Xalqaro kreditning O’zbekiston iqtisodidagi ro’li. Bugun O‘zbekistondagi ijtimoiy haYotning barcha jabhalarida o‘tkazilaYotgan tub o‘zgarishlar o‘z taraqqiYotining yangi bosqichiga ko‘tariladi. Amalga oshirilaYotgan iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichi erishilgan natijalarni mustahkamlash va ularni yanada rivojlantirishga qaratilgan. O‘zbekiston iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridagi)ni jahon andozalari darajasidagi yangi texnika bilan ta’minlash uchun investitsiya mablaYolari ajrataYotgan moliya institutlari oldiga katta vazifalar qo‘yilmoqda. Bu vazifani moliyalashning faqat an’anaiviy usuli bank krediti va boshqa kreditlarga tayangan holda bu vazifa hal etiladi. Byudjet mablag‘lari hisobdan ajratiladigan uzoq muddatli (muddatlari 10-15 yil va bundan ziyod) Xalqaro kreditlarning quyidagi shakllari farqlanadi:
1) Hukumatning ikki taraflama kreditlari. Davlatlararo uzoq muddatli kredit keng ko‘lamlarda birinchi jahon urushi paytida vujudga keldi va o‘z rivojiga urushdan so‘nggi yillarda ega bo‘ldi. Bunda asosiy kreditor bo‘lib AQSH maydonga chiqdi. Natijada davlatlararo ziddiyatlarni kuchaytirib yuborgan hukumatlararo qarzdorlik (11 mlrd. oltin dollarlari, foizlarni hisobga olmaganda) paydo bo‘ldi. Fransiya kreditni nemis reparatsiyalari hisobiga, Germaniya esa AQShdan yangi kreditlarni olish hisobiga so‘ndirayotgan edi. 1929-1933 yillar iqtisodiy inqirozi davri mobaynida Germaniya va 25 ta boshqa davlatlar qarz bo‘yicha to‘lovlarni to‘xtatib qo‘ydilar. Ikkinchi jahon urushi davri mobaynida hukumatlararo qarzlar sezilarli rol o‘ynamagan edi. Harbiy va boshqa turdagi materiallarning yetkazib berilishi asosan "lend-liz" (ijara) shartlari asosida, kredit majburiyatlarisiz amalga oshirilayotgan edi;
2) Xalqaro va hududiy valyuta-kredit hamda moliyaviy tashkilotlarning kreditlari; 3) yordam ko‘rsatish yo‘nalishi bo‘yicha, ushbu yordam shakli texnik yordam, hadyalar, subsidiyalar bilan birgalikda imtiyozli shartlar asosidagi zayomlarni ham o‘z ichiga oladi. Ayrim holatlarda xalqaro kreditning aralash turi qo‘llaniladi. Masalan, eksportni kreditlashning odatdagi shakllari yordam ko‘rsatish bilan birgalikda amalga oshiriladi
Xalqaro kreditning yangi shakllaridan biri bo‘lib bir nechta kredit muassasalari tomonidan yirik loyihalarni qo‘shma moliyalashtirish hisoblanadi. Xalqaro moliya institutlari qo‘shma moliyalashtirishning tashabbuskorlari bo‘lib maydonga chiqadi va ular ushbu operatsiyalarga odatda loyihaning eng ko‘p foyda keltiradigan qismini imtiyozli asosda (foiz stavkasi bozor stavkasidan past) moliyalashtiruvchi, xususiy tijorat banklarini jalb etadilar. Qo‘shma moliyalashtirishning quyidagi 2 shakli qo‘llaniladi: - parallel moliyalashtirish, bunda loyiha turli kreditorlar tomonidan ular uchun o‘rnatilgan kvotalar me’yorida kreditlanadigan tarkibiy tashkil etuvchilarga bo‘linadi; - o‘z-o‘zini moliyalashtirish, bunda barcha kreditorlar loyihaning ijro etilishi mobaynida ssudalarni taqdim etadilar. Kreditorlardan biri (menejer-bank) loyihaning tayyorlanishi va amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi hamda nazorat qiladi. Qo‘shma moliyalashtirish qarz oluvchiga imtiyozli kreditlarni olishga yo‘l ochgani holda ma’lum bir imtiyozlarni beradi. Biroq asosiy imtiyozlarni kreditorlar oladi, chunki bunday kreditlash ssudani qarzdor tomonidan o‘z vaqtida so‘ndirilishining qo‘shimcha kafolatini beradi. Xususiy banklarning sindikatlari o‘z kreditlarini qarz oluvchi mamlakatlarga ular tomonidan XVF yoki TTHB (Taraqqiyot va Tiklanish Xalqaro Banki)ning kreditlarini olgan taqdirdagina taqdim etadilar. Davlat va xususiy banklar o‘rtasidagi ushbu taqsimotning asosiy maqsadi iqtisodiy hamda siyosiy omillardan kelib chiqqan holda ssuda kapitallarining jahon bozoriga qarz oluvchilar chiqishini muvofiqlashtirishdir. Shu sababli xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlarining kreditlari ikki taraflama hukumat kreditlari hamda ayniqsa xususiy banklar kreditlari, yevrokreditlarga nisbatan summalari bo‘yicha kamtarona o‘rin egallasa-da, katta rol o‘ynaydi. Xalqaro uzoq muddatli kreditning shakllaridan biri bo‘lib qimmatli qog‘ozlar emissiyasi hisoblanadi. Loyihalarni moliyalashtirish xalqaro uzoq muddatli kreditning zamonaviy shaklidir.
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlar muvofaqiyatli olib borishi respublika moliya krediti sohasida bevosita investitsiyalar ko‘rinishida chet el samoryasini jadb etish sohasida xorijiy banklar bilan hamkorlik rivojlanishiga Yordam berdi. Xorijiy investitsiyalar mamlakatga kirib keladigan asosiy kanal vazifasini bajarib, milliy bank va boshqa TB ko‘plab xorijiy banklar va moliya muassasalari ochgan kreditliniyalari yuzasidan xizmat ko‘rsatayaptilar. Xususan AQSH, Yaponiya, Koreya, Turkiya eksportimport banklari xalqaro moliya korporatsiyasi (xmk), YETTB, ORB (OsiYo rivojlanish banki) xalqaro moliya muassasalari, Hermes (Germaniya), Coface (fransiya), ECGD (Buyuk Britaniya), SACE (italiya), GiEK (norvegiya) eksportni suYourta qilish agentliklari, Amerikaning Cheyz Manxetten Bank, Germaniyaning Doychemark, Berliner bank; Shveysariya YUBS, Kredit Sviyes: Belgiyaning Jeneral banki banklari va boshqa eng katta banklar shular jumlasidandir. Ushbu kredit liniyalari milliy iqtisodiYot tarkiban o‘zgartirilishini ta’minlovchi, Respublika iqtisodiYoti uchun Yooyat muhim bo‘lgan investitsiya loyihalarini kreditlash mo‘ljallangan. 1997 yil Yevropa tiklanish va taraqqiYot banki 371,86 mln. AQSH dollari bo‘lgan bir qaniklanadicha loyihalarni maqulladi. Ular orasidagilarni eng kattalarini sanab o‘tmochiman. Bular. Fargona neftni qayta ishlish zavodini rekanstruksiya qilish. Loyiha qiymati 210 mln. AQSH dollariga teng YETTB ajratgan mablaYo 90 mln. AQSH dol. SirdarYo GRES rekonstruksiya qilish. Loyiha qiymati - 47 mln. AQSH doll. YETTB krediti 30 mln. YETTB birinchi kredit liniyasining muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishi natijasida kichik va o‘rta biznes uchun 120 mln. AQSH dollari hajmida 2-kredit liniyasi ochilishiga sharoit yaratadi.
Xalqaro bank krediti bahosi xuddi har bir moliyaviy aktiv bahosi singari o‘zida ikki narsani, ya’ni risksiz komponent va risk uchun mukofotlarni mujassamlashtiradi. Risksiz komponentning bahosi o‘z-o‘zidan daromadning
minimal stavkasi talabidan kelib chiqadi. Bu bozor uchun normal hisoblanib, bunda inflyatsiyaning ham o‘rni bo‘ladi. Risksiz komponent uchun ko‘pincha hukumatning qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlari foizi olinadi.
Risk uchun mukofotning bahosi o‘zida 3 omilni mujassamlashtiradi:
1. Likvidlik riski uchun mukofot;
2. Foizli risk uchun mukofot;
3. Kursli valyuta riski uchun mukofot
Bularga izoh beradigan bo‘lsak, masalan, likvidlilik riski bu mijozning kreditni qaytarmasligining eng katta havfi hisoblanadi. Bu yerda bankdan kredit havfsizligini oshirish talab qilinadi. chunki, bu yerda mijoz kreditni butunlay qaytara olmaslik holatiga tushadi.
Foizli risk esa kelajakda foiz stavkasini oshirishning havfini qoldiradi. Bu albatta kreditdan olinadigan daromadlarning tushishiga olib keladi. Foiz stavkalarining darajasi va harakatining o‘zgarishi natijasida zarar ko‘rish havfi tug‘iladi. Foiz riski debitorlarni ham, kreditorlarni ham o‘z qa’riga tortadi. Foiz risklarining boshqarilishi aktiv va passivlarni boshqarilishidan tashkil topadi.
Foiz risklarini boshqarishning bir nechta tamoyillari mavjud. Bular quyidagilardan iborat:
1. Bankning foiz marjasi qancha yuqori bo‘lsa, foiz risk darajasi shuncha past bo‘ladi.
2. “Spred” tamoyili. Bunda olingan aktivlar bo‘yicha o‘rtacha tortilgan stavka va to‘langan majburiyatlar bo‘yicha o‘rtacha tortilgan stavka o‘rtasidagi farq tahlil qilinadi. Tahlil uchun ma’lumotlar odatda bankning statistik hisobotidan olinadi.
3. Bankning o‘zgarmas va suzib yuruvchi foiz stavkalari bilan balansdan tashqari aktiv va passivlarni tahlil qilishdan iborat. Foiz risklarning darajasi esa quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi:
· Aktivlar tuzilishidagi o‘zgarish, shu jumladan, kredit va investitsiyalarning hajmi, aktivlarning qayd qilingan va suzib yuruvchi stavkalarda, ularning bozordagi narxining dinamikasi;
· Passivlarning tuzilishidagi o‘zgarish, ya’ni shaxsiy va zayom mablag‘larining mutanosibligi, muddatli va jamg‘arma depozitlar; ·
Foiz stavkasi dinamikasi. Foiz risklari darajasini boshqarish va nazorat qilish uchun bank faoliyatining aniq bir holatiga bog‘liq holda muhim strategiyalar ishlab chiqish lozim. Valyuta riski – unchalik yaxshi bo‘lmagan almashish kursi natijasida bank tomonidan boshqarilayotgan kreditga pul oqimini kamaytiradi. Xalqaro kredit mahalliy kreditdan farq qiladi, bunda bank boshqa davlatdagi kreditlash riskini ham baholashi kerak bo‘lib hisoblanadi. Xalqaro kreditning deyarli barcha operatsiyalarida tomonlardan biri albatta valyuta konversiyasiga, ya’ni konversiya riskiga to‘qnash keladi. Shunday ekan bunday riskning oldini olish uchun ko‘plab banklar xalqaro kreditni chet el valyutasida emas, balki o‘z mahalliy valyutalarida berishni hohlaydilar. Bu harakati bilan bank valyuta kursini o‘zgarishidan ko‘radigan havfni va o‘zining moliyaviy holatining yomonlashuvi oldini oladi. Keyinchalik, olingan kredit mijozning o‘z mamlakatida yoki boshqa mamlakatda ishlatilishi kerak bo‘lsa, bunda kreditni olgan mijoz o‘ziga kerakli valyutaga almashtirib olishiga to‘g‘ri keladi. Agar kreditni olgan mijoz bank-kreditor mamlakatiga importni moliyalashtirsa, u o‘sha mamlakat valyutasiga ega bo‘ladi. Lekin bu valyuta qarz to‘lash uchun foydasiz bo‘lishi mumkin, agar hukumat chet el valyutasini chetga o‘tkazish ustidan nazorat olib borayotgan bo‘lsa, bu valyuta riskini nazorat qilish deyiladi. Bunday riskning oldini olish uchun kredit oluvchi mamlakatning valyutasi holatidan boxabar bo‘lishi kerak. Va oldindan bo‘ladigan keskin devalvatsiyalarning prognozini qilish kerak. chunki, devalvatsiya qarzni qaytarish qobiliyatini pasaytirishi mumkin. Ayrim mamlakatlarda mijoz kreditni yoki uning foizlarini chet elga to‘lash uchun hukumatdan
ruhsatnoma olishiga to‘g‘ri keladi. Albatta bunday holatlar xalqaro kredit berishga to‘sqinliklar qilishi mumkin. Xalqaro kreditni baholashda moliyaviy risk ham muhim o‘rin tutadi. Moliyaviy risk – bu xalqaro kredit berilgan vaqtdan so‘ng kredit olgan mijoz qarzni to‘lay olmaydigan holda, ya’ni to‘lovga layoqatsiz bo‘lgan holda yuzaga keladi. Bunday havfni baholash uchun bank bir qancha omillarni tahlil qilib chiqadi. Bular xalqaro miqyosda “uchta Si”:
Character – reputatsiya, harakter;
Cash flow or capacity – pul oqimi va ishlab chiqarish quvvati;
Capital – kredit oluvchi kapitali kabi ko‘rsatkichlar bilan hisoblanadi.
Bank xalqaro kredit oluvchining foaliyatini baholashdan oldin uning jiddiy kompaniyami yoki yo‘qmi, majburiyatlarini bajara oladimi va o‘z biznesi to‘g‘risida yetarli malakaga ega ekanligi haqida ma’lumotlar to‘playdi. Kredit oluvchining faoliyatini baholash uchun bankning o‘z tajribasi, boshqa banklarning kredit berish malakasi asosiy baza bo‘lib hisoblanadi. “Dun&Bradstreet” xilidagi firmalar yer yuzidagi barcha kredit oluvchilar, har xil kompaniyalar, xo‘jalik va hukumat agentliklari haqida moliyaviy va tijoriy ma’lumotlarni beradi. Hozirgi kunda ko‘plab banklar mahfiy ravishda mijozlarning operatsiyalari haqida ma’lumot almashadilar. Bundan tashqari bank kredit tarixini o‘zida mujassamlashtirgan kredit paketini ham yuritib beradi. Bank kredit oluvchining pul oqimi, ishlab chiqarish quvvati va kapitalini baholash uchun moliyaviy hisobot talab qiladi (firmaning balansi, daromadlar haqida hisobot va pul oqimi haqida hisobot). Firmaning balansi o‘sha paytdagi moliyaviy holatini ifodalab beradi. Daromadlar hisoboti esa firmaning o‘sha yildagi daromadlari va harajatlarini ko‘rsatib turadi. Albatta bu ma’lumotlar mustaqil auditorlar tomonidan tasdiqlangan bo‘ladi. Bank uchun hisobotlar olish oson bo‘lmaydi. chunki, ularning shakllari hamma mamlakatlarda ham bir xil emas. Balansdagi moddalar va daromadlar hisobotidagi
raqamlarni solishtirib bank mijozning operatsiyalari haqida ma’lumot oladi. Balans va hisobotlarining bir necha yilliklarini tahlil qilish orqali moliyaviy ko‘rsatkichlarni qay holda o‘zgarayotganini ko‘rishi mumkin va oxirida bu raqamlarni asosiy raqobatdoshlar ko‘rsatkichlari bilan taqqoslab firmaning faoliyatiga va istiqboliga baho beradi. Agar bank firmaning sho‘’ba korxonasi arizasini ko‘rsatadigan bo‘lsa, bu uchun firma miqyosidagi global operatsiyalari va umumiy moliyaviy holat haqidagi ma’lumotlar kerak bo‘ladi. Bu albatta qiyin bo‘ladi, chunki ekkaunting (hisob-kitob) amaliyoti har davlatlarda har xildir va ular bir-biridan farq qiladi. Bundan tashqari kompaniya o‘zining ichki operatsiyalari bilan bankni chalg‘itishi mumkin. Yuqorida sanab o‘tilgan, kredit berishda ko‘riladigan risklar bank tomonidan o‘rganilib chiqilgandan so‘ng, bu kredit bahosiga yo ijobiy yo salbiy ta’sir etishi mumkin. chunki bu risklardan himoyalanish o‘z-o‘zidan kredit bahosining oshishiga olib keladi. Banklar va bankirlar boshqa kreditorlarga nisbatan riskdan ko‘p himoyalanuvchi yoki qochuvchi bo‘lishlari kerak. Buning sababi shundaki, bankning boshqa kreditorlarga nisbatan o‘z mablag‘i bilan emas, balki jalb qilingan mablag‘lar, ya’ni jismoniy, huquqiy shaxslarning vaqtincha bankda turgan mablag‘lari bilan ishlaydilar. Bankning kredit berish imkoni u jalb qilgan resurslarga bog‘liq bo‘ladi. Bank o‘z navbatida bu jalb qilingan mablag‘larni talab qilingan vaqtda mijozga qaytarib berish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Bu imkoniyat esa bank faoliyatida mavjud risklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning oldini olish choralarini ishlab chiqishni taqazo etadi. Hukumatlararo kreditlarda xalqaro va mintaqaviy valyuta- kredit va moliyaviy tashkilotlar ishtirok etadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy oqimlar rivojlanishni rasmiy moliyalashtirish (RRM) orqali, banklar tomonidan, qimmatli qog‘ozlarni emissiya qilish orqali, portfel investitsiyalarni aksiyalarga qo‘yish, to‘g‘ri investitsiyalar orqali, tashqi qarzdorlik hamda to‘lovga layoqatlilikni aniqlash orqali kirib keladi. Endi bularni har birini alohida ko‘rib chiqamiz. Rasmiy resurslar moliyaviy oqimlarning kam qismini tashkil qiladi (1997 yilda 15 %). Lekin, xususiy kapitalni jalb qilishga imkoni bo‘lmagan ba’zi kam rivojlangan mamlakatlar uchun bu yagona tashqi moliyalashtirish manbasi bo‘lib hisoblanadi. RRMning asosiy massasi subsidiya hamda imtiyozli kreditlarga to‘g‘ri keladi. Moliyalashtirishning bu ko‘rinishi rivojlantirishning rasmiy ko‘makchi (RRK) sifatida yuzaga keladi. Bu terminlar rivojlantirishga ko‘maklashish komiteti faoliyatiga kiritilgan. Belgilangan mezonlarga ko‘ra RRKga subsidiyalar hamda grant elementi 20 %dan kam bo‘lmagan kreditlar kiradi. Bu ko‘rsatkich kreditning qiymati, uning muddati va imtiyozli davrlarni hisobga olgan holda hisoblanadi. Qaytarilmaydigan subsidiyalar uchun grantelement 100 %ga teng. RRK chegarasidagi o‘rtacha shartlari quyidagicha: narxi – yillik 3 %, muddati – 30 yil, imtiyozli davr – 10 yil. Ikki tomonlama yordam uchun mablag‘lar byudjetdan ajratiladi. Uning miqdori mamlakat-donorlarning byudjetiga bog‘liq. Lekin mamlakatlarning byudjet tuzilishi turli xil bo‘lgani uchun mamlakat-donorlarning harakati ularning YAIMga foiz nisbatida o‘lchanadi. 1970 yil BMT kongresi tomonidan tegishli ko‘rsatkich 0,7 % qabul qilingan, ya’ni donor-mamlakatlar yordam uchun YAIMning kamida 0,7 %ini yuborib turishlariga rozi bo‘ldilar. RRKning asosiy maqsadlari 50-yillarning boshlarida tashkil qila boshlandi. Dastalab donor-mamlakatlarning resurlari siyosiy va harbiy-strategik masalalarni yechishga qaratilgan. Keyinchalik iqtisodiy muammolar, avvalambor, qashshoqlik bilan kurash muammolari birinchi o‘ringa chiqa boshladi. 50-60-yillarda resurslarning asosiy massasi infrastrukturali daromad keltiruvchi loyihalarga joylashtirilgan. Lekin bunday strategiyaning ijtimoiy samarasi juda past edi. 70-yillarda boshlab infratuzilmalarni moliyalashtirish asosiy yo‘nalish bo‘lib kelgan, lekin resurslarning ma’lum qismi “asosiy ehtiyojlar” (oziq-ovqat, turar-joy, toza suv, sog‘liqni saqlash, ta’lim) ga yo‘naltirgan. 90- yillarda maqsadlar o‘zgara boshlagan.
Dastlabki RRK ko‘proq Uzoq Sharq, Janubiy-Sharq va Janubiy Osiyo mamlakatlariga berilgan. Lekin keyinchalik e’tibor eng qoloq Afrika mamlakatlariga qaratildi. Bir qancha mamlakatlar uchun uzoq vaqtni RRK doirasidagi moliyalashtirish kutilgan natijalarga olib keladi. Lekin, ba’zi mamlakatlar (avvalambor Janubiy Koreya va Tayvan) RRKga tayangan holda iqtisodiy rivojlanishga muyassar bo‘ldilar, bu esa ularga imtiyozli kreditlar va subsidiyalardan voz kechishga imkon yaratdi.
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, xalqaro kredit o’zaro bog’liq funksiyalarni bajarish orqali ikki yoqlama, ya'ni ijobiy va salbiy rol o’ynaganligi bois kichik biznes subyektlari faoliyati va umumiy iqtisodiyotda ahamiyatlidir.
Xalqaro kreditning ijobiy roli kichik biznes subyektlari faoliyatida takror ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta'minlanishi hamda uning kengayishi orqali ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishining tezlashishida o’z aksini topadi. Bunda ularning o’zaro aloqasi aks etadi. Xalqaro kredit tashqi iqtisodiy aloqalarga va pirovard oqibatda takror ishlab chiqarishga ta'sir etuvchi bog’lovchi bo’g’in hamda uzatkich mexanizmi rolini o’ynaydi. Ishlab chiqarish o’sishining mahsuli bo’lgani holda xalqaro kredit bir vaqtning o’zida uning zaruriy sharti va katalizatori bo’lib ham hisoblanadi. U ishlab chiqarish va muomala jarayonlarining baynalmilallashuvi, jahon bozorining shakllanishi hamda rivojlanishiga ko’maklashadi va xalqaro mehnat taqsimotini chuqurlashtiradi. Xalqaro kredit kichik biznes subyektlari faoliyatida takror ishlab chiqarish jarayonini quyidagi yo’nalishlar bo’yicha tezlashishiga ko’maklashadi:
Birinchidan, kredit mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatini rag’batlantiradi. Bu bilan bozordagi kon'yunkturani ushlab turish uchun qo’shimcha talab vujudga keladi. Kredit hisobiga amalga oshadigan tashqi savdo ayniqsa ishlab chiqarish va iste'molning uzun sikliga hamda yuqori qiymatga ega tovarlar uchun xalqaro me'yorga aylanadi. Importyor va eksportyorlar mahsulotning qimmatlashishi hamda jahon savdosida mashina va jihozlar ulushining oshishi sharoitida tashqi savdo kreditlarini ishlatishdan manfaatdordir. Xorijdagi korxonalar qurilishi ham import qilinayotgan, ayniqsa texnologik va energetik jihozlar uchun to’lanayotgan kredit hisobiga amalga oshiriladi.
Ikkinchidan, xalqaro kredit xorijiy xususiy investitsiyalar uchun imtiyozli sharoitlarni yaratadi, chunki ushbu imtiyozlar kreditor mamlakat investorlariga taqdim etiladigan imtiyozlar bilan bog’liqdir. Shu bilan birgalikda kichik korxonalar faoliyat ko’rsatishi uchun zarur bo’lgan infratuzilmani yaratish uchun ishlatiladi, xalqaro kapital bilan bog’liq milliy korxonalar, banklar mavqeini mustahkamlashga ko’maklashadi;
Uchinchidan, kredit mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalariga xizmat ko’rsatuvchi xalqaro hisob-kitoblar va valyuta operatsiyalarining uzluksizligini ta'minlaydi;
To’rtinchidan, kichik biznes subyektlarining pul muomalasini tezlashtirib, ishlab chiqarish jarayonini oshiradi.
Xalqaro kreditning bozor iqtisodiyoti rivojlanishidagi salbiy roli uning qarama-qarshiliklarini kuchayishida o’z ifodasini topadi. Birinchi navbatda iqtisodiyotdagi nomutanosib bo’lgan nisbatlar kuchayadi ya'ni ayrim mavsumiy harakterga ega bo'lgan va tushumi past bo'lgan korxonalar tomonidan xalqaro kreditlarni qaytarishda qiyinchilik tug'iladi va aksincha tushumi yuqori o'zining batafsil o'ylab chiqilgan biznes rejasiga ega subyektlar bu kreditlardan maksimal darajada foydalanib, o'z faoliyatini yanada yaxshilab boraveradi. Xalqaro kredit ssuda kapitalining mamlakatlar o’rtasidagi qayta taqsimotini amalga oshirgan hamda ishlab chiqarishni uning ko’tarilishi va tushib ketishi davrlarida notekis o’sishiga ko’maklashgan holda tovarlarni keragidan ko’p bo’lgan hajmlarda ishlab chiqarilishiga ta'sir etadi. Kichik biznes suyektlari ushbu kreditdan hom ashyo manbalarini sotib olish, mahsulot sotish bozorlarini kengaytirish, kapital investitsiya jarayonlarini kengaytirish maqsadlarida faol foydalanadilar. Ssuda kapitallari jahon bozorining kanallari bo’yicha pul muomalasi va kredit, valyuta tizimi, to’lov balanslari hamda milliy va jahon iqtisodiyotlarining yalpi barqarorsizligini kuchaytiradigan "qaynoq" pullar harakati amalga oshadi. Shu sababli kichik biznes subyektlari faoliyatida ijobiy ahamiyati bilan o'z o'rniga ega.
“O`zbekistonda kichik biznesni rivojlantirishda xalqaro kreditning roli” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi yuzasidan quyidagi xulosalarga kelindi:
kichik biznes subyektlarini rivojlantirishda xalqaro kreditning va uning rivojlanish yo'llari ochib berildi;
kichik biznes subyektlarini xalqaro kreditlashning mamlakat va xorijiy davlatlardagi qiyosiy tahlili amalga oshirildi;
kichik biznes subyektlarini xalqaro kreditlashning huquqiy asoslari va ularni kreditlash tartibi ko'rib chiqildi;
kichik biznes subyektlarini xalqaro kredit liniyalari hisobidan kreditlashni amaldagi holati va uning tahlili amalga oshirildi;
tijorat banklari tomonidan kichik tadbirkorlikni xorijiy kredit liniyalari hisobidan bank kreditlarini ajratish tartibi va holatini o‘rganish davomida ajratilayotgan mablag‘lar hajmining oshib borishi kuzatilayotganligi tahlillar davomida ma'lum bo'ldi.
Qilingan xulosalar asosida bitiruv malakaviy ishi obyekti va predmeti bo'yicha quyidagi takliflar berildi:
Banklarning ta'minotlarni baholashdagi mustaqilligini oshirish va nomoliyaviy institutlar tomonidan berilayotgan kafilliklarni kamaytirish yoki cheklash;
Kichik biznesni kreditlashda xorijiy kreditlar hissasini oshirish, berilayotgan kreditlarda bank marjasi faqat 2-3% ni tashkil qilgani uchun ushbu mablag‘lardan olingan daromadlarni soliqdan ozod qilish;
Banklarning kreditlash jarayonidagi mustaqilliklarini oshirish: mijoz xujjatlarini ko'rib chiqish muddatlarini asoslangan hollarda uzaytirish, kreditga layoqatlilikni aniqlashning ob'ektivligini oshirish;
Tijorat banklar tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlarni, ayniqsa dehqon va fermer xo‘jaliklarni, oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilarni tadbirkorlarni xalqaro kreditlashda kredit miqdoridan cheklovlarni hamda kreditning foiz stavkasi kamaytirish;
Kreditlashning overdraft, kontokorrent usullardan keng foydalanish, chunki bu kredit shakllari mijozni doimiy tarzda nazorat qilishda yordam beradi;
Kichik biznes subyektlarini xalqaro kreditlash bo'yicha aniq va mukammal me'yoriy hujjatlar ishlab chiqib, ularni ommaga taqdim etish;
Kichik biznes sohasiga oid har bir qabul qilingan Farmon, Qaror va Nizomlarni bevosita uyushma-tashkilotlar orqali kichik biznes sub'ektlariga tushuntirish ishlarini olib borish.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarining asosiy faoliyati banklar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ular olib borayotgan faoliyat – xom ashyoni sotib olish, ishlab chiqarilgan tovarlar, ko‘rsatiladigan xizmatlarga haq to‘lash, ishlovchilarni ish haqi bilan ta’minlash, turli toifadagi korxonalar, firmalar va boshqalar yuridik shaxslar bilan bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlar avvalo mabklag' hisobidan amalga oshadi. Shuninh uchun ular uchun imtiyozli har tomonlama qulay kreditlar zarurdir.
Yuqorida ta'kidlaganimizdek, kichik biznes iqtisodiyotda muhim ijtimoiy- iqtisodiy vazifalarni bajaradi. Bu vazifalarning eng asosiylaridan biri kichik biznes jamiyatda siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni ta'minlovchi o‘rta sinfning shakllanishiga olib keladi. Har qanday jamiyatda o‘rta mulkdorlar sinfi iqtisodiyot rivojlanishida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Shu sababli kichik biznes subyektlarini qo'llab- quvvatlash ularga keng imkoniyatlar yaratish har bir mamlakat uchun ulkan vazifalardandir. Globallashuv jarayoni tobora ommalashib borayotgan bir paytda, xalqaro kreditlarning harakati ham tezlashib bormoqda. Bu esa albatta iqtisodiyot uchun o'zining munosib hissasini qo'sha oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekiston Strategiyasi» nomli kitobi 2021-yil 9-sentyabr.
“IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHGA OID DAVLAT SIYOSATINI TUBDAN YANGILASH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PF-5975-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “Iqtisodiy rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5621-son
«O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki to'g'risida» gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni 1995-yil 26-dekabr.
O'zbekiston Respublikasi «Bank va bank faoliyati to'g'risida»gi Qonuni 1996-yil 25-aprel.
O'zbekiston Respublikasining «Bank siri to'g'risida»gi Qonuni 2005- yil 25-aprel.
O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida’’gi Qonuni 2012-yil 2-may .
O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012y.
O'zbekiston Respublikasining «Mikromoliyalash to‘g‘risida»gi Qonuni. 2006-yil 15-sentabr.
“Kichik tadbirkorlik subyektlarini milliy valutada kreditlash tartibi to‘g‘irisida” gi Nizom2013-yil 27-dekabr.
“Kichik va xususiy tadbirkorlikni mikrokreditlash tizimini yanada kengaytirish va soddalashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 fevraldagi Qarori.
“Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, 2003- yil, 23- dekabr.
“Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish kafolat jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-apreldagi Qarori.
“Tadbirkorlik subyektlari va keng aholi qatlamiga mikrokreditlar ajratish tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 martdagi PQ-2844 Qarori.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, T.: “O’zbekiston”, 2011.
O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida”gi qonun, T.: “O’zbekiston”, 1995.
O’zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi qonun, T.: “O’zbekiston”, 1996.
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Xalq so’zi, 09.01.2013.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi “2011 – 2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi PQ-1438 sonli Qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Iqtisodiyotni kreditlash mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001 yil 22 avgust, 349-sonli Qarori.
Karimov.I.A. Bank tizimi, pul muomalasi, kredit, investitsiya va moliyaviy barqarorlik to’g’risida.T.,O’zbekiston.2005 y.
Abdullayeva Sh.Z. “Bank ishi” o‘quv qo‘llanma T. “Iqtisod-Moliya” 2010.-341b
Tojiyev R.R. Xalqaro valyuta kredit munosabatlari. Darslik. - T.: TDIU, 2009 y.
«Bozor, pul va kredit» jurnali. (2005-2013 yillardagi sonlari).
Galanov V.A. Finansi, denejnoe obrashenie i kredit: Uchebnik. – M.: FORUM: INFRA-M, 2006. – 416 s. 2 ekz.