Xamsa alisher Navoiy xamsa


Ki b o ‘Isa kema suvda sur’atnamoy



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/220
Sana30.12.2021
Hajmi10,71 Mb.
#86939
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   220
Bog'liq
Xamsa. Alisher Navoiy

Ki b o ‘Isa kema suvda sur’atnamoy,

Safar qilsa toeqqiz yilu yetti oy.

Hamul bahri a ’zamni bir davr etar,

Qayu yerdakim suvga kirmish,  yetar.

Ayon bo‘ldiki uch yilu bir nima,

B o ‘lur suv aro sayr qilsa kema.

Muhitiga markazki beishtiboh,

Erur bahri a ’zamga ul nuqtagoh.

Yaqin borur ul yon azimat chog‘i,

Iki yilchiliq y o ‘l-u kamrak dog‘i.

Yana kelmagi dog4 oncha b o ‘lur,

Azimatda borg‘on zamonda b o ‘lur.

Iskandar to'rt yillik yaroq qilib, Muhit o'rtasiga 

ittifoq  bilan  safar  qilishni  buyurdi.  Shoh  yana 

anjuman tuzib,  o‘z xalqining  safar choglda o‘zi- 

ga qilgan  sadoqati,  shijoati, jonbozliklari  haqida 

anchagina  shirin  so'zlar  aytib:  «Men  ularni  13




yil  qiynab  kelyapman.  O'tgan  vaqt  ichida  qan- 

chadan  qancha  chiroyli,  ajoyib  joylarni  ко‘rib 

bahra olmadik,  suv olamining qancha sirlaridan 

voqif bolmadik.  Dengizlaming barchasini tashqi 

tomondan tamosho  qildim.  Yagona bir armonim 

shu bolib qoldiki, dengizda ikki yil borishga, ikki 

yil  qaytishga  vaqt  sarflasak,  Olam  dengizining 

markazi  bolmish  Muhit  dengizining  markaziga 

yetib boramiz. Faqat bir tilagim hammalaringizni 

Rum sari qaytarib, bir qism 300 tacha lashkar va 

donishmandlar  bilangina  bormoqdir.  Bu  yerda 

sizlar qiladigan ishlar qolmadi», -  deganida butun 

kemadagilar suron ko‘tarishib, hamisha shoh bi­

lan birga bolishga hozir ekanliklarini talddladilar. 

Shunda  shoh  bolmasa  boshqacharoq  bir  yolni 

tavsiya qildi.  Shoh o‘z elini uch guruhga boladi. 

2  000 jangchi  shoh  amri  bilan  vataniga  qarab 

yolga tushadi.

Shoh  yana  700  kemani  o‘zi  bilan  olib  qoladi. 

Qolgan ana shu xalqqa dediki: «Sizlar to‘rt yil davo- 

mida mana shu orolda meni kutasizlar, Rumdan 

ko‘p mol-dunyo olib kelasizlar. Xudo xohlasa, 4 yil 

o'tgach eson-omon sizlar bilan ko'rishib, vatanga 

birga  qaytamiz.  Agar  yolda  menga  biron  xatar 

yetsa,  dengizga cholcsam,  daiyo  toTonlari halok 

qilsa,  bu  yerda  yana  kutishni  davom  ettirmay, 

xat  yozib  qoldirasiz-da,  vatanga jo'nayverasiz». 

Iskandar  yolga  tushib  suvda  suzib  borarkan, 

necha  ming  kishi  xuddi  dengiz  ilmi  bilan  yillar 

davomida  shug4illangandek  yakdil-u  hamjihat 

mehnat  qilishardi.  Shoh  kema  ichiga  kirib  kel­

gach, undagi ishlar yana jonlashib ketdi.  Odam­

lar  tun-u  kun  beorom,  yemay-ichmay  uxlashni 

unutib  qotygandilar.  Kecha-kunduz  dengizni




kuzatsalar ham, suvdan chiqib suvga botayotgan 

quyoshdan boshqa narsa ko‘rinmasdi.  Daiyolar- 

da kezishgan chog'da ba’zi yerlarda suvning ota 

chuqur emasligi tufayli har xil baliqlar, xilma-xil 

baliq ko'zlari ko‘zga tashlanar, ko‘zi o*tli hayvonlar 

kemalarga hujum qilib kelar ekan, u ko'zlaming 

tutashidan  yog‘ochlar  yonib  ketmasmikin,  deb 

vahm qilardilar. Dengizda po'rtana ko'tarilganda, 

kema uchi awal kotarilib, so‘ngra pastga inib va- 

himali о У uyg‘otardi. Askarlar dengizning betartib 

harakatidan  o'zlarini  arang  tutib  turisharkan, 

Iskandar  ham  bo‘sh  kelmaslikka  tirishar,  shu 

tarzda goh o‘ziga taskin berib, goh tinmayin kema 

ichida yurib oglr damlarni kechirardi.

Vaqt  bu  yanglig‘  o‘tib  bir  yil-u  to'qqiz  oy  de- 

ganda  dengiz  markaziga  yaqinlashib  qolishdi. 

Iskandarga:  «Ey odamzod, maqsadingga yetding, 

uning orzusida yillar kezgan eding», -  degan nido 

eshitildi.  Kema  turgan  suvning  Muhit  markazi 

ekanligi  Ilyos-u  Suqrotga  ham  ayon  bolib  dar- 

hol  Iskandar  qoshiga  yetib  kelishdi.  To'rtovlari 

maslahatlashib bu joy Muhit markazi ekanligiga 

shubha yo'qligi haqida uzil-kesil bir fikrga kelishdi. 

Kemalami harakatdan to'xtatish uchun ularning 

bodbonlari  -   yelkanlarini  tushirdilar.  Iskandar 

eliga dediki:  “Endi sizlaming har qaysingiz bilan 

xayrlashaman. Men dengiz ostini ko‘rishni havas 

qilgan edim.  Endi shu muddat keldi.  Murodimni 

tomosha  qilish  uchun  suv  ostiga  tushmoqchi- 

man”. Bu yerda rivoyatning shu o‘rni haqida zid- 

diyat,  qarama-qarshilik  bor.  Emishki,  shoh  bir 

sandiqsimon  shisha idishning ichiga kirib,  bosh 

tomoniga arqon boglashib, kemadan tortib turish- 

gan emish.  Ehtiyotlik bilan u shishani suv ichra




solibdilar. Shoh shisha ichida bir necha oy qolib, 

dengiz osti holini: ming xil baliqlarning ko'rinish- 

lari va yashash sharoitlarini tomosha qilganmish. 

Yuz  kun  o'tgach,  keyin  shishani yuqoriga tortib 

olishibdi.  Bu  hikoyatgina bolsa kerak,  shunday 

voqealarning  yuz  berishiga  aql  bovar  qilmaydi. 

Mening  fikrimcha,  bu  hodisa  shunday yuz  ber­

gan:  tarixiy  olimlar  Iskandami  ham  nabiy,  ham 

valiy deb atashadi. Uning tani riyozat topmish edi, 

sayr ishlari tugallangach, suluk ishi ham tamom 

boldi.  Valiylikdan  o‘zini xabardor  topib,  nubuv- 

vat  maqomi  ko'zini  yoritdi.  Ko'zi  ul  shuladan 

nurli bolg‘ach, qayon boqdi ko‘rdi, nekim bor edi 

qancha  sirli  ishlar  unga  oshkor  edi.  Suv  ichida 

tomosha  qilib  yurarkan,  yer  yuzidagi jonivorlar 

ham unga aks etib ko‘rinib turardi.

Iskandar dengiz kezarkan, bahr shohi unvoniga 

ham ega boldi. Butun jahon uni hokim-u valiy-u 

payg‘ambar-u muzaffar shoh sifatida tanidi.

Kema qaytar ekan, juda tez sur’at bilan  suzib 

borar,  ikki yillik yolni  bir yilda bosib o'tishardi. 

О ‘zining j onajon poytaxti Rumga eson-omon yetib 

borgan Iskandar suv ichida yana bir kun qolmoq- 

chi edi, lekin jismi zaiflashib kuchi qolmadi. Ham­

ma  bilan  bir-bir  ko‘rishgach, jismi  betob  bolib, 

xayoliga keldiki:  «Ketmak kerak, bu jahon tarkin 

etmak kerak».

Bu  payt  havo juda  qizib  ketgan,  yerlami  suv 

sepib ham sovutish qiyin edi. Shunchalik issiq ediki, 

yerga oyoq qo^gan odamning oyogl yerga yetgach, 

yonib  ketishi  aniq  edi.  Iskandar  saman  otini  su­

rib  borarkan,  issiq jismini  madorsiz  ayladi.  Otda 

yurish imkoni yo‘qligidan maysazor ustiga tushdi. 

Yerdagi  shamoldan  maysalararo  orom  olmoqchi




edi  u.  Kasallik  ancha  kuchaygan, jismini  isitma 

o‘rtar edi.  Joy  qilish uchun  o‘rin  tayyorlashgacha 

ham chiday olmadi. Biyobon shunday qizib ketgan 

ediki,  birov shohga o‘z qalqoni bilan soyabon qilib 

turdi.  U ham sipohdorlik qilgan mahalda qalqonni 

zarkor qilib yaratgan ekan.  Shoh taqdiri nomasida 

uning hayoti tugallanarkan, unga yer temir,  samo 

oltin  bolib  ko‘rinadi  deyilgandiki,  ish yaqinlashib 

qolibdi.  Ko'zdan yosh  toldb,  qayg4i  bilan jondan 

qolini yuvdi.




Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish