Pul o’tkazmalari va real valyuta kursidagi o’zgarishlar41.
|
Real valyuta kursi
|
Bazis davrda pul o’tkazmalari
|
Yakuniy davrdagi pul o’tkazmalari
|
Argentina
|
-1,6
|
0,7
|
0,5
|
Boliviya
|
-0,3
|
0,1
|
1,5
|
Braziliya
|
-5,3
|
0,1
|
0,6
|
Chili
|
0,1
|
0,0
|
0,0
|
Kolumbiya
|
0,5
|
1,1
|
4,0
|
Kosta Riko
|
0,3
|
0,2
|
1,8
|
Dominikan Respublikasi
|
-0,4
|
5,0
|
12,7
|
Ekvador
|
3,0
|
0,5
|
5,7
|
El Salvador
|
3,4
|
7,4
|
16,1
|
Gvatemala
|
3,3
|
1,6
|
8,7
|
Gaiti
|
3,0
|
2,7
|
41,2
|
Gonduras
|
1,1
|
2,1
|
12,5
|
Yamayka
|
1,0
|
4,4
|
17,7
|
Meksika
|
1,8
|
1,2
|
2,4
|
Panama
|
-1,2
|
0,3
|
0,7
|
Paragvay
|
-1,6
|
0,6
|
3,7
|
Peru
|
-0,6
|
0,3
|
1,4
|
Bazis davr qilib 1990 yil, Yakuniy davr qilib 2003 yil olingan.
Ushbu jadvaldan ko’rib turganimizdek, real valyuta kursining qadri boshqalarga nisbatan eng ko’p oshgan Ekvador, El Salvador, Gvatemala va Gaiti pul o’tkazmalari yuqori sur’atda bo’lgan mamlakatlarga guruhiga kiradi. Real valyuta kursi o’zgarishi +1% atrofida bo’lgan mamlakatlar Gonduras, Yamayka va Meksikalarda chet mamlakatlardan migrantlarning pul mablag’lari tushumi YaIM da sezilarli ulushni tashkil etadi.
Pul o’tkazmalarining real valyuta kursiga ta’sir etishi o’z navbatida eksportda xam aks etadi. Ya’ni, mamlakatga pul o’tkazmalari orqali kelib tushgan valyuta natijasida real valyuta kursining ko’tarilishi eksportga yo’naltirilgan ishlab chiqarish raqobatbardoshligini tushiradi va eksportni qisqarishi, hamda importni oshishiga olib keladi. Bundan tashqari, xorijda ishlayotganlarning pul mablag’larini to’g’ri va aniq baholay olmaslik pul – kredit siyosati samaradorligini t ushiradi, naqd va naqdsiz valyutalar oldi-sotdi kurslari o’rtasida farq yuzaga keladi. Jumladan, jismoniy shaxslar pul o’tkazmalari orqali naqd valyutani oladilar va uning bir qismini qattiq valyutada ushlasalar, qolganini ehtiyojlari uchun sarflaydilar. Mamlakat xududida tovar va xizmatlar xaridi uchun milliy valyuta zarur bo’lgani uchun kelib tushgan valyuta almashtirish shahobchalari orqali naqd milliy valyutaga almashtiriladi. Bunday operatsiyalarning kutilmaganda ko’payib ketishi naqd milliy valyutaga bo’lgan talabni oshib ketishi va kurs ko’tarilishiga olib keladi.
Ma’lumki, mamlakatimizda pul massasini tartibga solishda asosan bankdan tashqari naqd pullarga e’tibor qaratiladi. Naqd valyuta bilan (milliy valyutaga almashtirish yoki sotish) operatsiyalari ko’payib ketishi muomalada naqd pullarni ko’paytiradi. Naqd pullar cheklangan holatda esa, almashtirish ehtiyoji qondirilmagan jismoniy shaxslar parallel noqonuniy bozorga murojaat qiladilar. Shu zaylda parallel noqonuniy bozorda xorijiy valyuta kursi rasmiy kursdan pasayishi kuzatiladi (3.7- rasmga qarang).
Valyuta tushumining muhim manbasi hisoblangan pul o’tkazmalari o’tish davrida turgan mamlakat uchun kreditga layoqatini oshirish va xalqaro moliya bozoriga chiqishga xizmat qilishi mumkin. Masalan, pul o’tkazmalarini valyuta tushumi manbasi sifatida oladigan bo’lsak, Albaniya va Bosniyada eksportning tashqi tashqi qarzga nisbati qariyb 50%ga qisqaradi. Kapital oqimidan farqli ravishda pul o’tkazmalari qarz yoki boshqa majburiyatlarni bajarish kabi mas’uliyatdan holi bo’ladi.
Mohiyatan, pul o’tkazmalari moliya tuzulmalariga odatdagi usulardan farqli ravishda, nisbatan sifatli moliyalash imkonini beradi. Masalan, Turkiya bunday usuldan samarali foydalanish maqsadida pul o’tkazmalarini kafolatlash shaklini joriy etgan, shuningdek, Qozog’iston xam shu asosda investitsiyalarni jalb qilish mexanizmini tadbiq etmoqda (Jahon banki, 2006).
Pul o’tkazmalari hech kimning daromadini kamaytirmagan holda, kambag’allik darajasini qisqartirishiga ijobiy ta’sir etadi. Jahon banki mutaxassislari olib borgan tadqiqotlarga ko’ra, mamlakat aholisida migrantlar ulushi 10% ga oshishi kunlik daromadi 1 dollardan kam bo’lgan aholi ulushini 1,9%ga qisqartiradi42.
O’zbekistonda pul o’tkazmalari ko’lamining kengayishini ishchi kuchi migratsiyasi belgilab beradi. O’zbekistondan eng ko’p ishchi migrantlarni qabul qiluvchi mamlakat bo’lib, Rossiya Federatsiyasi hisoblanadi (9.4-rasmga qarang).
Do'stlaringiz bilan baham: |