Shokoladli blinchiklar.
Kerakli masalliqlar(4 kishi uchun):
1stakan sut, 1ta tuxum, 1chimdim tuz, 1oshqoshiq shaker, 1stakan un, 1oshqoshiq o‘simlik yog‘i, yuzasiga shokolad siropi yoki shokoladli glazur.
Tayyorlash:
Avval tuxumni aralashtirib, so‘ng sut, tuz, shakar, yog‘ni solib aralashtiriladi. So‘ng 0.5 stakan un solib aralashtirilali. Yana 0.5 stakan un solib aralashtiriladi. So‘ng qaynab turgan suvdan 2 oshqoshiq solib (suyuqligi blinchikdagidek bo‘lguncha) aralashtiriladi. Tovaga 1choyqoshiq o‘simlik yog‘i solib, hamma eriga yoyiladi va masalliqdan yarim cho‘mich miqdorida olib quyib, tez tovani ko‘tarib, masalliqni tovaning hamma yuziga yoyiladi.
Ikkala tomoni qizartirib olinadi.
Blinchiklarni o‘rab, o‘rtasidan kesib, ustidan shokolad siropi yoki asal quyib chiqiladi.
Oshxamir va uni tayyorlash
"Osh hamir" hamirning eng oddiy turi bo‘lib, ko‘pgina dunyo oshxonalarida qadim zamonlardan beri ishlatib kelinadi. Bu hamirdan o‘zbek oshxonasida manti, xonim, chuchvara kabi suvda yoki parda pishadigan taomlar tayyorlashda qo‘llaniladi. Yog‘da qovuriladigan taomlarda juda yupqa qilib yoyib olinadi. Asosiy masalliqlari elangan un, tuz va suvdan iborat bo‘lishiga qaramasdan hamirning sifatini yaxshilash uchun ko‘p hollarda tuxum ham qo‘shiladi.
Kerakli masalliqlar: 500 gr un, 250-300 ml suv, 1,5 choy qoshiq tuz.
Tayyorlanishi.
Unni elab olinadi. Sovuq suvga tuz solib, yaxshilab aralshtirib eritib olinadi. Elangan unning markazidan chuqurcha ochiladi. Tuzli suv solinadi. Suvni unga aralashtiriladi. Hamir xoliga keltirish uchun qo‘lda yaxshilab qorishtiriladi. Hamirni ezib qorishda davom etiladi. Hamir chiroyli chiqishi va oson yoyilishi uchun kamida 10 daqiqa davomida mushtlanadi. Ko‘proq mushtlangan hamirning sifati ham yaxshi bo‘ladi. Tayyor bo‘lgan hamirni ustiga selofan yopib, xona xaroratida kamida 30 daqiqa davomida tindiriladi.
Qatlama hamir tayyorlash
Qatlamali hamir bir necha qavatlardan iborat bo‘lib, ko‘pgina shirali va shirasiz pishiriqlarda ishlatiladi. Hamirni tayyorlash jarayonida uni bir necha marta buklab, tarkibidagi yog‘i erib qavatlarni qo‘shilib ketishini oldini olish uchun sovutgichda bir necha bor muzlatib olinadi. Tayyorlanishi oddiy bo‘lsa ham biroz vaqt talab qiladi. Shunga qaramasdan bu hamir pishiriqlarga juda engil va o‘zgacha ta’m beradi.
Qatlama xamirni bir necha usulda tayyog‘lash mumkin. Lekin barcha usullari uchun umumiy bo‘lgan asosiy qoidalar mavjud. Xamir yaxshi chiqishi uchun bu qoidalarga rioya qilish zarur:
Pishirishdan avval maxrulotlar xolodilnikda sovitiladi (lekin muzlatilmaydi).
Tayyor mahsulotlar namlangan gaz patnisiga terib chiqiladi (yog‘ surtish mumkin emas).
Tuxum maxrulotlarning sirtigagina surtiladi, chetlariga oqib tushgan tuxum suyuqligi mahsulotningkutarilishiniqiyinlashtiradi.
Sovitilgan mahsulotlar qizib turgan duxovkada (harorat 2505S dan past bo‘lmasligi kerak) pishirilishi lozim.
Agar qatlama xamirdan tayyorlanadiganmahsulot ichiga pishgandan keyin biron narsa solinadigan bo‘lsa, kichik piroglar duxovkadan 10-15 minutdan so‘ng, katta piroglar esa 15-20 minutdan so‘ng olinib, ichiga go‘sht, murabbo, olma, krem va boshqalar solinadi.
Qatlama xamir tayyorlash. Un miqdorini ikkiga bo‘lib, bir qismiga sariyog‘ aralashtiriladi va 2 om qalinlikda to‘rtburchak qilib, bir oz vak,t sovuq joyga olib qo‘yiladi. Qolgan qismiga 7 g stakan suv, ozgina tuz va limon sharbati solib xamir qoriladi. Xamir ustiga sochiq yopib, 30 minut tindiriladi, so‘ng yana juvalanadi. Juvalangan xamir jildi yog‘li xamir jildidan ikki baravar katta bo‘lishi lozim. yog‘li xamirni ikkinchi xamir ustiga quyib, cheti konvert kabi berkitiladi va eni 20 sm, qalinligi 1 sm qilib jo‘valanadi, so‘ng to‘rt buklab, yarim soat davomida xolodilnikda saqlanadi. Sovigan xamirni yana bir bor juvalab, qayta sovuq joyga qo‘yiladi. Bu jarayon 3 marta takrorlangach, turli mahsulotlar pishirishga kirishiladi. Tez tayyorlanadigan qatlama xamir. Yaxshi sovitilgan margarin yoki capiyog‘i qirg‘ichdan o‘tkazib un (2 stakan) bilan yaxshilab 'qorishtiriladi. hosil bo‘lgan qorishma urniga quyuladi, ichiga 74 choyqoshiq tuz va 1 oshqoshiq sirka qo‘shilgan suv oz-ozdan qo‘yiladi. Barcha masalliqni aralashtirib, xamir qoriladi. Qorilgan xamir xolodilnikda bir oz (1 soat) sovitilgan, pishirishga kirishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |