Buyuk mujtahidlar (taba‘a tobi‘inlar) davri. Bu davrda Abu Hanifa, Molik ibn Anas, Muhammad ibn Idris ash-SHofi‘iy, Ahmad ibn Hanbal, al-Avzo‘iy, Dovud az-Zohiriy kabi buyuk faqihlar etishib chiqqanlar. Ularning hayoti, faoliyati, ijodi xususida ko’plab ilmiy ishlar olib borilganiga qaramasdan, etarli emas.
Bu davrda ikki: «ashob ar-ra’y» (fikr tarafdorlari) va «ashob al-hadis» (hadisga ergashuvchilar) oqimlari vujudga keldi.
«Ashob ar-ra’y» oqimiga Iroqda Kufa maktabi vakillari tomonidan asos solindi. Bunga avvalo ahli sunna va-l-jamo‘aning buyuk imomi Abu Hanifa (80-150G’699-767) poydevor qo’ydi. Muhim fiqh ilmiy akademiyasini shakllantira olgan Abu Hanifa ilmiy masalalarda ko’pincha «ra’y»ga suyanar edi. Shunga ko’ra «ra’y» hanafiy mazhabining shakllanishi va harakatlanishining asosiy xususiyatini tashkil etadi. Hadis to’plashda, qiyos va istihsonni keng yoyishda, Islom dini aqidalarini ma’lum bir tartibga solishda va shu bilan birga shariat hukmlari va qonunlarini ustuvor dalillar asosida ilmiy tarzda ta’lim berish uslubini ishlab chiqishda Abu Hanifa katta xizmat qilgan. Hanafiy mazhabining asosiy manbalari quyidagichadir:
Al-Qur’on; As-Sunna; Al-Ijmo‘; Al-Qiyos; Al-Istihson;
Do'stlaringiz bilan baham: |