1.Hajmi 10 l bo`lgan qozonga 6 kg kartoshka solindi. Ustiga 5 l suv quyib to`ldirildi. Xom kartoshkaning zichligini toping (kg/m
3).
a)1250 b)1300 c)1400 d)1200 e)1350
2. Jismning bir nuqtasiga 180o burchak ostida 4N va 7N kuchlar qo`yilgan. Teng ta`sir etuvchining moduli qanday (N)?
a)3 b)4 c)5,5 d)7 e)11
3. Massasi 4 kg va yuzasi 8 m2 bo`lgan gilam polga qancha bosim beradi (Pa).
a)50 b)5 c)2 d)0,5 e)0,2
4. 1 mm suv ustunining bosimi necha Paskal bo`ladi?
a)10 b)100 c)9 d)0.1 e)90
5. Suvning ko`l tubiga beradigan 200 kPa bo`lishi uchun, ko`lning chuqurligi qanday bo`lishi kerak?
a)2 b)10 c)20 d)100 e)200
6. Suv bosimini hosil qiluvchi minorada suvning sathi suv havzasidan 30 m bakandlikda turadi. Havzadan 20 m balandlikda turgan vodoprovod quvuridagi bosimni aniqlang (Pa).
a)102 b)103 c)104 d)105 e)10
7. Kub shaklidagi akvarium suv bilan to`ldirilgan. Agar suvning akvarium tubiga beradigan bosimi 4 kPa ga teng bo`lsa, suvning massasini aniqlang (kg).
a)40 b)80 c)32 d)64 e)120
8. Idishdagi suvda ichida toshi bor suv muz parchasi suzib yuribdi. Agar muz batamom erisa suvning sathi qanday o`zgaradi?
a)o`zgarmaydi b)pasayadi c)ko`tariladi d)k-lishi ham p-yishi ham mumkin e)t.j.y
9. Tutash idishlarda qanday balandlikdagi kerosin ustuni 20 sm balandlikdagi simob ustunini muvozanatlay oladi (m)?
a)2,1 b)0,34 c)2,7 d)0,3 e)3,4
10. Odam tanasining yuzi 1,5 m2 ga teng. Atmosfera odamni necha N kuch bilan bosadi?
a)0 b)150000 c)15000 d)10000 e)105
11. Toshkent shahri dengiz sathidan 407 m balandlikda joylashgan. Yunusoboddagi television minorasining balandligi 385 m. Agar dengiz sathidagi atmosfera bosimi 760 mm sim ust bo`lsa Yunusoboddagi minoraning uchidagi bosimni aniqlang (mm sim ust).
a)704 b)698 c)714 d)694 e)984
12. Gidravlik pressning 5 sm2 yuzli porsheniga 100 N kuch ta`sir qiladi. Shu pressning 200 sm2 yuzli porsheniga necha kN kuch ta`sir qiladi/
a)2 b)4 c)5 d)3 e)10
13. Gidravlik pressning kichik porsheni 60 N kuch ta`siri ostida 15 sm pastga tushdi. Bunda katta porshen 5 sm yuqoriga ko`tarilsa, katta porshenga qanday kuch ta`sir qilgan (N)?
a)600 b)180 c)220 d)450 e)100
14. Massasi 2,5 kg bo`lganjism butunlay suvga botirilganda 2 kg suvni siqib chiqaradi. Jismning zichligini (kg/m3) aniqlang.
a)1300 b)1200 c)2500 d)1250 e)625
15. Hajmi 1 m3 bo`lgan jism suvga botirilganda necha N kuch bilan yuqoriga itariladi?
a)1000 b)104 c)105 d)106 e)t.j.y
16. Hajmi 0,7 m3 bo`lgan po`lat relsni suvda tutib turish uchun qancha kuch kerak bo`ladi (kN)?
a)47,6 b)56,7 c)7,8 d)54,6 e)11,1
17. Alyumini bo`lagining havodagi og`irli 27 N, uni suvda tutib turish uchun qancha kuch kerak bo`ladi (N)?
a)26 b)22 c)17 d)14 e)10
18. Jismning havodagi og`irligi suvdagiga nisbatan 3 marta katta bo`lsa, uning zichligini toping (kg/m3).
a)2000 b)1500 c)1750 d)1800 e)3000
19. Jism dinamometrga bog`lanib kerosinga tushirilganda dinamometr 15 N kuchni, suvga tushirilganda esa 12 N kuchni ko`rsatdi. Jismning hajmi qanday (dm3)?
a)0,2 b)0,3 c)3 d)1,5 e)6
20. Zichligi 0,18 g/sm3 bo`lgan jism zichligi 0,9 g/sm3 bo`lgan suyuqligda hajmining qancha qismi botgan holda suzadi?
a)0,2 b)0,3 c)0,5 d)0,6 e)0,9
21. Massasi 10 g, hajmi 15 sm3 bo`lgan jism suv bilan limmo-lim to`ldirilgan stakanga solinsa qancha suv to`kiladi (sm3)?
a)10 b)15 c)5 d)25 e)100
22. Massasi 7 kg, hajmi esa 10 dm3 bo`lgan qovoq suvga tashlandi. Qovoq hajmining qancha qismi suv ustida bo`ladi?
a)hammasi b)cho`kadi c)0,7 d)0,5 e)0,3
23. Zichligi 0,8 g/sm3 bo`lgan suyuqlikka hajmining 3/5 qismi botgan holda suzib yurgan jismning zichligini aniqlang (g/sm3).
a)0,48 b)0,45 c)0,43 d)0,54 e)0,42
24. Suvdagi hajmi 0,5 m3 bo`lgan yog`och bo`lagi qancha massali yukni ko`tara oladi (kg)? yog`och zichligi 0,8 g/sm3.
a)80 b)100 c)50 d)40 e)200
25. Massasi 80 kg bo`lgan odamni suvda ko`tarib turishi uchun qalinligi 40 sm bo`lgan muzning yuzasi kamida necha m3 bo`lishi kerak?
a)5 b)3 c)4 d)2 e)1,5
26. Vodorod bilan to`ldirilgan havo sharining massasi 40 kg. Agar sharning hajmi 90 m3 bo`lsa, sharga ta`sir etayotgan natijaviy kuchni aniqlang (N).
a)400 b)1161 c)116,1 d)361 e)761
27. Bir uchiga 200 g ikkinchi uchiga 300 g yuk osilgan 1 m uzunlikdagi richak muvozanatda qolishi uchun uzun yelkasi necha sm bo`lishi kerak?
a)65 b)60 c)55 d)70 e)75
28. Uchlaridan biriga 1,2 kg massali yuk mahkamlangan bir jinsli sterjenning yukli uchidan 1/5 uzunligicha masofadagi nuqtasidan ko`tarilganda u gorizontal holatda muvozanatda turadi. Sterjenning massasini toping (kg).
a)1,2 b)0,2 c)0,8 d)0,6 e)0,4
29. Metal sharcha ipga osilgan. Agar sharcha isitilsa, uning potensial energiyasi qanday o`zgaradi?
a)o`zgarmaydi b)kamayadi c)ortadi d)materialga bog`liq e)ipning uzunligiga bog`liq
30. Uzunligi 6 m va massasi 100 kg bo`lgan zanjir yerda yotibdi. Zanjirning bir uchi uning uzunligiga teng balandlikka ko`tarildi. Bunda qanday mexanik ish bajarilgan (J)?
a)30 b)60 c)120 d)600 e)300
31. Agar dengiz sathidagi bosim 760 mm.sim.ust ga teng bo`lsa, dengiz sathidan 6840 m balandlikda atmosfera bosimi necha marta kamayadi?
a)2 b)2,7 c)aniqlab bo`lmaydi d)4
32. Quvvatning birligini XBS ning asosiy birliklari orqali ifodalang.
a) b) c) d)
33. Jism suyuqlik ichida pastga o`zgarmas tezlik bilan tushishi uchun quyida berilgan qaysi shart bajarilishi kerak? (Fq – suyuqlikning jism harakatiga qarshilik kuchi, FA – Arximed kuchi)
a) FA+Fq>mg b) FA>mg+Fq c) mg=FA-Fq d) mg=FA+Fq
34. 2 kg alyumin bilan 500 gr temirdan qotishma tayyorlandi. Qotishmaning zichligini hisoblang (kg/m3).
a) 5250 b) 3125 c) 6220 d) 4775
35. Birinchi idishga 4 l suv quyildi va sathinini balandligi 8 sm bo`ldi. Ikkinchi idishga 0,5 l suv quyildi va uning sathining balandligi12 sm bo`ldi. Idishlarning tublaridagi gidrostatik bosimlarini taqqoslang.
a) P1=8P2 b) 4P1=P2 c) P1=1,5P2 d) 1,5P1=P2
36. Quyidagi holatlardan qaysi birida jism muvozanat holatida hisoblanadi?
a) Suvda cho`kyapti. Bunda uning tezligi ortib boradi.
b) Suvda yuqoriga qalqib chiqyapti. Bunda uning tezligi kamayib boradi.
c) Erkin tushyapti. Bunda havoning qarshiligi yo`q.
d) Erkin tushyapti. Bunda havoning qarshiligi bor va u jismning og`irlik kuchiga teng.