JAHON IQTISODIYOTI GLOBALLASHUVI OQIBATIDA YUZAGAKYELUVCHIXAVF-XATARLAR xatarlar globallashuvning chuqurlashishi, TMKlarning rivojlangan mamlakatlardan sanoat, qayta ishlash, qishloq xo‘jaligi, qazib olish tarmoqlari faoliyatini resurs nuqtai nazaridan qulay mamlakatlar hududiga olib chiqib ketilishi oqibatida xizmatlar sohasining keng rivojlanish tendensiyasi bilan izohlanadi. Natijada bu mamlakatlarda deindustrlashish jarayoni yuzaga kelishi hamda ishchi kuchi migratsiyasida beqarorlik vujudga kelishi kuzatiladi.
5.2-rasm. Jahon iqtisodiyoti globallashuvi oqibatida yuzaga keluvchi xavf- xatarlar
Globallashuv tufayli dunyoning turli mamlakatlarida malakali va malakasiz ishchilarning ish haqi darajasidagi farqning oshishi va ishsizlikning o‘sishi.
Globallashuv tufayli yuz beradigan jiddiy xavf-xatarlardan yana biri dunyoning turli mamlakatlarida malakali va malakasiz ishchilar oladigan ish haqi miqdoridagi farqning oshishi va ishsizlikning kuchayishi muammosidir. Bu xatarini turli mamlakatlar tomonidan globallashuvning afzalliklaridan foydalanish darajasi hamda mamlakatlarning global tizimdagi maqomidan kelib chiqqan holda izohlash mumkin. Chunki global tizimda yetakchi bo‘lgan mamlakatlardagi ish haqi va daromadlar darajasi tizimdagi “qaram” mamlakatlardan keskin farqlanadi. Shu bilan birga mehnat resurslarining malaka darajasi bo‘yicha bu mamlakatlardagi holatida ham yuqoridagi mutanosiblikni ko‘rish mumkin, ya’ni yetakchi mamlakatlarda yuqori ish haqi va daromad oluvchi malakaga ega bo‘lgan mehnat resurslarining va “qaram” mamlakatlarda esa past malakali mehnat resurslarining konsentratsiyasi kuzatiladi.
Keyingi navbatda ish haqi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda ishlab chiqarish quvvatining ish haqi past bo‘lgan mamlakatlarga o‘tkazilishi ham globallashuvning ayrim jahon mamlakatlari taraqqiyotiga xavf soluvchi xatarlardan hisoblanadi. Nisbiy ustunliklar nazariyasi asosida ishlab chiqarish quvvatlarining resurs qiymati va xarajatlari nisbatan past mamlakatlarga ko‘chirilishi ushbu ishlab chiqarishdan asosiy manfaatdor bo‘lgan mamlakatga tannarxning kamayishi ko‘rinishida samara keltirsa, ishlab chiqarish ko‘chirilgan mamlakatlar uchun yangi daromad manbai sifatidagi samara bilan birga atrof-muhitning ifloslanishi, daromadlarning juda sekin ortib borishi, nisbatan eskirgan texnologiyalarning kirib kelishi kabi xatarlarni keltirib chiqaradi.
Ko‘rilayotgan xavf-xatarning kelib chiqishi globallashuv tartiblariga ko‘ra mehnat resurslari migratsiyasiga nisbatan to‘siqlarning butunlay olib tashlanishi natijasida jahon miqyosida ishchi kuchi mobilliligining ortishida ham ko‘rinadi. Ushbu chegaralarning olib tashlanishi siyosiy jihatdan nobarqaror bo‘lgan mintaqalar bilan birga ishchi kuchi migratsiyasining ish haqi va daromadlar darajasi past bo‘lgan mintaqalardan rivojlangan mintaqalarga yuqori darajaga ortishiga olib keladi. Natijada, birinchi ko‘rsatib o‘tilgan mintaqalardagi rivojlanish darajasi yanada pasayadi va global darajadagi nomutanosibliklar yanada chuqurlashadi. Shu bilan birga, ikkinchi mintaqalardagi malakali ishchi kuchi mobilliligi ham ortib, mntaqalardagi mehnat bozorida nomutanosibliklar kelib chiqishi mumkin.
Yana bir tahdid ommaviy urbanizatsiya bilan bog‘liq ravishda global demografik, texnologik va tarkibiy o‘zgarishlarning xalqaro keskinlik va ixtiloflar vujudga kelishiga olib kelishidir. So‘nggi yillarda jahon miqyosida urbanizatsiya (shaharlashuv) darajasining kuchayishi nafaqat global, balki milliy darajada ham demografik muammolarning chuqurlashuviga olib kelmoqda. Yirik shaharlar (megapolislar – alfa, beta va gamma shaharlar)ning paydo bo‘lishi va rivojlanishi
oqibatida ushbu shaharlar doirasida demografik, texnologik va tarkibiy o‘zgarishlarning va, buning natijasida, ushbu hududlarning milliy davlat tarkibidagi mustaqilligining kuchayishi kelgusida xalqaro keskinlik va ziddiyatlarning yuzaga kelishiga olib keladi. Bugungi kunda dunyoning moliyaviy markazlari sifatida shakllangan hududlarda aytib o‘tilgan ixtilof va ziddiyatlarning dastlabki ko‘rinishlari yuzaga kela boshladi.
Globallashuvning jahon ekologik tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va istiqbolda mamlakatlar o‘rtasidagi mojaralar manbaiga aylanishi, esa uning eng katta tahdidlaridan sanaladi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, globallashuv jarayonlarining chuqurlashuvi siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalardagi xatarlar bilan bir qatorda atrof-muhitga katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yuzaga kelgan ekologik muammolar (o‘rmonlarning tugab borishi, transchegaraviy suv manbalarining ifloslanishi, alohida mintaqalarning cho‘llashuvi, atmosferaning global ifloslanishi va boshqalar) milliy va mntaqaviy chegaralardan o‘tib, transchegaraviy muammolar ko‘rinishini oladi. Ekologik muammolarning kengayishi xudud jihatdag bir-biriga yaqin bo‘lgan, chegaradosh mamlakatlar o‘rtasidagi mojarolarga sabab bo‘ladi va natijada muammolar ekologik nuqtai nazardan siyosiy muammolarni keltirib chiqaradi.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan jahon iqtisodiyoti globallashuvi oqibatida yuzaga keluvchi xavf-xatarlarni alohida mamlakat yoki mintaqa, shu bilan birga aniq yo‘nalishdagi muammolar sifatida talqin etish ma’lum darajada noto‘g‘ridir. Chunki ushbu muammolar vaqt o‘tishi bilan birga hudud va yo‘nalishlarni qamrab olgan holda jahon darajasiga ko‘tariladi. Shuni hisobga olgan holda, globallashuv jarayonlarining chuqurlashuvida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni to‘g‘ri baholash, ularning ko‘lamini aniq belgilab olish jahon tizimining rivojlanishida muhim hisoblanadi.
Globallashuvning eng jiddiy xatarlari, birinchi navbatda, kam rivojlangan mamlakatlarga ta’sir etadi. Ushbu mamlakatlarning asosiy qismi baynalmilallashuv jarayonida xomashyo yetkazib beruvchi va mehnatga layoqatli mahsulot ishlab chiqaruvchi sifatida ishtirok etadilar. Shuni ta’kidlash zururki, ularning rivojlanish istiqboli ko‘p jihatdan ilg‘or bo‘lgan mamlakatlarga bog‘liq bo‘ladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun globallashuv quyidagi xatarlarni yuzaga keltiradi:
rivojlangan mamlakatlar bilan qiyoslanganda texnologik tafovutning kattaligi;
ijtimoiy-iqtisodiy tabaqalanishning o‘sib borishi, marjinallashuv;
aholi asosiy qismining qashshoqlashuvi;
istiqbol rejalarining jahon iqtisodiy tizimi barqarorligi va samarali faoliyatiga bog‘liqligining ortishi;
TMKlar tomonidan alohida mamlakatlarda milliy yo‘naltirilgan iqtisodiy siyosatni amalga oshirish imkoniyatining cheklanishi;
xalqaro moliyaviy tashkilotlardan tashqi qarzdorlikning o‘sishi. Globallashuvdan eng katta samarani sanoati rivojlangan mamlakatlar oladi,
ular jarayonda ishlab chiqarishni yuqori texnologiyali mahsulotlarga yo‘naltirib, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradilar. Shu bilan birga mehnat sig‘imi yuqori bo‘lgan va texnologik jihatdan atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab chiqarishni rivojlanayotgan mamlakatlar hududiga ko‘chiradilar, biroq ular ham globallashuvdan ma’lum darajada aziyat chekishi mumkin.
Rivojlangan mamlakatlarda globallashuv jarayoni ta’sirida yuzaga keluvchi muammolar:
ishsizlik darajasining ortishi;
Bunga asosan sanoatda ish o‘rinlarini qisqartiradigan yangi texnologiyalarning joriy etilishi, mehnattalab mahsulotlarni ommaviy ishlab chiqarishning rivojlanayotgan mamlakatlarga ko‘chirilishi hamda ishchi kuchi xarakatchanligining maksimal darajada ortishi kabi omillar sabab bo‘ladi.
TMKlar o‘z manfaatlarini davlat manfaatlaridan ustun qo‘yishi. Bunda milliy davlatlarning roli zaiflashadi va ba’zi boshqaruv funksiyalari xalqaro tashkilotlar va uyushmalar ixtiyoriga o‘tadi66. Bu esa o‘zaro bog‘liv ravishda aholi xavfsizligi va imtiyozlarni cheklaydi.
Eksport bilan bog‘liq tashqi savdodan katta foyda oluvchi tarmoqlar kapital va malakali ishchilarning boshqa qator tarmoqlarga nisbatan ko‘proq qismini tortib oladilar. Ular bozorning ochiqlik darajasi oshganligi sababli raqobat ustunligini yo‘qotadilar va o‘zgargan sharoitlarga moslashish uchun kapital qo‘yilmalari va ish o‘rinlarini yo‘qotish hisobiga o‘z foydasiga qo‘shimcha sa’y-xarakatlarni amalga oshirishlari kerak. Natijada, ijtimoiy xarajatlar yuqori bo‘lgan sharoitda ishchi kuchi qayta taqsimlanadi.
Globallashuvning salbiy jihatlari, ko‘p hollarda yuzaga keluvchi ijtimoiy- siyosiy mojarolar bilan bog‘lanadi. Ammo bu salbiy jihatlar siyosiy bitimlar asosida global hamkorlikni rivojlantirish yoki yangi xalqaro institutlarni yaratish orqali yumshatilishi mumkin67.
Mamlakatlar yangi sharoitlarga moslashish va jahon iqtisodiyotining baynalmilallashuvi orqali yuzaga keluvchi imkoniyatlardan foydalanish uchun globallashuvga munosib javob berishlari kerak.
66 Ивановский, З.В. Высшее образование в условиях глобализации / З.В. Ивановский // Знание. Понимание. Умение. – 2006. – № 1. – С. 109–111.
67 Постиндустриальный мир и процессы глобализации // Мировая экономика и международные отношения.
– 2000. – № 3. – С. 91.
Xalqaro hamjamiyatda xalqaro iqtisodiyot amal qilishini yagona tizimga birlashtirish, rivojlantirish, iqtisodiy muammolarni birgalikda hal qilish, yagona bozor makonini yaratish tendensiyasi kuzatilmoqda. Bu tendensiya rivojlanishning boshqa yo‘nalishi dunyoni mintaqalashtirish, xalqaro iqtisodiyotdagi alohida mamlakatlar va mamlakatlar guruhlarining o‘rni va ahamiyatini qayta taqsimlashda yuzaga keladigan uning ko‘p tomonlama qarama - qarshiligi bilan to‘ldiriladi68.
Ekologik muammolar globallashuv jarayonining o‘ziga xos muammolaridan biri hisoblanadi. Inson va tabiat o‘rtasida halokatli holatda qolgan ekologik inqiroz ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari hamda bioqobiqning resurs-biologik imkoniyatlari rivojlanishining bir-biriga muvofiq kelmasligi bilan tavsiflanadi. Uning alohida xususiyatlari insonning tabiatga ta’siri kuchayishi va inson tomonidan jamiyatni rivojlantirish uchun tabiatni o‘zgartirishga qaratilgan harakatning meyordan ortib ketishida aks etadi.
Ekologik muammo atrof-muhit holatining yomonlashuvi, uni chiqindilar bilan ifloslantirish hamda bu bilan yer kurrasida boshqa jonzotlar qatori insoniyatning o‘ziga ham tahdid solishida aks etadi. Atrof-muhit va rivojlanish bo‘yicha tuzilgan maxsus xalqaro komissiya atrof-muhit sifatini va umumiy ekologik vaziyatni yaxshilash dasturini ishlab chiqdi. Bu komissiya va boshqa xalqaro tashkilotlar ekologik muammolarni hal qilish yo‘nalishida halqaro hujjatlar ishlab chiqmoqda, ular harbiy xarajatlar va konversiyani qisqartirish natijasida bo‘shagan vositalarni ekologik budjetga yo‘naltirish zaruratiga asoslanadi. Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar bugungi kunda o‘z yalpi milliy mahsulotining o‘rtacha 1,7 % ini ekologik ehtiyojlar uchun sarflamoqdalar. Lekin bu miqdor juda kam, chunki tabiiy muhitga yetkazilayotgan zarar kattaligi yiliga taxminan yalpi milliy mahsulotning 6 %ini tashkil qilmoqda. 2010 yilga kelib, tabiatni muhofaza qilish tadbirlari xarajatlari 550 mlrd. dollargacha o‘sdi, bu 1970 yildagi xarajatlar darajasidan 10 marta ko‘pdir.
Atrof-muhitni muhofaza qilishda hududiy hamkorlikning ahamiyatini ham alohida ta’kidlash lozim. Xususan, Yevropa Ittifoqi hujjatlarida atrof-muhitni muhofaza qilishning hududiy strategiyalarini rivojlantirish va Yevropa hududidagi (Yevropa ekologik jihatdan eng inqirozli mintaqa hisoblanadi) tabiiy resurslardan uzoq kelajakda ham oqilona foydalanish zarurati bir necha bor ta’kidlangan. Yevropa Ittifoqida soliqqa tortish tizimi ham tabiiy muhitni saqlashni rag‘batlantirishga asoslanadi.
Global xatarlar ichida demografik xatarlar ham alohida ahamiyatga ega. Aholi bo‘yicha BMT fondi so‘nggi yillarda butun dunyoda aholi soni o‘sishini cheklashni taklif qilgan holda, Vatikan va islom fundamentalistlari pozitsiyalariga
68 Johanson J. The Mechanism of Internationalization. – N.Y., 2000.
qaramay, sayyoraning demografik rivojlanishi bo‘yicha rejani ishlab chiqdi. Demografik muhit, uning dinamikasi va muammolari xorijiy kompaniyalar uchun alohida qiziqishlarni o‘zida mujassamlashtiradi, chunki bu ma’lumotlar bozorlarni tashkil qiladigan iste’molchilar haqidagi kerakli axborotlarni beradi. Shuning uchun ham turli mintaqalardagi aholi miqdori, uning o‘sish tendensiyalari, yosh tuzilmasining o‘sishi va boshqa demografik xarakteristikalar salohiyatli talabni o‘rganish uchun asos bo‘la oladi.
Global muammolarni alohida mamlakatlar yoki alohida kompaniyalar darajasida hal qilib bo‘lmaydi. Ularni hal qilish, boshqarish, va xalqaro huquqiy va iqtisodiy me’yorlarini aniqlash uchun yagona xalqaro mexanizm zarur. Global muammolarni hal qilish, xalqaro kuchlarni muvofiqlashtirishda, resurslardan foydalanish hamda xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishda BMT, XVF, JST hududiy va tarmoq tashkilotlari muhim o‘rin tutadi.
Yuqorida ta’kidlangan global xatarlarning muhimligi va jiddiyligi tufayli xorijiy kompaniyalarning iqtisodiy siyosati ham o‘zgarib boradi. Ularning faoliyatiga demografik omillar, iste’molchilar miqdorining o‘zgarishi, ularning ijtimoiy holati, kishilar holatiga ta’sir ko‘rsatuvchi urush xavfi, hayotga atrof- muhitni himoya qilish bilan bog‘liq siyosatning yangi yo‘nalishlarini kiritadigan ekologik muammolar, xalqaro okeanlar va kosmik makonni egallash muammolari jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.