Jahon iqtisodiyoti globallashuvi tufayli vujudga keladigan xavf-
xatarlar
Globallashuv jarayoni jamiyatning har bir sohasiga bevosita va bilvosita o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Globallashuv ziddiyatli jarayon bo‘lib, u ko‘plab ijobiy jihatlarga ega bo‘lish bilan birga o‘zida turli tahdidlar, xatarlar va risklarni yashiradi. Dunyoning deyarli barcha mamlakatlari ishtirok etayotgan globallashuv jarayonining yigirma birinchi asrda qanday xatarlar olib kelishi mumkinligini tahlil qilish, ayniqsa, dolzarbdir.
Globallashuv jarayonining asosiy sharti jahon mamlakatlari bir-biri bilan o‘zaro aloqada bo‘lib, ko‘plab jarayonlarni soddalashtirish uchun umumiy hamjamiyatiga birlashishga moyil bildirishida o‘z aksini topadi. Darhaqiqat, bir jihatdan olganda, globallashuv turli ishtirokchilarning jahon bozoriga chiqishini osonlashtiradi62.
Globallashuv tufayli jahon moliya bozori ishtirokchilariga moliyaviy axborot hajmi ortib bormoqda, resurslar ko‘lami kengaymoqda - xorijiy resurslarga kirish, texnologik va boshqaruv tajribasi osonlashmoqda. Jahon bozorida hukumat va moliya institutlarining shaffofligini ta’minlash, xalqaro moliya institutlarining mavqeini mustahkamlash va rivojlanayotgan bozor mamlakatlarining jahon bozorini rivojlantirishdagi ahamiyatini oshirish bo‘yicha keng qamrovli axborot standartlari amalga oshirilmoqda63.
Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayonlarining qabul qilinishi va baholanishi bir-biridan farq qiladi. Ya’ni globallashuv turli iqtisodiy tizimlar yoki hududlarda o‘ziga xos tarzda talqin etiladi. Zamonaviy globallashuv jarayonlari, birinchi navbatda, rivojlangan mamlakatlarda yuz beradi. Keyinchalik rivojlanayotgan mamlakatlarni qamrab oladi64.
62 Филатова, А. С. Анализ основных рисков глобализации / А. С. Филатова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2014. — № 8.2 (67.2). — С. 57-59.
63 Громыко, Ан.А. Глобализация и глобальное управление: возможности и риски / Ан. А. Громыко // Вестн. Моск. Ун-та. Сер. 25 Международные отношения и мировая политика. – 2013. - №3. – с.3 – 25.
64 Постиндустриальный мир и процессы глобализации // Мировая экономика и международные отношения.
2000. – № 3. – С. 91. Постиндустриальный мир и процессы глобализации // Мировая экономика и международные отношения. – 2000. – № 3. – С. 91.
Globallashuv orqali erishiladigan manfaatlarning adolatsiz taqsimlanishi mintaqaviy, milliy va xalqaro darajadagi mojarolar xavfini tug‘diradi. Bugungi sharoitda boshqa turdagi manfaatlar bilan bir qatorda olinadigan daromadlar ham qutblashmoqda, ya’ni jadal rivojlanayotgan mamlakatlar boy mamlakatlar doirasiga kirib bormoqda va globallashuvdan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanib, o‘z mavqeini mustahkamlashga harakat qilmoqda, kambag‘al mamlakatlar esa ulardan tobora orqada qolmoqda65.
Globallashuv afzalliklarining notekis taqsimlanishi va ba’zi mamlakatlardagi salbiy oqibatlari uning jahon iqtisodiyotidagi o‘rniga bog‘liq. Shu asosda xo‘jalik faoliyati baynalmilallashuvining hozirgi rivojlanish bosqichida yuzaga keladigan xavf-xatarlarning mamlakatlarga tegishliligi nuqtai nazaridan uch guruhga ajratish mumkin:
barcha mamlakatlar uchun xavf-xatarlar;
rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xavf-xatarlar;
rivojlangan mamlakatlar uchun xavf-xatarlar.
Jahon iqtisodiyoti globallashuvi oqibatida yuzaga keluvchi asosiy xavf- xatarlar quyidagidan iborat (5.2-rasm):
Ularni batafsil tavsiflab o‘tadigan bo‘lsak, avvalo globallashuv afzalliklarining turli mamlakatlar o‘rtasida notekis taqsimlanishi xavf-xatarlarning eng birinchi navbatda yuz beruvchi turiga kiradi. Globallashuv tamoyillariga ko‘ra globallashuv afzalliklari, ya’ni yetakchi hisoblangan mamlakatlar hamda taraqqiyoti yetakchi mamlakatlarga bog‘liq bo‘lgan mamlakatlarda notekis taqsimlanadi. Masalan, xalqaro raqobatni keskinlashtirish orqali xaridorlar uchun tovar va xizmatlarning iste’mol xususiyatlari va xarid qilish sharoitlari, transport va kommunikatsiya xarajatlari qisqarishi, ko‘lam (miqyos) samarasi ortishi va tannarxning pasayishi, innovatsiyalarning uzluksiz qo‘llanilish imkoniyati, fan va texnologiyalar taraqqiyotining jadallashuvi, aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi daromadlarning ortishi kabilar globallashuvning afzalliklari sifatida vujudga keladi. Ammo ulardan foydalanish darajasi dunyo bo‘yicha teng taqsimlangan emas; yetakchi mamlakatlarda rivojlanayotgan yoki periferiya hududlarida joylashgan mamlakatlarga nisbatan yuqoriroq bo‘ladi. Bunda tom ma’noda adolatsizlik kuzatilib, ushbu afzalliklardan foydalanish darajasi bo‘yicha rivojlangan mamlakatlar va uchinchi dunyo mamlakatlari hisoblanuvchi xudud imkoniyati o‘zaro keskin farq qiladi.
Xavf-xatarlarning ikkinchi ko‘rinishi jahonning taraqqiy etgan mamlakatlari qayta ishlash sanoatida bandlikning kamayishi va iqtisodiyotda deindustrlashish xavfining vujudga kelishi bilan bog‘liq. Ushbu xatar guruhida umumlashgan
65 Мартин, Г.П. Западня глобализации: атака на процветание и демократию: пер. с нем. / Г.П.Мартин, Х.Шуман. – М.: Издательский дом «АЛЬПИНА», 2001. – С. 52–53.
Do'stlaringiz bilan baham: |