Bitim sanasi Spot sanasi Bir oylik sana
24 yanvar 26 yanvar
25 yanvar 27 yanvar
26 yanvar 28 yanvar 28 fevral
27 yanvar 29 yanvar
28 yanvar 30 yanvar
29 yanvar 31 yanvar
Keltirilgan misolda ko’rsatilgan barcha kunlar ish kunlari bo’lishi mumkin emas, bir yoki bir nechta spot kunlari shanba yoki yakshanbaga to’g’ri kelishi mumkin. Ushbu misol shuni ko’rsatadiki, oyning oxiridagi bir qator operatsiyalar va hisob-kitob kunlari bir turdagi forvard sanasi yoki sanalariga ega bo’lishi mumkinligini ko’rsatadi. Mazkur tizimga muvofiq 28 fevral, 26, 27 fevral yoki ulardan avval keladigan har qanday, ikkala markazlarda (mamlakatlarda) ish kuni talablariga javob beradigan sana bilan o’zgartirilishi mumkin. Bunday tartib boshqa oylarga nisbatan ham qo’llanilishi mumkin.
Nima sababdan boshqa oyga o’tib bo’lmaydi? Bozordagi professionallar biladiki ayniqsa oyning oxiri chorakning oxiri yoki yilning oxiri bilan to’g’ri kelib qolsa oyning oxirida bozorda birmuncha jonlanish bo’ladi. O’z navbatida ushbu jonlanish forvard kotirovkalariga ta’sir etib, pirovard oqibatda anomal (oddiy tushuntirib bo’lmaydigan) foiz stavkalarda o’z aksini topadi va bunday holatda navbatdagi ish kuni usulidan foydalanish ikkala oy oxirini muvofiqlashtirish zaruratini keltirib chiqaradi.
Fevralda bitimlar amalga oshirilganda dilerlar 28 fevral / 1 mart omilini inkor qilishlari mumkin. Agar spot sanasi 1 yoki 2 fevralga to’g’ri kelsa va diler tomonidan bitim 1 oy muddatga, ya’ni martdagi 1-ish kuniga amalga oshirilsa, unda diler tomonidan fevral / mart davri sinchkovlik bilan ko’rib chiqilishi lozim hamda bunda endi dilerni fevral va mart oylarining oxiri qiziqtirmaydi. Bundan tashqari agarda u spot sanalarining yanvar oyiga to’g’ri kelishini bilsa, dilerning harakatlari osonlashadi chunki bunda forvard sanasi kelasi taqvim oyiga to’g’ri keladi.
Shunday qilib, turli mamlakatlar o’rtasida shartnomalar amalga oshirilganda oyning oxiridagi spot sanasi forvard oylarining kunlarida bir qancha anglashilmovchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
“Nostandart” to’lov muddatlari deganda, bitim amalga oshishining aniq bir kunini standart forvard tuzilmasiga kiritib bo’lmaydigan, barcha forvard sanalari ko’zda tutiladi. Agar standart forvard hisob-kitob sanalari 1, 2, 3 va shu kabi oylarga belgilansa, mijoz esa kotirovkani 2, 5 oyga olmoqchi bo’lsa, bu degani mijoz hisob-kitoblarning “nostandart” muddatiga kursni hamda “nostandart” sanasini belgilashni so’rayotganligini bildiradi.
Ayrim professionallar asosan spot asosidagi nostandart forvard sanalariga ixtisoslashadilar. O’z xizmatlari uchun haqni ular odatda sotuvchi va sotib oluvchi kurslari o’rtasidagi marjani kengaytirish orqali o’z kotirovkalari hisobiga oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |