Yulduzlar
Yulduz – o’zidan avvalgi katta tanaga ega bo’lgan sham bilan baholi farqni hosil qiluvchi kichik tanali shamdir (har qanday rangdagi). Sham tanalari orasidagi farq – yulduz hosil bo’lishining muhim shartidir (soyalar hisobga kirmaydi).
Yulduzlar qayta burilishning to’rt modeli tarkibiga kiradi:
Yuqoridagi yulduz.
Ertalabki yulduz.
Doji yulduzi.
Tushayotgan yulduz.
Ertalabki yulduz
Tubdagi qayta burilish modeli.
Uchinchi sham birinchi sham tanasining ko’p qismini qoplaydi. Eng yaxshi holatda – birinchi va uchinchi sham bilan (soyalar hisobga kirmaydi), ammo shart emas.
Kechki yulduz
Ertalabki yulduzning ayiq egizagi.
Kechki yulduz ko’tarilib borayotgan tendentsiyaning oxirida nihoyatda ahamiyatlidir, biroq savdo yo’lagining yuqori qismida paydo bo’lishida ham bo’lishi mumkin (qarshilik darjasi).
Ertalabki va kechki yulduzlar uchun kuchaytiruvchi omillar:
Yulduzlar tanalari va ikki qo’shni shamlar orasidagi farqlarni mavjudligi.
Uchinchi shamning tanasi birinchi sham tanasining ko’p qismini qoplamoqda.
Birinchi savdo sessiyasi davrida savdoning kichik hajmi va uchunchi sessiya davrida savdoning katta hajmi.
Dojining kechki yoki ertalabki yulduzi
Doji yulduzi oddiy yulduzga nisbatan ahamiyatli model bo’lib hisoblanadi, chunki unda doji mujassamdir. Ammo dojidan so’ng baholi farqni (ko’tarilib borayotgan tendentsiya davrida yuqoriga yoki pasayib borayotgan tendentsiya davrida pastga) hosil qiluvchi sham (ko’tarilib borayotgan tendentsiya davrida oq sham yoki pasayib borayotgan tendentsiya davrida qora sham) paydo bo’lsa doji ayiq yoki ho’kiz daragi bo’lishidan to’xtaydi.
Kuchli darak – “tashlangan chaqaloq”. Doji yuldo’zining qo’shni shamlar bilan baholi farqi bilan tavsiflanadi, bunda hatto soyalar ham o’zaro kesishmaydi.
Tushayotgan yulduz
Tushayotgan yulduzda tana uncha katta emas va sham baholi diapazonining pastki qismida joylashgan; yuqori soya uzun. Boshqa yulduzlardagi singari tushayotgan yulduz tanasining rangi ahamiyatli emas.
Mazkur model baholar o’sishi ehtimol tugayotganligi to’g’risida ogohlantiradi. Kechki yulduzdan farqli o’laroq muhim daraklar qatoriga kirmaydi. Juda bir chiroyli tushayotgan yulduzning tanasi o’zidan avvalgi sham tanasi bilan farqni hosil qiladi, ammo bu majburiy emas.
Ag’darilgan bolg’a, tushayotgan yulduzga o’xshashdir. Biroq, tasdiqlovchi ho’kiz daraklarini kutmoq darkor. Masalan, ochilishning keyingi bahosi ag’darilgan bolg’a tanasidan yuqoridir, boshqa tasdiq – nisbatan yuqori baho darajasiga ega bo’lgan oq sham.
Qayta burilishning boshqa modellari.
Do'stlaringiz bilan baham: |