Sholg`om do`lma
O'rtacha kattalikdagi sholg'omlardan olib archasiz va pichoq uchi bilan o'rtasini uyub kosacha yasaysiz. Qiymasi bunday tayyorlanadi:qiymalagichdan chiqarilgan yog'liq qo'y go'shtiga halqa - halqa qilib to'g'ralgan piyozni, pishirilgan guruchni qo'shib, xom tuxum chaqib, tuz va murch sepasiz - da, yaxshillab o'rnatasiz. Sholg'om kosachalarni mana shu qiyma bilan to'ldirib, mantiqasqon lappaklariga qo'yib 40 - 45 minut , ya'ni sholg'om yetulguncha pishirasiz. Dasturxonga tortishda sholg'omni ezib yubormasdan maxsus kurakchalarda yoki ikki tomondan vilka sanchib olib likopvhalarga ikki donadan qo'yib , yuziga sariyog' yoki qaymoq surtib berasiz. Masalliq: 10 - 12 dona o'rtacha kattalikdagi sholg'om , 400 gr lahim go'sht, 1 stakan pishirilgan guruch, 2 bosh piyoz, 1 dona tuxum, tuz va murch ta'bga ko'ra olinadi. Yuziga surtish uchun esa 1 stakan qaymoq yoki 150 gr sariyog' kerak bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |