QISQA MASOFALARGA (SPRINTERLIK) YUGURISH
Ma'lum masofaga yugurayotganda sportchi oyogʻini kaftdan bosib, katta katta qadamlar tashlashga harakat qiladi. Qoʻllar bir marom da harakatlanib tirsakdan bukilgan bo'ladi. Qoʻllar musht qilinmaydi , tana biroz oldinga egilgan bo'ladi . Bel ham butunlay bukilmagan va tishlar ham bir - biriga qattiq bosilmaydi, faqat olg'a intilib , harakatlar erkin bajariladi .
Finishga, chamasi 10-15 metr qolganda yuguruvchi erkin harakatini saqlagan holda oldinga qaraydi, yelkalarni toʻgʻri tutib u yoq - bu yoqqa chalg’imay), tezlikni susaytirmay, fihish chizig'ini keskin kesib o'tadi.
Oʻrta va uzoq masofaga ( kross ) yugurishda (500-3000 m ), odatda , yuqori start qoʻllanadi. Hakam ning ishorasi boʻyicha yuguruvchilar start chizig'idan 3 m narida yigʻiladilar. ,, Start!" buyrug'i bo'yicha ular start chizig'iga yaqin keladilar va yugurishni boshlash uchun eng qulay holatni egallaydilar . Bunday paytda yuguruvchi, start chizig'iga Oldinga qo'yilgan oyoqlar bukilib , qoʻllar oldinga chiqariladi . Ayrim yuguruvchilar qo'lda yerga tayanadilar (start chizig'igacha). Oʻrta masofaga yugurishda „Diqqat!" buyrugʻi berilmaydi. „ Mars!" buyrugʻi berilgach, yuguruvchilar oldinga intiladilar .
Yugurishning boshlanishi sprintdagi kabi, faqat kamroq zo'r berish bilan bajariladi . Yugurish boshlangach, yuguruvchilar gavdani tezda toʻgʻrilab, masofa boʻylab erkin yugurishga oʻtadila.
Oʻrta va uzoq masofaga yugurish
Yugurish vaqtida gavda ozgina oldinga egilib, bosh toʻgʻri tutiladi, yelka kamari va qo'l harakatlari yengil bajariladi. Barmoqlar boʻsh qoʻyiladi. Qadam uzunligi va yugurish tezligi masofa ortib borgan sari kamayadi. Oʻrta masofaga boshlangich, yuguruvchilarda qadan uzunligi tana uzunligidan 15–20 sm ga oshsa, uzoq masofaga yuguruvchilarda — 10—15 sm ga ortadi. O'rta masofaga yugurish paytida yoʻlakka oyoqni qoʻyish kaftning oldingi qismi yumshoq tushishi bilan boshlanib, so'ngra butun kaftga tushish bilan amalga oshiriladi,
Oʻrta - uzoq masofaga yugurishda nafas olish tezligi muhim ahamiyat kasb etadi . Uncha katta boʻlmagan masofaga yugurish paytida bir nafas olish harakati (nafas olish va nafas chiqarish) 6 qadamga toʻgʻri keladi. Tezlik oshgan sayin, nafas olish ham tezlashadi. Bir nafas olish harakati 4 qadamda bajariladi, baʼzan esa 2 qadam da.
Notekis Joylardan yugurish ( poyga ) – yengil atletikaning amaliy turlaridan biridir . Tabliy Joylarda yugurish organizmni mustahkamlaydi , asab tizimiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi , shuningdek , sportning koʻpgina turlarida sportchilarni tayyorlashning muhim vositasi hisoblanadi . Ular notekis Joylarda yugurishdan , mashq qilish paytida foydalanadilar .
Poyga — sportchilarni mashq qildirishning yordamchi vositasigina boʻlmay , balki yugurishning mustaqil sport turi hamdir . Bu yugurish turining oʻziga xos Jihati uning davomiyligi va muskul ishining yuqori jadalliligidir . Poyga yugurishining texnikasi oʻrta masofaga yugurishdagiga oʻxshashdir . Biroq poygachiyuguruvchi joylarning xususiyatlarini hisobga olish va unga oqilona moslashishi zarur bo'ladi . Tepalikka ko'tarilish paytida , masalan , gavdaning oldinga egilishi ortib , harakat tezlashadi , qadam qisqa qoʻyiladi , qoʻllar faol ishlaydi . Yugurish paytida gavda biroz egilgan boʻlib , qadamlar uzunligi ortadi , oyoqlar toʻliq kaftga yoki tovonga qo'yilib , soʻngra uchiga o'tkaziladi , oldinga egilish kamayadi . Aylanma qiyaliklarda qadam uzunligi kamayadi , gavda biroz orqaga tashlanadi .
ESTAFETALI YUGURISH
Estafetali yugurish - musobaqaning jamoaviy turi bo'lib, qatnashchilar estafeta tayoqchasini bir - birlariga navbat bilan uzatib, muayyan masofa bo'lagini yugurib oʻtadilar. Musobaqa qoidasiga koʻra, estafeta tayoqchasi 50 g dan kam bo'lmasligi , uzunligi 30 sm va qalinligi 4 sm bo'lishi kerak. Estafeta tayoqchasini faqat belgilangan zona ( joy ) da uzatishga ruxsat beriladi. Estafeta tayoqchasi bilan yugurish texnikasi am alda masofaga yugurishdan farq qilmaydi. Katta tezlikda keta turib, estafeta tayoqchasini chegaralangan zonada uzatish texnikasi muhim ahamiyatga ega.
Agar estafeta tayoqchasi musobaqa qoidasi buzilmagan holda startdan marragacha olib kelinsa, shunda jamoa yugurish masofasini muvaffaqiyatli tugallagan hisoblanadi. Estafeta tayoqchasi faqat qo'ldan qo'lga uzatiladi , uni otish yoki yo'lak boʻylab dumalat ishga ruxsat berilmaydi.
Agar estafeta tayoqchasi uzatish vaqtida tushirib yuborilsa, u holda uzatuvchi ini tezda ko’tarib olishi darkor. Tayoqchani uzatishda qatnashchilarning o’zaro yordam berishi taqiqlanadi.
Birinchi bisqich qatnashchisi , qisqa masofaga yugurishdagi kabi yugurishni past startdan boshlaydi. Estafetani qabul qiluvchi yo’lakda uzatuvchi tomonidan nazorat belgini 7-9 metr oraliqda qoʻyishi mumkin . Belgini qo'yib qabul qiluvchi uzatish zonasining boshlanishida yuqori yoki yarimyuqori start holatida turadi va nazorat belgisiga butun diqqatini qaratib , o'z jamoasi yuguruvchisini kutib turadi .
200 metrgacha uzunlikdagi bosqichlarda , alohida yo'lak boʻylab yugurish paytida , estafetani qabul qiluvchiga uzatish zonasi boshlanishidan 10 metrda start olishga ruxsat beriladi . Bunday holatda nazarat belgisi yuguruvchi qabul qilgan start joyidan 7-9 metrda bajariladi . Estafetani qabul qiluvchi , oʻzining boshlang'ich yugurishini to'g'ri mo'ljallashi muhimdir , chunki estafeta tayoqchasini uzatish zonasida, to’liq tezlikda bo’lib o’tishi kerak.
Qabul qiluvchi uzatuvchining nazorat belgisiga yetib kelganini bilgan zahoti, darhol, imkon qadar, katta tezlikda yugurishni boshlaydi. Zona oʻrtasida estafetani uzatuvchi bilan qabul qiluvchi orasida cho'zilgan qoʻllar yaqinlashishi va ikkalasining yugurish tezligi ham tenglashishi darkor. Ba estafeta tayoqchasini uzatish uchun eng yaxshi holat hisoblanadi. Uzatuvchi ovoz chiqarib, shartli belgini aytib, „Xop!" deydi. Bu Ishoraga ko'ra qabul qiluvchi tezlikni pasaytirmagan holda, qo'lini orqaga cho‘zadi . Bu paytda kaft pastga qaratiladi, katta barmoq songa yo'naltirilgan bo'ladi. Bu lahzada uzatuvchi pastdan harakat qilib, estafeta tayoqchasini qabul qiluvchining kaftiga qoʻyadi. Bunday uzatish kutilgandek bo'lib, yuguruvchilar, oldinma - ketin borayotib, to'liq tezlikda va qoʻl harakatining tezligi buzilmagan holda, cho'zilgan qoʻllardan bir qadam ham orqada qolmay, tayoqcha uzatiladi .
Sportchi estafeta tayoqchasini uzatib yuborgach, o'z yoʻlagidan tashqariga chiqishi kerak. U boshqa yuguruvchilarga xalaqit bermasligi lozim. Qisqa estafetalarda (4 1/2 60 , 4 1/2 100) tayoqcha bir qoʻlda olib yuriladi va u qo'ldan qoʻlga uzatilmaydi. Bunday paytda estafeta tayoqchasini uzatishning shunday usuli qoʻllaniladi: start oluvchi birinchi bosqichda estafeta tayoqchasini oʻng qoʻlida ushlaydi va imkoni boricha yoʻlak chizig'iga yaqin yuguradi , uni kutayotgan ikkinchi yuguruvchi oʻz yoʻlagining tashqi chetiga yaqin turadi va estafeta tayoqchasini chap qo'lida qabul qiladi; u to'gʻriga (Ikkinchi 100 metrga) — Oʻz yo'lagining o'ng tomoni boʻylab yuguradi va estafeta tayoqchasini chap qoʻldan uchinchi qatnashchining o'ng qoʻliga yoʻlakning chap tomoni bo'ylab yugurayotganga uzatadi; toʻrtinchi yuguruvchi estafetani chap qoʻlda qabul qiladi va marraga yetib keladi.
Estafetali yugurishning boshqa turlarida, sportchi estafeta tayoqchasini o'ng qoʻlda qabul qilib , yugurish davomida oʻngga qoʻyadi, bunda estafeta tayoqchasini qabul qiluvchi uni chap qoʻlidan o'ng qoʻliga uzatish orqali amalga oshiradi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |