Xamsa alisher Navoiy xamsa


Ilm,  Navoiy,  sanga maqsud bit



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/220
Sana30.12.2021
Hajmi10,71 Mb.
#86939
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   220
Bog'liq
Xamsa. Alisher Navoiy

Ilm,  Navoiy,  sanga maqsud bit,

Emdiki ilm o ‘ldi,  amal aylagil.


0 ‘n ikkinchi maqolat 

QALAM VA QALAM AHLI HAQIDA

Bu  qanday yoqimli  suratki,  uni  chiroyli  qilib, 

diqqat bilan kim yaratgan  ekan?  Uchligi -  nozik 

ma’nolarni  bezatuvchisi,  tirnog'i  -   chizg'ichning 

qon tomiri.  Qushdek yengil tuzilgan bolib,  tum- 

shugldan  har  tomonga  ma’no  sochiladi.  Ovqati

-   zulmat,  vatani  esa  nur  ustida.  Oq  sahifalar 

ustiga mushk sochadi. Harakatlari tez-u chaqqon, 

olchamli,  lekin uchish uchun qanoti yo‘q.

Qush  dema,  aytgil,  xush  ismi  qora  ilon,  de, 

ilon  emas,  afsungar,  nayrangboz  ilon,  de.  Yalti- 

roqligi,  uchqurligi,  qol-oyoqlarining  yashirinligi 

bu fikrga shohid. Tilini chiqarsa, undan afsunlar 

fosh boladi.  Bu jahonda kim ilonning afsungar- 

ligini ko'ribdi? Ilon dema, pullami asrovchi degin. 

Uning idishlarida, kosalarida yuz xil dur-u javohir 

yashirin. Ajdar kabi og'zidan tutun chiqarib, tunni 

gavhar kabi yoritadi.

Ajdar emas, soglom ajdar, balki Musoning has- 

sasi  degil.  Bolmasa,  qanday  qilib jahon  sehrini, 

ma’nolar  mulkini-yu  bayon  sehrini  yutdi?  Uning 

mavjudligiga muncha sharaf mavjud  ekan,  kotibi 

maqbul yoki mardud boladi.  Qancha-qancha yax- 

shi-yu yomon kotiblar kitob bitishga mayl qiladilar.

A w a l  qozixona  kotibini  kuzataylik.  Shar’iy 

bolmagan ishlarga rizolik berish uning ishi. Ado- 

latli shohid unga yolg‘onchi guvoh, tuhmat qilish 

uchun pul olgan guvoh. Nohaq narsani uzundan 

uzoq  qilib  yozib,  qog'oz  yuzini  ham  o‘z  yuzidek 

qora  qilib,  barcha  xiyonatni  diyonat  bilib,  bar- 

cha  diyonatda xiyonat  qilib,  Iso  ham  bo^doqlik



uchun pul tolamasa, uning nomiga to'qqiz xotinni 

yozib,  mahr  tolamagani  haqida  hujjat  tilab,  o‘z 

daftariga bu haqda yozib ham qo'yadi. Kim uning 

yozganlariga  qalam  ursa,  o‘z  yuzidek  nomasini 

ham qoraytiradi.

Keyingisi hiylakor muftiy bolib, hiyla, makr va 

aldovdan  boshqa ishi yo‘q.  Ko‘ngliga kelgan  har 

bir bolmag4ir gapni to‘g‘ri deb kitobiga yozavera- 

di.  Cho'riga  quyosh  kiyimini  kiydirib,  xashanga 

Hasan  kiyimini  kiydirishga  usta.  Behuda  navo- 

lar  ichiga  zahr  qo'shib,  sham  tubiga  quyoshni 

yashirib tashlay oladi.

Xohlasa  Amr  va  Zayd  haqida  o‘zaro  maktub 

yozib, yo‘q narsalami yozib tashlaydi-yu, «Vallohu 

alam » deb Haq nomini ham kiritishdan qo'rqmay 

maktub «yaratadi».  Safhasi shabiston kabi oras- 

ta, muhrlari betartib.  Diqqat qilgan kishi har gul 

ichida yuz tikan topadi. Har bir so‘zida qator-qator 

xatolar  topadi.  Bunday  maktublarni  yozadigan 

kotiblar bo^nini qalamdek uzish kerak.

Yana biri olimi devon -  devon amaldori bolgan 

kotibdir.  Dev  aning  ishlarini  ko'rib  hayratda 

qoladi.  Falak unga amaldor nomini  bergan,  shu 

dordan bahra olsin degandek. U bu amal bila jomi 

may ichib, hokim kabi mulkni g‘orat etib yuradi.

Kosib-u  dehqonga  ham  zulm  qiladi,  kosib-u 

dehqon  nim a  b o lib d i,  sultonga  ham.  Qaysi 

viloyatga  borsa,  odamlarning  haram-u  bog'ida 

bazm aylab, uy egasidan aw al toza may talab qila­

di. Uy egasining ahvolini buzgach, shohid uchun 

uning xotinini ham chiqarib ynboradi.

Omboridagi ekishga moljallab qo'yilgan arpasi- 

ni oti yeb,  tovuqlarini suruk toti yeb,  o‘sha uyga



balo  kirgandek  boladi,  balo  emas,  xuddi  vabo 

tushgandek boladi.

Kentning bir-ikki yordamchilari, zulmda bu xo- 

ja-yu, ular pahlavon bolishib, do‘stiga shoh moUni 

oltini-bir oltinga sotib,  sarxat -   ro'yxat tuzishib, 

tovon  solishib,  bir  raqamga  besh-o‘n  raqamni 

qo'shishib, sitam qiluvchi obod-u, sitam chekkan 

barbod bolib,  o‘z xatidagi varaqdek osilsin.

Yuqoridagilarni rad qilsak, yaxshilari ham bor. 

Aw alo,  munshiy  bolib,  goh  ruq’a,  goh  nishon 

yozish bilan  shug'ullanishadi.  Maktubidan  firoq 

asiri  shod  boladi,  nomasi  ruq’asidan  ham  yax- 

shiroq.

Nomasidan  bulbul  gul  sahifasidan  rohat  ol- 

gandek huzur qilasan.  Hajr qaro shomida subhi 

najot  bolib,  furqat  zulmatida  obi  hayot -   hayot 

suvi bolib tuyiladi bu maktublar.  Bu xatlaming 

nishoni o‘zi yaxshi xabardek boladi, yozilgan ichi- 

dagi xatlari esa zavqdan nishon beradi.

Zulm haqida mazlumga xatti omon, ya’ni ozod- 

lik xatidan zomin koVgan zamon vahmga tushadi. 

Foyda berishda porloq nurli quyosh  shaklini es- 

latadi.

Agar bunday munshiylar kitob bitsalar,  nazm 

bilan  nasr  durri  xushob,  ya’ni  hidli  dur  bolib, 

safhalari  har  biri  gulzordek,  jadvali  atrofidagi 

devordek chiqadiki,  satrlar unda gul-u sarvi su- 

man,  har ikki satr o‘rtasi esa dilkash chamanga 

o'xshaydi. Baytlari xuddi baytulharamdek, chiroyi 

esa savodi Eramdek tuyiladi. Bunday munshiylar- 

ni -  xat bituvchilarni xato qilishdan Haqning o‘zi 

asrasin.




Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish