Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Ushbu mavzu yuzasidan kurs ishi doirasida aksiyadorlik jamiyatlari haqida fikr bildirgan va ma’lumotlar bergan olimlar o’rganilishi davomida I.B. Zokirov, R. Ruziyev, V. Topildiyevlar hamda xorijlik tadqiqotchi olimlardan ushbu sohada Joachim Zekoll, Gerhard Wagner, Tugrul Ansay, Andreas Cahn va shu kabi turli olimlar o’z qarashlarini bildirganliklari ma’lum bo’ldi va mavzuni o’rganishda ularning qarashlari qiyosiy nuqtai nazardan tahlil qilindi.
Kurs ishining maqsadi Germaniyaning ijobiy tajribasini inobatga olgan holda, hozirgi muammolarini, shuningdek ushbu sohani yanada takomillashtirish uchun aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish sharoitlarini yaxshilash va qulaylashtirish shu bilan bir qatorda ularning boshqaruv va faoliyatini tartibga solish masalalaridagi muammolarga yechim topa olishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |