni boshqarish, mobil bank kriptografik identifikatorlari, tegishli xizmatlarning banklar raqamli platformalariga integratsiyalashuvi, aniq B2B, B2C tezkor o‘tkazmalarini joriy etish, ochiq API, bank biznesida masofadan identifikatsiya, sun’iy intellekt va mashinaga o‘rgatish asosidagi xizmatlar, chakana savdo va telekom orqali moliyaviy xizmatlarni taqdim etish hamda jarayonga bir qator fiskal operatorlarni jalb etish jarayonini amalga oshirish belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasining 2035 yilgacha rivojlanish Strategiyasida milliy bank tizimini isloh qilishda quyidagi asosiy strategik tashabbuslarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:
2025 yilgacha bo‘lgan davrda:
Korporativ boshqaruv mezonlarini takomillashtirish: direktorlar kengashi tarkibini mustaqil direktorlarning majburiy ishtiroki bilan standartlashtirish, rais almashuvi, rais va bosh ijrochi direktor vazifalarini aniq ajratish.
Chakana mijozlar, YaTT va o‘rta korxonalarning ehtiyojlarini to‘liq aks ettirish uchun mahsulot portfelini rivojlantirish.
Import-eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash xizmat turlarini kengaytirish.
Xalqaro hisobot mezonlariga moslashish.
Raqamli bankingni rivojlantirish, asraydigan texnologiyalar (LEAN) va omnikal banking sohalarida xizmatlar ko‘rsatishni yaxshilash hisobiga chekka hududlarga bank xizmatlari penetratsisini oshirish.
Bank sohasida tartibga solish va nazorat qilishning xalqaro standartlariga moslashish, shu jumladan, muammoli kreditlar ulushini kamaytirish uchun Big Data tizimini joriy etish.
Dunyoning yetakchi bank uyushmalariga a’zo bo‘lish.
Bank sohasini monitoring qiluvchi nazorat idoralari vazifalarini aniq taqsimlash.
Moliyaviy tartibga soluvchi tarkibida AML/CTF tartibga soluvchisini yaratish.
Raqamli mehnat sohasida Middle office va Back office ni to‘liq avtomatlashtirish;.
Mamlakatda yagona mijozlar bazasini yaratish.
Fuqarolarning omonatlarini sug‘urtalashning samarali tizimini yaratish. 2030 yilgacha bo‘lgan davrda:
Bank jarayonlarini maqbullashtirish, jarayonlarni qisman avtomatlashtirish orqali CIRni 40% ga pasaytirish.
Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish va o‘stirish uchun investitsion inkubatorlar va akseleratorlarni yaratish.
Mobil bank kriptografik identifikator texnologiyalarini va ko‘chma portativ platformalarni joriy etish.
Qo‘shimcha xizmatlarning banklar raqamli platformalariga integratsiyalashuvi.
O‘zaro aloqador xizmatlarning integratsiyalashuviga, hamkorlikning vositachilik haqi olinadigan tizimlarini rivojlantirishga yordam beradigan bank ekotizimlarini yaratish.
Past qiymatli banknotlarni chiqarishni bosqichma-bosqich to‘xtatish.
Portativ qurilmalar yordamida kontaktsiz to‘lov tizimlarini rivojlantirish.
Bank sektorida tartibga solish va nazoratning xalqaro standartlariga moslashish va monitoring qilish.
2035 yilgacha bo‘lgan davrda:
Naqd pul aylanishini qisqartirish, naqd pulsiz to‘lov vositalariga to‘liq o‘tish.
Bank dasturlarini shaxsiy raqamli qurilma bilan integratsiyalash.
O‘zaro investitsiyalar va kreditlash mexanizmlarini rivojlantirish.
Likvidlikni joylashtirish tizimlarini yaratish va bank mahsulotlari bilan integratsiyalash.
Bank, sug‘urta va investitsion-jamg‘arma mahsulotlarini “yagona darcha”ga integratsiyalash.
Mahsulot sotish modelidan xaridorning hayot tarzini kuzatish va uning dolzarb moliyaviy ehtiyojlari modeliga o‘tish.
Korporativ boshqaruv mezonlarini tekshirish.
Bank sektorida tartibga solish va nazoratning xalqaro standartlariga moslashish va monitoring qilish.
7.8-jadval Ayrim dunyo mamlakatlarining sug‘urta tizimi faoliyati ko‘rsatkichlari126
Do'stlaringiz bilan baham: |