Milodiy 98-yilda Trayan Rim imperatori taxtini egalladi. Trayan zamonida Dunay daryosi bo‘ylarida yashovchi daklar bilan urushlar olib borildi.
Balandligi 40 metrga teng Trayan ustuni sirtidagi tasvirlar daklar bilan urush manzaralari haqida hikoya qiladi.
Bu davrda Suriya va Mesopotamiya hududlari Rim imperiyasi tarkibiga kirdi.
Konstantin
Imperator Konstantin zamonida, milodiy 330-yili Bosfor bo‘g‘ozidagi Vizantiy shahri Rim imperiyasining poytaxti deb e’lon qilindi.
Imperatorning buyrug‘i bilan shahardagi barcha eski binolar buzib tashlandi va yangi shahar qurildi. Shahar imperator sharafiga Konstantinopol deb atala boshlandi.
Milodiy 313-yilda imperator Konstantin xristianlik boshqa dinlarga teng dindir degan
farmon chiqardi. Farmon xristianlarga ibodatxonalar qurish va oshkora ibodat qilish imkonini berdi.
Rivoyatga ko‘ra, imperator Konstantin xristianlik ramzini o‘z askarlari qalqonlariga chizishga buyurgan va g‘alabaga erishgan.
Feodosiy
Imperator Feodosiy o‘limidan so‘ng milodiy 395-yili Rim imperiyasi uning ikki o‘g‘li o‘rtasida G‘arbiy va Sharqiy qismlarga ajrab ketdi.
Sharqiy Rim imperiyasida imperatorning yagona hokimiyati saqlanib qolgan, G‘arbiy Rim imperiyasi esa alohida davlatlarga parchalana boshladi.
Afrig‘
Milodiy 305-yilda Xorazmshoh Afrig‘ o‘z qarorgohini Xorazmning qadimgi Kat shahriga ko‘chiradi. Kat qayta tiklanib, shoh o‘ziga yangi saroy qurdiradi. 305-yildan boshlab, Xorazmning afrig‘iy shohlari kumush tangalar zarb etganlar. Tangalarining oldi tarafiga shoh surati, orqasiga esa suvoriy surati tushirilgan. Hukmdorlar
“Xorazmshoh” unvoniga sazovor bo‘lishgan. “Xorazmshohlar” unvonini dastlab “siyovushlar sulolasi” tomonidan qabul qilingan.
Bumin
VI asr o‘rtalarida Oltoy va Janubiy Sibirda yashagan turkiy qabilalarni birlashtirgan yangi davlat vujudga keldi. Bu davlat tarixga Turk xoqonligi nomi bilan kirgan. Uning asoschisi Bumin edi.
552-yilda Bumin “xoqon” deb e’lon qilindi. Oltoy xoqonlikning markazi qilib belgilanadi.
Istami
Turklarning g‘arbga tomon yurishlariga Istami boshchilik qiladi. Unga “Yabg‘u xoqon” degan unvon beriladi.
Yettisuv va Sharqiy Turkistonga tutashgan yurtlarda yashovchi turkiy qabilalar bo‘ysundiriladi.
555-yildayoq turklar Sirdaryo va Orol dengizi bo‘ylarigacha cho‘zilgan keng o‘lkalarni egallaydilar.
Turk xoqonligining eftallar bilan to‘qnashishi muqarrar edi. Bunday murakkab siyosiy vaziyat xoqonlikni eron, so‘ngra Vizantiya bilan yaqinlashtiradi.
Xusrav I Anu shervon (531–579) tashabbusi bilan yuzaga kelgan o‘zaro harbiy ittifoq eron shohining Istamiga kuyov bo‘lishi orqali yanada mustahkamlanadi.
To‘ngyabg‘u
Xoqon To‘ngyabg‘u (618–630) hukmronlik qilgan davrda boshqaruv tartiblari isloh qilingan. Islohotga ko‘ra, mahalliy hukmdorlarga xoqon likning “yabg‘u” unvoni berilib, ular xoqon ning noibiga (vakiliga) aylanadilar.
O‘rta Osiyo, Sharqiy Turkiston va Toxaristonning deyarli mustaqil hokimliklari ustidan siyosiy nazorat kuchaytiriladi. Ular huzuriga xoqonlikning noiblari – tudunlar yuboriladi.