Xalqaro valyut-kredit munosabatlari



Download 491,63 Kb.
bet79/86
Sana18.07.2022
Hajmi491,63 Kb.
#819687
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   86
Bog'liq
10-y-XALQARO-VALYUTA-KREDIT-MUNOSABATLARI-Darslik-T.-2009-R.R.-Tojiev

Ssr = ,
Lim

bu yerda: Ssr - o’rtacha muddat; N3 - so’ndirilmagan qarzdorlik (ma'lum bir sanaga); Lim - kreditning summasi (limiti).
Masalan, jihozlarning turlicha bahoga ega bo’lgan alohida butlovchi qismlarini yetkazib berilishida kreditdan bir maromda foydalanilmaydi. Mazkur holatda kreditning o’rtacha muddati qarzdorlik summasini (ma'lum bir sanaga foydalanilgan, ammo hali so’ndirilmagan kredit) kreditning summasi (limiti)ga bo’lish orqali aniqlanadi. qarzdor kreditning muddati, import qilinayotgan tovarlarga hamda kreditni olish bilan bog’liq xarajatlarga haq to’lashning odatda yoqimli shart-sharoitlarini yaratishga intiladi.
So’ndirilish shartlariga ko’ra kreditlar quyidagi turlarga farqlanadi:

  • kelishilgan muddat davomida bir xil ulushlarda va bir maromda so’ndirilishi bilan;

  • kelishuvda qayd etilgan tamoyil va grafikga muvofiq (masalan, muddatning oxirida ulushning ortishi bilan) notekis so’ndirilishi bilan;

  • to’liq summani birato’la so’ndirilishi bilan;

  • annuitetli (qarz asosiy summasi va foizlarining yillik teng badallari).

Eksportli kreditlashning xalqaro amaliyotiga muvofiq kredit so’ndirilishining boshlanish jarayonini hisob-kitob qilish uchun eksportyor (pudratchi) tomonidan tijorat shartnomai bo’yicha tegishli majburiyatlarni yakunlanish sanasi (tovarlar yetkazib berilish jarayonini tugashi, kredit hisobiga qurilgan ob’yektning topshirilishi to’g’risidagi bayonnomaning imzolanishi va boshqalar) mezon sifatida qabul qilinadi.
Ko’rsatilgan sanalarning ko’pchiligi shartnomalar va kredit shartnomalarda bevosita qayd etiladi. Kredit so’ndirilishi jarayonining boshlanishini aniqlash yetkazib berishning o’rtacha tortilgan sanasi asosida hisoblanishi istisno sifatida bo’lishi mumkin. Ushbu yetkazib berishning o’rtacha tortilgan sanasi quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Dsr/v = (S1*T1) + (S2*T2) + (S3*T3) + … + (Sn * Tp/Sk),

bu yerda: Dsr/v - yetkazib berishning o’rtacha tortilgan sanasi; S - alohida (qisman) yetkazib berish summasi;
T - yetkazib berish davri;
Sk - shartnoma summasi (yetkazib berishlarning umumiy qiymati). Navbatdagi to’lov summasi quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Lim x Z

, 1
1 - (1 + Z) n

bu yerda: Lim - kreditning limiti; Z - foiz stavkasi;
n - asosiy qarz summasi va foizlarni so’ndirish davrlarining soni.
Kreditning bahosi. Kredit bahosining kelishilgan va yashirin elementlari farqlanadi. Kelishilgan elementlari, ya'ni kelishuvlar bilan asoslangan kredit bo’yicha xarajatlar asosiy va qo’shimcha elementlarga bo’linadi. Kredit bahosining asosiy elementlariga qarzdor tomonidan kreditorga bevosita to’lanadigan summalar, foizlar, garovni rasmiylashtirish bilan bog’liq xarajatlar kiradi. Qo’shimcha elementlar qarz oluvchi tomonidan uchinchi shaxslarga (masalan, kafolat uchun) to’laydigan summalarni o’z ichiga oladi. Asosiy foizga ustama ravishda (kreditning summasi va muddatiga ko’ra) maxsus va yakka tartibda (kreditning summasi va muddatidan qat’iy nazar) bankning vositachilik haqi undiriladi. O’rta va uzoq muddatli kreditlar bo’yicha esa ssudani taqdim etish majburiyati hamda mablag’larni zahiralash uchun (odatda 0,2-0,75%) vositachilik haqlari undiriladi. Bank konsortsiumi tomonidan kredit
operatsiyalarini amalga oshirilishida qarz oluvchi bosqaruv xizmatlari uchun menejer-bankka (kredit summasining 0,5%gacha) yakka tartibdagi vositachilik haqi, telefon aloqasi xizmatini hamda ishtiroklari uchun boshqa banklarga (0,2- 0,5%) haq tulaydi.
Xalqaro kredit ichki kreditga bog’liq bo’lmagan holda alohida ma'lum bir darajada rivojlansa-da, uning foiz stavkalari esa ichki kredit foiz stavkalari zaminida shakllanmaydi hamda oxir-oqibatda xalqaro kreditning "bahosi" (ishlab chiqarishning baynalmilallashgan bahosi singari) yetakchi kreditor mamlakatlar, birinchi navbatda AQSh, Yaponiya, Germaniyaning foiz stavkalariga asoslanadi. Biroq ssuda foizining ko’p omilliligi sababli milliy stavkalar darajalari orasida uzilish hosil bo’ladi.
Foiz va uning tebranish sur'atlarini iqtisodiyotning barqarorsizligi, inflyatsiyaning kuchayishi, valyuta kursining tebranishi, jahon bozorida raqobat kurashini aks ettiruvchi "foiz stavkalari urushi"ning oqibati sifatidagi misli ko’rilmagan o’sishi davriy asosda amalga oshadi.
70-yillar qat’iy belgilangan foiz stavkalari bilan bir qatorda bozor stavkasining darajasiga muvofiq ravishda o’zgarib turadigan erkin suzuvchi foiz stavkalari paydo bo’ldi. Erkin suzuvchi foiz stavkasi asosida taqdim etiladigan kredit muddatining bir qismi (odatda 3-6 oy) mobaynida foiz stavkasi qat’iy, o’zgarmas deb belgilanadi hamda ushbu davr foizli davr deb ataladi.
Haqqoniy (real) foiz stavkasi bu, nominal foiz stavkasidan inflyatsiya sur'ati ayirib tashlangan ma'lum bir davr foiz stavkasidir. Agarda pullarning qadrsizlanish sur'ati nominal stavka hajmidan yuqori bo’lib chiqsa, unda haqiqiy (real) foiz stavkasi manfiy ifodaga ega bo’lib qoladi. Milliy foiz stavkalar darajalarining birxillashtirilishi nafaqat mamlakatlar o’rtasidagi qisqa muddatli kapitallar harakati oqibatida, balki valyuta kurslari dinamikasiga bog’liq holda ham amalga oshadi. Odatda valyuta kursi qanchalik yuqori bo’lsa, ushbu Yevrovalyutadagi omonatlar bo’yicha foiz stavkalari shunchalik past bo’ladi. Masalan, turli Yevrovalyutalardagi omonatlar bo’yicha foiz stavkalaridagi uzilish ayrim holatlarda 10-15 punktga etadi.
Yevrokreditlar bo’yicha xalqaro foiz stavkalari amaliyoti qo’llaniladi. Odatda LIBOR omonatlar bo’yicha stavkadan 1/8 punktga yuqoridir va yakuniy qarz oluvchiga taqdim etiladigan kreditdan 1/2 punktga pastdir. Jahonning boshqa moliyaviy markazlarida LIBORga o'xshash foiz stavkalari undiriladi: Bahraynda - BIBOR, Singapurda - SIBOR, Frankfurt-Maynda - FIBOR, Parijda

  • PIBOR, Lyuksemburgda - LYuKSIBOR va shu kabi.

Kredit qiymatining yashirin elementlariga kredit bitimida qayd etib o’tilmagan hamda kredit olish va undan foydalanish bilan bog’liq boshqa xarajatlar kiradi. Ushbu xarajatlar turkumiga tovarlarning firma kreditlari bo’yicha ko’tarilib yuborilgan baholari, ssuda hajmidan belgilangan miqdordagi majburiy depozitlar, kreditni bank bilan bog’liq bo’lgan sug’urta kompaniyasida
sug’urtalash to’g’risidagi talablar, tovar hujjatlarining inkassatsiyasi bilan bog’liq vositachilik haqlarini bank tomonidan ko’tarib yuborilishi va boshqa shu kabilar kiradi. Kredit qiymatining ayrim elementlarini (ahamiyati katta bo’lsa ham) pul o’lchovi bilan o’lchashning iloji yo’q. Ushbularga xorijiy firma yoki qarz oluvchi mamlakat ustidan nazoratni o’rnatish bilan bog’liq xarajatlar kiradi.
Turli kreditlar taqdim etilishining shart-sharoitlarini taqqoslash uchun grant-element (imtiyozli element, subsidiyalar) ko’rsatkichidan foydalaniladi. Ushbu ko’rsatkich qarz oluvchi tomonidan bozor shartlariga nisbatan imtiyozliroq asosda kreditning olinishi hisobiga uni so’ndirishga qaratilgan to’lovlarning qanday hajmini tejashini ko’rsatadi. Xususiy xalqaro kreditlar bo’yicha grant-element (3,2-4,5%) rivojlanish bo’yicha rasmiy yordamga (76,2- 80%) nisbatan pastroqdir.
Subsidiyalarning oddiy va tortilgan elementining ko’rsatkichlari farqlanadi. Ular quyidagi formulalarga asosan hisoblanadi.
Subsidiyalarning oddiy elementi: es = %r - %f,
bu yerda: es - subsidiya elementi; %r - bozor foiz stavkasi; %f - haqiqatda subsidiya qilingan foiz stavkasi.
Subsidiyaning tortilgan elementi:
Sk * Tsr * es
esv = , 100
bu yerda: esv - subsidiyaning tortilgan elementi; Sk - kreditning summasi (limit);
Tsr - kreditning o’rtacha muddati;
es - subsidiyalar elementi (bozor va haqiqiy foiz stavkalari o’rtasidagi
farq).
Xalqaro kreditning muhim xarakteristikasi bo’lib uning ta'minoti
hisoblanadi. Qisqa muddatli ta'minotning muqobil turlariga quyidagilar kiradi:

  • maqsadli jamg'arma hisob raqamlar ochilishi;

  • aktivlar garovi;

  • shartnomalar bo’yicha huquqlarni uchinchi shaxslar foydasiga yon berilishi va boshqalar.

Xalqaro kreditning valyuta-moliyaviy shartlarini aniqlashda kreditor kreditga layoqatliligi (qarz oluvchining kredit olish qobiliyati) hamda to’lov qobiliyati (qarz oluvchining majburiyatlari bo’yicha o’z vaqtida va to’liq hisob- kitob qilish qobiliyati)dan kelib chiqadi. Shu sababli xalqaro kreditning
shartlaridan biri bo’lib kredit, valyuta va boshqa xavf-xatarlardan himoyalanish hisoblanadi.
Shunday qilib, xalqaro kreditning valyuta-moliyaviy shart-sharoitlari iqtisodiyot va jahon hamda milliy ssuda kapitallari bozorlarining holatiga bevosita bog’liqdir.

Xulosa


Xalqaro kredit xalqaro iqtisodiy munosabatlar jarayonida valyuta va tovar resurslarini qaytarishlik, muddatlilik hamda foiz to’lash shartlari asosida taqdim etilishi bilan bog’liq ssuda kapitalining harakatidir. Kreditorlar va qarz oluvchilar sifatida xususiy korxona (bank, firma)lar, davlat tashkilotlari, hukumatlar, xalqaro hamda hududiy valyuta-kredit va moliyaviy tashkilotlar maydonga chiqadi.
Xalqaro kreditning manbalari bo’lib: korxonalardagi mablag’larning davriy aylanishi jarayonida vaqtincha bo’sh bo’lib qoladigan pul shaklidagi kapitalning bir qismi; banklar tomonidan yig'ib, jamlanadigan davlat va xususiy sektorning pul jamg'armalari hisoblanadi.
Eksportni kreditlashning shakllaridan biri bo’lib akseptli-rambursli kredit hisoblanadi. Ushbu kredit eksportyor veksellarining uchinchi davlat banki tomonidan akseptlanishi hamda importyor tomonidan veksel summasini akseptant-bankka o’tkazilishi (ramburslanishi)ning bog’liqlikda amalga oshishiga asoslangan.

Download 491,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish