Bu o ‘lgan g ‘anbingni yod aylagil,
Duo birla ruhini shod aylagib.
Kotib Iskandarning bu maktubini kechiktir-
may uning onasi qoliga topshirdi. Chunki shoh:
«Vaqtni kechiktirmay, tun-u kun ot yeldirib, bu
maktubni onamga yetkazing. Quyoshimni qora
bulutlar yopganida, boshim ustida ko‘p iztirob
chekib, jahonni aza bilan xarob qilmang. Meni
tobut ichiga joylab, kecha-kunduz to bet о vs iz yu
rib, bor kuchingiz bilan harakat qilib, Iskandami
Iskandariyaga yetkazing. U yer tiriklikda vatanim
bolgan edi, olim paytida ham u shahar mening
mozorim bolsin.
Agar na’shim ustida to'plansangiz, u chog'da
albatta bir qolimni tobutdan chiqarib qoyinglarki,
odamlar hayrat emas, ibrat ko'zi bilan boqib, bu
panja barmoqlari saf chekib jahon mamlakatlarini,
barcha quruqlik va dengizlaming lal va gavharlari-
ni egallagan edi. Endi ajal qoli jo'nash nog'orasini
chalib, bo‘yniga olim arqonini solganida, jahondan
shal insonning qoli misoli, chinor ilgiga o^shab
ketib boryapti. Kimga bilim madadkor bolsa, ja
hondan qolini yuvishi ham shunday oson boladi,
deb tushunsin».
Shu yerga yetganda shohning so‘zi tugadi, ke
yin ko‘zini yumdi. Foniy mulkni jasurlik bilan, tez
egallagan edi, endi baqo mulkin olgali jazm qildi.
Hikmat ahli kitoblardek qaro kiydi, falak bolsa, bu
ishi bilan qiyomat kunini oshkora ayladi. Negaki,
jahonning bor xalqi oh-u noladan shovqin-suron
ko‘tardi. Shunday qiyomatki, go У о osmon yerga, yer
ко Idea kotarildi. Falak bilan yer birday chayqaldi.
Keyin odamlar Iskandami mahofaga yotqizib,
mahkam boglab, na’shini aytganidan ham chi-
royli bezatishib, jahonshohi vasiyatlarini yoddan
chiqarmay, xorlik bilan faryod-u fig‘on qilib ovoz
chiqarmay, na’shi tartibini o‘zi aytganday shaklda
yasab, saroy sari yolga tushdilar.
Burunroq bir kishidan nomani berib yubor-
dilar. Onasi voqeadan xabar topib, Rustamdan
ayrilgan Zolday behol, hushini yo‘qotgan holda
oUrar, kolcsini chok-chok tilishni istasa ham,
bu g‘amdan o'zini halok aylashni istasa ham,
lekin o‘g li yuborgan maktub mazmuniga boqib,
shu bilan joni mahzuniga tasalli berib o‘tirardi.
Iskandar nimanikim yozsa, uni eshitish foydali
ekanligini u yaxshi bilardi. Lekin o‘zining alamiga
qanday chora topishni bilmay, qalbidagi o‘tdan
jahon o'rtashini, jahongina emas, to'qqiz osmon
o'rtashini tilar edi u. Lekin shoh so'ziga sadoqat,
uni so‘zsiz ado qilish uni zo‘rg‘a saqlab turardi.
Tobut uning tomon yaqinlashib kelar ekan,
toglar, dashtlar qora rang ostida qoldi. Odamlar
na’shni boyinlariga olishdi, buni ko'rgan onaizor
aso tutib, belini qattiq bogladi-da, ichidan bir
o‘tlig‘ oh tortdi. Uyatdan falak boshini quyi sol
di. Yiroqdan o‘g li tobutini ko'rgan ona falakdan
shunday faiyod eshittiki, u malika saroyigacha
yetib bordi. Zo‘rg‘a-zo‘rg‘a tobutga yetib olgan ona
un chekib, oshuftahol faryod qildi: «Xush kelding,
ey aziz mehmon, ushbu qarigan kaniz qurboning
bolsin. Bu saroy senga loyiq emas edi, bizni g4ir-
batga tashlab ketding. Jannat bogl bo'stonini
munawar aylab, farishtalaming qorongl kechasini
yoritding.
Manga falak zulm qildi: bu yolga sendan burun
tusha olmadim, senga jannat ichidan oVin tayyorlay
olmadim. Charx ajoyib bir о yin koVsatib quyosh
botdi-yu, charxning keksa kampiri omon yuribdi.
Qazodan bu ish yuz bergach, balo seli vayron jis-
mimni halok qildi. Koshki edi oq sochimni yoyib, goh
o'zimga kelib, gohida ketib qollarim bilan yoqamni
chok qilolsam edi. Ustimga qora kigiz tashlab, bor
ovozim bilan nola chekolsam edi. tobuting oldida
zaif jonimni berib, jismimni jisming ustiga tashlay
olsam edi. Falak zulmidan kofaglimni bo'shatib, o‘gil
kabi ona ham borsa edi. Motam tutib, oh-faiyod
chekolmayotganim, jonimni berib, orqangdan yetib
borolmayotganim men uchun jonim dardi kulfat-u
alam iztirobi bolib qoldi.
Yozgan nomang sendan burunroq manga yetib
keldi-yu, ne ishlami iltimos qilgan bolsang ular
menga uqubat boldi, lekin hukmingni bajarmas-
likka haddim bormidi? Chunki bu so'zlar Xoqon-u
qaysar so‘zi emas, balki Iskandar so'zlari edi.
Tanim qutichasidagi pok gavhar qani, quruqlik
va suvlar shohi Iskandar qani?».
Ana shunday so'zlar bilan ona o‘z o‘g‘lini oxirgi
yolga kuzatdi. Xaloyiq ichida oh-faryod ko'tarildi.
Barcha aholi afg‘on-u oh tortib kelardilar. Tiyra
tuproq bag‘rini o'yib, ul tuproq ichiga quyoshni
yoshurdilar. Bu olamdagi eskidan qolgan rasm
quyoshning tuproqqa botmogidir. Ravshan tanini
qora tuproqqa topshirib, madfanini yasab, yuz
tuman zeb ila sipehr atlasini qabrpo‘sh etdilar.
Necha fig‘on-u oh ayladilar. Har qancha fig ‘on qilib
osoyish topmay, ranj-u alamlarga davo topolmay,
ko‘ngillardagi havas tikanlarini sindirib, barcha el
o‘z ko‘ngillarini tindirdilar.
Iskandar hayotni tark etgach, onasiga butun
koinot qaro boldi. Shoh yozgan vasiyatnomaga
tola amal qilgan iffatli Bonu jahon ahlidan hech
kim bajara olmagan ishni ado etdi. Bundan vo-
qif bolgan barcha yaqin kishilari unga ofarin
aytdilar. Dafndan so‘ng barchalari undan hoi
so‘rashga keldilar. Uning maskani Iskandar mo-
zoriga aylangandek edi. Birin-ketin yetti daryo,
yetti dengizdek bolib, o‘glining eng yaqin yetti
hamrohi olimlar undan hoi so‘rab, nasihat qilish
uchun tashrif buyurdilar va navbatma-navbat
dil so‘zlarini Bonuga izhor etdilar. Ona ularning
hurmatlarini joyiga qo^ib, awal ulami oltirtirib,
keyin o‘zi o‘tirib, sukut qildi. Olimlar ham biroz
sukut saqlashgach, barchadan burun Aflotun
so‘z boshladi: «Bonu davrondan ogohdir, bilim
ichida davr ahliga shohdir. Bizlarning pand-u
nasihatimiz Sizga hojat emas. Faqat birgina duoni
izhor etmay qololmaymiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |