Yillar
2013
|
2014
|
2015
|
2016
|
2017
|
Sug‘urtalovchilar investitsiya
hajmi
|
338
|
439
|
516
|
693
|
927
|
O`sish, %
|
+43,6
|
+96,1
|
Sug‘urta sektorining investitsion tuzilmasi o‘rta darajada konservativ bo‘lib, yuqori darajadagi diversifikatsiyani ko‘rsatmoqda. Bank depozitlarining yuqori ulushi sug‘urta kompaniyalarining odatiy joylashtirilish tuzilmasiga xos emas, ammo mavjud bozor sharoitida O‘zbekiston Respublikasi oqilona variant bo‘lishi mumkin. Keyinchalik bank xizmatlari bozori normallashuvi va asosiy foiz stavkasining pasayishi tufayli sug‘urtalovchilar mablag‘larining katta qismi qimmatli qog‘ozlar bilan almashinishi mumkin.
Sug‘urta tizimi rivojlanishining joriy darajasini o‘rganish tizimda quyidagi asosiy muammolar mavjudligini ko‘rsatadi:
O‘zbekiston sug‘urta sektorining hajmi xalqaro ko‘rsatkichlar bilan solishtirganda iqtisodiyot hajmiga mos kelmaydi;
127 O‘zbekiston Respublikasining 2035 yilgacha rivojlanish Strategiyasining konsepsiyasi. UZBEKISTAN 2035. Buyuk kelajak. 2018 y. – 284 b.
128 O‘zbekiston Respublikasining 2035 yilgacha rivojlanish Strategiyasining konsepsiyasi. UZBEKISTAN 2035. Buyuk kelajak. 2018 y. – 285 b.
mamlakatda majburiy sug‘urta darajasi ixtiyoriy sug‘urta darajasiga nisbatan ancha past;
sug‘urta mahsulotlari qatori iqtisodiyotning hozirgi talablariga javob bermaydi: tibbiy sug‘urta, hayot va sog‘liq sug‘urtasi kabi turdagi sug‘urta turlari mavjud emas.
O‘zbekiston Respublikasining 2035 yilgacha rivojlanish Strategiyasida sug‘urta va pensiya tizimini takomillashtirishda quyidagi natijalarga erishish ko‘zda tutilgan:
aholi, biznes va hukumatning umumiy xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan iqtisodiyot va jamiyatning asosiy yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlaydigan xususiy sug‘urta tizimini joriy etish;
majburiy tibbiy sug‘urtani joriy qilish;
ixtiyoriy va majburiy sug‘urta nisbatlarini 4:1 nisbatga keltirish;
sug‘urta tizimining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 2,8 %ga yetkazish;
pensiya tizimini uch darajali – asosiy davlat pensiyasi, korporativ pensiya va individual pensiya tizim holatida qayta tashkil etish;
pensiya tizimining yalpi ichki mahsulotdagi o‘lchamini 7 %ga yetkazish;
bir kishiga pensiya jamg‘armasinning o‘rtacha hajmini 743 AQSh dollaridan 2510 AQSh dollarigacha oshirish;
pensiya to‘lovlarining umumiy tarkibida davlat pensiyasi ulushini 100 %dan 35 %gacha kamaytirish.
Kapital bozori bugungi kunda moliyaviy bozorning tez sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan tarkibiy qismi hisoblanadi. Kapital bozorining asosiy aylanmasi tizim sifatida shakllangan qimmatli qog‘ozlar bozorida amalga oshadi.
O‘zbekiston kompaniyalarining bozordagi kapitallashuvi rivojlanayotgan bozorlarga nisbatan yuqori, bunga banklar ulushi 60%ni tashkil qiladi. Bank aksiyalari eng ko‘p savdoga qo‘yilgan va aylanmalarning 86 foizini tashkil qiladi. Kapitalning kutilayotgan yuqori daromadi yuksak darajadagi risklari tufayli baland bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi investitsion salohiyatini sezilarli darajada cheklaydi. Aksiyalar bo‘yicha kutilayotgan daromadning yuqoriligi investorlar katta miqdorda kapitalni O‘zbekiston bozoriga kiritishlari mone’lik qiladi.
Institutsional investorlar O‘zbekiston korporativ sektorining qimmatli qog‘ozlarini “investitsiya” sifati bilan solishtirganda yuqori rentabellikka ega bo‘lgan “ekzotik” aktiv sifatida ushlab qoladi.
Korporativ sektorda investorlar bilan aloqaning rivojlanish darajasi juda past (IR – investor relations)ligi, birja portalida korporativ sektor haqida yetarli ma’lumotlarning yo‘qligi bozorning faol rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
2017 yil boshida birja kotirovkasi varag‘ida 191ta kompaniya mavjud edi. Bozor kapitalizatsiyasi nafaqat mutloq hajmda ortda qolmoqda, balki
mamlakatning YaIMiga nisbatan hajmi ko‘p rivojlanayotgan bozorlardan ham kam (7.11-jadval).
Listing kompaniyalariga tijorat banklari, sug‘urta kompaniyalari, neft-gaz sanoati korxonalari, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, agrosanoat kompleksi, energetika, metallurgiya korxonalari va boshqalar kiradi. Aylanmaning eng katta qismini xorijiy investorlar tashkil etadi, chunki bozor o‘sishi bilan ularning ulushi 80 foizga yetishi mumkin (misol - Janubiy Koreya).
O‘zbekiston kapital bozoridagi holat tahlili ushbu tizimda quyidagi asosiy muammolar mavjudligini ko‘rsatadi:
O‘zbekiston kompaniyalarining bozordagi kapitallashuvi juda past darajadaligi;
7.11-jadval Ro‘yxatga olingan kompaniyalarning bozor kapitalizatsiyasi129, YaIMga
Do'stlaringiz bilan baham: |