O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“XALQARO VALYUTA-KREDIT MUNOSABATLAR” FAKULTETI
“JISMONIY TARBIYA” FANIDAN
TAQDIMOT ISHI
Taqdimot mavzusi: Yengil atletika, yuqori start texnikasi
Fan o’qituvchisi: Karimov F.
Talaba: Nazarov A.R
Guruh: MXVKM-80
Toshkent – 2020
Yengil Atletika
Yengil atletika — sportning eng ommaviy turlaridan biri; turli masofalarga yugurish, sportcha yurish, sakrash (balandlikka, uzunlikka, uch hatlab, langarchoʻp bilan), uloqtirish (nayza, lappak, bosqon), yadro irgʻitish, koʻpkurash (oʻnkurash, yettikurash) mashqlarini oʻz ichiga oladi. Yengil atletikada 50 dan ziyod mashq bor, ulardan 49 tasi Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiri-tilgan (2000 yilgi Sidney olimpiadasida erkaklar Yengil atletikaning 22, ayollar 20 turida musobaqalashishdi). Bundan tashqari, Yengil atletika zamonaviy beshkurash va triatlon sport turlarining bir mashqini tashkil etadi, barcha sport turlarining mashgulot, taʼlim muassasalarining oʻquv, harbiy-tayyorgarlik, salomatlik mashqlari, oʻquvchi-yoshlarning "Alpomish" va "Barchinoy" sport sinovlari dasturidan joy olgan. Gomerning "Iliada", Ibn Sinoning "Tib qonunlari" va b. kitoblarda Yengil atletika mashqlariga oid maʼlumotlar uchraydi
Yengil Atletika tarixi
Qad. Olimpiada oʻyinlarida (mil. av. 776 yildan mil. 394 yilgacha) asosan Yengil atletika boʻyicha musobaqalar uyushtirilgan. Zamonaviy Yengil atletikaning rivojlanishida 19-asrda Angliyada (1837 yildan) musobaqalar, Afinada (1859 yildan) umumgrek oʻyinlari oʻtkazilishi va olimpiada tiklanishi (1896 yildan)ning ahamiyati katta boʻldi.
1912 yilda Xalqaro havaskor Ye. a.chilar federatsiyasi (IAAF) tuzilgan, unga 200 mamlakat aʼzo (2001 yil; Oʻzbekiston Yengil atletika federatsiyasi 1993 yildan aʼzo). IAAF 1977 yildan jahon kubogi (hoz. kunda Gran-pri musobaqalari), 1983 yildan jahon birinchiligi musobaqalarini oʻtkazib keladi.
O’zbekistonda Yengil Atletika
Oʻzbekistonda Yengil atletikaga qiziqish 1885 yilda Margʻilonda shu turga moslashtirilgan oʻyingoh barpo etilgandan keyin kuchaydi. Toshkentda 1902 yildan Yengil atletika musobaqalari, 1919 yildan mamlakat birinchiliklari, 1927 yildan spartakiada oʻtkazila boshlagan. Oʻzbekistonda 135 mingdan ziyod kishi 140 dan ortiq murabbiy qoʻl .ostida Yengil atletika bilan shugʻullanadi, murabbiylardan 3 nafari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi, 10 nafari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozi unvoniga ega (2001).
Oʻzbekistonlik Yengil atletikachilar 1952 yildan Olimpiada oʻyinlarida qatnashadi. Olimpiadalarda Marina Shmonina (4x100 m ga estafetali yugurish, 1992) oltin, Rodion Gataulin (langarchoʻp bilan sakrash, 1988) kumush medalni qoʻlga kiritgan, Ramil Gʻaniyev (oʻnkurash, 1996) 8-oʻrinni egallagan. Oleg Ryaxovskiy (uch xatlab sakrash), Roza Babich (200 m ga toʻsiqlar osha yugurish) va Tatyana Biryulina (nayza uloqtirish) jahon rekordini yangilagan. Ashur Normurodov (uzok, masofaga yugurish) uch marta sobiq Ittifoq chempioni boʻlgan (1967— 69).
YENGIL ATLETIKA SPORT TURLARI
YUGURISH SPORT TURI
Ko'hna Yunoniston qoyatoshlaridan birida taxminan 2,5 ming yillar ilgari yozilgan: „ Agar kuchli bo'lishni istasang - yugur , agar chiroyli boʻlishni istasang yugur, agar aqlli bo'lishni xohlasang - yugur“, degan yozuvlar topilgan. Ma'lum boʻlishicha, yugurish sportning asosiy turi hisoblangan. Yengil atletikada 4 1/2 100 qisqa masofaga (sprinterlik ), ya'ni 60, 100, 200, 400 metrga : estafetali m, 4 1/2 200 m, 4 1/2 400 m li masofaga; oʻrta va uzoq masofalarga, ya'ni 1000 m, 1500 m, 2000 m, 3000 m, 5000 m, 10000 m ga ( stayerlik ) yugurish; marafon ( 42 km 195 m ) yugurish kabi yengil yugurish turlari mavjud. Bulardan tashqari, uzoq masofalarga ( 5 km dan 80 km gacha ) ham yuguriladi.
Mahalliy sharoitda yugurish kross yugurish deb yuritiladi.
TEKIS YUGURISH
Kollej dasturida yengil atletika darslarida qisqa masofalarga (30 — 60 m) va chidamlilikka (1000 m) yugurish tavsiya etiladi. Tekis yugurish tekis maydon yoki stadionlarda o'tkaziladi. Yurish yo'lakchasi kamida 80m boʻlishi zarur (har 15—20 mda to'xtash masofasi boʻladi). Bunday Joylardan qisqa masofalarga yugurish musobaqalari o'tkazishda ham foydalaniladi. Agar sport maydonida shug'ullanishning iloji boʻlmasa, unda yaqin atrofdagi istirohat bogʻlari (alleyalar ning yo'lakchalaridan foydalanish mumkin. Tanlangan Joy yaxshi koʻrinib turishi lozim, shunda muyulishdan kelayotgan velosiðed yoki piyodalar bilan to'qnashib ketilmaydi.
Yugurishni shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo'lish mumkin: start, tezlanish, masofani oʻtish, finish.
Yaqin masofalarga past start qoʻllaniladi. Agar undan oʻrinli foydalanilsa, qisqa vaqt ichida maksimal tezlikka erishish imkoniga ega boʻlish mumkin.
Oʻrta va uzoq masofalarga yugurishda yuqori start qoʻllaniladi. Bu yugurishdan unumli foydalanilsa, masofaning dastlabki metrlaridayoq ilgarilab ketishga erishiladi
Yugurishning bu turi boʻyicha respublikam izda oʻgʻil bolalar va qizlar uchun eng yuqori natijalar quyidagicha qayd etilgan. O'g'il bolalarda 100 m ga yugurish boʻyicha rekord natija Anvar Kuchmurodovga ( 10,50 soniya, elektron hisoblagich); qizlar oʻrtasida Ludmila Lapshina (11,85 soniya) ga tegishli.
Jismoniy tarbiya darslarida 2 1/2 30, 2 1/2 20, 60 m yoki 100 m masofalarga ( 1,2,3 oʻquvchi ) oddiy sekundomer oʻlchovi asosida yuguriladi . Bir necha darsdan keyin dastlab 30 m ga, 2 – 3 darsdan keyin 60 — 100 m ga yugurish me'yorlari topshiriladi.
Pastki start - tez yugurib ketish uchun qulay boʻlgan dastlabki holat. Pastki startdan yugurish uchun tayanch , chuqurcha yoki start gʻoʻlachalari ( kolodka ) dan foydalaniladi.
,, Start " komandasi berilganda :
-tiz choʻkib, qoʻllarga tayaniladi, bir oyoq tizzasi yerga tegib turadi ikkinchi oyoq tayanchda (kolodkada) turadi;
-qo'llarni yelka kengligida qo'yib, yerga tayaniladi, bosh barmoqlar ichkariga qaratiladi, qoʻllar toʻgʻrilanadi, tana ogʻirligi qoʻl va tizzaga bir xilda tushadi. Bosh egiladi va start chizigʻiga qaraladi
Do'stlaringiz bilan baham: |