Valyuta
|
Foiz stavkasi
|
Muddat
|
Spot kurs
|
EUR (olingan)
|
4,7%
|
90 kun
|
1,3500
|
USD (qo’yilgan)
|
3,125%
|
90 kun
|
|
90 kundan so’nggi natija:
olindi: EUR 10000000 + foiz xarajatlari (117500) = 10117500
qo’yildi: USD 13500000 + foiz daromadlari (105468,75) = 13605468,75
Mazkur holatda 10117500 evroga 13605468,75 dollar ekvivalent bo’ladi. 1 evroga esa:
Forvard kursi = 13605468,75 / 10117500 = 1.3448 USD.
Bu erda forvard kursi (1.3448) spot kursi (1,3500)dan 0,0053 punktga past.
Agarda forvard shartlari asosida valyuta “spot” shartlariga nisbatan yuqoriroq kotirovka qilinsa, unda bu xorijiy valyuta mukofot bilan kotirovka qilinadi. Diskont esa buning teskarisidir.
Mukofot yoki diskont usuli orqali aniqlangan muddatli kurs “autrayt” kursi deb ataladi.
Mukofot bo’lganda valyuta muddatga “spot” kursga nisbatan qimmatroq, diskont bo’lganda esa arzonroq kotirovka qilinadi.
Forvard shartnomalari bo’yicha mukofot va diskontning vujudga kelish sababi tegishli valyutalar yuzasidan muddatga, odatda forvard shartnomasi muddatiga teng, qisqa muddatli depozitlar bo’yicha foiz stavkalarining farqi hisoblanadi.
Mukofot yoki diskontni hisoblashning yana boshqa bir ko’rinishdagi formulasi mavjud, u quyidagicha:11
(SPDv x KS – SPDa x PKF) xSR
P/D = -------------------------------------------- ,
100% x 360
bu erda, P/D – mukofot yoki diskont;
SPDv – “v” valyutasidagi depozit bo’yicha foiz stavkasi, “v”-kotirovka qilinayotgan valyuta;
SPDa – “a” valyutasidagi depozit bo’yicha foiz stavkasi, “a”-savdo qilinayotgan valyuta;
KS – spot kurs;
PKF – tahminiy forvard kursi, u quyidagi formula asosida hisoblanadi:
(SPDv - SPDa) x KS x SR
PKF = ---------------------------------------,
100% x 360
bu erda, SR – forvard shartnomasining muddati.
1-misol. Shveytsariyalik eksportyor 1 mln. AQSh dollari hajmida olgan tushumini (ushbu tushum 3 oy mobaynida bo’sh bo’lganligi sababli) CHFlariga forvard shartlari asosida 3 oyga sotmoqchi.
Bozordagi sharoit:
“Spot” USD/CHF 1,8410 1,8425
3 oylik Evrodollar depozitlari bo’yicha
foiz stavkalari 7% 7 1/8%
CHFdagi 3 oylik Evrodepozitlari
bo’yicha foiz stavkalari 4 5/8% 4 7/8%
shartnomaning muddati 94 kun.
1-operatsiya. Shveytsariyalik bank mijozdan CHFlari evaziga 94 kundan so’ng etkazib berish sharti bilan, aniqlanishi kerak bo’lgan kurs asosida 1mln. USDni oladi.
2-operatsiya. Bank valyuta xavf-xatarini bartaraf etish maqsadida shu zaxoti USDni CHFlariga 1,8410 bozor kursi bo’yicha “Spot” shartlari asosida sotib yuboradi.
3-operatsiya. Bank o’z majburiyatlari bo’yicha javob bera olmaslik xavf-xatarining oldini olish maqsadida to’lov muddatlaridan kelib chiqqan holda:
-1 mln. AQSh dollarini Evrodollar bozorida 3 oyga 7 1/8%
ustidan qarzga (kredit) oladi;
-ushbu summani bank CHFlariga aylantirib, Shveytsariyada 4 5/8% evaziga 3 oyga depozitga qo’yadi.
4-operatsiya. Mazkur operatsiyalar bankga 1 yilda quyidagiga tushadi:
(4 5/8 – 7 1/8) x 1,8410
------------------------------ = -0,0460 CHF.
100 x 360
3 oyga esa bu quyidagini tashkil etadi:
-0,0460 x 94
---------------- = -0,0120 CHF.
360
Dollarli ssuda bo’yicha bank tomonidan to’lanadigan foizlar va CHFlarida bank tomonidan depozit uchun olinadigan foizlarning farqi 3 oyda har bir dollarga -0,0120 CHFni tashkil etadi.
5-operatsiya. AQSh dollarida 94 kunga olingan qarz mijozdan forvard shartlari asosida olingan dollarlar hisobidan dollarlarda to’lanadi, depozitdan esa muddati etganda CHFlarida daromad olinadi.
Dollarda olingan qarz bo’yicha to’lanadigan foizlar quyidagini tashkil etadi:
1000000 x 7 1/8% x 94
------------------------------ = 18604,17 dollar.
100 x 360
Shveytsariya franklarida ochilgan depozitga hisoblangan foizlar quyidagini tashkil etadi:
1841000 x 4 5/8% x 94
------------------------------ = 22232,63 frank.
100 x 360
6-operatsiya. Bank 4-operatsiya natijasida har bir dollardan 3 oyga 0,012 CHF zarar ko’radi va AQSh dollaridagi qarzni shveytsariya franklariga aylantirish uchun kurs 1,8410 – 0,012 = 1,8290ni, ya’ni tahminiy forvard kursini aniqlaydi hamda AQSh dollaridagi kredit bo’yicha xarajatni ushbu kurs asosida Shveytsariya franklariga aylantiradi, ya’ni 18604,17 x 1,8290 = 34027,03 CHFni tashkil etadi.
Endi bank eksportyorga agarda undan forvard shartlari asosida 3 oy muddatga 1 mln. AQSh dollarini olgan bo’lsa qanday miqdorda shveytsariya franklarini to’lashini aniqlaymiz. Forvard operatsiyalari bo’yicha shveytsariya franklaridagi hisob raqamni dollarli qarzning foizlar summasiga (shveytsariya franklarida) kreditlab, uni yana shveytsariya franklaridagi depozit bo’yicha olinadigan foizlar summasiga ya’ni 22232,63 CHFga debetlagan holda, biz quyidagiga ega bo’lamiz:
1841000 + 22232,63 – 34027,03 = 1829205,6 CHF.
Keltirilgan hisob raqamlardan ko’rinib turibdiki, xedjinglash bo’yicha operatsiyalar amalga oshirilganidan so’ng bank 1 mln. AQSh dollari uchun 1841000 CHF o’rniga (1,8410-spot kurs) faqat 1829205,6 CHF bermoqda. Ushbu summa AQSh dollaridagi kontrakt summasiga bo’linsa, ya’ni 1829205,6 CHF / 1000000USD biz 1,8292 CHF iborat 3 oylik forvard kursiga ega bo’lamiz. Mazkur holatda spot va forvard kurslari o’rtasidagi farq -0,0118 (1,8292 – 1,8410)ni tashkil etadi va ushbu miqdor sotib oluvchining diskonti bo’lib hisoblanadi.
Misolimizdagi 1,8292 kurs sotib oluvchining kursi va -0,0118 miqdoridagi diskont sotib oluvchining diskonti bo’lib hisoblanadi.
2-misol Yuqoridagi 1-misol shartlari saqlangan holda endi mijoz (importyor) bankdan forvard shartlari asosida 1 mln. AQSh dollarini 3 oyga sotib olmoqchi bo’lgan vaziyatni ko’rib chiqamiz. Bu holda biz quyidagi operatsiyalarni amalga oshiramiz:
1-operatsiya. Forvard operatsiyasini aks ettirish.
2-operatsiya. 1,8425 “Spot” kursi asosida valyuta xavf-xatarini bartaraf etish.
3-operatsiya. Bank o’z majburiyatlari bo’yicha javob bera olmaslik xatarining oldini olish maqsadida to’lov muddatlaridan kelib chiqqan holda:
-1842500 CHF-ni 3 oyga 4 7/8% hisobiga qarzga (kredit) oladi;
-bu summani AQSh dollariga aylantirib, evrodollar depozitiga 3 oy muddatga 7% hisobiga qo’yadi.
Bu operatsiyalar bankga 3 oyga quyidagiga tushadi:
(4 7/8 – 7) x 1,8425 x 94
------------------------------ = -0,0102 CHF.
100 x 360
4-operatsiya. Evrodollar depoziti bo’yicha hisoblangan foizlar quyidagini tashkil etadi:
1000000 x 7 x 94
------------------------------ = 18277,78 USD
100 x 360
Bank tomonidan shveytsariya franklaridagi qarzga hisoblangan foizlar:
1842500 x 4 7/8 x 94
------------------------------ = 23453,49 CHF
100 x 360
5.Tahminiy forvard kursi 1,8425 – 0,0102 = 1,8323 CHF-ni tashkil etadi. Dollarli depozit bo’yicha hisoblangan va shveytsariya franklarida ifodalangan foizlar 18277,78 x 1,8323 = 33490,39 CHFga teng bo’ladi.
1 mln. AQSh dollarini forvard shartlari asosida sotib olish uchun kerak bo’ladigan shveytsariya franklarining hajmi quyidagiga teng:
1842500 - 33490,38 + 23453,49 = 1832463,10 CHF
Bunda aniqlangan forvard sotuvchining kursi 1,8325 CHFni, sotuvchining diskonti esa 0,010ni (1,8324-1,8425) tashkil etadi.
Yoki forvard kursini hisoblashni boshqa usuli ham mavjuddir, u quyidagicha ko’rinishga ega:
KS ∙ (SPDv - SPDa) ∙ SR
Bid forward = --------------------------------- ,
360 ∙ 100% + (SPDa ∙ SR)
agarda yuqorida keltirilgan masaladagi ma’lumotlarni ushbu formulaga qo’ysak, unda quyidagi natijalarga ega bo’lamiz:
1,8410 ∙ (4 5/8 – 7 1/8) ∙ 94
Offer forward = --------------------------------- = - 0,011798 CHF
360 ∙ 100% + (7 1/8 ∙ 94)
1,8410 – 0,011798 = 1,8292 CHF.
KS ∙ (SPDv - SPDa) ∙ SR
Offer forward = --------------------------------- ,
360 ∙ 100% + (SPDa ∙ SR)
1,8425 ∙ (4 7/8 – 7,0) ∙ 94
Offer forward = --------------------------------- = 0,0100 CHF
360 ∙ 100% + (7,0 ∙ 94)
1,8425 - 0,0100 = 1,8325 CHF.
Shunday qilib, depozit stavkalari kredit stavkalariga nisbatan yuqori bo’lgan xorijiy valyutalar, muddatga spot operatsiyalarga nisbatan arzonroq, diskont bilan kotirovka qilinadi. Aksincha, depozit stavkalari kredit stavkalariga nisbatan past bo’lgan xorijiy valyutalar, muddatga spot operatsiyalarga nisbatan qimmatroq, mukofot bilan kotirovka qilinadi.
Yuqorida keltirilgan barcha misollardan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:
-savdo qilinayotgan valyutaning foiz stavkasi < kotirovka qilinayotgan valyuta foiz stavkasidan – mukofot – forvard kursi > spot kursidan;
-savdo qilinayotgan valyutaning foiz stavkasi > kotirovka qilinayotgan valyuta foiz stavkasidan – diskont – forvard kursi < spot kursidan.
Do'stlaringiz bilan baham: |