“Tasdiqlayman”
Maktab direktori:
N.A. Tadjibayeva
Toshkent shahar Bektemir tumanidagi
293-maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi
R.R. Toxtiyevaning 10- “V”, 10-“G”, 10-“D” sinflari uchun
“Ona tilim jozibasi” mavzusidagi adabiy viktorina
ssenariysi
Viktorina shartlari
Ona tili fanidan savollarga tezkor javob berish. (10 ball)
Lug’atdagi so’zlar ma’nosini izohlash. (10 ball)
Berilgan so’zlarni imlo qoidalari asosida yozish. (10 ball)
Maqollarni davom ettirish. (10 ball)
Ona, Vatan, Til va boshaqa mavzularda yod olgan she’rlaridan birini ifodali o’qish. (10 ball)
1-shart
Tezkor savollar
I guruh
Mustaqil so’z turkumlarini sanab bering (ot,sifat,son,olmosh,ravish,fe’l).
Ot so’z turkumiga tavsif bering
Nutq uslublari deb nimaga aytiladi?
“Egasi bor yurt” she’ri kimning qalamiga mansub?
Ilmiy uslubga xos belgilarni sanang.
MA’nodosh so’zlar deb qanday so’zlarga aytiladi?
Kelishik shakllarini tarkib bilan ayting
Opti, kepti, ko’ynak kabi so’zlar qaysi nutqiy uslubda uchraydi?
Do’st so’zining ma’nodoshlarini ayting.
Punktuatsiyada nima o’rganiladi?
II guruh
Yordamchi so’z turkumlarini qaysilar?
Sifat so’z turkumiga ta’rif bering.
So’zlashuv uslubi qanday nutq uslubi hisoblanadi?
Grammatika nimani o’rgatadi?
Rasmiy uslubga xos xususiyatlar qaysilar?
Paronim so’zlar deb qanday so’zlarga aytiladi?
Shaxs-son qo’shimchalarini aytib bering.
Kun tartibi, buyuraman, tashkil etilsin kabi so’zlar qaysi nutq uslubiga xos?
Ot so’z turkumiga 5 ta misol ayting.
Sintaksis qanday bo’lim?
III guruh
Kiritmalar deb nimaga aytiladi?
Fe’l so’z turkumiga tavsif bering.
Nutq uslublarining qanday turlari bor?
“Ona tilim” she’rini qaysi ijodkor yozgan?
Publitsistik uslubga xos xususiyatlar qaysilar?
Shakldosh so’zlar deb qanday so’zlarga aytiladi?
Egalik shakllarini aytib bering.
Chehra, gulgun, viqorli so’zlari qanday nutq uslubida uchraydi?
Qarama-qarshi ma’noli so’zlarga 5 ta misol keltiring.
Morfologiya tilshunoslikning qanday bo’limi?
2-shart
Lug’atdagi so’zlarning ma’nosini izohlang va ular ishtirokida gaplar tuzing.
1-guruh “Iymon”
2-guruh “Barter”
3-guruh “Ovqat”
3-shart
So’zlarni imlo qoidalari asosida yozish
Saxovatli
Ko’ngilchan
Mehnatsevarlik
Mutolaa
Haqiqatgo’ylik
E’zozlanmoq
Ma’rifatparvarlik
Manfaatdorlik
Minnatdorchilik
Xushchaqchaqlik
4-shart
Maqollarni davom ettirish
1-guruh
Vatani borning baxti bor
Mehnati borning-…. (taxti)
Non gadosi bo’lsang ham,….. (Yurt gadosi bo’lma)
Ko’kka boqma, …. (Ko’pga boq)
Birlashgan-o’zar, …. (birlashmagan to’zar)
Yuz so’m puling bo’lguncha, ….. (Yuzta do’sting bo’lsin)
Yaxshi so’z-jon ozig’i,… (Yomon so’z- bosh qozig’i)
Ota bolasi bo’lma,…. (Odam bolasi bo’l)
Olqish olgan omondir,….. (Qarg’ish olgan yomondir)
Hashar - … (Elga yarashar)
Tiling bilan dilingni…. (Bir tut)
2-guruh
Eling senga cho’zsa,….. (unga doim sodiq bo’l).
O’z yurtingning qadri….. (O’zga yurtda bilinar)
Baliq suvsiz yashamas,…. (odam - do’stsiz)
Bilagi zo’r birni yiqar,…. (Bilimi zo’r-mingni)
El boqsa, baxting kular,….(El boqmasa, taxting qular)
Tilga e’tibor - ….(elga e’tibor)
Yaxshilik qilsang, yashir…. (Yaxshilik ko’rsang,oshir)
Tosh bilan urganni…(osh bilan ur)
O’zingga ravo ko’rmaganni…..(o’zgaga ham ravo ko’rma)
Yaxshining gapi-moy….(Yomonning gapi-loy)
3- guruh
Hisobli do’st….. (ayrilmas)
Ayrilganni ayiq yer…(bo’linganni bo’ri yer)
Do’st yuzingga boqqan… (dushman izingga)
Yurti boyning…..(o’zi boy)
Yaxshi yigit yurt tuzar…(yomon yigit yurt buzar)
Ona yurting omon bo’lsa,….(rangi-ro’ying somon bo’lmas)
Qasd qo’lgan….(past bo’lar)
Yaxshi qand yedirar…(yomon-pand)
O’ziga boqma….(ko’ziga boq)
Yaxshining so’zi-qamoq…(yomonning so’zi-to’qmoq)
5-shart
Ona, Vatan, Til va boshaqa mavzularda yod olgan she’rlaridan birini ifodali o’qish.
Mavzuning dolzarbligi (2 ball)
Mazmun jihatidan boyligi (2 ball)
So’zlarning buzilmay talaffuz qilinishi (2 ball)
Ohangga e’tibor berilishi (2 ball)
She’r hajmi (2 ball)
Do'stlaringiz bilan baham: |