Ne amr etganing toki bor jonimiz,
Tag‘oJul qilurg‘a ne imkonimiz.
Chu bizdin duo aylading muddao,
Ne ish ilgimizdin kelur, ju z duo!».
Safar chog‘i ob-u havo yetishgan kunlaming
birida Iskandar Suqrotga murojaat qilib: «Dengiz
yurishini boshlasak, xato bolmasmikan? Sen bu
muammolardan yaxshi xabardorsan, sendan ilti
mos qilib so'rajoniz. Sen bizga peshvolik qilasan.
Agar elni qayoqqa boshlasang, hammamiz don-
ishing payravi bolamiz», - dedi. Suqrot ularning
shartini qabul qilib, yol boshladi. Bir to‘da olimlar
Jazoyir tomondan yurishni ma’qul qildilar. Bir
necha kun shu suvda yurildi.
Yana bir kuni Iskandar barcha donishmand-u
allomalami yiglb, dedi: «Dengiz kayfiyatini aytin-
giz. Ki ne vaz’ iladur yer ila dengiz?» Donolar bir
necha zamon tafakkur dengiziga botdilar-da,
dedilarki: «Suqrot bayon qilsun. Chunki u hikmat
ahlining ustodidir, zamiri xirad hikmatobodidir».
Keyin Suqrot bu savolga shunday javob bera bosh
ladi: «Yer jismi yumaloq shaklda. Yaratuvchi uni
kurra shaldiga kiritgan. Lekin ul kurra suv ichida
nihon bolib, ochiq qismini jahon deb ataydilar.
Unda shaharlar, toglar, qir, sahro, dala, dashtlar
joylashgan. Ammo uni suv ihota qilib turadi. Biroq
yetti iqlim ochiq qolgan. Ammo ular ham tamom
ochiq emas, balki har tarafdan dengiz bilan o‘ral-
gan. Muhiti charxpalaksimon bolib, uning atro
fida yetti daryo, 16 dengiz bor. Bulardan tashqari
yuztacha daiyo bor. Har birining o'zgacha ismi,
xalq shu nomlari bilan taniydi ularni. Nechuk-
ki, Koliak, yo'qsa rudi Hirot va yo Nil yo Furot.
Ulardan jahon obod boladi, dengizlar boshlanishi
nuqtasi ham shular.
Haligi yetti daiyo ko'plab orollami o‘z ichiga
oladi. Hammasi Muhit bahridan ayriladi. Muhit
olti yuz orolli, olti daiyodan biri Bahri Rum. Unda
ham 600 orol bor, Bahri Mag‘rib shimoli sharqisi
obod, ul suvda 1 000 orol mavjud.
Uchinchisi Bahri Zang-u Habash. 1300 orolni
o‘z ichiga oladi. Hisobda to'rtinchisi Bahri Hind
bolib, janubida bir soy bor, oti Sind. Beshinchi
dengiz keldi Daxyoyi Chin. U suvda ham orollar
va yarim orollar ko‘pdan ко‘p. Oltinchi Nil, ikki
mingga yaqin oroli bor. Yettinchi suv Mashriq suvi
bolib, tuman ming kema suzib yuradi. Unda o‘n
ikki ming orol bor. Buning birla o‘n oltita, vassa-
lom. Bulardan boshqa yana Hazar dengizi ham
bor, suvi vahimali, ayniqsa, shamol paytida. Unda
ham orollar ko‘p bolib, hadsiz-hisobsizdir. Muhit
bulaming barchasining manbayidir. Lekin uch
tomoni quruqlikdadir. Ular juda chuqur bolib,
osmon unga tushsa, botib ketadi. Lekin ularning
orollari yo‘q. Ammo katta jussalijonivor shu suvda
suzib yuradi.
Dengiz ishi asoslarini aytib o'tdim, lekin uning
yanada nozik tomonlarini sayr etib ko‘rganda
puxtaroq anglash mumkin*.
Iskandar Suqrot suhbatidan xursand bolib, unga
minnatdorchilik elon qildi. Oldin yetti daryo ichiga
kirish, so fag Muhit sari azm qilishga ahd qildi.
Iskandar dengiz kayfiyati, turlari, nomlari, orol
lari tabiatini bilib olgach, Suqrotdan so'radiki:
«Suvda ko‘p suzib, juda hadisini olibsan. Iltimo-
simiz: bu uzoq va mashaqqatli safarga ham о‘zing
peshvolik qilsang. Barcha mallohlar-u sayyohlar
sening so‘zing bilan ish qiladilar. Sen bizni qayo-
qqa boshlasang, sening so‘zing so‘z boladi».
Suqrot qabul qilib yol boshladi, ulus u boshlagan
yoldan chiqmay ehtiyotlik bilan suzisha ketdi.
Ilyosning ruhi hamroh bolib, kemalami qush-
dek uchirib ketdilar. 0 ‘zlariga malum bolmagan
Afranj-u Rum daiyosidan ham omon-eson chiqib
oldilar. Hamma kemalaming ahllari qattiq harakat
qilib, Orollar olkasini fath etishga kirishdilar. Bir
necha kema olkaning hududi, qirg‘oq uzunligini
olchash bilan band edi. Baland togli yoki cho'qqili
orollar duch kelsa, balandligini aniqlash ancha
qiyin bolar, orol atrofini esa kema bilan aylanib
chiqib olchab olar edilar. Orolda yollar bolsa,
tanobchilar usuli bilan uzunligini aniqlar edilar.
Bir kema ichidagi olchash hisobotlari to'plansa,
12 000 qari chiqdi.
Dengiz masofasini aniq qilib olchash uchun bir
kemani langar toshi bilan mahkamlab, ipining yana
bir boshini ikkinchi bir kema tortib ketar, olchov
tugagach, unga langami tushirib, bu yog'idagi,
olchov boshlanishidagi kemachilar esa langami
chiqarib, oldingi kema tez yurib, belgilangan maso-
fada to'xtab, yana tanobni tortib, bir kema turib,
ikkinchisi tortib shu tarzda kemalar almashinib,
har almashuvdagi masofa aniqlanib, yozilib borar-
di. Biron orolni oYganguncha, hisobchilar olingan
malumotlami qo'shib, ko'paytirib har tomonlama
malumotni tayyor qilib qo'yishar, shu dengiz, yo
orol haqidagi toliq malumotlami o'sha ondayoq
Rumdan keltirilgan uchqur kabutarlar oyoglga
mahkam qilib boglashib, uchirib yuborishar,
xatlar Rum xalqiga yetib borib, shohning qilgan
va qilayotgan ishlaridan mukammal malumot
berib turardi.
Dengiz yollaridagi jami 12 000 orol va yarim-
orolni hakimlar har jihatdan o'rganishar, hatto
mahalliy aholi tilini ham o'zlashtirar edilar. Muhit
dengizi ham atroflicha o'rganilgach, hujjatlar xat
tashuvchi kabutarlar orqali yana to'xtovsiz Rumga
jo ‘natildi.
Iskandar ilmiy ishlar bilan 12 yil shug4illandi.
Endi Farang dengizigina qolgan edi. Shoh bir or
olda makon qurib, dam olishga ruxsat berdi.
Ushbu buyruqdan shodlikka tolib-toshgan
sipohlar o‘z vatanlari tomon y o l oladigandek xur-
sand bolib ketishdi. Lekin shoh kitoblar, hisob-ki-
toblar yuklangan bir kemani olib keldi. Sipohlar
kitob va qog'ozlar solingan sandiqlami tozalash-
di. Qog'ozga nam o‘tsa, raqamlarni o'qib bolmay
qoladi deb, qo'rqishgan edi. Sandiqlarni birma-bir
ochib qarashsa, qog‘ozlarga nam o'tmabdi. «Olin-
gan daftar-u qog'ozlardagi yozuvlami hisobchilar
hisoblab ko'rishsin», degan farmon berilgach, hi
sobchilar hisobdan o‘tkazdilar. Olimlar u sonlami
yana bir tekshirib, bu kitoblami shohga taklif
etdilar. Shoh tavakkal misolida bir-ikki daftar
hisoblarini tekshirib ko‘rdi va qoniqish hosil qildi.
Iskandar hamma hisob-kitoblami ko‘zdan ke-
chirib, ularning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilgach,
shunday xulosaga keldi:
Do'stlaringiz bilan baham: |