Evrovalyuta bozori – G’arbiy Evropa mamlakatlari xalqaro valyuta bozori bo’lib, ularda shu hududda aylanadigan valyutalar ayirboshlanadi. Evrovalyuta bozorini faoliyat yuritishi valyutaning emitent mamlakatdan tashqarisida naqdsiz depozit va ssuda operatsiyalarida qatnashishi bilan bog’liq. Evrobozorlar davlat bozorlari hisoblanmaydi. Ularning vujudga kelishi korxona, investor, davlat ehtiyojlari paydo bo’lishi bilan bog’liq. Evrobozordagi operatsiyalar davlatning valyutani tartibga solish va aniq bir mamlakat soliq qonunchiligidan chetda qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |