0 ‘ninchi maqolat
ROSTLIK TA’RIFIDA
Har kishinikim odati to‘g‘rilik bolsa, falak unga
har qancha teskarilik, qaysarlik qilganida ham
qo'rqadigan joyi bolmaydi. 0 ‘qning tayanch par-
lari to‘g‘ri bolsa, yem ing egriligi unga biron ziyon
yetkazarmidi? Y o l qancha to‘g ‘ri bolsa, yolchi
maqsadidagi manziliga tezroq yetib boradi. Shun
day vaqtlarda qinglr-qiyshiqligi tufayli yolning
uzayib ketishi aniq-ku!
Nay to‘g‘ri bolgani uchun ham odamlar uni
tinglashni yoqtiradilar. Chang egri bolgani uchun
quloglni burab jazo beradilar.
Ayvondayonayotgan sham o ti to‘g‘ri ko'tarilishi
tufayli kechki bazm shohidi boladi, ko‘p aylanib
uchavergani bilan parvonaning yetib borish joyi
malum.
Sarv qomati o‘q kabi to‘g‘ri, shu tufayli shamol
ham unga ziyon yetkazolmaydi. Bog'da chirma-
shishdan boshqa ishni bilm aydigan sunbul
egriligidan yuzlari qorayib ketgan.
Chang asbobi qili to‘g‘ri ekan, nafis ovozlar
chiqaraveradi, salgina egri bolsa, soz chiqmaydi.
Nazari to‘g‘ri odam to‘g‘ri, pokiza kishi boladi.
Kimning qoli egri bolsa, u o‘g ‘ridir. Q ol egrilik-
ka moyil bolsa, uni kesibgina tuzatish mumkin.
Har kimikim to'g'rilikni istasa, u ikki xususiyatni
anglab olsin. Birinchidan, kishining so‘zi to‘g‘ri
bolsa, so'zigina emas, balki ham so‘zi-yu, ham
53
o‘zi to‘g‘ri bolsa, halol bolsa. Biri buki, yolg'on
gapirib qo^ganida achinsa, to‘g‘ri so‘zni chiroyli
gapirsa. Aw algisi yaxshi, lekin ikkinchisi ham
yomon emas.
Yolg'onni kamroq gapiradigan kishilar koshki
bizning davronda ham bolsa edi. Kimki bu dav-
ronda rostgo'y bolsa, ishi doimo kam-u ko'stlik-
dan boshqa narsa bolmaydi. Davr egrilikni talab
qiladi, sen rostlikni tilasang, rozilik bildirmaydi.
To'g'rilikni shon-sharaf deb bilgan kishilarga dav-
ron gardishi dushmanlik qiladi. Qalam to‘g‘rilikni
talab qilgani uchun boshi kesiladi. «Alif» harfi
to‘g‘rilikni yaxshi ko'rgani uchun «balo» so'zi uni
oyoqlari ostiga olib majaqlaydi. Yangi oy egriligi
tufayli hammaning diqqatini o‘ziga tortadi. Salla
chirmalib-chirmalib bosh ustiga chiqishga sazovor
boladi. Yo‘q-yo‘q, bunday emas, bu yozganlarim
xato. Balki barchasi qalamning bitgan xatolari,
egri bilan to‘g‘rining ta’rifi ayni haqiqatdir. Sham
to‘g‘riligidan xursand bolib kuyadi-yu, lekin bosh-
dan oyogl nur boladi. Chaqmoqning ishi egrilik
bolgani tufayli ham, garchi u ham yoritsa-da, yer
ichiga kirib y o ‘q boladi. Dehqon reja chekmas
ekan, bog‘ o'rniga changal unadi. Dehqon mo-
lasiz urug‘ sochsa, suvni teng ichmay qanchasi
yakson boladi. Ko‘zgu yuzi qancha tekis bolsa,
sohibjamollar yuzi to‘g‘ri bolib ko'rinadi. Uning
yuzi sayqallanmagan bolsa, atrofidagi bezaklar
uni m utawal - turli xilda: cho‘ziq, yo‘g‘on va h.k.
ko‘rsatadi. Quyosh jim turgan suvda to‘g‘ri aks
ko'rsatsa, suv qo‘zg‘alsa, egri ko'rsatadi.
Xato qilib bilmasdan yolg‘on gapirib qoVish
yolg‘onchi deb atashga asos bololmaydi, chunki
bu xil odamlar xato qilganini anglagach, o'zlari
undan voz kechishadi. Yolg‘on gapirishni shior
qilib olgan, doim yolg'on so‘zlashga odatlangan
odamlarni erkag-u musulmon deb bolmaydi.
Yolg'onchilikni kasb qilgan kishi har qancha
harakat qilsa ham, bir-ikki ishi yurishadi-yu,
uning yolg‘onchiligini xalq bilmay qolsa ham, Al-
loh ogoh bo lib, ко‘rib turadi-ku! Ushbu sifatini
eldan har qancha yashirmasin, yolg'on oxir o‘zini
bir kuni oshkor etadi.
Odamlarni har sohada aldab yurishdan ko‘ra
o‘g‘rilik undan yaxshiroqdir. Har kishi yomon,
yovuz niyat bilan ont ichgan bolsa ham, niyati
o‘g‘irlik bolsa, kaforat bilan daf qilish mumkin.
Kimki o‘z so'zini yolg'onga aylantirgan bolsa,
u qolgan barcha so‘zlarini har qancha rost de-
masin, el uning so'zlari rostligiga hech qachon
ishonmaydi. Uni azobga solgan bu ziyon, zarar
shu darajadaki, hatto kaforat bilan ham undan
ozod bolish ilojsiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |