Magistrlik dissertatsiyasi ishining maqsadi va vazifalari. Ushbu magistrlik dissertatsiyasi ishida Boshlang`ich sinf o`qish darslarida xalq maqollarni o`rganish usullarini tahlil etishni asosiy maqsad qilib qo`ydik. Bu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirdik:
- Xalq og`zaki ijodi va uning inson hayotidagi o`rnini ko`rsatib berish;
- maqollar xalq tafakkurining qaymog`i ekanligini ochib berish;
- maqollarning rang-barang mavzularda yaratilishi va til, badiiy xususiyatlarini o`rgatish;
- o`quvchilardagi ezgu insoniy fazilatlarni maqollar orqali yanada rivojlantirish kabil masalalarni tahlil qilish.
Magistrlik dissertatsiyasi ishining obyekti. Biz oldimizga qo`ygan muammoni o`rganish uchun tadqiqot obyekti qilib oldik.
Magistrlik dissertatsiyasi ishidagi ilmiy yangiliklar va erishilgan natijalar. Mazkur magistrlik dissertatsiyasi ishimizda birinchi marta boshlang`ich sinf o`qish darslarida xalq maqollarni o`rganish muammosi ustida tadqiqot olib borildi hamda xalq maqollari va mahalliy materiallarning o`ziga xos xususiyatlari yangicha mezonlar asosida ilk bor maxsus tekshirildi. To`g`ri, xalq maqollariga bag`ishlangan ishlar ham mavjud. Bu xususida ishimizning boshlarida ham to`xtalib o`tganmiz. Lekin biz ushbu ishlardan farqli tarzda aynan boshlang`ich sinf o`qish darslarida xalq maqollarni o`rganish masalasiga e`tiborni qaratgan holda ish olib bordik. Shu bilan birga, bugungi kun ta`lim sohasiga kirib kelayotgan yangiliklardan kelib chiqib, xolis tadqiq etishga harakat qildik.
Magistrlik dissertatsiyasi ishimizning asosiy ilmiy yangiligi.Mavzuning bugungi kunda shakllanayotgan yangicha qarashlarga asoslanganligi bilan izohlanadi.
Xullas, ishimizda o`z oldimizga qanday maqsadni qo`ygan bo`lsak, ko`zlangan natijaga erisha oldik.
Magistrlik dissertatsiyasi ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Mazkur magistrlik dissertatsiyasi ishimizning nazariy ahamiyati shundaki, u boshlang`ich sinf o`qish darslarida xalq maqollari haqidagi tasavvurlarga aniqlik kiritadi. Magistrlik dissertatsiyasi ishimizdagi kuzatish va qarashlarimiz mavjud fikrlar asosida boyitilib, ishning nazariy qimmatini oshirishni ko`zda tutadi.
Boshlang`ich ta`lim uslubshunosligida mazkur muammo maxsus o`rganilmaganligi, bugungi kunda bu masalaning muhim tomonini hisobga olgan holda ushbu magistrlik dissertatsiyasi ishimizda ilgari surilgan fikr va xulosalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu magistrlik dissertatsiyasi ishimizning material va xulosalaridan boshlang`ich sinf o`qituvchilari o`qish darslarida xalq maqollarni o`rganish jarayonida unumli foydalanishlari mumkin.
Magistrlik dissertatsiyasi ishining tuzilishi. Ushbu magistrlik dissertatsiyasi ishi kirish,uch asosiy bob,boblarga tegishli bandlar, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.