1) Indekslar barcha narsalarni hisobga oladi. Ushbu texnik tahlilning asosiy qoidasidir. Dou nazariyasiga muvofiq talab va taklifga ta’sir eta oladigan har qanday omil indeksning dinamikasida o’z aksini topadi. Bu yerda har qanday omil deganda tabiiy ofatlar yoki xudoning irodasi ham ko’zda tutilgan. Hammaga ma’lumki, ushbu hodisalarni oldindan bilib bo’lmaydi, ammo bunga qaramay, bozor ushbu hodisalarni hisobga oladi va ular baholar dinamikasida o’z aksini topadi.
2) Bozorda tendentsiyalarning 3 ko’rinishi mavjud. Tendentsiyalarga Dou tomonidan berilgan ta’rif quyidagicha: yuqoriga ko’tarilib borayotgan tendentsiyada so’nggi har qanday cho’qqi va so’nggi har qanday pasayish o’zidan avvalgisidan yuqoridir. Boshqacha qilib aytganda, ayiq tendentsiyasidagi “abris”ning egrisi ketma-ket o’sib borayotgan cho’qqi va pasayishlari bilan bo’lishi lozim. Bunga muvofiq, pasayib borayotgan tendentsiyada so’nggi har bir cho’qqi va pasayish avvalgisidan past bo’ladi.
Dou tendentsiyalarning 3 toifasini ajratgan: birlamchi, ikkilamchi va kichik. Eng katta e’tiborni Dou birlamchi yoki asosiy tendentsiyaga bergan. Ushbu tendentsiya 1 yildan oshiq va hatto bir necha yil davom etishi mumkin. Douning o’ylashicha, fond bozoridagi ko’pchilik investorlar bozor harakatining asosiy yo’nalishini hisobga oladi. Dou tendentsiyaning 3 toifasini dengizdagi suvning kelishi, to’lqinlar va mayda to’lqinchalar bilan qiyos qilgan. Asosiy tendentsiya haqiqatda ham suvning kelishiga o’xshaydi (priliv). Ikkilamchi yoki oraliq tendentsiya priliv hosil qilgan to’lqinlarga o’xshaydi. Kichik tendentsiyalar esa dengizdagi mayda to’lqinchalarga o’xshaydi.
Suv bosib kelayotgan paytda qirg’oqqa chiqayotgan har bir to’lqin izini qoziqlar bilan belgilab borilsa, suvning kelish kuchini aniqlash mumkin va har so’nggi to’lqin avvalgisidan yuqoriroq bo’lsa, unda suv kelishi kuchayib borayotganligini sezish (xulosa qilish) mumkin. Aksincha, to’lqinlar uzunligi pasaya borsa, suvning qaytishi boshlandi, deb xulosa qilinadi.
Ikkilamchi yoki oraliq tendentsiya, asosiy tendentsiyaga nisbatan muvofiqlashtiruvchi bo’lib hisoblanadi va odatda 3 haftadan 3 oygacha davom etadi. Ushbu oraliq tuzatishlar, avvalgi tendentsiya baholari bosib o’tgan masofaning 13dan to 23 gachasini tashkil etadi.
Kichik va qisqa muddatli tendentsiyalar 3 haftadan ko’p bo’lmagan davr mobaynida mavjud va oraliq tendentsiya doirasidagi qisqa muddatli tebranishlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |