TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI D.I.F
317-20 guruh talabasi Abdullayev Fazliddinning
DINSHUNOSLIK fanidan 2-kredit topshiriqlari
Toshkent-2021
2-KREDIT UCHUN TOPSHIRIQLAR
1-topshiriq.
Sunniylik mazhabiga doir jadvalni to'ldiring
Mazhablar
|
Asoschisi
|
Tarqalgan hududlari
|
Yo'nalishning maqsadi
|
Hanafiylik
|
Abu Hanifa Nu’mon ibn Sobit (699-767) ya’ni, al-Imom al-A’zam Abu Hanifa an-Nu’mon ibn Sobit al-Kufiy forslardan bo‘lib, umaviylar va abbosiylar davlati ayni avj olgan davrda yashagan
|
Usmoniylar imperiyasi, Misr, Suriya, Livan, Iroq, Iordaniya, Falastinda rasmiy mazhab, Bolqon, Kavkaz, Afg'oniston, Pokiston, Hindiston, Markaziy Osiyo respublikalari va Xitoy.
Bugungi kunda Markaziy Osiyo musulmonlarining aksari hanafiylik mazhabiga ergashadi. Ayni damda mazkur mazhab Hindiston, Pokiston, Afg‘oniston, Iroq, Suriya, Turkiya va qator Afrika mamlakatlarida keng tarqalgan.
|
Ushbu mazhab o‘z mohiyati, ta’limoti va qo‘llagan uslubi bilan jamiyatda yuz berib turadigan har qanday savolga javob topa oladi. Bu shundan kelib chiqadiki, hanafiy mazhabi yangi vujudga kelgan diniy masalaning yechimi Qur’on va hadisda mavjud bo‘lmasa, qiyos va uning eng muhim turi bo‘lmish istehsonga tayanib ish olib boradi.
|
Molikiylik
|
Madinalik olim imom Molik ibn Anas Abu Abdulloh (713-795) asos solgan bo’lib, «Madina imomi» unvoniga sazovor bo'lgan.
|
Marokash, Tunis, Jazoir va Liviyada yetakchi mazhab, yuqori Misr, Sudan, Bahrayn, BAA va Quvaytda ham nufuzga ega, nikoh-oila va mulkka oid huquqga sezilarli ta'siri bor.
|
Molikiylik mazhabida shar’iy masalalarda Madina hayoti va odatlari ko‘p hollarda ustun turgan. Mazkur mazhabda birinchi manba Qur’oni Karim, ikkinchi manba hadis hisoblanadi.
|
Shofeiylik
|
Muhammad ibn Idris Shofeiy (767-820)
|
Shofe’iylik, asosan, Indoneziya, Falastin, Iordaniya, Malayziya, Suriya, Iroq, Hijoz, Pokiston, Hindiston, Misr, Sudan, Keniya, Mali, Liviya, , Eron va Yaman kabi davlatlarda tarqalgan.
|
Uning huquq tizimi xanafiylar, molikiylarning diniy-hukuqiy ta'limoti asosida ishlab chiqilgan, ko'proq molikiylarga yaqin turadi. Qur'on, sunna ijmo va qiyosga tayanadi. Shofeiyning «al-Umm», «ar-Risola» kitoblari ushbu mazhab usuliga asos bo'lgan. Ular hanafiylar va molikiylarda mavjud bo‘lgan istehsonni rad qiladilar.
|
Hanbaliylik
|
Ahmad ibn Hanbal (780-855)
|
Mazkur mazhab izdoshlari
bo‘yicha eng kamsonli hisoblanib, asosan, Saudiya Arabistoni, Yaman, BAA, Quvayt, Qatar davlatlari aholisi orasida tarqalgan.
|
Hanbaliy mazhabida Qur'on, sunnat, ijmo va sahobalarning gaplari asosiy o'rin egallaydi. Zarurat bo'lmaganda, qiyosdan foydalanmaydi. Hadislar va sahobalar so'zini qiyosdan ustun qo'yadi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |