Xamsa alisher Navoiy xamsa


tam tutishing nimasi? Motamni senga amaki-yu  tog'alaring tutaverishadi. Shunday ekan, joningga  alam



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/220
Sana30.12.2021
Hajmi10,71 Mb.
#86939
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   220
Bog'liq
Xamsa. Alisher Navoiy

tam tutishing nimasi? Motamni senga amaki-yu 

tog'alaring tutaverishadi. Shunday ekan, joningga 



alam solib, bir g‘amning o‘rniga ikki g‘am yemagil. 

0 ‘y-fikrlaring  bilan jismingni  azobga  tashlama, 

bir ranjingni ikki ranj  aylama.  Ko‘ksingdagi dog‘ 

iztirobini  kamaytirish  o ‘rniga  dog‘  ustiga  dog‘ 

qotyib nima qilasan?

Falakdan yetgan jafolam i unut, nimaki mush- 

kul,  og'ir bolsa -  oson  tut.  Bu  olamda g‘am ye- 

may yashaydiganlarni  shod  deb  bil,  chunki  bu 

dahr ishi g‘am yeyishga arzimaydi. Chunki jahon 

bog'i vafosiz, undagi umr guli baqosiz, vaqtincha. 

0 ‘zining atirguliga vafo bolmagan bog‘da atirgul 

ham bunday bog‘ga vafodor bolarmidi? Shunday 

bog‘ orom olishga loyiqmi? Bunday guldan dimog‘ 

muattar  bolarmidi?  Bu  um m ing  otgan  ishlari 

maqtanarli emas, o'tgan narsa uchun g‘am chekish 

ham ortiqcha.

Oqil  odam  bu  dunyoga  kelish  sababini  ayta 

olmaydi,  chunki  malum  bolmagan  narsa haqida 

gapirishning  iloji  yo‘q.  Kelishing-u  ketmagingni 

bilish  ilojsiz ekan,  holingga rahm  aylagin-u,  azob 

chekaverma.  Xursand  bolish  uchun  qachon  bir 

paytni topsang, g‘animat bilib undan foydalanaber.

Har  nafasing  chiroyli  bir javhardir.  0 ‘sha  bir 

nafas sening yaqin bir do‘sting. U hayot nafasigi- 

na emas,  inson javhari, javhar emas,  hayot suvi 

ushbudir.

Shu bir nafas bolmasa, el qayoqdan tirik bolar- 

di? Barcha zot uning bilan tirikdir, uni hayot suvi 

desam  xato  bolm aydi.  Demak,  uni  muqaddas 

nafas  degil,  balki  muqaddasgina  emas,  aqdas, 

ya’ni eng muqaddas narsa deb bil.



Shunday  g ‘animat  narsa  senga  hamnafas, 

biron  nafas  ham  sen  usiz  bololmaysan.  Sening 

saboting  -   barqarorliging,  yurish-turishing-u 

sening xayoling shu bir nafas tufaylidir.  Sen uni 

ranj-u g‘am bilan o'tkazib, yuz alam-u motam ila 

o‘tkazib,  e’tiborsizlik  bilan  uni  xor  qilib,  har  xil 

so‘zlarga sarf etib yurding.  Kel,  endi  bu johillik- 

dan voz kechib,  aqling bilan ish ko‘r.  Nafasingga 

boshqa zulm berma! Shunday ulug‘ ne’matni Alloh 

senga yaxshilik qilib berib qo^ygan ekan, bir nafas 

nasihatlariga quloq tutuvchi bo‘1.

Ko‘rgin,  Haq  senga  qanday  ajoyib  ne’matlar 

baxsh etdi, qanchalik ehson-u armug'onlar berdi? 

Biri  buki,  olam  sohibi  seni  hayvon  yo  o'simlik, 

yo biron jonsiz tabiat parchasi qilib yaratmadi. U 

senga yaxshilikni ravo ко‘rib, inson qilib, din yoli- 

da  musulmon  qilib  yaratdi.  Ko'rar  ko‘z,  eshitur 

quloq, aytur til, atirni anglash uchun dimog‘ ber­

di; ovqat ushlash uchun qol, yurish uchun oyoq 

berdi.  Yemoq-ichmog'ing  uchun  yuz  xil  ne’mat 

berib,  ularning  har  birisiga  ta’m-u  shakl  baxsh 

etdi.  Sen  uchun  shuncha  rango-rang  liboslar 

berdiki,  ularning sanog‘iga ham yetib bolmaydi. 

Shuningdek, dala-qirlar, tog-u cho‘qqilarda minib 

yurish uchun turli ulovlar yaratdi. Oqar suvlarga 

serob  bolgan jannat  misol  boglarni  ham  senga 

armug'on etdi.

Bu in’om va atolar bir boldi-yu, aql javhari yana 

bir taraf boldi.


Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish