Uchib, ko’tarilgan ikki qarg’a
“Uchib, ko’tarilgan” so’zi birinchi qora shamning kichik tanasi va undan avvalgi sham tanasi (undan avvalgi sham odatda uzun oq tanaga ega bo’ladi) orasidagi baholi farqni bildiradi. “qarg’alar” – ikki qora sham. Ushbu model ayiq xarakteriga ega. Yaxshi ko’rinishda ikkinchi qarg’aning ochilish bahosi birinchi qarg’a ochilish bahosidan yuqoridir, yopilish bahosi esa birinchi qarg’a yopilish bahosidan pastdir. Modelning mazmuni – agarda to’rtinchi savdo sessiyasining bahosi yuqoriga ko’tarila olmagan bo’lsa, unda baholar pasayishini kutish mumkin.
Tatamida ushlab turish
Model “ikki uchib, ko’tarilgan qarg’ani” eslatadi, ammo ho’kizli darak bo’lib hisoblanadi. Dastlabki uch sham “ikki qarg’a” modelidagi shamlarga o’xshash, biroq ulardan keyin yana bir qora sham paydo bo’ladi, ochilish bahosi yuqori bo’lgan keyingi oq sham esa o’zidan avvalgi shamning maksimumidir yoki uning yopilish bahosi qora sham maksimumidan yuqori bo’ladi. “Ushlab turish” o’z ichiga uchta emas, balki ikki qarg’ani olishi mumkin.
“Ikki uchib, ko’tarilgan qarg’a” va “Tatamida ushlab turish” juda kam uchraydi.
4.7.1. Dou nazariyasi
Dou nazariyasiga 1884 yilda Charlz Dou tomonidan asos solingan. 1884 yilning 3 iyulida u dastlab aksiyalarning o’rtacha bozor kurslarini matbuotda chop etgan edi.
Mazkur indeks ushbu ko’rinishda to 1897 yilgacha mavjud bo’lgan va bundan so’ng 2 tarkibiy qismga bo’lingan, ya’ni: 12 sanoat kompaniyalari indekslari va 20 temir yo’l kompaniyalari indekslariga.
1928 yilga kelib, sanoat kompaniyalarining indeksi o’z ichiga endi 12ta emas, balki 30 aksiyani olgan edi. 1929 yilga kelib kommunal korxonalar indeksi paydo bo’ldi. Biroq bugungi kundagi indekslarga 1884 yilda, dastlab Dou indeksining paydo bo’lishi asos solgan edi.
Charlz Dou va Edvard Djons 1882 yilda “Dou Djons va Ko” firmasini tashkil etgan edi. Ushbu shaxslarning investitsiya tahliliga qo’shgan salmoqli hissasini yuksak baholagan holda texnik tahlilchilar Assotsiatsiyasi yuqorida zikr etilgan firmaga kumush kubok sovg’a qilgan.
Charlz Dou texnik tahlil sohasida hech qanday nazariy izlanish yozmagan bo’lsa-da, u fond bozorining tendentsiyalari haqidagi fikrlarini “Uoll Stritt Djornal” gazetasida 1890 yilning oxirlarida chop etgan.
1902 yilda janob Dou vafot etgandan so’ng 1903 yilda S. Nelson o’zining “Fond bozoridagi chayqovchilik alifbosi” kitobida Douning ushbu fond bozori tendentsiyalarini chop etadi va mazkur kitobda birinchi bor “Dou nazariyasi” atamasi ishlatiladi.
Dou nazariyasining ahamiyati shundaki, bugungi kunda biz texnik tahlil deb atayotgan narsaning o’zi ushbu nazariyadan kelib chiqadi.
Dou nazariyasining 6 qoidasi:
Do'stlaringiz bilan baham: |